M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Sharqiy-Afrika kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Sharqiy-Afrika kenja oblasti 
Bu kenja oblast materikning katta qismini Saxara cho’lining janubini 
va janubiy tropikkacha bo’lgan hududni egallaydi. Bu kenja oblastda 
savannalar va tizma tog’lar landshafti shakllangan. Afrika savannalari 
tashqi ko’rinishi bilan Yevro-Osiyodagi o’rmon dashtlariga o’xshaydi. 
O’tchil o’simliklar turli-tumanligining nisbatan kamligi va daraxt 
o’simliklarining esa aksincha xilma-xilligini yuqoriligi bilan ajralib turadi. 
Juda keng maydonlarda baland o’suvchi o’tchil qoplamlar orasida yakka-
yakka yoki bir joyda guruh holida yirik baobablar, baland akatsiyalar, 
mimozalar va boshqa daraxtlar uchraydi. Nisbatan ko’proq namlanuvchi 
joylarda o’rmonlar, quruq joylarda esa past bo’yli o’tchil va cho’llashgan 
savannalar rivojlangan. Mavjud barcha formatsiyalarning o’ziga xosligi 
davriy yog’ingarchiliklar bilan uzviy bog’liq. Quruq va nam 


92 
mavsumlarning navbatlashib turishi savannada yashovchi organizmlarning 
hayotiy ritmlarini belgilab beradi va hayvonlarda aniq ifodalanuvchi 
adaptatsiyalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’pgina hasharotlarda anabioz holat ancha uzoq muddatni 
egallaydi. Shunday xususiyat amfibiyalar va ba’zi reptiliyalar uchun ham 
xosdir. Xuddi shunday qushlar migratsiyasi va yirik o’txo’r hayvonlarning 
ko’chmanchi hayot kechirishi keng tarqalgan holatdir. Bunday xususiyatni 
ham namlikning mavsumiy taqsimlanishi bilan tushuntirish mumkin. 
Hayvonot dunyosining tarkibi o’rmon jamoalariga qaraganda 
nisbatan sodda. O’tchil o’simliklarning ko’pligi sababli bu joylarda yirik 
o’txo’r hayvonlarni ko’plab uchratish mumkin. Ayniqsa, tuyoqlilar bu 
joylarda turli-tuman va boy tarkibga ega. Tuyoqlilarning umumiy tur soni 
savannalarda 70 dan ortiq bo’lib, ularning asosiy qismini antilopalar 
tashkil etadi. Ularning eng xarakterli guruhi savannada keng tarqalgan gnu 
antilopalari (ohu) galasidir. Mazkur turlar har yili o’simliklarning davriy 
vegetatsiyasiga bog’liq holda uzoq masofalarga migratsiya qilishadi. 
Gnular bilan birga zebralar ham migratsiyada qatnashishadi. Tompson va 
grant antilopalarida ham shunday migratsiyalar kuzatiladi. Mazkur 
turlarning barchasi tipik o’tloq hayvonlaridir. Savannadagi antilopalar 
orasidagi buta o’simliklari bilan oziqlanuvchi turlar (kanna) ham uchraydi. 
Afrikaning daraxt-butali savannalarida hamda qoyali hududlarida tog’ va 
qoya damanlari yashashadi. 
O’txo’rlar oziqa bo’luvchi o’simliklarning turli pog’onalari bilan 
oziqlanish jarayonida, o’ziga xos moslanishlarga ega bo’lishgan. 
Jumladan, gnu antilopalari yerga yaqin joylashgan o’tlarni, zebra 
boshoqlilarning yuqori qismini, qora karkidon butalarning 1 metrgacha 
bo’lgan qismini, afrika fillari 2-4 metrgacha bo’lgan o’simlik qismlarini 


93 
va nihoyat eng yuqori pog’onadan jirafalar oziqa sifatida ishlatib ularni 
soyabonsimon shaklga kirishiga sabab bo’lishadi, ya’ni ularga o’ziga xos 
“shakl” berishadi.Afrika savannalari uchun xos turlarga yana yirik 
buqalar-Afrika buyvollari va so’galli cho’chqalarni misol qilish mumkin. 
Tipik o’tloq hayvonlaridan biri-oq karkidondir. U oiladagi eng yirik 
tur bo’lib, erkaklarining massasi 5-tonnagacha yetadi. Ayni vaqtda 
ularning soni kamayib ketgan va Afrikadagi boshqa yirik hayvonlar qatori 
Xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan. Yirik yirtqichlilar Afrika 
savannalarida ko’chib yuruvchi antilopalar ortidan qolishmaydi. Bunday 
ta’qib yirtqich-o’lja tipidagi munosabatlarga yaqqol misol bo’la oladi. 
Sherlar guruh holida yirik antilopa va zebralar bilan ov qilishadi. 
Gepardlar esa yakka holda ov qilishni o’zlashtirishgan. Tashkiliy holda 
juda g’alati ov usuli sirtlonsimon itlarga xosdir. Xuddi shunga o’xshash ov 
ola sirtlonlar va chiyabo’rilar uchun ham xos. Bu hududda turli 
pavianlarni ham uchratish mumkin. 
Boshoqli o’simliklar bilan qoplangan savannalar uchun yirik afrika 
strauslari xarakterli. Qirg’ovullar oilasidan savannada frankolinlar, 
tseserkalar va to’qimachilar uchraydi. Birgina Serengeti savannasida 
ularning 40-dan ortiq turlari qayd etiladi. Bulduruqlar, tuvaloqlar, kokilli 
quzg’un, marabu (laylak) kabi turlar ham mazkur kenja oblastda uchraydi. 
Sudralib yuruvchilardan agamalar, gekkonlar, kobralar, manbalar
qora ilonlar tarqalgan. Daryolarda timsohlarni uchratish mumkin. Mazkur 
kenja oblastga tegishli havzalarda ko’p shu’lali va ikki xil nafas oluvchi 
protopter baliqlari tarqalgan.Savannadagi yashil o’simliklar massasi bilan 
oziqlanuvchi hasharotlar turli-tuman bo’lib, ularga tangacha qanotlilarning 
qurtlarini, fitofag-qo’ng’izlarni, bargxo’rlar, tsikadalar, turli chumolilar, 
qizil va cho’l chigirtkalarini va boshqalarni kiritish mumkin.Bu kenja 


94 
oblastda termitlar miqdori, zichligi va yer ustki qismidagi uyalari bilan 
yuqori ko’rsatkichga ega. Jumladan, Zoir savannalarida termitlarning 
uyalari egallagan maydon yer yuzasining 30 % ni tashkil qiladi. 
Termitlardan tashqari savannadagi detritni qayta ishlashda kivsyaklar
suvaraklar, qora qo’ng’izlar, yomg’ir chuvalchanglari va mollyuskalar 
ham ishtirok etishadi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə