M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

.
 
Karib kenja oblasti 
Mazkur kenja oblast Katta Antil (Kuba, Yamayka, Gaiti va Puerto-
Riko), Bagam, Kichik Antil orollarini va Trinidadni o’z tarkibiga kiritadi. 
Kenja oblastning faunasi orol xarakteriga ega bo’lib, boy emas. Bu yerda 
mahalliy yer usti sut emizuvchilari juda kam. Maymunlar, tuyoqlilar va 
noto’liq tishlilar uchramaydi. 
Hasharotxo’rlardan 
kovaktishlilarning 
ikki 
turi 
uchraydi. 
Xaltalilardan 1 tur orol opossumi, kemiruvchilardan esa xutiya va zaguti 
kabi turlar tarqalgan. Bagam orollarida yashovchi yenotlarning bir turi yer 
usti sut emizuvchilarning oxirgisi hisoblanadi. Qo’lqanotlilar esa ancha 
ko’p. Ornitofaunasi endemik avlodlari va turlarining ko’pligi bilan sut 
emizuvchilardan ajralib turadi. Jami bu yerda 140 turdagi qushlar 
uchraydi. Ularning 25 % endimiklardir. Katta Antil orollarida todi (yassi 
tumshuqlilar) nomli endemik oilaga mansub qush turlari (5 tur) 
yashashadi. Xuddi shunday kolibrilar, kakkular, tiranlar, trogonlar va 


80 
boshqa qushlar tarkibida endemiklari ancha ko’p.Sudralib yuruvchilar 
faunasi bir necha turdagi toshbaqalar, 2 turdagi timsohlar va 
kaltakesaklardan 
tashkil 
topgan. 
Ilonlardan 
bo’g’ma 
ilonlar 
xarakterlidir.Amfibiyalardan baqalarning 5 avlodi tarqalgan. 
Baliqlardan chuchuk suv baliqlarining akvariumlarda saqlashda 
foydalanuvchi kichik vakillari uchraydi. Kubada esa qalqonli cho’rtan, 
xromislar, tirik tug’uvchi va tuxum qo’yuvchi karp tishlilar 
uchraydi.Mollyuskalar juda xilma-xil bo’lib, ularning Afrika va Osiy 
mollyuskalari bilan aloqadorligi yaqqol seziladi.
Karib kenja oblasti faunasiga yevropa kolonizatsiyasi kuchli ta’sir 
ko’rsatgan. 
Keltirilgan 
kalamushlar 
dastlab 
shakar 
qamishlar 
plantatsiyalariga jiddiy ziyon ko’rsatgan. Kalamushlarni qirish maqsadida 
iqlimlashtirilgan hind mangusti esa boshqa tur-yirik kovaktishlilarni ham 
deyarli to’liq qirib yuborgan. 
Keyingi yillarda tabiiy landshafti asosan dehqonchilik bilan bog’liq 
holda kuchli o’zgargan. Oqibatda ko’pchilik hayvon turlari yo’qolgan 
yoki yo’qolish arafasida turibdi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə