M I k r o I q t I s o d I y o t



Yüklə 4,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/290
tarix21.01.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#98926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   290
Салимов Б. ва бошк. - Микроиктисодиёт - 2010

Lc
va 
Lr
lami aniqlaymiz.
Endi bu munosabatlami resurs tenglamasi (3) ga qo'yamiz.


yoki
S=480-2V.
Ushbu tenglama orqali oiianing 24 ish kunida savat va vino ishlab chiqarishi mumkin 
bo'lgan barcha kombinatsiyalarini aniqlash mumkin. Bu to'plam yuqoridagi 1.5-rasmda kehirilgaa
Savat ishlab chiqarish bilan vino ishlab chiqarishni almashtirish koeffitsiyenti, 
ya’ni savat ishlab chiqarishni vino ishlab chiqarishga chekli transformatsiya koeffitsiyenti
ChTK = ~ —
= - 2 ,
Д Г
AV
Chekli transformatsiya koeffitsiyenti oila bir tovardan qo'shimcha bir birlik ishlab 
chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha hajmda ishlab chiqarishdan voz kechish 
kerakligini bildiradi. Demak, oila 10 litr vino ishlab chiqarishga sarflaydigan bir ish 
kunini savat to'qishga sarflasa, u 20 dona ortiqcha savat ishlab chiqargan bo'ladi.
Qisqa xulosalar
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlami ikkiga bo'lib o'rganadi - iste’molchilar (uy 
xo'jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin 
darajad a o 'zin in g ehtiyojlarini m aksimal darajada qondirish bo'lsa, ishlab 
chiqaruvchilaming maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko'rsatkichlarini 
maksimallashtirishdan yoki mini mal lashtirishdan iboratdir. Har qanday jamiyatda noyob 
ne’matlami taqsimlash muammosi turadi. N e’mat deganda, biz tovariar, xizmatlar va 
resurslami tushunamiz. N e’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy subyektlardagi mavjud 
ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan xaridorlaming talablarini etarli 
darajada qondira olmasligi tushuniladi. N e’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki 
resurs hajmining m a’lum vaqt oralig'ida chegaralanganligidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mikroiqtisodiyot fani nimani o'rganadi?
2. Iqtisodiyotning markaziy muammosi.
3. Noyob resurslami taqsimlashning asosiy tamoyillari.
4. Al’temativ xarajatlar deganda nima tushuniladi?
5. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmining sxemasini tushuntirib bering.
6. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i nimani ifodalaydi?
7. O'zaro bir - birini to'ldiruvchi ne’matlar deganda nimani tushunasiz?
8. Bir-birining o'm ini bosuvchi ne’matlarga misollar keltiring.
9. Chekli transformatsiya koeffitsiyenti qanday hisoblanadi?
10. Chekli transformatsiya normasi nimani ifodalaydi?
Asosiy adabiyotlar ro'yxati
1. Климов C.M . М икроэкономика: Учебное пособие / С.М .Климов, 
А.П.Селин, Т.А.Федорова.-СПб.:ИВЭСЭП, Знание, 3003.
2. Игошин Н.В. Экономика: Учебник для вуэов/.-М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004.
3. Корниенко О.В. М икроэкономика: 100 экзаменационных ответов: 
Экспресс-справочник/.-М :Ростов н/Д.:М арт, 2003.
4. Романенко И.В. История экономических учений: Конеспект лекций/.- 
СПб.:Изд-во Михайлова В.А., 2003.
5. Игнатьева, Моргунова. Микроэкономика, www.economics.ai


II BOB
TALAB VA TAKLIFNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Talab va taklifning bozordagi ahamiyati
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko'p va keng muammolami 
hal qilishda universal vosita bo'lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi 
mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o'zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning 
samaradorligiga ta ’siri; narxlami nazorat qilish bo'yicha davlat tomonidan ko‘riladigan 
chora-tadbirlami baholash; iqtisodiy rag'batlantirish va minimal ish haqini belgilash
soliqlaming, subsidiyalaming, importga qo'yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar 
va iste’molchilar faoliyatining chegaralashlarining umumiy iqtisodiyotga ta’siri va hokazo.
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o'rganish, ulaming grafiklarini tahlil qilishdan 
boshlandi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va 
unga asosan tovaming bozor narxi o'matiladi hamda muvozanatni ta ’minlaydigan 
mahsulotning umumiy ffajmi o'matiladi! Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi 
talab va taklifning ba’zi bir xarakteristikalari bilan bog'langan? Qanday qilib ular vaqt 
bo'yicha o'zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari 
ta’sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va 
boshqa) bo'yicha farq qiladi? Nima uchun ba’zi bir bozodarda tovariar tanqis kabi savollarga 
javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini e’tibor qaratamiz (2.1-rasm).
Ordinata o'qi bo'yicha bir birlik mahsulotning narxi 

Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə