M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Papuas kenja oblasti
Selebes, Timor, Molukk orollari, Yangi-
Gvineya, Solomonov orollari, Bismork arxipelagi hamda qator mayda 
orollarni o’z tarkibiga birlashtiradi. Bu kenja oblastga Avstraliyaning 


73 
chekka shimoliy qismini ham kiritish mumkin. Chunki bu qismi orqali 
Avstraliya ilgari Yangi-Gvineya bilan tutashgan, shu sababdan ular o’zaro 
landshaftlari bilan o’xshash. 
Kenja oblast chegarasida sut emizuvchilarning (qo’lqanotlilardan 
tashqari) 38-avlodi uchraydi. Qo’lqanotlilar juda xilma-xil bo’lib, ularning 
8-avlodi endemiklardir. 
Umuman olganda, Papuas kenja oblastining faunasi tropik va 
subtropik o’rmonlarda tarqalgan bo’lib, ular asosan Yangi-Gvineya va 
materiklarning shimoliy-sharqiy chekkasiga to’g’ri keladi. Faunasi boy. 
Sut emizuvchilardan xaltalilar va bir teshiklilar xarakterli sanaladi. 
Bir teshiklilardan yexidna va proexidnalar uchraydi.Tog’-o’rmon 
landshaftlarining ko’pligi yirik kengurular turlarining uchrashini 
cheklaydi. Chunki bunday yirik turlar tekislik zonalarida yashashga 
moslashgan. Bu joylarda daraxtlarda yashovchi mayda tovushqonsimon 
kengurular, bandikutlar va boshqalar uchraydi. Yuksak sut emizuvchilar 
suv sichqonlari, papuas cho’chqasi va ko’p sondagi qo’lqanotlilardan 
tashkil topgan. 
Qushlarning 151-avlodi uchraydi. Shundan 87-avlodi endemiklarga 
to’g’ri keladi. Kazuarlarning 3-turi uchraydi. Kapachi qushlar va jannat 
qushlari ham bu hudud uchun xarakterlidir. To’tilardan qora va oq kakadu, 
kaptarlardan yirik kaptar tarqalgan. Ko’k targ’oqlar, xas tovuqlar va 
boshqalar turli-tuman bo’lib, yuqori zichlikka ega. Yirtqich qushlardan 
garpiya tarqalgan.Reptiliyalar kam sonda tarqalgan. Gekkkonlarning 
endemik avlodi va toshbaqalarning endemik oilasi bu kenja oblast uchun 
xarakterli. Reptiliyalar faunasi tarkibining asosi gekkonlar, stsinklar, 
echkiemarlar, timsoh, terili toshbaqa, ko’p sondagi ilonlar (ularning katta 


74 
qismi zaharli ilonlar tashkil etadi) dan iborat.Amfibiyalardan-baqalar 
yashaydi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə