M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Neoarktika kenja oblasti 
Bu kenja oblast Shimoliy Amerika tropik hududining shimolida 
joylashgan qismini egallaydi. Tinch okeanidagi Aleut va Vankuver 
orollari, Atlantika okeanidagi Grenlandiya, Nyufaundlend va Bermud 
orollari ham mazkur kenja oblastga tegishli. Uning janubiy chegarasi 
Neotropik oblastining shimoliy chegarasi orqali o’tadi. Meridian bo’ylab 
cho’zilganligi munosabati bilan bu kenja oblast tropik iqlimdan tashqari 
barcha tipdagi iqlimiy xususiyatlarni o’z boshidan kechiradi. Tinch okeani 
qirg’oqlaridagi iqlimiy xususiyatlar Atlantika okeaniga qaraganda ancha 
yumshoq. 


120 
O’simliklar qoplamining turli darajada rivojlanganligiga ko’ra 
tundra, tayga, keng bargli o’rmonlar va preriyalar farq qilinadi. Suptropik 
nina-keng bargli o’rmonlar Tinch okeani qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan. 
Subtropik cho’llar Meksika tog’ oldi va uning shimolida joylashgan 
rayonlarni egallaydi. Bu hudud-kaktuslar makoni hisoblanadi. O’simliklar 
qoplami inson faoliyati tufayli kuchli o’zgargan. Ayniqsa sharqda keng 
bargli o’rmonlar va preriyalar kuchli o’zgarishga uchragan. Inson 
ta’siridan holi bo’lgan tabiat komplekslari ko’pchilik hollarda AQSh va 
Kanadaning milliy bog’larida saqlanib qolgan. 
Bu kenja oblastning janubiy rayonlarida fauna nisbatan xilma-xil va 
boy. Shimoliy yo’nalishda fauna asta-sekin kambag’allashib boradi. 
Neoarktika kenja oblastining Neotropik oblast bilan chegara hududida 
faunalar orasida o’zaro almashinuv yuz berib tura di. Neoarktikada sut 
emizuvchilarning uchta endemik oilalari uchraydi. Bularga kemiruvchilar 
turkumidan aplodontlar oilasiga mansub yagona tur kiradi. U 
olmaxonlarga yaqin bo’lib, g’arbiy rayonlardagi nam joylarda uchraydi. 
Goferolar ham kemiruvchilar turkumiga oid oila bo’lib subendemik 
turlardan tashkil topadi. Ularning 40 ga yaqin turi mavjud bo’lib, shundan 
1-tur Neotropik oblastga kirib boradi. Uchinchi oila bu burama shoxlilar 
oilasidir. Bu oilaning bir turi (Antilocapra) uchraydi. U Shimoliy 
Amerikaning g’arbidagi preriyalar uchun endemikdir. Uning shoxi 
qovushshoxlilarning (jayron) shoxiga o’xshab suyak asosning ustida 
kiygizib qo’yilgan g’ilofga o’xshaydi, ammo qovushshoxlilardan farq 
qilib har yili urchishdan keyin shoxining g’ilofi tushib ketadi va qaytadan 
yangisi o’sib chiqadi. Avlod darajasidagi endemiklar ancha ko’p.
Jumladan, sakrovchi kemiruvchilar AQSh ning janubi-g’arbida qator 
endemiklar avlodlardan tashkil topgan. Olmaxonlar-endemik hisoblangan 
o’tloq itlari, antilopasimon yumronqoziq va burunduksimon olmaxonlar 


121 
kabi avlodlarni tashkil etadi. Yirtqichlardan malla bo’ri endemikdir. 
Kulrang tulki, Amerika bo’rsig’i va skunslar yoki badbo’ylar ham 
endemiklar sanaladi. Neotropik oblastidan Neoarktika kenja oblastiga 
xaltalilardan-amerika opossumi, qo’lqanotlilardan bargsimon burunlilar va 
vampirlar, amerika jayralari, yenotlar va pekarlar o’tib turadi. 
Neoarktika va Palearktika uchun umumiy hisoblangan hayvonlarga 
quyidagilar kiradi: krotlar, kojanlar (ko’rshapalaklar), dumsiz sichqonlar, 
tovushqonsimonlar, olmaxonlar, olaxo’rjinlar, dala sichqonlar oilalari va 
qunduz, bo’ri, oq ayiq, qo’ng’ir ayiq, los, gornostay, asl bug’u va boshqa 
turlar.
Neoarktikada 
tipratikanlar, 
kalamushlar 
va 
asl 
sichqonlar 
uchramaydi, ammo olaxo’rjinlar turli-tuman va juda ko’p sonda uchraydi. 
Neoarktika ornitofaunasi Palearktika va Neotropikaga o’xshash 
ayrim xususiyatlarni o’ziga saqlab qolgan. Ayniqsa Palearktikaga 
o’xshash bo’lgan ornitofauna tarkibida suv va suvoldi qushlarining foizi 
yuqori ko’rsatgichni tashkil etadi. Ularga gagaralar, qo’ng’irlar, o’rdaklar 
(yovvoyi o’rdak, suqsun, gaga va boshq.) ni kiritish mumkin. G’ozlardan 
amerika oqqushi, kanada kazarkasi, chiroyli sanaladigan qirol o’rdagi 
endemiklar hisoblanadi. Lochinnamolardan Palearktikaga ham xos 
bo’lgan burgut, qirg’iy, shumkar uchraydi. Endemiklardan oqbosh burgut, 
shilliqxo’r kalxat, six dumli kalxat va tasqara-indeyka uchraydi. 
Neoarktika subendemiklari indeykasimonlardan tashkil topgan. Bu joyda 
amerika kakkusi ham yashaydi. Ular uchun uya parazitizmi xos emas, 
tuxumlarini o’zlari bosishadi. Bu xususiyati bilan yevropa kakkularidan 
ajralib turadi. Neoarktikaning janubida amerika tasqaralari keng 
tarqalishga ega. Kolibrilar, tirannalar, tanagrlar va boshqa turlar ham kenja 
oblastning janubida keng tarqalgan. Uning shimolida Palearktika kenja 


122 
oblastiga xos turlar (sviristel, bigiztumshuq, pishchuxa, chichetka va 
boshq.) uchraydi.
Sudralib yuruvchilar faunasi haqiqiy kaltaksaqlar va qora ilonlarning 
yo’qligi bilan ajralib turadi. Agamalar o’rnida iguanalar tarqalgan. 
Zahartishlilar oilasi endemik sanaladi. Ularning tarkibiga hammasi bo’lib 
2-tur Shimoliy Amerika (Meksika) kaltakesaklari kiradi. Ular planetadagi 
yagona zahar bezlariga ega bo’lgan turlardir. Uning zahari inson uchun 
xavfli. Ilonlarning ko’pchiligi tipik Amerikaga xos oila va avlodlarga 
tegishli vakillardan tashkil topgan. Nisbatan xarakterli turlarga 
qalqontumshuq va shaqildoq ilonlarni kiritish mumkin. Ularning zahari 
inson va hayvonlar uchun xavfli. Aspidsimonlar kam, kobralar umuman 
uchramaydi. Bo’g’ma ilonlar (kaliforniya bo’g’ma iloni, rezina iloni) 
tropik bo’g’ma ilonlarga qaraganda maydaligi bilan ajralib turadi. 
Toshbaqalarning ko’pchiligi janubdan kirib kelgan kaymansimon va 
balchiq toshbaqalaridan tashkil topgan. Quruqlik toshbaqalaridan goffer 
toshbaqasi uchraydi. U quruq, qumli hududlarni tanlaydi va uzunligi 12 
metr bo’lgan uya qaziydi. Bunday uyalarda ba’zan qurbaqalar, ilonlar, 
quyonlar, opossumlar va hatto yenotlar ham uchrab turadi. Goffer 
toshbaqa-larining go’shti sifati bo’yicha yuqori baholanadi. Missisipi 
havzasida alligatorlarning neotropik oilasi vakillaridan Missisipi alligatori 
uchraydi. Uning uzunligi 4 metr.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar orasida dumlilarning vakillari 
ancha ko’p. Ular Palearktika bilan uzviy aloqada. Bularga yashirin 
jabralilar, ambistomalar, sirenlar, haqiqiy va o’pkasiz salamandralar 
kiradi. Amfiumlar kenja oblastning janubida yashaydi va endemik 
sanaladi. O’ziga xos tur-dumli qurbaqa-Ascaphus truei silliq oyoqlilar 
yoki leopelmid oilasiga tegishlidir. Dumsizlardan tor og’izli baqalar, 
kvakshalar, chesnochnitsa, baqalar va haqiqiy qurbaqalar uchraydi.


123 
Neoarktikaning ixtiofaunasida amiesimonlar endemik turkumi yoki 
balchiq baliqlari uchraydi. Balchiq baliqlari eng tuban baliqlar 
hisoblanadi. Subendemiklarga pantsirlilar (qalqonlilar) turkumi kiradi 
(qalqonli cho’rtan). Losossimonlar, osyotrlar, cho’rtanlar oilalari mazkur 
kenja oblastga Palearktika ixtiofaunasining urug’doshlari sifatida o’tib 
qolgan. Tishli karplar, amerika somlari, xaratsinalar Neotropik oblastdan 
o’tgan turlardir. Afrika va Yevro-Osiyoda dominant tur sanalgan 
karpnamolar Neoarktikada uchramaydi.
Neoarktika umurtqasizlari faunasi ham Neotropik oblasti va 
Palearktika kenja oblastlari bilan uzviy aloqada shakllangan. Chuchuk suv 
mollyuskalaridan bir necha yuz turga ega bo’lgan unionid oilasi 
xarakterlidir. 
Hasharotlardan 
qo’ng’izlar 
alohida 
ajralib 
turadi. 
Tangachaqanotlilar asosan Palearktikadan kelib chiqqan turlardan iborat. 
Tropik guruhga mansub bo’lgan vakillardan termitlar uchraydi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, bioxilma-xillik – hayot mezonidir, uni 
saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash bizning umumiy 
manfaatimizdir. Bu jarayonda yoshlarimizning atrof tabiiy muhit 
mhofazasi yo’nalishdagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik sifatlarini
namoyon etish hamda dahldorlik hissiyotini uyg’otish ayniqsa hozirgi
kunning muhim vazifasidir.


124 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə