M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 Malay kenja oblasti 
Bu kenja oblast Malakk yarim oroli, Katta Zond orollari va Flippin 
arxipelagini egallaydi. Iqlimi nam tropik. Asosiy o’simlik qoplamlarini 
nam o’rmonlar (gileya) tashkil etadi. Uning floristik tarkibi juda boy.
Hududning ko’pchilik qismi orollardan tashkil topganligiga qaramay 
bu joydagi fauna materik xususiyatiga ega. Bu holat kenja oblastning 
yaqin o’tmishda materik bilan aloqada bo’lganligidan dalolatdir. 
Sut emizuvchilardan targ’il tapir, ikki turdagi karkidon (sumatra va 
yava karkidonlari), fil va banteng buqasi kabilar xarakterlidir. 
Yirtqichlardan 
viverralar 
oilasining 
ko’pgina 
vakillari 
uchraydi 
(binturonglar, tsivettalar, mangustlar). Mushuksimonlardan qoplon va 
yo’lbarsni qayd qilish mumkin. Primatlardan gibbonlar (Malakk va 
Sumatrada endemik yirik gibbon-siamong uchraydi), orangutanlar va 
Kalimantanda esa martishkalarning ajoyib vakili-burundor maymun 
uchraydi. Yarim maymunlar turkumidan uzun tavonlilar oilasining 3-turi 
Sumatra, Kalimantan va Filippinda tarqalgan. Bu kenja oblastda 
olmaxonlar juda ko’p. 
Qushlarning zoofag vakillari ancha xilma-xil. Ular o’rmonlarning 
barcha yaruslarini egallagan bo’lib, ayniqsa hasharotlarni ushlash qulay 
bo’lgan yuqori yaruslarda ko’plab uchraydi. Bularga pashshaxo’r qushlar, 
drongalar, lichinkaxo’rlar, trogonlar va qizilishtonlarni misol qilish 
mumkin. Ko’kqarg’anamolardan bo’zdoqlar va ko’ktorg’oqlar keng 
tarqalgan. Ko’ktorg’oqlarning ayrimlari suv havzalarida baliq va boshqa 
suv hayvonlari bilan oziqlansa, ko’pchiligi esa suvdan ancha uzoqda 
kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanishadi. 
Oziq tarkibining asosi o’simliklardan tashkil topgan qushlarga karkidon 


111 
qushlar, kaptarlar, qirg’ovullar va tovuslarni misol qilish mumkin. 
Qushlarning endemiklari Kalimantan orolida nisbatan ko’p. 
Sudralib 
yuruvchilardan 
kenja 
oblastda 
uchuvchi 
ajdarlar, 
echkemarlar, yirik yassidumli gekkon va boshqalar uchraydi. Daraxtlarda 
yashashga nisbatan turli moslanishlarni sudralib yuruvchilardan yirik 
yassidumli gekkon, bronza ilonlari, o’tkir boshli ilonlar, pitonlar 
(to’rsimon piton) va boshqalarda yaqqol kuzatish mumkin. 
Qora ilonlar kam. Ulardan keng tarqalgan zanjirli qora ilon o’ziga 
xos baland vishillashi, o’tkir zahri bilan ajralib turadi. Timsohlardan 
gavialsimonlar va boshqalar uchraydi. 
Amfibiyalardan eshkak oyoqlilar ko’pchilikni tashkil etadi. Ulardan 
ayniqsa old va orqa oyoqlaridagi barmoqlari orasida keng pardalari 
bo’lgan va ular yordamida sakrashga moslashgan uchuvchi baqalar keng 
tarqalishga ega.
Umurtqasizlar orasida nam tropik o’rmonlarda asosiy o’rinlardan 
birini termitlar egallaydi. Ular katta massadagi o’simliklar qoldiklarini 
qayta ishlash va minerallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur 
jarayon bu yerdagi nematodalar, kanalar, qo’ng’izlar, o’simlik bitlari, ko’p 
oyoqlilar va megaskoletsidlar faoliyatida ham kuzatiladi. 
Filippin arxipelagi faunasi tipik orol xarakteriga ega bo’lib, Zond 
orollariga 
nisbatan 
kambag’al. 
Filippin 
arxipelagida 
uchrovchi 
endemiklarga mindor buyvoli, bir necha turdagi bug’ular, filippin 
junqanoti va filippin uzuntovonini misol qilish mumkin. Bir necha turdagi 
viverralar hamda primatlardan barcha orollarda tarqalgan krabxo’r 
maymunlar uchraydi. Bu yerda faunaning Avstraliya faunasi bilan 
aloqalari (xas tovuqlar, kakadu va lori to’tilari) yaqqol namoyon bo’ladi. 


112 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə