M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1


Efiopiya oblastining xarakterli hayvonlari:shimpanze, chipor sirtlon
sher, jirafa, kotiba qush, karkidon, yashcher, zebra, okapi, bug’ucha, 
oriks antilopasi (bug’u), uzunoyoq, naytish, suv ayg’iri, afrika fili. 
Tangachalilar turkumidan xamelionlar (80-tur) ayniqsa xarakterlidir. 
Ular Madagaskarda, Janubiy Ispaniyada, Arabistonda, Hindistonda va 
Seylonda ham uchraydi. Oblastda kaltakesaklar va gekkonlar ham keng 
tarqalgan. Bundan tashqari oyoqsiz chuvalchangsimon kaltakesaklar (ko’r 
stsink-Feylinidae), agamalar, yirik echkemarlar (nil echkemari 2-metrga 
yetadi) va ilonlar uchraydi. Efiopiyada ko’r ilon-Typhlops humbo 
yashaydi. Uning uzunligi 80 sm gacha bo’lib, yirik tur sanaladi. 
Pitonlarning bir necha turlari uchraydi. Ularning maydalari 1-1,65 metr 
(qirol va mitti pitonlar), yiriklari esa 7-9 metr (ieroglif pitoni) keladi. Suv 
ilonlari ham keng tarqalgan bo’lib, ularga tuxumxo’r ilonlarni (2 ta avlodi 
uchraydi) kiritish mumkin. Bu ilonlar qushlarning tuxumlari bilan 
oziqlanadi. Afrikada zaharli aspid ilonlar ham uchraydi (10-avlodga 
mansub 20-tur). Ularga haqiqiy kobra ilonlari (qora bo’yinli va tupuruvchi 
kobralar), yirik mambalar (2-4 metr uzunlikdagi zaharli ilonlar) kiradi. 
Tarqalish markazi Afrika hisoblangan, ko’p sonda uchrovchi qora ilonlar 
ham anchagina. Afrikada quruqlik toshbaqalarining 4-avlodi va bir nechta 
turlari va yumshoq terili toshbaqalarning 2-endemik avlodi uchraydi. 
Timsohlardan eng yirik tur-nil timsohi yaqingacha Afrikaning barcha 
hududlarida keng tarqalishga ega bo’lgan, hozirda esa ko’pchilik joylarda 
qirilib ketgan. G’arbiy Afrikada to’mtoqtumshuqli timsoh va Afrika 
ingichka tumshuqli timsohi yashaydi. Mazkur turlar Markaziy Afrikada 
ham uchraydi. Oblast uchun efalar ham tipik turlar sanaladi. 


89 
Efiopiya oblasti uchun amfibiyalar ham xarakterlidir. Sharqiy va 
G’arbiy Afrikada chervyagalar yashaydi. Ammo dumli amfibiyalar faqat 
Afrikaning shimolida yashaydi xolos. Oblastda keng tarqalishga ega 
bo’lgan, laboratoriya hayvoni sifatida foydalaniladigan, endemik baqalar 
avlodi (Xenopus) uchraydi. Haqiqiy baqalar ham ancha ko’p. Kurak 
oyoqli, tor og’izli va tukli baqalar ham oblast uchun xarakterli turlardan 
sanaladi. Ko’payish davrida tukli baqalar erkaklari tanasining yon 
tomonlarida va sonida teri o’simtalari uzun-tuksimon o’simtalar hosil 
bo’ladi. Oblastda kvakshalar deyarli uchramaydi. Haqiqiy qurbaqalarning 
3-avlodi Efiopiya uchun xos. Ulardan biri-tungi o’rmalovchi qurbaqadir. 
Uning barmoqlarida yopishqoq disklar mavjud. Tirik tug’uvchi qurbaqa 
ham o’ziga xos bo’lib, mazkur oblast amfibiyalari tarkibiga kiradi. 
Efiopiya zoogeografik oblastida baliqlar faunasi ancha boy. Ular 
orasida ikki xil nafas oluvchilar (3-tur) o’ziga xos ahamiyatga ega. Bular 
Senegal, Nil, Kongo, Zambezi havzalarida keng tarqalishga ega. 
Jumladan, protopter (Protopterus) avlodi yozda suv havzalarining qurishi 
tufayli anabioz holatga o’tadi (8-9 oy). Ular loyni yorib o’zining tanasi 
atrofida maxsus kapsula hosil qilishadi. Xuddi shunday o’ziga xos turkum 
ko’p shu’lalilardir. Ular endemiklar bo’lib, ikkita avlodni va o’nlab 
turlarni o’ziga birlashtirishadi. Bu baliqlar atmosferadan nafas olish 
xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Qadimgi guruhga mansub 
baliqlardan-cho’tka qanotli chuchuk suv baliqlari (Polypteridae) ham 
oblast uchun xarakterli. Oblastda endemik oilalar vakillari keng tarqalgan. 
Ular tuban tuzilishga ega bo’lgan Isospondyli kenja turkumiga mansubdir. 
Suyak tilli baliqlardan Afrikada kapalak baliqlar-Pantodontidae, ingichka 
tumshuqli 
baliqlar-Mormyridae 
va 
Gymnarchidae 
lar 
yashaydi. 
Gymnarchidae elektr impulslari chiqarish xususiyatiga ega. Xuddi 
shunday xususiyat elektr laqqalari-Malapteruridae uchun xos bo’lib, ular 


90 
Nil va Kongo suvliklarida yashaydi. Laqqalar Afrikada keng tarqalgan 
bo’lib, ularning 6-oilasi va 250-turi bor. Afrikada chuchuk suv baliqlari 
sinfining keng tarqalishi, oblastning Janubiy Amerika yoki Indo-Malay 
oblasti bilan aloqada bo’lganligini tasdiqlaydi. Oblastdagi tropik 
hududlarda losossimonlar va cho’rtanlar uchramaydi. 
Efiopiya oblastining umurtqasizlar faunasi juda boy. Shu sababli 
ularning umumiy xususiyatlarinigina tavsiflash mumkin. Bu hududda 
chayonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ular qadimgi kenja oila Isometrinae 
va Scorpionidae oilalariga mansubdir. Shunday chayonlardan biri 
imperator-pandinusning kattaligi 16 sm ga yetadi. Butun Afrika bo’ylab 
solpuglar tarqalgan. O’rgimchaklardan yirik zaharli qushxo’rlar 
(Theraphosa) va boshqalar juda turli-tuman. Yirik ko’poyoqlar-kivsyaklar 
mahalliy aholi tomonidan ovqatga ishlatiladi. Skolopendlar-zaharli 
umurtqasizlar bo’lib, juda ko’p sonda (kattaligi-26 sm. gacha) uchraydi. 
Hasharotlar orasida termitlar xarakterli bo’lib, ular Afrikaning nam 
o’rmonlarida 500-turdan iboratdir. Ularning uyalari yirik zamburug’ni 
eslatadi. Termitlar asosan o’simlik qoldiqlarini parchalovchilardir. Shuni 
ta’kidlash lozimki, daraxtlarning mazkur hududda mavjudligini 
ta’minlashda termitlar muhim foydali jonivorlar sanaladi. Chunki, ular 
tuproqni chirindiga boyitadi, o’simlik qoldiqlarini parchalab qulay sharoit 
yaratadi. Savannalarda ham termitlar uchraydi, ammo ularning uyalari 
boshqacha tuzilishga ega bo’lib. Balandligi 2-6 metrli konusni eslatadi. 
Bunday uyalardan savannadagi boshqa hayvonlar ham boshpana sifatida 
foydalanishadi yoki termitlarni ovlashadi (naytishlar). Chigirtkalar faunasi 
juda boyligi bilan ajralib turadi. Ular orasida gala holida yashovchilari 
ham uchraydi (shistotserka minglab km ga tarqaluvchi va o’z yo’lida 
uchrovchi 
barcha 
o’simliklarni 
qiruvchi 
turdir). 
Qo’ng’izlardan 
Afrikaning cho’l zonasida uchrovchi qora qo’ng’izlar (Tenebrionidae) 


91 
ustunlikka ega. O’rmonlarda esa goliaflar (uzunligi 10-11 sm), bug’u, 
qo’ng’izlar, mo’ylovdorlar va boshqalar keng tarqalgan. Uyqu kasalligini 
keltirib chiqaruvchi tse-tse pashshasi ham Efiopiya faunasiga xos turdir. 
Sharqiy va Markaziy Afrikada uyqu kasalligi va undan qolishmaydigan 
nagana kasalligi tarqalgan. Shu sababli bu joylarda otlarni saqlash va 
chorvachilikni yuritish foydasiz soha sanaladi. Kunduzgi kapalaklar 
oblastda nisbatan kam. Bundan tashqari ular uchun ko’rkam ranglar ham 
xos emas.
Yer yuzasida yashovchi mollyuskalardan o’zlarining yirikligi bilan 
ajralib turuvchi Axatina avlodiga mansub turlar keng tarqalgan. Aillyidae 
oilasiga mansub mollyuskalar faqat Efiopiya faunasiga xosdir.Efiopiya 
oblastini landshaftlarining xususiyatlariga, o’simlik qoplamlarining o’ziga 
xosligiga va faunasining muvofiqligiga ko’ra 3 ta kenja oblastga bo’lish 
mumkin: Sharqiy-Afrika, G’arbiy-Afrika va Janubiy-Afrika (Kap) kenja 
oblastlari. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə