M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Janubiy-Afrika yoki Kap kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Janubiy-Afrika yoki Kap kenja oblasti 
Bu kenja oblast Afrika materigining janubiy qismini egallab o’z 
tarkibiga turli landshaftlarni qamrab oladi. Shunday bo’lishiga 
qaramasdan bu joyda cho’l va yarim cho’l landshaftlari dominantlik 
qiladi. Cho’llar nisbatan ko’p shakllangan hudud-suvsiz Kalaxaridir. Kap 
kenja oblasti o’simlik dunyosining o’ziga xosligini uni alohida floristik 
oblast sifatida ajralishiga asos bo’lgan. Zoogeografik nuqtai-nazardan esa 
bu hududni alohida oblast sifatida ajratishga asos yo’q. Cho’l va chala 
cho’l hududlari Kalaxaridan tashqari Karru va Namibiyada keng tarqalgan 
bo’lib, cho’l o’simliklari guruhi rivojlangan. Bu kenja oblast hayvonot 
dunyosining tarkibi va tuzilishi ekologik omillar ta’sirida shakllangan. Bu 
ekologik omillar cho’l zonalari uchun xos bo’lib, namlikning 
yetishmasligi, haroratning kuchli tebranishga egaligi, yorug’likning 
yuqoriligi substratning o’ziga xosligi va boshqalar. Kap kenja oblastida 
sut emizuvchilarning qator turlari va avlodlari keng tarqalgan. Bu joyda 


97 
oltin rang krotlar oilasining qator turlari uchraydi va uzun oyoqlilar oilasi 
vakillari uchraydi. Tuyoqlilar bu kenja oblastga yaqinda kirib kelgan 
bo’lib, subendemiklardan tashkil topgan turlardan iborat. Bular topi
bontbok, oqdumli gnu, kap oriksi, springbok kabi antilopalardir. 
Viverralar va kemiruvchilar orasida endemik avlodlar uchraydi. Endemik 
turlarga tog’ zebrasi, burchellov zebrasi, qung’ir giena va qator boshqa 
hayvonlarni kiritish mumkin. Janubiy Afrikada materikning boshqa 
joylariga qaraganda asal darakchilari keng tarqalgan. Quruqlik 
toshbaqalari orasida bir nechta mayda turlari uchraydi (uzunligi 12 sm. 
gacha). Ularfaqat mazkur kenja oblast hududida yashaydi. Ilonlar turli-
tuman. Ular yer yuzasida va uya qazib yashashga moslashgan turlardan 
tashkil topgan.Bukenja oblastda Xenorus baqalari va tukli baqa uchraydi. 
Tor og’izli baqalardan cho’chka-baqa uya qazib yashashga moslashgan.
Umurtqasizlar o’ziga xos, turli-tuman. Bularga endemik solpuglar, 
chigirtkala (qanotsiz), bug’uqung’izlar (Chiastognathidae), birlamchi 
traxeyalilar (Protracheata)ni misol qilish mumkin.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə