M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Yangi Zelandiya
 
Yangi Zelandiya oblasti orollardan tashkil topgan oblast bo’lib, u 
Yangi Zelandiyaning ikkita yirik orolini (Shimoliy va Janubiy orollar) 
hamda Styuart, Chatem, Oklend, Kermadek, Kempbell, Antipod va bir 
qancha mayda arxipelaglarni o’z ichiga oladi. Umumiy maydoni 268 ming 
kv.km. Hududi tog’likdan iborat bo’lib, subtropik va mo’’tadil iqlimga 
ega. 
Yangi Zelandiya faunaning asosiy xususiyati-bu yerda mahalliy 
kelib chiqishga ega bo’lgan sut emizuvchilar uchramaydi (odamlar 
tomonidan keltirilgan turlar bundan mustasno). Mazkur oblastda 3 turdagi 
aborigen sut emizuvchilarni uchratish mumkin (2-turdagi qo’lqanotlilar va 
1-tur kemiruvchi). 
Qushlarning 200-turi uchrashi qayd etiladi. Reptiliyalarning 8-turi, 
amfibiyalarning bir avlodga mansub bo’lgan 2-3 turi uchraydi. Yangi 
Zelandiya uchun ucha olmaydigan qushlar guruhining mavjudligi 
xarakterlidir. Hududning orollardan tashkil topganligini va uning nisbatan 
yaqin vaqtlargacha xilvat ya’ni xoli ekanligini hisobga olganda bu 
tushunarli hol albatta. Qadimda yirik moa oilasining ikkita turi bu yerlarda 
yashashgan. Ularning bo’yi 3-5 metr bo’lib hozirda ular qirilib ketishgan. 
Yangi 
Zelandiyada 
umurtqalilar 
faunasining 
kambag’alligi 
oblastning mezazoy erasining oxiriga qadar qo’shni Avstraliyadan ajralib 
ketishi oqibatida uning alohidalanishi va natijada ko’pgina hayvon 


61 
turlarining oblastga tarqalishining cheklanib qolishi bilan tushuntirilishi 
mumkin. 
Oblastda ucha olmaydigan qushlardan kivilar (3 tur) uchraydi. Bu 
qushlarning kattaligi tovuqday keladi. Qanotlari sochsimon pat, parlar 
bilan qoplangan. Uzun tumshug’ining uchida burun teshiklari joylashgan 
(burun teshiklarining bunday joylashuvi qushlar sinfining boshqa turlarida 
uchramaydi). Kivilar o’rmonlarda tungi hayot kechiradi. Ozuqasini 
(chuvalchanglar, hasharotlar) nam tuproqdan topishga yaxshi rivojlangan 
hid bilish organi yordam beradi.
Ana shunday o’ziga xos turlardan ueka suvmoshagi ham oblastga 
xosdir. Bu ancha jangara qush bo’lib, aholi ularni turar joylarning 
yaqinida tez-tez uchratishadi. Ular bu yerlarda sichqon va jo’jalar bilan 
oziqlanishadi. Xuddi shunday suv moshaklaridan yana biri taxakedir. Bu 
turning tumshug’i ancha yirik va yo’g’on. Taxake oblastdagi kam sonli 
uchrovchi turlardan bo’lib, uzoq yillar davomida qirilib ketgan deb 
hisoblanib kelingan. Faqat 1949 yilda tog’ning odamlar yashamaydigan 
xilvat bir qismida qayta topilgan. Ayni vaqtda uning uncha katta 
bo’lmagan populyatsiyasi (300 atrofida) rezervatda yashaydi. Mazkur tur 
Xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan.
Ornitofauna tarkibida yapaloqqushsimon to’tilar oilasining ikkita 
ucha olmaydigan turlari (kakapo) ham uchraydi. Bularda qanotlar normal 
rivojlangan, ammo pat va parlari yumshoq shu sababli ular ucha 
olishmaydi. Kakapo yapaloqqushga juda o’xshash bo’lib, yerda qazilgan 
uyalarda yashaydi va tunda ov qiladi. Ucha oladigan to’tilarda kea va kaka 
e’tiborni o’ziga jalb etadi. Bu turlar dastlab hammaxo’r bo’lishgan. 
Ularning yaqinida inson xo’jaligining shakllanishi tufayli ular go’sht 
chiqitlari bilan oziqlana boshlashgan. Qisqa muddatda bu turlar 


62 
o’zlarining kuchli tumshuqlari ishtirokida yaylovdagi tirik qo’ylarga 
hujum qilib, ularning go’shtlarini uzib ziyon yetkaza boshlashgan. 
Endemik avlod sanalgan guyya qushlarida erkak va urg’ochi 
qushlarning alohida oziqa bilan oziqlanishiga bog’liq holda jinsiy 
demorfizm yaqqol namoyon bo’ladi. Erkaklarida tumshuq to’g’ri va qisqa, 
urg’ochilarida esa tumshuq ikki barobar uzun hamda kuchli egilgan. 
Dengiz qushlari xilma-xil (pingvinlar, nayburunlilar, qoravoylar, 
chaykalar va boshq). Keng tarqalgan qushlardan pash-shaxo’rlar, 
moyqutlar, chittak, chug’urchuq va fotmachumchuqlarni bu oblast uchun 
qayd etib o’tish lozim.
Sudralib yuruvchilardan stsinklar hamda gekkonlarning endemik 
avlod va turlari tarqalgan. Gekkonlarning 2-endemik avlodlari uchraydi. 
Ularning ikkalasi ham tirik tuxum tug’uvchi turlar sanaladi. 
Qalqonboshlilar turkumiga mansub bo’lgan gatteriya alohida ajralib 
turadi. Gatteriya-planetamizning quruqlik qismida uch-raydigan eng uzoq 
yashagan (150 mln. yil) relikt turlardan biri. 
Amfibiyalardan faqatgina relikt leopelma avlodiga mansub baqalar 
(2-3) uchraydi. Ular umurtqa tuzilishi, hayoti davomida qovurg’alarning 
saqlanib qolishi va barmoqlarida pardalarning yo’qligi bilan ajralib turadi. 
Chuchuk suv baliqlarining xilma-xilligi juda past ko’rsatkichga ega. 
Umurtqasizlar faunasi ancha kambag’al. Yomg’ir chuvalchanglari 
Avstraliya va Madagaskar chuvalchanglari bilan urug’dosh. 
Hasharotlar faunasi ancha boy. Masalan kapalaklarning 1000 turi 
tarqalgan. Termitlarning 3-4 turi uchraydi. Hasharotlar oilasida endemizm 
darajasi ancha yuqori. 


63 
Xuddi 
shunday 
yer 
usti 
mollyuskalari 
ham 
xilma-xil. 
Mollyuskalarning tur tarkibini tahlil qilish orqali taxmin qilish mumkinki, 
juda qadimda Yangi Zelandiya orollari Avstraliya bilan va Antarktida 
orqali Janubiy Amerika bilan mintaqaviy aloqada bo’lishgan. 
Yangi 
Zelandiya 
faunasi 
keyingi 
yuz 
yillikda 
ko’plab 
iqlimlashtirilgan 
sut 
emizuvchilar 
(bug’ular, 
sernalar, 
tulkilar, 
tovushqonlar 
va 
boshq.) 
va 
qushlar 
(qizilto’shlar, 
sa’valar, 
ko’kchumchuqlar va boshq.) bilan to’ldirildi. 
Yirtqichlarcha ov qilish, kelgindi va yovvoyilashgan kemiruvchilar, 
mushuklar, itlar va boshqa uy hayvonlari (echkilar, quyonlar, 
cho’chqalar)ning tez ko’payishi hamda o’rmonlarning ko’plab kesilishi 
ko’pchilik hayvonlarning (ayniqsa qushlarning) qirilib ketishiga sabab 
bo’ldi. Ko’pchilik turlar (sulton tovug’i, kivi, yapaloq to’ti, suvmoshaklar) 
kamyob bo’lib qolishgan. 
Aborigenlarning muhofaza qilish maqsadida 9-milliy bog’lar 
(yiriklari Janubiy orolda) tashkil etilgan. Yangi Zelandiyaning atrofida 
joylashgan ba’zi kichik orollar qushlar va gatteriyani himoya qilishga 
mo’ljallangan qo’riqxonalarga aylantirilgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə