M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Hindi-Xitoy (Birma-Xitoy) kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 Hindi-Xitoy (Birma-Xitoy) kenja oblasti 
Bu kenja oblastga Osiyo materigining chekka janubi-sharqiy hududi 
(Malakk yarim oroli bundan mustasno), hamda ikkita yirik orol-Tayvan va 
Xaynan tegishli. U g’arbda Hindiston kenja oblasti, shimoli-sharqda esa 
Golarktika bilan chegaralanadi. Nam va tropik iqlimga ega. Flora 


109 
tarkibida barglarini to’kuvchi o’rmonlar, gileyalar va katta maydonni 
egallagan qishloq xo’jalik ekinlari va boshqa qoplamlar uchraydi. 
Faunasi boy. Faunaga xos xususiyatlarning belgilanishida mazkur 
kenja oblastga tegishli qator iqlimiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jumladan, doimiy yuqori harorat, nam va quruq mavsumning keskin o’rin 
almashinuvi fauna tarkibi va dinamikasini boshqarib turadi. Quruq 
mavsumning 2-5 oygacha davom etishi deyarli barcha hayvonlar hayot 
jarayonlari ritmining kechishida o’z aksini topgan (ko’payish davrining 
nam mavsumga to’g’ri kelishi, qurg’oqchilik davrida aktivlikning to’liq 
yoki qisman to’xtashi, noqulay quruq mavsumda hayvonlarning kenja 
oblast va uning chegarasidan tashqariga migratsiya qilishi). 
Hayvonlarning endemik guruhlariga tipratikanlarga qarindosh 
bo’lgan gimnurasimonlar misol bo’ladi. Bulardan yirik (deyarli 50-sm) 
oddiy gimnur nisbatan keng tarqalishga ega. Bu kenja oblastda maymunlar 
ko’plab uchraydilar. Makak, gibbonlar va yarim maymunlardan tupay 
uchraydi. Xuddi shunday karkidonlar va fillar ham bu hududga xosdir. 
Boshqa sut emizuvchilardan bambuk o’rmonlarida yashaydigan, 
yenotlarga kiruvchi kichik panda, antilopalardan echkilarga o’xshash- 
goral va takin hamda mayda bug’u-elafodus bu hudud uchun xarakterlidir. 
Hindi-Xitoy kenja oblastida o’ziga xos ornitofauna shakllangan. 
Ayniqsa 
qushlardan 
tovuqsimonlar 
vakillari-qirg’ovullar 
ko’p. 
Qirg’ovullardan arguslar endemik sanaladi. Bankiv tovuqlari ham 
endemiklardan bo’lib hozircha ko’p sonda saqlanib kelmoqda. 
Golarktikadan kelib chiqqan qaychitumshuqlar, qizilbosh chumchuqlar va 
boshqalarni uchratish mumkin. 
O’t va barglarning yig’ilishidan shakllangan xazonlar saprofaglardan 
tashkil topgan ko’plab umurtqasizlarning yashashini ta’minlagan. 


110 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə