M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Avstraliya
Avstraliya oblasti Avstraliya, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, 
Kenguru, 
King, 
Flinders 
kabi 
orollarni, 
Bismark, 
Solomonov 
arxipilaglarini o’z tarkibiga oladi.
Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning geografik joylashuvi, relefi va 
iqlimi bilan bog’liq. Materikning shimoliy qismi tropik, markaziy qismi 
subtropik, janubiy qism mo’’tadil mintaqada joylashgan. Faqat 
materikning janubiy qismi va Tasmaniyada mo’tadil iqlim kuzatiladi. 


64 
Yangi Gvineya tropik zonada joylashgan bo’lib, uning asosiy-hududi 
tropik o’rmonlar bilan egallagan. Hududning iqlimiy va floristik tarkibi 
hayvonot dunyosini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’lib, oblastning 
turli zonalarida turlicha ahamiyat kasb etadi. 
Qayd etilganidek, Avstraliya faunasining eng muhim belgisi-uning 
orol xarakteriga egaligidir. Bu oblastga tegishli ayrim orollar hech qachon 
o’zaro va Avstraliya materigi bilan aloqada bo’lmagan. Agar aloqada 
bo’lgan taqdirda ham bu hodisa ancha qadimda sodir bo’lgan. Avstraliya 
ham yirik orol bo’lib, orolga xos xususiyatlarga ega. Shu sababli bu 
oblastning faunasi butunlay orolga xos bo’lib, birinchidan kambag’al, 
ikkinchidan kambag’alligi va endemiklarining ko’pligi bilan ajralib 
turadi.Ko’pchilik turlar bu oblastda tarqalmagan, tarqalganlari esa inson 
faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. 
Avstraliya faunasi uchun xos xususiyat faunaning nisbatan 
kambag’alligi, qadimiyligi va endemizm darajasining yuqorililigidir. 
Buning asosiy sababi Avstraliyaning yirik oroldan iboratligi, uning 
tarkibiga kiruvchi orolchalarning o’zaro va Avstraliya materigi bilan 
mutlaqo aloqada bo’lmaganligi yoki bu aloqaning juda qadimda yuz 
berganligi bilan tushuntiriladi. 
Ko’pchilik hayvon turlarining bu alohidalashgan zoogeografik 
oblastga kirib kelishi chegaralangandir. Fauna tarkibidagi o’zgarishlarning 
aksariyati inson faoliyati bilan chambarchas bog’liq. 
Avstraliya faunasi tarkibida yuksak yo’ldoshlilardan kemiruvchilar 
ko’lqanotlilarning ayrim turlari uchraydi xolos. 
Oblast orol xususiyatigi egaligi sababli, uning faunasi tarkibida 
hozirgacha ham relikt guruhga mansub hayvonlar (tuxum qo’yuvchilar) ni 
uchratish mumkin.


65 
Xaltalilar bu oblastda juda boy tur tarkibi ega bo’lib, ularning bitta 
kenja turkumi endemiklardan tashkil topgan. 
Avstraliya strauslarining turkumlari ham endemiklardir. Ularga emu 
va kazuarlar tegishlidir. Bundan tashqari ikki xil nafas oluvchi 
baliqlardan-shoxtishlisimonlar ham endemiklardir. 
Dastlabki sut emizuvchilar endemik kenja sinfni tashkil etadi. Bu 
kenja sinfga yagona turkum-bir teshiklilar kiradi. Bir teshiklilar turkumiga 
ikkita oila: o’rdak burunlar va yexidnalar tegishlidir. O’rdakburunlar 
Avstraliyaning janubida, Tasmaniyada uchraydi. Yexidnalarning ikkita 
avlodi Yangi-Gvineyada va cho’l zonasidan tashqari butun Avstraliyada 
tarqalgan. O’rdakburunlar suvda yashaydi. Ularning tashqi tuzilishida 
suvda yashashga imkon beruvchi qator belgilarni kuzatish mumkin. 
Yexidnalar tuproq ostidagi uyalarida yashab chumoli va termitlar bilan 
oziqlanishga moslashishgan. Tuproqda uya qazish munosabati bilan 
ularning oyoqlari 
baquvvatlashgan, 
tirnoqlari kuchli, 
tumshug’i 
cho’zilgan, tili uzun va yopishqoq. Yexidnalar Avstraliyada qazilma 
holida ham topilgan. Bu hol mazkur hayvonlarning qadimda ham 
Avstraliyada yashaganligidan dalolat beradi. 
Xaltalilar turkumining mazkur zoogeografik oblastida 8 oilasi, 50-
avlodi, 162-turi uchraydi. Bu turkumga quyidagi oilalar kiradi: yirtqich 
xaltalilar-Dasyuridae; 
nambatlar 
yoki 
xaltali 
chumolixo’rlar 
Myrmecobidae; xaltali krotlar-Notoryctidae; bandikutlar-Paramelidae; 
oposumlar yoki falangistlar-Pholangeridae; xaltali ayiqlar yoki koalalar- 
Phascolarctidae; 
vombatlar-Vombatidae; 
kengurular-Macropodidae. 
Xaltalilarning turli-tumanligi, boyligi Avstraliya faunasi uchun xos 
xususiyatlardandir.Avstraliya oblastida yuksak sut emizuvchilar ham 


66 
uchraydi. Ular faqat kemiruvchilar va qo’lqanotlilarga mansubdir. Dingo 
iti esa Avstraliyaga yaqinda olib kelingan turdir. 
Avstraliya 
kemiruvchilari 
sichqonlar 
oilasiga 
mansub. 
Kalamushlardan tashqari materikda subendemik kenja oila-Hydromynae 
vakillari ham uchraydi. Ularning hayoti ham suvda ham quruqlikda 
kechadi (qunduzsimon kalamush). 
Qo’lqanotlilar mevaxo’r va hasharotxo’rlardan iborat. Ular orasida 
endemik turlar keng tarqalgan. 
Ayni vaqtda Avstraliya sut emizuvchilari inson ta’sirida kuchli 
o’zgargan va yevropa turlarini keltirilishi oqibatida “yevropalashtirilgan”. 
Oblast qushlari 50-oilaga mansub bo’lib, ular 600-turli o’z ichiga 
oladi. Shundan 400-tur endemiklardir. Ucholmaydigan yirik qushlar-
kazuarnamolar turkumi bu oblast uchun xosdir. 
Avstraliyada va Tasmaniyada emu oilasiga mansub yagona endemik 
tur uchraydi. U dasht va savannalarda yashab mevalar bilan oziqlanadi. 
Kazuarlar esa (3-tur) asosan Yangi-Gvineyada qisman materikning 
shimoliy-sharqiy qismida tarqalgan yer usti qushlaridir. 
Qushlar faunasi tarkibida endemik liradumlilar oilasi (2-tur) ham 
alohida ahamiyaga ega. Bular yirik, bo’yi 75-100 sm bo’lgan 
chumchuqsimonlarga mansub turlardir. Liradumlilar zich butazorlarda 
yashaydi. Ularning dumi lira muzika asbobini eslatadi. Bu qushlar 
muhofazaga olingan. Ular Avstraliyaning janubiy qismida uchraydi. 
Butazor qushlari-Atrichornithiodae ham endemik oilani tashkil etadi (2-
tur). Mazkur turlar yo’qolib ketish xavfi ostida

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə