M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Hindiston kenja oblasti 
Bu kenja oblast butun Old Hindistonni va Shri-Lanka orollarini o’z 
tarkibiga kiritadi. G’arbiy va shimoliy chegarasi oblastning chegarasiga 
mos 
keladi. 
Sharqiy 
chegarasi 
Ganga 
daryosining 
deltasidan 
Braxmaputraning yukori oqimigacha cho’ziladi. Mazkur kenja oblast 
geografik joylashuvi va o’ziga xos iqlimiy xususiyatlardan kelib chiqqan 
holda turlicha tarkib va zichlikka ega bo’lgan o’simlik qoplamlari bilan 
egallangan. Bu joyda siyrak o’t va alohida butalardan iborat o’simlik 
qoplamlari, to’qaylar, palma va bambuk daraxtlaridan iborat zich o’simlik 
qoplamlari, botkoqlashgan jungli, nam tropik o’rmonlar, savanna va 
boshqa floristik xilma-xillikni ko’rish mumkin. Hindiston, Pokiston va 
Shri-Lankada qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlarning ko’pchiligida 
dehqonchilik qilinishi oqibatida o’rmonlarning ancha qismi kesib 
tugatilgan.Mazkur kenja oblast faunasi tarkibida Indo-Malay oblastiga 
tegishli xarakterli turlardan tashqari asosan g’arb tomondan kirib kelgan 
qo’shni Efiopiya va Palearktika oblastlari vakillari ham uchraydi. 


108 
Endemik guruhlarga antilopalardan nilgau, garna, to’rt shoxli 
antilopani hamda labdor ayiq va gulman maymunlarini kiritish 
mumkin.Yirik yirtqichlardan yo’lbars va arslonlar yarim orolning turli 
rayonlarida tarqalgan. Hindiston davlatining muhofaza chora-tadbirlari 
natijasida yo’lbarslar soni oshib bormoqda. Arslonlar Hindistonning 
chekka shimoli-g’arbidagi milliy bog’larda juda kam sonda uchraydi. 
Ta’kidlanishicha, bu yerga xuddi yo’l-yo’l sirtlon va chiya bo’riga 
o’xshab arslonlar, karakal va xaus kabi mushuksimonlar Old Osiyodan 
kirib kelgan. Efiopiyadan kirib kelgan turlarga gepardni kiritish mumkin. 
Golarktika va Efiopiyadan kelgan kelgindi turlar bilan mahalliy 
turlarning aralashuvini (chatishish natijasida) qushlar tarkibida kuzatish 
mumkin. Ornitofaunasidagi tipik turlarga tovus, ko’k to’rg’ay, jannat 
pashshaxo’ri va boshqalarni kiritish mumkin. Ko’k to’rg’ay va jannat 
pashshaxo’ri allaqachon O’rta Osiyo daryolarining vodiylariga tarqalgan. 
O’ta plastik, agressiv va keyingi yillarda ko’pgina muammolarning kelib 
chiqishiga sababchi bo’layotgan hamda areali kengayib, zichligi ortib 
borayotgan mayna ham kelib chiqishi jihatidan Hindiston bilan bog’liqdir. 
Reptiliyalardan kenja oblastda xamelionlar va gavial timsohi keng 
tarqalgan. Hindistonning chekka janubida va Shri-Lanka orolining tog’ 
o’rmonlarida uya qazib yashovchi shaqildoq dumli ilonlar oilasi uchraydi 
(45-endemik tur). Yirik chuvalchanglardan megaskoletsidlar (uzunligi 1,5-
metr) uchraydi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə