81
kabi turlar tarqalgan. Bagam orollarida yashovchi yenotlarning bir turi yer
usti sut emizuvchilarning oxirgisi hisoblanadi. Qo’lqanotlilar esa ancha
ko’p. Ornitofaunasi endemik avlodlari va turlarining ko’pligi
bilan sut
emizuvchilardan ajralib turadi. Jami bu yerda 140 turdagi qushlar
uchraydi. Ularning 25 % endimiklardir. Katta Antil orollarida todi (yassi
tumshuqlilar) nomli endemik oilaga mansub qush turlari (5 tur)
yashashadi.
Xuddi shunday kolibrilar, kakkular, tiranlar, trogonlar va
boshqa qushlar tarkibida endemiklari ancha ko’p.Sudralib
yuruvchilar
faunasi bir necha turdagi toshbaqalar, 2
turdagi timsohlar va
kaltakesaklardan
tashkil
topgan.
Ilonlardan
bo’g’ma
ilonlar
xarakterlidir.Amfibiyalardan baqalarning 5 avlodi tarqalgan.
Baliqlardan chuchuk suv baliqlarining akvariumlarda saqlashda
foydalanuvchi kichik vakillari uchraydi. Kubada esa qalqonli cho’rtan,
xromislar, tirik tug’uvchi va tuxum qo’yuvchi karp tishlilar
uchraydi.Mollyuskalar juda xilma-xil bo’lib,
ularning Afrika va Osiy
mollyuskalari bilan aloqadorligi yaqqol seziladi.
Karib kenja oblasti faunasiga yevropa kolonizatsiyasi kuchli ta’sir
ko’rsatgan.
Keltirilgan
kalamushlar
dastlab
shakar
qamishlar
plantatsiyalariga jiddiy ziyon ko’rsatgan. Kalamushlarni qirish maqsadida
iqlimlashtirilgan hind mangusti esa boshqa tur-yirik kovaktishlilarni ham
deyarli to’liq qirib yuborgan.
Keyingi yillarda tabiiy landshafti asosan dehqonchilik bilan bog’liq
holda kuchli o’zgargan. Oqibatda ko’pchilik hayvon turlari yo’qolgan
yoki yo’qolish arafasida turibdi.
Dostları ilə paylaş: