M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Neotropik 
Neotropik oblasti butun Janubiy Amerikani, Markaziy Amerikaning 
katta qismini (shimolda Meksika yassi tog’liklarigacha), Katta va Kichik 
Antil, Bagam, Galapagos, Xuan-Fernandes kabi orollarni hamda bir qator 
mayda orollarni o’z tarkibiga kiritadi. Bu oblast asosan toropik zonada 
joylashgan bo’lib, faqat uning eng janubiy chekka qismi mo’’tadil zonani 
egallaydi. Neotropik oblastning boshqa oblastlar bilan ancha uzoq 
muddatda aloqada bo’lmaganligi (alohidalashganligi) bu oblastda juda 
o’ziga xos va boy faunaning shakllanishiga olib kelgan. bu oblastda 
boshqa oblastlarda keng tarqalgan ko’pgina hayvon guruhlari uchramaydi. 
Jumladan, hasharotxo’rlardan krotlar, tipratikanlar uchramaydi. Kam 
sonda uchrovchi yerqazarlar esa oblastga juda yaqinda Neoarktikadan 
kirib kelishgan. Viverralar, sirtlonlar va qunduzlar ham oblast uchun xos 
emas. Boshqa oblastlarda keng tarqalgan tuyoqlilar faunasining mazkur 
oblastda kambag’alligi va ayniqsa kovakshoxlilar (kovushshoxlilar) ning 
mutlaqo uchramasligi qayd etiladi. Sut emizuvchilardan xaltalilarning 
bitta kenja turkumi-ko’p kesgichlilar (Polyprotodontia) uchradi (bu kenja 
turkum Avstraliya uchun ham xos). Oblastda xaltali kalamushlar yoki 
opossumlarning 70 dan ortiq turlari tarqalgan. Ularning ayrimlari 
jumladan, oddiy shimol opussumi Neoarktikada ham uchraydi. Suv 
opossumi 
yoki 
plaun 
Janubiy 
amerika 
xaltalilarining 
yirigi. 
Hasharotxo’rlardan qayd etilgan “kelgindi” yerqazarlardan tashqari ancha 
ilgari tarqalgan, bitta endemik oila-kovaktishlilar uchraydi. Qo’lqanotlilar 
9-oilaga mansub bo’lib, ularning turlari juda ko’pchilikni tashkil etadi. 
Ular asosan tropik rayonlarda uchraydi va hasharotlar, mevalar, nektar va 
changchilar 
bilan 
oziqlanishadi. 
Qon 
so’ruvchi-vampirlar 
esa 


75 
qo’lqanotlilarning o’ziga xos qiziqarli guruhi bo’lib, ular Argentinadan va 
Chilining markaziy qismidan tortib Meksikagacha tarqalgan. 
Noto’liq tishlilar (Edentata) Neotropik oblastning eng xarakterli sut 
emizuvchilar turkumi sanalib, o’z tarkibiga uchta oilani (zixrlilar, 
chumolixo’rlar, 
yalqovlar) 
biriktiradi. 
Hozirgi 
noto’liq 
tishlilar 
qachonlardir boy va juda xilma-xil bo’lgan faunaning qoldiqlari 
hisoblanishadi. 
Neotropik oblastining xarakterli hayvonlari:zixrli, goatsin, kolibri, 
yalqov, yaguar, rozaliya, vikunya, lama, katta chumolixo’r, kondor, 
nandu tuyaqushi, kokilli palamedeya, tukan, suv cho’chqasi, tekistlik 
tapiri, iguana, kayman
Chumolixo’rlar oilasining 3-turi uchraydi. Ularning ichida nisbatan 
yirigi katta yoki gigant chumolixo’rdir (bo’yi-2 metrgacha, og’irligi 20-36 
kg). Bu tur nuqul yer ustida hayot kechirishga moslashgan. Tamandua 
yoki o’rtacha chumolixo’r va karlik chumolixo’rlar hayotining asosiy 
qismini daraxtlarda o’tkazishadi. Chumolixo’rlar hasharotlar (termitlar, 
chumolilar) ko’plab yig’iladigan joylarda yashashadi. Ular Janubiy 
Meksika o’rmonlaridan tortib Argentinaning shimoligacha tarqalgan 
Karlik chumolixo’r Trinidadda ham uchraydi. Zixrlilarning 20-turi oblast 
uchun xos bo’lib, ularning areali chumolixo’rlar va yalqovlarga qaraganda 
ancha keng. To’qqiz yo’lakli zixrli Shimoliy Amerikaning Kanzas va 
Alabama shtatlariga ham tarqalgan. Ayni vaqtda bu tur Amerikaning 
janubiga tarqalishda davom etmoqda. Zoomagazinlarda sotish uchun 
ularning ko’plab keltirilishi bunga sabab bo’lmoqda. 
Primatlarning barchasi keng burunli maymunlarning endemik ust 
oilasiga mansub. Ularning ikkita oilasi farq qilinadi. Bulardan biri o’ynoqi 
maymunlar. Ular uncha katta bo’lmagan, chipor maymunlar bo’lib, tashqi 


76 
tuzilishi va xulqi bilan ajralib turadi. O’ynoqi maymunlarning 33 turi bor 
(marmozetlar, tamarinlar, o’ynoqilar). Areali esa Janubiy Braziliyadan 
Panama va Kosta-Rikagacha davom etadi. Ikkinchi oila-kaputsinlarning 
37 turi uchraydi (merikinlar, saklar, revunlar, saymirlar, koatalar va 
boshq). Ular orasida revunlar (og’irligi 7,4 kg) qiziqarli xulqi bilan ajralib 
turadi. Yirtqich sut emizuvchilar Neotropik oblastda ko’plab uchraydi. 
Ammo ular orasida sirtlonlar, viveralar yo’q. Yirik mushuksimonlardan 
puma, yaguar va nisbatan mayda otselot tipik turlardan sanaladi. Patagon 
pampas mushugi va yaguarundi endemik sanaladi. Oblastning eng chekka 
hududida uchrovchi baribala ayig’ini hisobga olmaganda, uning Shimoliy-
G’arbiy And qismida yashovchi ko’zoynakli ayiq yagona ayiq 
hisoblanadi. Savannalarida mayda tulkilar va uzunoyoqli bo’ri uchraydi. 
Dengiz sut emizuvchilaridan dengiz sigirini (siren) va chuchuk suv 
delfinlarini eslatib o’tish lozim.Tuyoqlilar faunasi juda kambag’al. Toq 
tuyoqlilardan 3-turdagi tapirlar Markaziy Meksikadan Paragvay va 
Argentinagacha bo’lgan hududdagi tropik botqoq o’rmonlarda yashashadi. 
Juft tuyoqlilardan pekarlar hamda amerika bug’ulari (botqoq, and va 
mazami bug’ulari)ni ko’rsatib o’tish mumkin.Amerika tuyalaridan 
xonakilashtirilgan lama va alpaka yovvoyi guanako va vikunya kabi turlar 
uchraydi. 
Neotropik oblast qushlari 2500 turdan tashkil topgan. Janubiy 
Amerika qushlarining 90% endemiklardan iborat. Bu joyda nanduning 2-
turi uchraydi. Ulardan biri shimol nandusi bo’lib, u oblastning shimoli-
sharqida uchraydi. Ikkinchi tur –Darvin nandusi esa janubda yashaydi. 
Tovuqsimonlardan gokko (daraxt tovuqlari) va goatsin oilalari oblast 
uchun xarakterli. Amerika tasqaralarining 6-turi oblastga xos bo’lib, ular 
orasida qirol tasqarasi, kondor va boshqalar uchraydi. Ularning ayrimlari 
ayni vaqtda kamayib ketgan. Tentakqushlardan endemik tur sanalgan 


77 
yagona guaxaro uchraydi. Mazkur tur koloniya holida yashaydi va 
uyalarini g’orlarga qo’yadi. Mevalar bilan oziqlanuvchi bu turda g’ordagi 
qorong’i sharoitda harakatlanish imkonini beruvchi exolokatsiya 
xususiyati shakllangan. Qizig’i shundaki uning jo’jalari kuchli oziqlanishi 
oqibatida ko’p yog’ zaxirasiga ega bo’ladi, natijada voyaga yetgan 
qushlarga nisbatan massasi oshib ketadi. Mahalliy aholi jo’jalarning 
yog’ini oziq-ovqat sifatida ishlatishadi. Janubiy Amerikada kolibralarning 
320-turi uchraydi. Bu hudud ularning vatani hisoblanadi. Kolibralar eng 
mayda qushlar bo’lib (og’irligi 1,6-20 g), chiroyli pat va par qoplamlariga 
ega bo’lganliklari uchun ularni uchuvchi brilliantlar deyishadi. Shu 
sababli ko’pchilik turlari topaz, sapfir, rubin kabi nomlar bilan ataladi. 
Neotropik oblastning to’tilari o’zining juda xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi. Faqat shu oblastdagina to’tilardan yirik ara va amazoniylar 
uchraydi. Qushlarning tukanlar oilasiga mansub turlari 37 tani tashkil 
etadi. Ular qizilishtonlarning urug’lari bo’lib, Braziliyadan Meksikagacha 
uchraydi. Endemiklardan momotlar ham uchraydi. Bu qushlar ko’k 
qarg’asimonlarga tegishli bo’lib, qirg’oqlarda qazib uya qurishadi. 
Galapagos orollarida yashovchi fil toshbaqalarining 13 ta kenja 
turlari (og’irligi 200 kg gacha) mavjud. Ular hozirda butunlay qirilib 
ketish arafasida turishibdi. Timsohlar (kaymanlar) oblast daryolarida juda 
xilma-xillikka ega. Kaltakesaklar orasida iguanlar sonining ko’pligi va 
juda xilma-xillikka egaligi bilan ajralib turadi. Ular orasida daraxtlarda, 
dashtlarda, qoyalarda, tog’larda va yarim suvda yashovchi formalari bor. 
Ayrimlarining erkaklarini boshi va tanasining orqa tomonida teridan 
shakllangan taroqsimon o’simtalari bo’lib, bu ularga fantastik ko’rinish 
bag’ishlaydi. Dengiz iguanlari Galapagos orollarida yashashadi.
Ilonlardan yirik bo’g’ma ilonlar jumladan, boa va anakonda bu 
hudud uchun xos. Eng yirik-ilon anakonda (uzunligi 11 metrgacha) 


78 
Amazonka va Orinoko daryolari yaqinida yashaydi. Zaharli aspidlar ham 
ko’pchilikni tashkil etadi. Birgina qirol aspidlari avlodiga mansub bo’lgan 
65 tur va kenja tur ilonlar uchraydi. Bu oblastda uzunligi 4 metrgacha, 
zaharli tishlari 2,5 sm ga yetuvchi bushmeyster ilonlari ham uchraydi. 
Xuddi shunday boshqa zaharli ilonlar ham keng tarqalishga ega. 
Amfibiyalar faunasi tarkibida asosan dumsizlar va oyoqsizlar 
turkumi vakillari uchraydi. Oyoqsiz amfibiyalarning 16 turi tuproqda, 
chumoli va termitlarning uyalarida hamda suvda yashashga moslashgan.
Baliqlarning tur tarkibi bo’yicha mazkur oblast dunyoda birinchi 
o’rinni egallaydi. (2700 tur). Faqat Amazonkada ularning 1000 dan ortiq 
turlari yashashadi. Bu joyda ko’pchilik turlar yaxshi o’rganilmagan. Ikki 
xil nafas oluvchilardan lepidosirensimonlar oilasi uchraydi. O’zining 
qonxo’rligi bilan ajralib turuvchi piranya baliqlari hamda akvariumlarda 
saqlanuvchi tetra, neon va boshqalar ham oblastga tegishli turlardan 
sanaladi. Elektr ugrlari endemik oilani tashkil etadi. Ularning yagona turi 
uchraydi. Suyak tilli baliqlardan arapaima eng yirik chuchuk suv balig’i 
bo’lib, uzunligi 4 metr, og’irligi esa 200 kg gacha. U Amazonkaning 
asosiy ov baliqlaridan sanaladi.
Neotropik oblastning umurtqasizlari xilma-xilligi va ko’pligi bilan 
ajralib turadi. Ayniqsa bo’g’imoyoqlilar (ko’p oyoqlilar, hasharotlar, 
o’rgimchaksimonlar) ko’pchilikni tashkil etadi. Mahalliy skolopendralar 
juda uzun (25 sm gacha) va zaharliligi balan o’ziga xos. Eng yirik 
o’rgimchaklardan qushxo’r o’rgimchaklar hasharotlar, kaltakesaklar, 
baqalar va hatto jo’jalar bilan ham oziqlanishadi. 
Neotropik oblast faunasi nisbatan uzoq muddat alohidalashganligiga 
qaramay u boshqa oblastlarning faunasi ta’sirida shakllangan. Nisbatan 
uzoq o’tmishda mazkur oblast faunasi Avstraliya va Efiopiya bilan 


79 
aloqada bo’lgan. Ayrim olimlarning taxminicha, bo’r davrida xaltalilar 
Janubiy Amerikadan Avstraliyaga Antarktida orqali o’tishgan.
Neotropik oblastida mahalliy uy hayvonlarining turlari juda kam. 
Ularga lama, alpaka, dengiz cho’chqasi, muskus o’rdagi va hasharotlardan 
koshinel (uning erkaklaridan karmina nomli bo’yoq tayyorlashda 
foydalaniladi) ni misol qilish mumkin. Ammo hozirda bu oblast hududida 
qachonlardir Yevropada xonakilashtirilgan ko’pgina hayvon turlari 
ko’paytirilmoqda. 
Neotropik zoogeografik oblastida 4 ta kenja oblast farq qilinadi. 
Karib kenja oblasti, Markaziy Amerika kenja oblasti, Amozoniya kenja 
oblasti, Patagon-Chili kenja oblasti

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə