M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Markaziy Amerika kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Markaziy Amerika kenja oblasti 
Mazkur kenja oblast Neotropik oblastining shimoliy chegarasi 
hisoblangan Panama bo’ynidan tortib Kolumbiyagacha bo’lgan hududni 


82 
o’z tarkibiga kiritadi. Hududi tog’lik, landshaftlari xilma-xil, ammo 
o’rmonlar ularning asosini tashkil etadi.Kenja oblastning faunasi ma’lum 
darajada o’tkinchi xarakterga ega. Bu yerda neotropika va neoarktikaga 
xos hayvonlarning aralash guruhlari uchraydi. Shimoldan bu yerga yer 
qazarlar, dala sichqonlari, olmaxonlar, tovushqonlar, tulkilar, chittaklar, 
kaymansimon toshbaqalar va boshqalar kirib kelishgan. Ammo, bu yerda 
hayvonlarning 
barcha 
sinflariga 
xos 
endemik 
avlodlar 
ham 
anchagina.Ayiqlardan kinkaju, markaziy amerika tapiri, to’qqiz yo’lakli 
zixrli kabi sut emizuvchilarning turlarini alohida ta’kidlash lozim. 
Ornitofauna tarkibida esa qirol tasqarasi, endemiklardan tinamo avlodi va 
kolibrilarning ko’pgina turlarini qayd etish mumkin.
Amozoniya kenja oblasti 
Amazoniya Neotropik oblastining eng katta hududlaridan birini 
egallaydi. Mazkur kenja oblast Janubiy Amerikaning katta qismini (to’liq 
shimoliy qismi, markazi va deyarli to’liq sharqiy chekkasini ) o’z ichiga 
oladi.
Asosiy landshafti nam tropik o’rmonlar bo’lib (geleya yoki selva), 
ular Amazonka basseynida nisbatan yaxshi shakllangan. Savanna tipidagi 
o’rmonlar, Braziliya pampaslari va Venesuelaning o’tchil dashtlari ham 
landshaft tiplaridan sanaladi.
Neotropik oblastlarga xos bo’lgan tipik xususiyatlar bu kenja 
oblastda nisbatan yaqqol namoyon bo’ladi.
Kenja oblast keng burunli maymunlar (revunlar, mirikinlar, sapaju) 
va noto’liq tishlilar (yalqovlar, chumolixo’rlar, ulkan zixrli va 
boshqalar)ning tarqalish markazi sanaladi. Amerika tapirlari, ko’pgina 
opossumlar ham tarqalgan. 


83 
Ornitofauna tarkibida goatsinlar, tukanlar, qarqaralar, ara va 
amazoniya 
to’tilari, 
kolibrilar, 
garpiya 
va 
kraksilar 
uchraydi.Reptiliyalardan iguanalarning daraxtda yashovchi vakillari, suv 
bo’g’ma 
iloni-anakonda, 
bushmeyster 
xarakterlidir.Amfibiyalardan 
kvaksha va pip tipik turlardan sanaladi.Ikki xil nafas oluvchilardan-
lepidosiren, elektr ugr va piranya kabi baliqlarni qayd qilish mumkin. 
Barcha ekvatorial nam o’rmonlar uchun xos bo’lgan eng xarakterli 
xususiyat hatto uncha katta bo’lmagan hududlarda ham turlar sonining va 
zichligining juda yuqori bo’lishidir. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə