M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Palearktika kenja oblasti



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 Palearktika kenja oblasti 
Palearktika kenja oblasti Efiopiya va Indomalay oblastlarining 
shimolida joylashgan bo’lib, Yevro-Osiyo va Shimoliy Afrikaning 
mo’’tadil va sovuq iqlimli qismini egallaydi. Bundan tashqari bu kenja 


117 
oblastga Atlantika va Tinch okeanining qator arxipelag va orollari 
(Islandiya, Azor, Kanar, Kamondor, Kuril, Yapon) ham kiradi.
Palearktikaning tabiiy sharoiti juda turli-tuman. Mazkur kenja 
oblastning faunasi o’zining kelib chiqishiga ko’ra, qadimgi tropik Yevro-
Osiyo faunasiga tegishli. Bunday xususiyatli fauna uchlamchi davrning 
oxiri va to’rtlamchi davrda (muz bosish davri) ekologik sharoitning turli 
o’zgarishlari (cho’llashuv, iqlimiy sharoitlar) oqibatida tubdan o’zgarishga 
uchragan. Natijada fauna birinchidan juda kambag’allashgan, ikkinchidan 
unda juda ko’p filogenetik yosh guruhlar paydo bo’lgan. Bunday guruhlar 
sovuq va issiq sharoitda yashashga moslashgan. Fauna tarkibida nisbatan 
kam sonli endemiklarning mavjudligi uning qadimda janubiy faunistik 
oblastlar bilan aloqada bo’lganligini tasdiqlaydi.
Sut emizuvchilardan ikkita endemik oila vakillari ya’ni vыxuxollar 
va selevinlar oilalari uchraydi. Avlod darajasidagi endemiklar ancha ko’p. 
Hasharotxo’rlardan krotlar, yer qazarlar, tipratikanlar ushbu kenja oblast 
uchun xarakterli. Yerqazarlardan burama tishli yer qazarlar va oq tishli yer 
qazarlar ayniqsa ko’p. Palearktika mazkur turlarning vatani hisoblanadi. 
Burama tishli yer qazarlarga suvda uchraydigan kutora ham tegishlidir.
Qo’lqanotlilar kamchilikni tashkil etadi. Ularning asosiy qismi 
janubda 
va 
janubiy 
g’arbda 
tarqalgan. 
Tovushqonsimonlardan 
tovushqonlar va dumsiz sichqonlar uchraydi. Kemiruvchilardan 
olmaxonlar, yumronqoziqlar, sug’urlar, burunduklar (ola sichqonlar) 
uchraydi. Sichqonlar, sonyalar, qushoyoqlar, ko’rsichqonlar ham mazkur 
turkum tarkibida keng tarqalishga ega.
Yirtqichlar Palearktika kenja oblasti uchun xarakterli hisoblanmaydi. 
Sirtlonlar va viverralar kenja oblastning janubida tarqalgan. Itsimonlar, 
ayiqsimonlar, mushuksimonlarning faunadagi hissasi ancha salmoqli. 


118 
Tuyoqlilardan serna va yovvoyi yelik (kosulya) endemik hisoblanadi. 
Otlar oilasidan Prjevalskie oti va qulonlar faqat Palearktika kenja 
oblastida uchraydi. Yovvoyi cho’chqa, yovvoyi qo’y, yovvoyi echki, zubr 
va turli-tuman bug’ular ham mazkur hudud uchun xarakterli turlardan 
sanaladi. Tuyalarning bir va ikki o’rkachli turlari cho’l va dasht zonalarida 
tarqalgan.
Palearktikada xartumlilar va odamsimon maymunlar, karkidon va 
boshqa tropik oblastlar (Efiopiya, Indo-Malay) uchun xarakterli turlar 
uchramaydi.
Palearktikaning ornitofaunasi ham o’zining turli-tumanligi jixatidan 
tropik oblastlardan ancha orqada turadi. Ammo ayrim guruhlarga mansub 
turlar bu joyda ancha keng tarqalishga ega. Bularga chumchuqsimonlar 
turkumiga mansub bo’lgan moyqutlar oilasini (300 turdan ortiq bo’lib, 
daraxt va buta o’simliklaridan iborat hududlarni egallaydi), xuddi shunday 
vyuroklar va dehqonchumchuqlarni misol qilish mumkin. Qarg’asimonlar 
oilasi juda keng tarqalishga va zichlikka ega. Zag’izgon va xo’jasavdogar 
esa endimik turlar sanaladi. Qurlar va tovuqsimonlar keng tarqalishga ega. 
Kakkular, qizilishtonlar, ko’k qarg’alar tropik rayonlardagiga qaraganda 
ancha tor tarqalishga ega. To’tilar, karkidon qushlar, nektarchilar va 
boshqa turkumlar hamda oilalar vakillari bu kenja oblastda uchramaydi 
yoki yakka tartibda uchrab qoladi.
Yuqoridagi kabi ayrim xususiyatlar reptiliyalar uchun ham to’g’ri 
keladi. Reptiliyalar faunasi ham bu kenja oblastda qo’shni tropik oblastlar 
faunasidan ancha kambag’al. Tangachalilardan haqiqiy kaltakesaklar va 
agamalar xarakterli. Palearktikaning chekka janubida xamelionlarning 
alohida o’ziga xos turlari uchraydi. Zaharli ilonlarning asosiy qismi qora 
ilonlarga mansub. Qalqontumshuq ilon va kapcha ilonlar ham bu hudud 


119 
uchun xos. Tropik hududda keng tarqalgan bo’g’ma ilonlar Palearktikada 
deyarli uchramaydi. Bu yerda mayda bo’g’ma ilonlargina tarqalgan xalos. 
Ko’rilonlar, timsohlar va terili toshbaqalarning yagona vakillari janubiy 
chegara rayonlardagina uchraydi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar faunasi turli-tuman. Endemik 
oila vakillari hisoblangan burchaktishlilar (uglozub) uchraydi. Ko’p sonda 
boshqa dumli amfibiyalr ham keng tarqalgan. Baqa va qurbaqalar keng 
tarqalishga ega. Kvakshalarning ikkita turi uchraydi. Chuchuk suv 
baliqlaridan karpsimonlar, olabug’asimonlar, lososlar keng tarqalgan. 
Karpsimonlar kenja oblastning asosan janubida, losossimonlar esa 
shimolida va sharqida uchraydi. Golomyankalar va keng peshonalilar 
oilalari endemiklar bo’lib, Baykal ko’lida tarqalgan. Endemik avlodlardan 
karas, gorchak, yershlar uchraydi.
Umurtqasizlar faunasi turli-tumanligi bilan tropik oblastlardan 
orqada turadi. Endemizm avlod darajasida namoyon bo’ladi. Bular 
yirtqich qo’ng’izlar, appalon kapalaklari (tog’li sharoitda yashaydi) va 
boshqa qator turlardan tashkil topgan. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə