M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


G’arbiy-Afrika kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

G’arbiy-Afrika kenja oblasti 
Mazkur keja oblast Afrikaning g’arbiy va markaziy qismidagi nam 
ekvatorial o’rmonlarni o’z tarkibiga kiritadi (Gvineya ko’rfazining janubiy 
sohillari va Kongo daryosi basseyni). Bu kenja oblastda asosan nam tropik 
(ekvatorial) o’rmonlar yoki gileyalar shakllangan. Gileyadagi hayvonlar 
jamoasini tuproqda, o’simlik qoldiklari (xazon) ostida va yer ustidagi 
pog’onalarda yashovchi turlarga ajratish mumkin. Gileyada biotsenozdagi 
funktsional roliga ko’ra bir nechta trofik guruhlarni farqlash mumkin. 
Ulardan ayrimlari o’rmonning u yoki bu pog’onasida ham yashashga 
moslanishlar hosil qilgan.
Saprofaglar bu joyda turli-tuman va ko’p. Ular o’simliklarning 
yerdagi qoldiklari bilan(xazon, shox, poya va boshqalar) oziqlanishadi. 
Nam tropik o’rmonning o’rtava yuqori yaruslari tur fitofaglar bilan 
egallangan. Fitofaglar o’simliklarning tirik massalari (barg, shox-shabba, 
meva va boshqalar) bilan oziqlanishadi. Fitofag va saprofaglarga 
qaraganda zoofaglar pog’onalar bo’yicha bir muncha tekis tarqalishgaega. 
Bular yirtqichlar, hasharotxo’r qushlar, yirtqich umurtqasizlar, ektova 
endo parazitlar (hayvonlar parazitlari) va boshqalardan tashkil topadi.
Fitofaglarningkatta 
guruhini 
Afrika 
gileyalarida 
yashovchi 
maymunlar tashkil etadi. Ayniqsa, kolobuslar (qirol, qora-qizil, yashil 
kolobuslar), turli martishkalar (diana martishkasi, mono martishkasi) 


95 
xarakterli turlar hisoblanadi. Gileyalarda gorillalar, shimpanze va yarim 
maymunlar (galago, potto) ham uchraydi.
Tuyoqlilar bu joylarda kam uchraydi. Ular orasida cho’tka quloqli 
cho’chqa, yirik o’rmon cho’chqasi, bongo antilopasi va pakana suv 
ayg’irini uchratish mumkin. Bu joyda tuyoqlilarning juda mayda vakillari 
ham yashaydi. Ularning balandligi atigi 40 sm atrofida, massasi 10-15 kg 
(afrika bug’uchasi va bir necha turdagi dukerlar). Mazkur turlar ozuqa 
sifatida nafaqat o’simliklar balki mayda hayvonlardanham foydalanishadi. 
Bunday oziqalanish ayrim kemiruvchilar uchun ham xos (botqoq 
kalamushi, dag’al junli sichqonlar va boshq.). Tipik zoofaglarga 
pangolinlar yoki yashchurlar, qoplonlar, viverralar va yer qazarlarni 
kiritish mumkin. Afrika gileyalarida o’simliklar bilan oziqlanuvchi 
qushlar turli-tuman. Bularga tovuslar, turako yoki bananxo’rlar, karkidon 
qushlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari kaptarlar, 
to’tilar (kul rang-jako) va boshqalar mazkur hudud uchun xos turlardandir. 
Hayoti suv bilan bog’lanmagan-ko’ktarg’oqlar, bulbullar, bo’zdoqlar, 
drongo, lichinkaxo’rlarni ham uchraydi. Martishka va kolobuslar bilan 
oziqlanuvchi maymunxo’r burgutlarham bu hudud uchun xos turlardir. 
O’ziga xos qiziqarli xulq-atvorni asal darakchilarida kuzatish mumkin. 
Ular hasharotlar va asalari uyalaridagi mum bilan oziqlanishadi. Afrika 
o’rmonlarida xamelionlar ayniqsa xilma-xil. Ko’pchilik reptiliyalar 
daraxtlarda ov qilganligidan yashil rangga kirgan. Jumladan, xlorofis 
ilonlari, yashil manba va daraxt qora ilonlari xuddi shunday 
moslanishlarga ega. Suv havzalarida to’mtoq tumshuqli timsoh uchraydi. 
Tipik zoofaglarga pangolinlar yoki yashchurlar, leopardlar, viverralar, yer 
qazarlarni kiritish mumkin. Gileyalardagi dominant guruh hisoblangan 
yirtqich hasharotlarga chumolilar kiradi. Bu joyda ularning 600 dan ortiq 
turlari uchraydi. Tuproq yuzasi ya’ni xazon ostida yirik skolopendralar, 


96 
qora chayonlar va turli o’rgimchaklar yashaydi. Gileyada guruh holida 
yashovchi saprofaglarga termitlarni misol qilish mumkin. Nam tropik 
o’rmonlarda ularning uyalari 1 ga da soni 80 tadan 100 tagacha yetadi. 1 
m
2
da uchrovchi termitlar soni esa 500 tadan 10 mingtagacha tebranadi. 
Xuddi shunga o’xshash saprofag oziqlanishni bu joyda uchrovchi 
suvaraklar, shiralar, qung’izlar, juft qanotlilar va boshqa bug’im 
oyoqlilarning lichinkalari hamda voyaga yetgan vakillarida kuzatiladi.
Ko’pchilik kapalaklar G’arbiy-Afrikaning tropik o’rmonlarida yashaydi. 
Ularning 3/4 qismi endemiklardir. G’arbiy-Afrikada uchrovchi ayrim 
oilalar va ko’pchilik avlodlarning Indo-Malay oblastining o’rmonlarida 
uchrashi katta qiziqish tug’diradi. Uchlamchi davrda nam o’rmonlar juda 
katta maydonni egallab, ular Afrika va Janubiy-Osiyoda keng tarqalgan va 
ularni o’zaro bog’lab turgan. Hozirda bu areallar alohidalashgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə