M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Avstraliya zoogeografik oblastining xarakterli hayvonlari: 


67 
dingo, xaltali bo’ri, koala,plashli kaltakesak, katta kenguru, o’rdakburun, 
lira dumli qush, xas tovuq, qora kakadu, ulkan ko’ktorg’oq, qora oqqu, 
kazuar, emu. 
Oblastning shimoliy qismi uchun jannat qushlari xarakterli bo’lib, 
pat-parlarining shakli va rangi bilan tubdan ajralib turadi. Bu turlar (40-
tur) Yangi-Gvineya va unga qo’shni orollarda yashaydi. Ularning pat-
parlarining chiroyliligi inson tomonidan ko’plab qirilishiga sabab bo’lgan 
(XIX-asr oxirida yiliga 50 mingtagacha ovlangan). 
Kapachi qushlar oilasining vakillari (40-tur) mevalar, mollyuskalar 
va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ular Yangi-Gvineya va unga yaqin 
orollarda yashaydi. Avstraliyaning shimoliy-sharqida ham ularni uchratish 
mumkin. Bu qushlar ayrim turlarining narlari kapa qurib uni turli gullar
barglar, chig’anoqlar bilan bezaydi. Ularning haqiqiy tuxum qo’yadigan 
uyalari esa oddiy bo’lib boshqa joyda-daraxtlarda joylashadi. 
Xas tovuqlar-Megapoiddae oilasi Avstraliyada bir nechta turlardan 
iborat bo’lib, ular materikning quruq, markaziy qismida hamda uning 
shimoliy-sharqiy o’rmon qismida tarqalgan. Bu qushlar o’ziga xos 
ko’payish xususiyatiga ega. Ular tuxumlarini qumga, tuproqqa, vulkanlar 
hosil qilgan qumga yoki chiriyotgan o’simlik qoldiqlariga ko’mib 
qo’yishadi. Bu joyda issiqlik ta’sirida inkubatsiya davri kechadi ya’ni 
tuxumlar qushlar tomonidan bosilmaydi.
Avstraliya to’tilariga kakadu, rozella, tovlanma to’ticha kabi turlarni 
kiritish mumkin. Rozella to’tisi insonning yo’ldoshiga aylangan tur bo’lib, 
ba’zi joylarda ular bug’doy, mevalar va bedaga zarar yetkazadi. Tovlanma 
to’ticha esa ko’pincha uy qushi sifatida saqlanadi. Avstraliyaning janubida 
elegant to’ticha yashaydi. Bu tur faqat Avstraliya va Yangi-Zelandiya 
uchun xosdir. 


68 
Oblast uchun ko’pgina ko’k targ’oqlar ham xarakterli. Ular orasida 
yirik kulguvchi ko’k targ’oq yoki qah-qahchi Dacelo gigas ilonlar va 
kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 
Chumchuqnamolar 
turkumiga 
mansub 
asal 
so’ruvchilar-
Meliphagidae oilasi (160 tur) ham bu zoogeografik oblast uchun 
xarakterlidir. Ular Avstraliyadan tashqari Polineziya va Yangi 
Zelandiyada ham tarqalgan. Mazkur turlar gul nektari va changi hamda 
hasharotlar bilan oziqlanishadi. Ularning ko’pchiligi ekvaliptlarning 
changlanishida muhim ahamiyatga ega.
Avstraliyada o’rdaklar, g’ozlar, saqoqqushlar, burgutlar va lochinlar 
ham tarqalgan. Avstraliyada keng tarqalgan qush turlari Grallinidae 
(to’rg’aylar), Artamidae (o’rmon qaldirg’ochlari) va Gracticidae 
(Avstraliya zag’izg’onlari) oilalariga mansubdir. 
Sudralib yuruvchilar Avstraliyada asosan orolga xos xususiyat kasb 
etgan. Bu oblastda 400-tur sudralib yuruvchilar uchraydi. Shundan 240-tur 
kaltakesaklar, 140-tur ilonlar, 10-tur toshbaqalar va 3-tur timsohlardan 
iborat.
Materikda ilonbosh toshbaqalar oilasi uchraydi (Chelydae). Ular 
Avstraliyadan tashqari Yangi-Gvineya va Janubiy Amerikada ham 
tarqalgan. Bu oila vakillari bo’yinlarini ichiga tortolmaydi balki yon 
boshiga bukadi. Ular chuchuk suv baliqlari va umurtqasizlar bilan 
oziqlanishadi. Ikki tirnoqli toshbaqalar oilasi ham bu hudud uchun xos 
reptiliyalardandir. Avstraliyada mayda endemik tur-avstraliya tor 
tumshuqli timsohi yashaydi. Bundan tashqari yangi-gvineya va taroqli 
timsohlar ham oblast uchun xos turlardir. Kaltakesaklardan gekkonlar 
butun oblast bo’ylab keng tarqalgan bo’lib, ular ajoyib tashqi tuzilishga 
ega (dumi kuchli siqilgan yoki yo’g’onlashgan). Tangacha oyoqlilar oilasi 


69 
(13-tur) endemik bo’lib, ularning tanasi ilonga o’xshab cho’zilgan, oldingi 
oyoqlari yo’q, orqa oyoqlari esa ko’pincha reduktsiyalashgan. 
Avstraliyaning shimoliy-g’arbiy rayonlarida plashli kaltakesak yashaydi, 
uning bo’yini atrofida teri burmalari ya’ni “yoqa” mavjud bo’lib 
(erkaklarida yoyilgan yoqasining diametri 15 sm.ni egallaydi), u orqali 
kaltakesak dushmanlarini cho’chitadi. Bu kaltakesak xavf tug’ilganda orqa 
oyoqlariga tayanib vertikal holda qochishga ham moslashgan. Xuddi 
shunday molox-Moloch horridus kaltakesagining butun tanasi (20 sm) 
turli-tuman muguz tikan va o’simtalar bilan qoplangan. U qumli 
cho’llarda yashab chumolilar bilan oziqlanadi. Terisi juda gigroskopik va 
suvni shimish xususiyatiga ega bo’lib, uni filtrlovchi qog’ozga qiyoslash 
mumkin. Buning natijasida kaltakesakning massasi deyarli 30% gacha 
oshadi. Bunday xususiyat unga yomg’ir suvidan foydalanib quruq cho’l 
sharoitida yashay olishga imkon bergan. 
Avstraliya stsinklari endemik avlodlarga mansub (tikanli stsinklar va 
boshqalar). Qisqa dumli stsink- Trachysaurus rugosa tirik tug’ish 
xususiyatiga ega. Uning embrioni tuxum qobig’iga ega emas. Embrion 
rivojlanishida tuxum yo’lida yo’ldosh orqali onasining qoni bilan 
oziqlanadi. Oblastda echkiemarlar anchagina. Ular orasida eng maydasi-
qisqa dumli echkiemardir (20 sm). Avstraliya ilonlari ko’pincha keng 
tarqalgan ilonlar guruhiga mansub, ammo ular orasida endemiklari ham 
uchraydi. Bularga tropikolopit ko’rilonlar, pitonlar (rombsimon piton va 
boshq.) tegishlidir. Zaharli ilonlar zaharsizlarga qaraganda ustunlik qiladi. 
Zaharli ilonlar aspidsimonlarga tegishli bo’lib, ular qadimgi va sodda 
ilonlardan tashkil topgan. Aspidsimonlarning 22 avlodi uchraydi. Ulardan 
taypanlar (3,5 metr), yo’lbars ilonlar va boshqalar alohida ajralib turadi. 
Yo’lbars ilonlar zahari yer yuzasida (quruqlikda) tarqalgan ilonlar orasida 
eng kuchli deb hisoblanadi. 


70 
Amfibiyalar faunasi tarkibida dumlilar mutlaqo uchramaydi. 
Dumsizlar orasida qurbaqalar, kvakshalar, svistunlar uchraydi. Svistunlar 
56-turga mansub, kvakshalarning Avstraliya va Yangi-Gvineyada 44-turi 
uchraydi. Avstraliya qurbaqasi–Chiroleptes platycephalys-materikning 
markaziy qismidagi cho’llarda yashaydi. U tana bo’shlig’i va teri ostidagi 
bo’shliqqa suvni zaxira holida yig’adi. Mahalliy aholi bu suvdan ichimlik 
sifatida foydalanadi. 
Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikada qadimgi relikt guruh-ikki 
xil nafas oluvchilarning yagona vakili muguz tishli baliq-Neoceratodus 
forsteri uchraydi. Bu yirik (uzunligi 175 sm gacha, massasi 10 kg) baliq 
sekin oquvchi daryolarda tarqalgan. Daryolar qurib qolganda, suv tubidagi 
balchiqqa botib o’pka bilan nafas oladi. Xuddi shunga o’xshash suyak 
tillilar oilasiga mansub skleropagos-Scleropages leichhardti ham 
atmosfera havosi bilan suzgich pufagi orqali nafas olishga layoqatlidir. 
Gollaksisimonlar oilasi-Galaxiidae baliqlari ham ajoyib xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Bu guruhga mansub baliqlar faqat janubiy yarim sharda 
tarqalgan. Ularning 24-turi Avstraliya va Tasmaniyada, 20-turi Yangi-
Zenlandiya, 7-turi Janubiy Amerikaning janubida, 2-turi Janubiy Afrikada 
tarqalgan. Bu oilaning 3-avlodi Avstraliya uchun endemikdir. 
Bu zoogeografik oblastda karpsimonlar uchramaydi. Baliqlarning 
keng tarqalgan bu guruhining mazkur oblastda uchramasligi, daryolarning 
kamligi bilan tushuntiriladi.Avstraliya oblastida umurtqasizlar faunasi 
xilma-xilligi nisbatan past ko’rsatgichni egallaydi. Kunduzgi kapalaklar va 
boshqalar materikning shimoliy sharqidagina uchraydi. Hasharotlardan 
chumolilar keng tarqalgan bo’lib, ular nisbatan qadimiy sodda turlardan 
tashkil topgan. Termitlar (170-tur) bu oblastda nisbatan kam. Fitofaglar 
orasida to’g’ri qanotlilar faunasi ancha boy. Umuman olganda 
entomofauna mazkur oblastda primitiv, keng tarqalgan turlardan iborat. 


71 
Yashil tikuvchi chumolilar o’ziga xos bo’lib, ular barglardan uya qurishda 
(to’qishda) 
igna 
sifatida 
o’zlarining 
lichinkalaridan 
foydalanishadi.O’rgimchaksimonlar turkumidan avlodlarning ko’pchiligi 
endemiklardir. Bu oblastda eng yirik yomg’ir chuvalchanglari-
megaskoletsid oilasi vakillari uchraydi. Ularning uzunligi 2,5 metrgacha 
yetadi. 
Avstraliya oblastining faunasi landshaftlarining turli-tumanligiga 
qaramay bir xillikka ega. Faqatgina Yangi-Gvineyada va unga qo’shni 
orollar hamda materikning shimoliy chekkasida fauna nisbatan xilma-xil. 
Avstraliya zoogeografik oblasti ikkita kenja oblastga bo’linadi: 
Avstraliya va Papuas (Yangi-Gvineya) kenja oblastlari. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə