M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Patagon-Chili kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Patagon-Chili kenja oblasti 
Bu kenja oblast materikning mo’’tadil zonadagi janubiy qismini 
egallagan. Kenja oblastda ochiq landshaftlar asosiy o’rinni egallaydi. 
Jumladan, keng dasht hududi-pampaslar, chala cho’llar, o’rmonsiz yassi 
tog’liklar, cho’llar, tog’ tizmalari.Kenja oblast uchun xarakterli turlarga 
lamalar, tog’ va pampas bug’ulari, ko’zoynakli ayiq hamda 
kemiruvchilardan shinshilla, viskasha, nutriya, tukotuko, dengiz 
cho’chqachasi va mara kabi sut emizuvchilarni kiritish mumkin. Zixrlilar 
va xaltalilarning ham hudud uchun xos turlarining uchrashi qayd 
etiladi.Qushlardan nandu, tinami, palamedey, kolibrilar va kondorlarni 
qayd etiladi.Dumsiz amfibiyalardan Darvin rinodermasi uchraydi. Bu 
turning erkaklari rivojlanayotgan tuxumlarni tomog’idagi xaltasida olib 
yuradi. 
Efiopiya 
Efiopiya oblasti Afrika materigining katta qismini egallaydi. Bu 
oblast Saxaraning janubini, Arabiston yarim orolning janubiy-sharqini 
egallaydi. Oblast tarkibiga Skotra, Vozneseniya, Shimoliy Yelena orollari 
ham kiradi. Shimolda oblast chegaralari tropik mintaqadan tashqariga 


84 
chiqmaydi. Janubda esa bu chegaralar subtropik mintaqaga ancha kirib 
boradi. Afrika materigi ma’lum darajada ulkan shimoliy materik tarkibiga 
yaqin joylashgan bo’lib, ayrim vaqtlarda uning hayotiy komponentlari 
mazkur materik bilan yaqin aloqada bo’lgan. Ayrim qarashlarga ko’ra, 
Afrika, Yevropa O’rta Yer dengiziga tomon siljigan va hozirgi holatiga 
kelib siljishdan to’xtab qolgan. Bunday qarashlar Afrika va Yevro-Osiyo 
faunasining ma’lum daraja o’xshashligi, o’ziga xos xususiyatlarining 
hozirda ham mavjudligi bilan o’z isbotini topadi. Uchlamchi davrda esa 
bunday o’xshashliklar bu ikkala materik orasida yana ham ko’proq 
bo’lgan. Paleontologlar uchlamchi davrda Afrika faunasining Yevropaga 
bir necha bor migratsiya qilganligini aniqlaganlar. Xuddi shunday teskari 
migratsiya ham sodir bo’lib turgan. Hozirda Afrikada uchraydigan qator 
tuyoqlilar uchlamchi davrda Yevropada va Hindistonda yashagan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Afrika, Yevro-Osiyo va hatto Shimoliy 
Amerika faunalarining taqdiri oz muncha bo’lsada, o’zaro bog’liqligidan 
dalolat beradi. Efiopiya faunasi qator belgilari bilan Indo-Malay oblasti 
faunasiga ham o’xshab ketadi. Daraxtlar issiqqa juda chidamli bo’lishiga 
qaramasdan quruq mavsumlarda bargini to’kadi. O’rmonsiz savannalar 
asosan boshoqli o’simliklar bilan qoplangan (fil o’tlari). Daraxtlardan 
baobab, soyabonsimon shox-shabali akatsiya, moy palmasi va sutli 
daraxtsimonlar keng tarqalgan. 
Nam ekvatorial yoki yomg’irli hududlarda tarqalgan o’rmonlar 
massivi Afrikaning g’arbi va markaziy qismini egallaydi. Ular asosan 
Kongo daryosi bo’ylab va Gvineya ko’rfazining janubida joylashgan. 
Tog’lik hududlarda asosan namgarchilikni yoqtiradigan (yog’in miqdori 
kamida 2000 mm) issiq iqlimda o’sadigan nam o’rmonlar, daryo, 
vodiylarda esa galerey o’rmonlari shakllangan. Efiopiya faunasi o’ziga 
xos, juda xilma-xillikka ega, boy fauna bo’lib, o’zining “qiymati” bilan 


85 
boshqa faunalardan ajralib turadi. Ayniqsa uning tropik, o’rmonli 
hududlari faunasi juda boy. 
Fauna tarkibida sut emizuvchilar sinfiga mansub 37-oila vakillari 
uchraydi. Shundan 9 tasi jumladan, kunitsalar, yer qazarlar, 
mushuksimonlar, olmaxonlar, cho’chqalar, kovak shoxlilar va boshqalar 
juda keng tarqalishga ega. Tipratikanlar, otlar, maymunlar, viverralar va 
boshqalar oblast chegarasidan ancha tashqarida ham o’z tarqalish 
areallariga ega. 
Endemiklardan sut emizuvchilarning damanlar (Hyracoidea) turkumi 
vakillari, yagona turkum va oilaga mansub termit va chumolilar bilan 
oziqlanuvchi Orycteropus afer-afrika naytishi uchraydi. Damanlar 
tovushqon kattaligidagi hayvonlar bo’lib, o’rmonlarda va tog’larda 
yashaydi. Bu o’simlikxo’r hayvonning tovonida so’rg’ichsimon o’simtalar 
bo’lib, daraxt va qoyalarga chiqishga imkon beradi. Endemik oilalardan 
qunduzsimon yer qazarlar, oltinrang krot, suv ayg’irlari, jirafalar, nina 
dumli olmaxonlar, uzun oyoqlar va boshqalar uchraydi. Jami endemik 
oilalar soni 14 tani tashkil etadi. Avlodlar darajasida olganda, 151-
avloddan 118 tasi endemiklardir. Tuyoqlilar faunasi boshqa oblastlarga 
qaraganda ancha boyligi bilan xarakterlanadi. Turli antilopalar, zebralar, 
jirafalar, karkidonlar, suv ayg’irlari, fillar, Afrikaning “landshaft 
hayvonlari” sanaladi. Mazkur turlarning ayrimlari juda katta miqdorda 
uchraydi. Oblastda krotlar, ayiqlar, qunduzlar, qo’shoyoqlar, tapirlar, 
tuyalar va bug’ular oilalari umuman uchramaydi. Qo’l qanotlilardan 9-
endemik avlod vakillari uchraydi. Kavsh qaytaruvchilardan taxminan 40 
avlod vakillari antilopalarga tegishli bo’lib, ulardan yirik turlarga 
kannalar, kudular, gnular kiradi. Jirafalarning ikkita turi uchraydi: okapa-
Okapia jonstoni (balandligi 2 m, Kongodagi zich o’rmonlarda yashaydi); 
jirafa –Giraffa cameleopardalis (balandligi 6 m, savanna va kam o’rmonli 


86 
hududlarda yashaydi). Suv ayg’irlarining ham ikkita turi oblast uchun xos: 
yirik suv ayg’iri-Hippopotamus amphibius (erkaklari 3 tonnagacha, tana 
uzunligi 400-420 sm); pakana suv ayg’iri-Choeropsis liberinsis (massasi 
250-260 kg, tana uzunligi 150 sm atrofida). So’galli cho’chqa –
Phacochoerus va cho’tka quloqli cho’chqa- Potamochoerus kabi avlodlari 
ham oblastga tarqalgan. Haqiqiy cho’chqalar (Sus avlodi) uchramaydi. 
Toq tuyoqlilardan karkidonlarning 2-turi oblastdan tarqalgan (oq va qora 
karkidon). Ular oldingi tishlarining yo’qligi va ikkita shoxlarining 
mavjudligi bilan ajralib turadi. Zebralarning 3-turi tarqalgan (savanna 
zebrasi, tog’ zebrasi, grevi zebrasi). Tog’ zebrasi qirib tashlash oqibatida 
deyarli yo’qolish arafasida turibdi. Afrika fillari Hind fillaridan farq qilib 
ularning erkak va urg’ochilarida ham uzun kurak tishlar bor (Hind 
fillarining faqat erkaklarida kurak tishlari bor). 
Oblastda yirtqichlardan viverralarning 10 ta avlodi uchraydi. 
Sirtlonlar keng tarqalgan bo’lib, sanitarlar rolini bajaradi. Bo’rilar 
Afrikada uchramaydi, ularning o’rnini oblast uchun endemik bo’lgan 
sirtlonsimon itlar-Lycaon pictus egallaydi.Tulkilar keng tarkalgan. 
Mushuklar kam, ammo ularning tarqalish areallari Afrikadan tashqariga 
ham chiqadi. Bularga sher, gepard, qoplon va boshqa mayda 
mushuksimonlarni kiritish mumkin. Afrika yovvoyi mushugi xonaki 
mushuklar zotining ajdodlaridan biri bo’lgan.Kemiruvchilardan jayralar, 
olmaxonlar, uzunoyoqlar, kalamushlar, tog’ sichqonlari va boshqalar 
tarqalgan. 
Hasharotxo’rlarning 3-endemik oilasi uchraydi. Ulardan tilla rang 
krotlar oilasi-hasharotxo’rlar turkumiga mansub endemiklar bo’lib, 
junining tilla rangda tovlanishi sababli shunday nom olgan. Ularning 30-
turi bo’lib, ular qumli cho’llarda, Janubiy Afrikaning quruq dashtlarida 
yashaydi. 


87 
Efiopiya faunasi tarkibida primatlar ham keng tarqalgan va juda 
turli-tuman. Ko’pchilik chala maymunlar lori oilasiga mansub bo’lib 
endemiklardir (galago va potto avlodlari). Martishkasimon maymunlardan 
martishka faqat Afrikada uchraydi xolos. Pavian va mandrillar poda 
holida, 
savanna, 
tog’, 
o’rmonlarida 
yashashadi. 
Odamsimon 
maymunlardan gorilla va shimpanzelar deyarli bir xil arealda tarqalgan. 
Yashcherlarning 4-turi uchraydi. Ulkan va dasht yashcherlari 
oblastning barcha ochiq landshaftlarida tarqalgan. Efiopiya oblastida 
qushlarning 89-oilasidan 15 tasi endemik hisoblanadi. Bularga Afrika 
strauslari, sesarkalar, kotiba qush, daraxt sassiq popushaklari
bananxo’rlar, chumchuqnamolarning 5-oilasi va boshqalar kiradi. 
Efiopiyada qurlar, bigiz tumshuqlar, suv chumchuqlari, korolyoklar 
uchramaydi. Oblast uchun ko’p sondagi bulduruqlar, tuvaloqlar, tasqaralar 
va boshqalarning uchrashi xarakterlidir. 
Efiopiya ornitofaunasi juda turli-tumanligiga qaramay, asosan keng 
tarqalgan oilalarga tegishliligi bilan sut emizuvchilardan farq qiladi. 
Endemik avlodlar va turlar ko’p, ammo ularning areallari cheklanganligi 
uchun oblastni xarakterlashda katta ahamiyatga eag emas. Nisbatan keng 
tarqalgan qushlarga tsesarkalar (20-dan oshiq tur), to’qimachilar, 
nektarchilar, asal darakchilari va karkidon qushlarni kiritish mumkin. 
Ko’pincha mazkur turlarning areallari Afrika va Hindistonda tarqalgan. 
Kosmopolit turlar ham anchagina (kakkular, qizilishtonlar, ko’k qarg’alar, 
ko’k targ’oqlar va boshq.). 
Qishda Afrika ornitofaunasi qishlash uchun uchib keluvchi turlar 
hisobiga ancha boyiydi. Ularga Yevropadan uchib keluvchi laylaklar, 
turnalar, qaldirg’ichlar va boshqalarni misol qilish mumkin. 


88 
Efiopiya oblastida sudralib yuruvchilar juda ko’pchilikni tashkil etadi. 
Umuman sudralib yuruvchilar barcha tropik hududlarda ko’p tarqalgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə