M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Golarktika
Golarktika-grekcha holos-butun, barcha, arktikos-shimoliy degan 
ma’noni bildiradi. Golarktika Yer sharining shimoliy quruqlik qismini 
egallovchi floristik va zoogeografik oblastlardan biridir. Shuni ta’kidlash 
lozimki, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
hududi 
ham 
zoogeografik 
rayonlashtirishda Golarktika oblastiga tegishlidir. Bu jixatdan mazkur 
oblast faunasini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Golarktika 
zoogeografik oblasti o’zining egallagan maydoni bo’yicha eng yirik oblast 
sanaladi. U Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrikaning shimolini va 
Osiyoning katta qismini qamrab oladi. Oblastning janubiy chegarasi issiq 
va mu’tadil zonada joylashgan. U janubdan Neotropik, Efiopiya, Indo-
Malay oblastlarining shimoliy chegaralari bilan chegaralanadi. Kutb 
havzasidagi Azor, Madeyra, Yapon va boshqa barcha orollar ham mazkur 
oblastga tegishlidir. Golarktika oblastining ekologik sharoitlari uning 
geografik joylashuvi va tarixiy shakllanishi bilan bog’liq holda turli-
tuman. Oblastda tipik tropik o’rmonlar uchramaydi. Baland va keng 
hududni egallagan tog’ tizimlari, cho’llar, tundra, tayga, nina bargli va 
bargli o’rmonlar, dashtlar oblast landshaftining turli-tumanligini 
ta’minlaydi.
 
Oblast faunasi kambag’al. Bunday holat qator omillar bilan 
tushuntiriladi. Ayniqsa, oblastning shimoliy hududda joylashganligi, 
uning shimoliy chegarasida pessimum sharoitning shakllanishiga va 
faunasining juda kambag’al bo’lishiga sabab bo’lgan. Turlar soni 
shimoldan janubga tomon ko’payib, boyib boradi, ammo oblastning 
janubiy 
chekkasida 
fauna 
yana 
kambag’allashadi. 
Faunasining 
kambag’alligini bitta yaqqol misol bilan tushuntirish mumkin. Oblastning 
Yevro-Osiyo qismida 1100 turdagi qushlar uchraydi. Janubiy Amerikada 
esa 2500 turdagi qushlar uchraydi.


113 
Faunasining 
kambag’alligini 
xarakterlovchi 
ikkinchi 
omil-
landshaftlarining bir avlodga mansubligi ya’ni landshaftlar orasida bir-
birlaridan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarning yaqqol namoyon 
bo’lmasligidir. Bundan tashqari faunasining nisbatan «yoshligi» va 
boshqa omillar ham oblastda hayvonot dunyosining o’ziga xos 
shakllanishiga sabab bo’lgan.
Golarktika oblasti chegara zonasida turli to’siqlarning deyarli 
yo’qligi va juda cho’zilganligi sababli boshqa qo’shni oblastlarning fauna 
elementlari mazkur oblastga kirib keladi.
Endemik guruhlar boshqa oblastlarga qaraganda ancha kam. Ular 
yettita sut emizuvchilar oilasi vakillaridan tashkil topadi: vыxuxollar, 
qunduzlar, qo’shoyoqlar, selevinalar va boshqalar. Subendemiklardan bu 
oblastda krotlar uchraydi. Qushlarning endemik oilalariga qurlar va 
gagaralarni kiritish mumkin.
Oblastning shimoliy hududlarida sudralib yuruvchilar xilma-xilligi 
juda past ko’rsatgichda namoyon bo’ladi. Ammo janubga tomon 
yo’nalishda ularning miqdoriy va sifatiy ko’rsatgichlari ancha oshadi. 
Jumladan, ular orasida endemik oila vakillaridan-zaharli tishlilar uchraydi. 
Sudralib yuruvchilarning ko’pchiligi endemik avlod darajasida namoyon 
bo’ladi.
Golarktika zoogeografik oblastining xarakterli hayvonlari: los, 
karqur, qunduz, qur, katta qo’shoyoq, rosomaxa, seleviniya, skuns, 
ovtsebыk, krot, tulki, sobol, qo’ng’ir ayiq, vыxuxol, cho’rtan, losos.
Suvda 
ham quruqlikda yashovchilardan burchak tishlilar, yashirin jabrali yirik 
salamandralar, ambistomalar, amfiumlar, proteylar va sirenlar oilalari 
endemiklar hisoblanadi. Bularning barchasi dumli amfibiyalarga tegishli 
bo’lib, dumsizlar orasida yuqori rangdagi endemiklar uchramaydi.


114 
Chuchuk suv baliqlari turli-tumanligi jihatidan tropik ixtiofaunadan 
ancha keyingi o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan 
osyotrsimonlar, eshkak burunlilar, qalqonli cho’rtanlar, losossimonlar, 
xariuslar, chikuchansimonlar, umbrasimonlar, g’or baliqlar, perkopsidlar, 
afredoderussimonlar, quloqli okunlar, keng peshonalilar va boshqa oilalar 
endemiklar hisoblanadi.
Umurtqasizlar faunasi ham o’ziga xos sistematik va ekologik 
xususiyatlarga ega bo’lib, turli-tumanligi bo’yicha tropik oblastlardan 
ancha keyingi o’rinni egallaydi. Yuqori rangni egallovchi endemiklar 
kamchilikni tashkil etadi. Hasharotlardan Notoptera turkumi vakillari 
Shimoliy Amerika, Yaponiya va Primoryada uchrovchi endemiklardir. 
Hasharotlarning qator oilalari va ayrim o’rgimchaksimonlar endemik 
guruhlarga tegishlidir.
Golarktika faunasida tropik hududlarga mansub hayvonlar guruhi 
deyarli uchramaydi, bu oblastda ayrim keng tarqalgan turlarnigina 
uchratish mumkin.
Yevro-Osiyo va Shimoliy Amerikaning o’zaro o’xshash fauna 
elementlaridan tashkil topganligini quyidagicha izohlash mumkin. 
Shimoliy Amerika va Yevro- Osiyo ayni vaqtda bir-biridan to’liq ajralgan, 
ammo pleotsen va to’rtlamchi davrda bu ikki hududni Alyaska o’zaro 
tutashtirib turgan. Mazkur yo’l orqali hayvonlar ikki yo’nalishda 
migratsiya qilib turishgan. Bu yo’l orqali Yevro-Osiyodan Amerikaga tog’ 
qo’ylari, loslar, qo’ng’ir ayiq va hozirda Amerikada qirilib bitgan 
mamontlar, yaklar, sayg’oqlar va boshqa hayvonlar o’tib qolganlar. 
Shimoliy Amerikadan Yevro-Osiyoga shu yo’l orqali shimol bug’usi, 
ovtsebыk va boshqa hayvonlar o’tishgan. Golarktika faunasi uchun 
quyidagi asosiy xususiyatlar xarakterli. 


115 
1. Faunaning keng zonalikka egaligi. Golarktikaning chekka 
shimoliy qismida fauna juda kambag’al va bir xilligi bilan xarakterlanadi. 
Janubga tomon fauna boyib boradi. Cho’llarda va tog’larning yuqori 
cho’qqilarida esa fauna nisbatan kambag’allashadi. Bunday o’ziga xoslilik 
har bir hududning ekologik sharoitlari va uning shakllanishi, tarixi bilan 
uzviy bog’liqdir. Jumladan, shimolda iqlimiy xususiyatlarning juda 
noqulayligi 
va 
landshaftlarning 
o’zaro 
o’xshashligi 
faunaning 
kambag’alligiga olib kelgan bo’lsa, cho’l va tog’larning yuqori qismida 
esa juda issiq, qug’oqchil hamda sovuq sharoitlar o’simliklar dunyosining 
va hayvonot olamining kambag’alligiga sabab bo’lgan. Janubiy 
hududlardagi nisbatan sharoit va qushni tropik oblastlardan ko’pchilik 
turlarning Golarktika oblastiga kirib kelishi mazkur zonada faunaning 
nisbatan boyligini ta’minlaydi. 
2. Golarktika oblasti faunasi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar 
uning shimoliy rayonlarida yaqqol namoyon bo’ladi, janubga tomon 
yunalishda bunday umumiylik kamayib boradi. Yevro-Osiyoning tundra 
va Shimoliy Amerika zonalaridagi fauna o’zaro deyarli farq qilmaydi. 
Bunday umumiylik o’rmon zonasida yaqqol ifodalanadi. Janubiy 
rayonlarda esa Yevro-Osiyo va Shimoliy Amerika faunasi o’rtasidagi 
o’xshashlik kuchsiz namoyon bo’ladi. Bunday xususiyat mazkur hududlar 
o’rtasidagi masofaning oshib borishi (aloqalarning uzilishi) hamda janubiy 
zoogeografik oblastlar bilan aloqalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Golarktikaning 
hozirgi 
faunasi 
asosan 
to’rtlamchi 
davrda 
shakllangan bo’lib, uning tarkibiy qismi muz davrida o’ziga xos shaklni 
egallagan. Shu sababli u ancha yosh fauna sanaladi. Muz davrida tropik 
xususiyatga ega bo’lgan fauna qirilib ketgan yoki janubga tomon siqib 
chiqarilgan. O’sha davrdagi fauna ba’zi xususiyatlari bilan Afrika va 
Hindiston faunasiga o’xshab ketgan. Bu faunaning elementlari 


116 
Golarktikaning janubiy chegaralari ya’ni Qadimgi O’rta Yer dengizi, 
Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning janubida turli miqdorda saqlanib 
qolgan. Chunki mazkur rayonlarda muz davrining katastrofik o’zgarishlari 
kuchsiz namoyon bo’lgan. 
Golarktikada muz davridan keyin iqlim juda sovuq bo’lgan. Bunday 
ekologik sharoit fauna tarkibida kuchli o’zgarishlar yuz berishiga, 
jumladan, ayrim turlarning qirilib ketishiga, ayrimlarning siqib 
chiqarilishiga, hudud uchun yangi bo’lgan turlarning kirib kelishiga va 
nihoyat hayvonlarning qayta taqsimlanishiga sabab bo’lgan. 
Aniqlanishicha, Golarktikadagi hozirgi tabiiy sharoit muz davridan 
oldingi sharoitga qaraganda ancha noqulay, shu sababli hayvonlarning 
qayta tarqalishi va taqsimlanishi cheklangan. Golarktika faunasi yosh, 
qayta tiklanayotgan faunadir. Yangi turlar hisobiga faunaning qayta 
tiklanishi juda sekinlik bilan yuz beradi. Oblastning ayrim rayonlarida 
ekologik 
sharoitlarning 
yanada 
ekstremallashuvi 
faunistik 
komplekslarning yana ham kambag’allashishiga sabab bo’lmoqda. 
Jumladan, ayni vaqtda o’rmonlarda tez-tez sodir bo’layotgan yirik 
yong’inlar, suv toshqinlari, qishloq xo’jaligi va sanoat korxonalari bilan 
bog’liq ekologik muammolar mazkur hudud faunasining tur tarkibi va 
zichligiga ta’sir ko’rsatmoqda. 
Golarktika oblasti Palearktika va Neoarktika kabi ikkita kenja 
oblastga bulinadi. Ular mos ravishda sharqiy va g’arbiy yarim sharlarda 
joylashgan. 


Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə