M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Madagaskar 
Madagaskar oblastiga Madagaskar oroli va qator arxipelaglar hamda 
Hind okeanining janubi-g’arbiy qismida joylashgan alohida orollar 
(Komor, Seyshel, Maskaren, Amirant va boshqa mayda orollar) 
tegishlidir. Madagaskar oroli juda keng maydonni egallaganligi (587 ming 
kv. km.) sababli tabiiy sharoiti yetarli darajada xilma-xil, aholisi kam. 
Orolning markaziy qismi tog’lardan, qirg’oq qismlari tekistliklardan 
tashkil topgan. Uning markaziy qismidagi yassi tog’liklarning o’rtacha 
balandligi 1000-1500 metr, alohida cho’kqilari esa 2600 metrgacha yetadi. 
Mazkur yassi tog’liklarda o’rmonlar uchramaydi. Sharqiy tekistliklarda 
qalin tropik o’simliklar qoplamlari uchrasa, orolning janubiy chekka 
qismida esa cho’lga xos qiyofa va xususiyatlar shakllanadi. Geologik 


98 
ma’lumotlarga ko’ra, Madagaskar va Hindiston (Indo-Malay oblasti) 
orasidagi quruqlik aloqalari bo’r davrining oxirigacha saqlangan. 
Keyinchalik bu aloqalar uzilgan. Mozambik bug’ozi (eni 420 km.) 
Madagaskarni Afrikadan ajratib turadi. Hind okeani esa Madagaskarni 
Indo-Malay oblastidan ajratib turadi (3700 km. masofada). 
Madagaskarning florasi juda boy. Flora tarkibida 6000 turga mansub 
o’simliklar uchraydi. Shu turlardan taxminan 1500 tasi Afrikada ham 
tarqalgan. Madagaskar florasi palma, bambuk va orxideyalarning keng 
tarqalganligi bilan Afrikadan ajralib turadi. Bu yerda sayohatchilar tili 
bilan “orol endemigi” deb nomlanuvchi o’ziga xos daraxtlar o’sadi. Ular 
o’zining yirik barglarida yomg’ir suvini yig’adi. Bu suvning miqdori 
anchagina bo’lib undan ichimlik sifatida foydalanish mumkin. Hatto bu 
daraxtda daraxt baqalari ham yashashga moslashgan. Madagaskar faunasi 
orollarga xos xususiyatlarga ega. Fauna tarkibida endemiklar juda ko’p 
ammo uni efiopiyaning materik faunasi bilan solishtirganda tarkibining 
kambag’alligi yaqqol ko’rinadi. Madagaskarning hayvonot dunyosi o’ziga 
xos bo’lib, fitofaglar orasida mevaxo’r, daraxtlarda yashovchi shakllar 
yaqqol ustunlik qiladi. O’txo’rlar esa deyarli uchramaydi. Yirik yirtqich 
turlar va o’limtiklar bilan oziqlanadigan tasqaralar mutlaqo uchramaydi. 
Madagaskar faunasining o’ziga xosligi ucha olmaydigan aborigen 
hayvonlar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Ular to’rtta turkumga 
mansub bo’lib, barchasi endemiklardir. Hasharotxo’rlar bitta tipratikanlar 
yoki tenreklar Tenrecidae oilasini o’z tarkibiga kiritadi. Bu oila 13-avlod, 
30-turdan tashkil topgan. Ekologik jihatdan tenreklar adaptatsiyalanish 
tufayli juda xilma-xillashgan. Jumladan, ular orasida tipratikanga, krotga, 
yerqazarlarga va hatto suvda suzuvchi ya’ni qunduzlarga analog bo’lgan 
tenreklar ham uchraydi. Sut emizuvchilar orasida eng xarakterlisi chala 
maymunlardir (20 tur). Ular juda xilma-xil. Butun Yer yuzida ham 


99 
bunchalik ko’p tur qayd etilmaydi. Chala maymunlar 3- oiladan tashkil 
topgan: haqiqiy lemurlar-Lemuridae, indralar- Indridae, ay-aylar 
Daubentoniidae.
 
Madagaskar oblastining xarakterli hayvonlari:indri, rukonojka, fossa, 
lemur-katta, madagaskar cho’tka quloqli cho’chqasi, suvmoshaksimon 
kaklik, madagaskar bo’g’ma iloni,lemur-vari.
Haqiqiy lemurlar faqat 
Madagaskar va Komor orollarida tarqalgan. Ular 15-turga mansub bo’lib, 
6-avlodga tegishli. Ular orasida yirik turlardan vari va katta kabi turlarni 
qayd etish mumkin. Sichqonsimon lemur esa primatlarning eng mayda 
turlaridan sanaladi (13 sm). Indrilar oilasi 4-turni, ay-aylar esa 1-turni o’z 
ichiga oladi. Lemur va indrilar Madagaskarning qadimiy qatlamlaridan- 
pleystotsendan ham topilgan.Kemiruvchilar turkumidan endemik kenja 
oila- madagaskar xomyaklari Nesomyinae (12-tur) uchraydi.
Oblastdagi barcha yirtqichlar viverralar oilasiga mansubdir (7-
endemik avlod).Ular orasida eng ajoyib tur sifatida fossa –Cryptoprocta 
ferox uchraydi. U juda sodda tuzilishga ega bo’lib, quyi uchlamchi davr 
qazilma yirtqichlarini-viverralar va mushuklarning ajdodlarini eslatadi. Bu 
sodda tuzilgan hayvon Madagaskardagi eng yirik yirtqich sanaladi 
(uzunligi-1,5metr). 
Sut emizuvchilarining boshqa vakillari Afrikadan ko’chib o’tgan 
turlardir (inson tomonidan olib kelingan yoki tasodifiy kelib qolgan). 
Mazkur turlarga kalamushlar, sichqonlar va bir turdagi cho’tka quloqli 
cho’chqani kiritish mumkin. 
Ko’rshapalaklar Madagaskarda ko’pchilikni tashkil etadi, ammo ular 
oblastning o’zida shakllanmagan turlardan tashkil topgan. Ular orasida 
endemik oila vakillari ham uchraydi. Bu oblastga cho’tka quloqli 
chuchkalar ham xos bo’lib, bu hayvon bir vaqtlar inson tomonidan 


100 
keltirilgan va hozirda mustaqil tur sifatida erkin yashaydi. Qadimda bu 
yerda suv ayg’irlari ham yashashgan. Ularning qoldiklari pleytotsen 
qatlamlaridan topilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Madagaskar oblastida qo’shni Efiopiya 
oblastiga xos bo’lgan hartumlilar, karkidonlar, mushuklar, sirtlonlar, itlar, 
antilopalar, naytishlilar va boshqa ko’pgina turlar uchramaydi. 
Madagaskar qushlarining 58 % endemik turlardan iborat bo’lib, 
qolganlari Efiopiya yoki Indo-Malay oblastiga mansub turlardan 
shakllangan. Qushlar guruhlaridan quyidagi 3-endemik oila tipik sanaladi: 
madagaskar 
pittalari-Philepittidae, 
suvmoshaksimon 
kakliklar-
Mesoenatidae va vangalar-Vangidae. Bir paytlar yashab qirilib ketgan, 
yirik ucholmaydigan qushlar- epiornislar va dodo ham ushbu oblastga 
tegishli endemiklar bo’lishgan. Boshqa joylarda bo’lgani kabi bu oblastda 
ham kosmopolit oilalarning (qo’ng’irlar, qoravoylar, qarchig’aysimonlar, 
qarqaralar, laylaklar, kakkular, kaptarlar, yapaloqqushlar, ko’ktarg’oqlar, 
qaldirg’ochlar) turlari tarqalgan. Madagaskarning reptiliyalar faunasi 
yetarli darajada boy. Bu joyda ko’pgina xameleonlar, gekkonlar, 
toshbaqalar tarqalgan. Afrikadagi kabi nil timsohlari Madagaskarda va 
oblastga tegishli Seyshel va Komor orollarida ham uchraydi. Haqiqiy 
kaltakesaklar va zaharli ilonlar oblastda uchramaydi. Bo’g’ma ilonlardan 
faqat madagaskar bo’g’ma ilonlari kenja oilasi –Sanciniinae (4-avlod) 
endemik vakillari uchraydi. Xameleonlar juda xilma-xil. Ular orasida yirik 
(uzunligi 1-metr) xamelion turi ham uchraydi. Bu tur nafaqat hasharotlar 
balki umurtqalilar bilan ham oziqlanadi. Iguanlarning 7-turi bu oblast 
uchun xos. Suvda va quruqlikda yashovchilar kamchilikni tashkil etadi va 
ularning barchasi dumsizlar turkumi, baqalarga tegishlidir (150-tur, 
ko’pchiligi endemiklar). Bularga eshkak oyoqli va tor og’izli baqalarni 
misol qilish mumkin. 


101 
Haqiqiy chuchuk suv baliqlari Madagaskarda juda kam (20-tur) va 
ularning asosiysi Efiopiya oblastidan kelib chiqqan. Bir necha turdagi 
xromislar va karptishlilar hamda sho’r suvda yashashga moslashgan turlar 
uchraydi. Madagaskar faunasi umurtqasizlarining ko’pchiligi Efiopiya, 
Indo-Malay va Neotropik oblastlari faunasiga o’xshaydi. Ularning 
ko’pchiligi antiqa shaklga yoki hashamatli rangga ega. Beshiktebratar- 
Brancsikia aeroplana o’zining tuzilishi bilan fantastik uchuvchi apparatga 
o’xshasa, tovusko’zlilar orasida dunyodagi eng yirik hisoblangan-Argema 
mittrei kapalagining uzunligi 26 sm. ga yetadi. Qachonlardir o’rmonlar 
bilan qoplangan, vulkanik kelib chiqishga ega bo’lgan Maskaren tropik 
orollari juda ajoyib faunaga ega. Bu joyda ko’rshapalaklardan tashqari yer 
usti sut emizuvchilari, amfibiyalar va chuchuk suv baliqlari uchramaydi. 
Ilonlardan 2-endemik avlodga mansub bo’g’ma ilonlar hamda mahalliy 
gekkonlar va stsinklaruchraydi. Darlington fikricha, Maskaren orollarida 
shakllangan ornitofauna o’zining ajoyib xususiyatlari bilan yer yuzining 
boshqa hududlaridan ajralib turadi. Jumladan, boshqa hech qaerda 
mahalliy qushlar Maskaren orollaridagiga o’xshab juda qisqa muddatda 
qirib tashlanmagan. Bunday turlarga Mavrikiy orolida dodo, Rodrigesda 
oq dodo kabi 200-yil oldin qirilib ketgan turlarni va boshqalarni kiritish 
mumkin. Mazkur turlar kaptarlardan kelib chiqqan bo’lib, yerda 
oziqlanishgan va uchish qobiliyatini yo’qotgan. Ayni vaqtda bu orollarda 
bir qancha suv qushlari, yirtqich qushlar, yapaloqqushlar, kaptarlar, kam 
sondagi to’tilar va chumchuqlar tarqalgan. Seyshel orollarining faunasi 
tarkibida bir qancha amfibiyalarning qadimiy guruhlari uchraydi. Bu 
joyning qushlari Efiopiya yoki Indo-Malay oblastlari bilan faunistik 
jihatdan bog’langan. Oblastda Indo-Malay oblastidan kelib chiqqan 
ko’rshapalaklardan tashqari boshqa sut emizuvchilar uchramaydi. 


102 
Shuni ta’kidlash lozimki, Seyshel orollarining Efiopiya bilan 
faunistik aloqalari Madagaskar bilan aloqalariga qaraganda nisbatan 
ko’proq namoyon bo’ladi. Ehtimol Seyshel orollari bir paytlar Afrika va 
Hindistonni o’zaro tutashtirib turgan va Madagaskar bilan esa aloqada 
bo’lmagan. 
Madagaskar oblastining o’simlik va hayvonot dunyosini saqlab 
qolish maqsadida bu yerda bir necha qo’riqxonalar va bitta milliy bog’ 
tashkil etilgan. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə