M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Indo-Malay 
Indo-Malay zoogeografik oblasti Osiyoning tropik va subtropik 
qismlarini hamda Hind va Tinch okeanlardagi qator arxipelag, orollar va 
qator yarim orollarni o’z tarkibiga olgan nisbatan tarqoq joylashuvga ega 
bo’lgan hududdir. Oblastning shimoliy chegarasi Araviya dengizining 
qirg’oqlaridan boshlanadi va Tar cho’lini o’zining tarkibiga kiritadi hamda 
Himolayning janubiy yon bag’ri bo’ylab o’tadi. Janubiy chegarasi Shri-
Lanka oroli va Malaya arxipelagini, sharqiy chegarasi esa Flippinni o’z 
tarkibiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Indo-Malay zoogeografik 
oblastini qo’shni oblastlar bilan qat’iy chegaralash juda murakkab. Indo-
Malay, Golarktika (Palearktika) va Avstraliya oblastlarining o’tmishdagi 
va hozirgi o’zaro hududiy aloqalari ularning faunistik tarkiblarida ham aks 
etadi. Ayniqsa Indo-Malay oblasti faunasining Efiopiya va Madagaskar 
oblastlari bilan qadimiy aloqada bo’lishi juda muhim ahamiyat kasb 
etadi.Mazkur oblast hududining katta qismi tropik zonada joylashgan. 
Oblastning geografik joylashuvi, landshaftlarining xilma-xilligi uning 
faunasini boyligini ta’minlay olgan.


103 
Indo-Malay oblasti faunasi materik xususiyatga ega. Fauna 
tarkibidagi tur va avlodlarning boyligi hamda xilma-xilligiga qaramasdan, 
unda yuqori rangdagi endemik guruhlar juda kamchilikni tashkil etadi. 
Indo-Malay oblasti sut emizuvchilari 46-oiladan tashkil topgan 
(Simpson klassifikatsiyasi bo’yicha, 1945). 
Sut emizuvchilardan endemik turkum junqanotlilar uchraydi. 
Mazkur turkumning 2-turi bo’lib, ulardan biri Hindi-Xitoy, Xitoy, 
Sumatra va Yava o’rmonlarida yashasa, ikkinchisi Filippinda uchraydi. Bu 
mushuk kattaligidagi hayvonlar (uzunligi-40sm) daraxtlarda yashashga 
moslashgan bo’lib meva va barglar bilan oziqlanishadi. Kechkurunlari bu 
hayvonlar daraxtdan daraxtga pastga tomon sakrashadi (70-metrgacha). 
Buni amalga oshirish maqsadida ular oldingi va orqa oyoqlari orasidagi 
teri burmalaridan foydalanishadi. Hasharotxo’rlar keng tarqalgan yerqazar 
va krot kabi turlardan tashkil topgan. Oblastning sharqida tipratikanlarga 
mansub endemik kenja oila-gimnurasimonlar uchraydi. 
Qo’lqanotlilar juda ko’p, ammo tipik turlar kam. Ayrim taqaburunlar 
va yirik qo’lqanotlilar nafaqat hasharotlar balki sichqonlar, qushlar va 
boshqa umurtqalilar bilan oziqlanishadi. 
Primatlar turkumi o’zining endemik oilalari bilan alohida qiziqish 
uyg’otadi. Jumladan, tupaylar oilasi (Tupaiidae) vakillari (18-tur) mayda 
chala maymunlar bo’lib, olmaxonlarga o’xshaydi. Ular Hindi-Xitoy, 
Janubiy Koreya, Indoneziya va Filippinda keng tarqalishga ega. Xuddi 
shunday chala maymunlarga endemik oila-uzun tovonlilar (Tarsiidae) 
tegishlidir (3-tur). Mayda, baqaga o’xshab sakrovchi, yirik ko’zli va 
oyoqlaridagi barmoqlarida so’rg’ichlari shakllangan bu hayvonlar tungi 
hayot kechiradi. Ular Malayya arxipelagi va Filippin o’rmonlarida 
yashaydi.


104 
Indo-Malay 
zoogeografik 
oblastining 
xarakterli 
hayvonlari: 
karkidon qush, junqanot, orangutan, tovus,hind karkidoni, uzuntovon, 
nilgau antilopasi (bug’u), malay viverrasi, pakana buyvol, bankiv xo’rozi, 
hind tapiri, gavial.
Bulardan tashqari Hindistonning janubida va Shri-Lankada ingichka 
lorilar (Loris), Yava, Klimantan va Shimoli-Sharqiy Hindistonda yug’on 
lorilar (Nycticebus) avlodlari tarqalgan. Maymunlardan makaka, gibbon 
(7-tur) va orangutan (1-tur) uchraydi. Bu joyda yashchurlar yoki 
pangolinlarning (Manidae) uchrashi oblastning Efiopiya oblasti bilan 
aloqada bo’lganligini ko’rsatadi. 
Kemiruvchilar juda xilma-xil. Jayralar, qumsichqonlar, olmaxonlar, 
kalamush va sichqonlar keng tarqalgan va hatto mayda orollargacha kirib 
borishgan. Yirtqichlardan endemik avlod hisoblangan-qizil bo’rilar (Cion) 
Hindiston, Hindi-Xitoy va Katta Zond orollarida uchraydi (2-tur). Hind 
mangusti, binturong va boshqa yirtqichlar oblast uchun xarakterli sanaladi. 
Mushuksimonlardan (10-tur) yulbars, gepard, qoplon va bir qancha 
mayda turlar uchraydi. Shuni ta’kidlash lozimki, gepard Hindistonda 
keyingi yillarda qirib tashlangan. Hindiston, Shri-Lanka va Hindixitoyda 
hind filining soni kamayib ketgan bo’lsa, Sumatra va Klimantanda 
hozircha uning qirilib ketish xavfi yo’q.Tuyoklilar faunasi bo’yicha Indo-
Malay oblasti Efiopiyadan antilopalarning nisbatan kamligi, ammo 
buqalarning ko’pligi bilan farq qiladi. Buqalardan gaur, gayyal, kuprey va 
banteng kabi yirik turlarni uchratish mumkin. Cho’chqalar juda ko’p. Toq 
tuyoqlilardan targ’il tapirlar Tailand va Birmaning nam o’rmonlaridan 
tortib Sumatragacha bo’lgan hududda tarqalgan. XIX asrning boshigacha 
zoologlar janubiy amerika tapiri turini bilishgan xalos. Tapirlarning 
tarqalishi-mazkur oila arealining bo’linib ketganligiga yaqqol misoldir. 


105 
Neoarktika va Palearktikada qazilma holdagi tapirlarning topilishi mazkur 
guruhning qadimda katta arealda tarqalganligi, keyinchalik qirilib ketishi 
tufayli arealining o’zgarganligidan dalolatdir. Karkidonlarning 3-turi bu 
oblastda uchraydi. Hozirda ularning soni kamaygan. Jumladan, jiddiy 
muhofaza qilish ta’minlanmasa, sovutli karkidonning yuqolib ketish xavfi 
kutilmoqda. 
Yava 
va 
sumatra 
karkidonlari 
deyarli 
qirilib 
bitgan.Ornitofaunasi 66-oiladan (dengiz ornitofaunasi bundan mustasno), 
600-dan ziyod avloddan tashkil topgan. Shundan bittasi oila Irenidae (14-
tur) darajasidagi endemik sanaladi. Bu oila oblastning barcha hududlarida 
keng tarqalgan. Bular uncha katta bo’lmagan, yoqimli sayrovchi, tilining 
uchida 
nektar 
yig’ish 
uchun 
kichkina 
popugi 
bo’lgan, 
chumchuqsimonlarga tegishli qushlardir.Umuman qushlar guruhida jami 
150-tur endemiklar mavjud. Indo-Malay oblasti ornitofaunasi Efiopiya, 
Avstraliya va Golarktika ornitofaunasi bilan u yoki bu darajada 
bog’langan. Bunday bog’lanishlarning bir turi qushlarning migratsiyasi 
bilan tushuntiriladi. Oblastning janubi-sharqida ko’krak tojsizlardan 
kazuarlarning (Casuariidae) bir necha turlari uchraydi. Ular xas tovuqlar 
bilan birgalikda Avstraliyadan kirib kelgan vakillar qatoriga kiradi. 
Qirg’ovullar, tovuslar va haqiqiy tovuqlar turli-tumanligi va boyligi bilan 
ajralib turadi.
Oblastda sudralib yuruvchilar faunasi boy. Bu joy ko’pgina 
ilonlarning kelib chiqish markazidir. Sudralib yuruvchilarda endemizm 
oila darajasida namoyon bo’lgan. Jumladan katta boshli toshbaqalar oilasi 
(yagona turi Hindistonda yashaydi), quloqsiz echkemarlar oilasi (bir turi 
Kalimantan orolida yashaydi), qalqondumli ilonlar (45-tur, Hindiston va 
Shri-Lankada yashaydi), gaviallar oilasini (yagona turi-gang gaviali Hind, 
Gang va Braxmaputra daryolarida yashaydi) ko’rsatib o’tish mumkin. 
Ayniqsa gekkonlar, agamalar, stsinklar oblastda juda ko’p. Agamasimon 


106 
kaltakesaklardan o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan uchuvchi ajdarlar 
alohida ahamiyatga ega. Ularning tanasini yon tomonida joylashgan keng 
teri burmalari daraxtdan pastga tomon 20-30 metrga sakrashga imkon 
tug’diradi. Gigantizm echkemarlar orasida yaqqol namoyon bo’ladi. 
Komod echkemari 3 metrgacha yetadi. Yirik to’rsimon pitonning uzunligi 
10 metrgacha bo’lib, ajoyib suzish hamda daraxtda o’rmalash qobiliyatiga 
ega. Zaharli ilonlar ham kam emas. Ular orasida aspidlar oilasiga mansub 
hind kobrasi oblast chegarasidan tashqarida ham uchrasa, qirol kobrasi 
faqat mazkur oblastgagina tegishlidir. Amfibiyalarning 3-turkum 
(dumlilar, dumsizlar, oyoqsizlar) vakillari Indo-Malay oblastida tarqalgan. 
Ammo ular orasida endemik oilalar uchramaydi. Avlod darajasidagi 
endemiklar esa oblast uchun xos. Bir necha turdagi oyoqsizlarga mansub 
chuvalchangsimon amfibiyalar (ayniqsa ilonbaliqlar) materikda va Katta 
Zond orollarida tarqalgan. Dumli amfibiyalardan yashirin jabralilar 
oilasining mavjudligi oblast faunasining Neoarktika, salamandralarning 
mavjudligi esa Golarktika va Neotropik oblastlari bilan aloqalaridan 
dalolat beradi. Dumsizlardan aylana tillilar, qurbaqalar va boshqalar 
uchraydi. Haqiqiy baqalardan eshkak oyoqlilarning 150-turi uchraydi. 
Ulardan ayrim turlari hatto uchuvchi baqalar degan nomni ham 
egallashgan. Tor og’izli baqalar oilasi turlarining ko’pligi va butun oblast 
miqyosida tarqalganligi bilan ajralib turadi. 
Chuchuk suv baliqlari umumiy xususiyatlari bilan Efiopiya oblastiga 
yaqin turadi. Bu joyda ularning 3-endemik oilasi uchraydi. Indo-Malay 
oblasti keng tarqalgan karplar va laqqalarning turli-tumanlik markazlari 
sanaladi. Birgina karplarning 2000 dan ortiq turlari bu joyda tarqalgan. 
Indo-Malay oblasti hasharotlar faunasining juda xilma-xilligi bilan 
ajralib turadi. Bu joyda 4000 dan ziyod avlodga mansub bo’lgan turlar 
uchraydi. Ularning 40% endemiklardan tashkil topgan. Ayniqsa 


107 
beshiktebratarlar, qung’izlar va kapalaklar turkumlarining vakillari 
nisbatan turli-tumandir. Tangachaqanotlilardan kavalerlar oilasi vakillari 
juda chiroyliligi bilan ajralib turadi. Hindistonda murakkab mimikriyaga 
ega bo’lgan dongdor kallima kapalagi uchraydi. Qo’ng’izlardan 
bargxo’rlar, tilla qo’ng’izlar, muylovdorlar, karkidon qo’ng’izlar, bug’u 
qo’ng’izlar va boshqalar tipik sanaladi. Boshqa bo’g’imoyoqlilardan 
solpuglar va yirik qushxo’r o’rgimchaklarni (yava paxmoq qushxo’ri 9 
sm.ga yetadi) qayd etish mumkin. Termitlar va chumolilar juda boy 
tarkibga ega. 
Indo-Malay zoogeografik oblasti 3-kenja oblastga bo’linadi: 
Hindiston, Hindixitoy va Malayziya. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə