82
o’z tarkibiga kiritadi. Hududi tog’lik, landshaftlari xilma-xil, ammo
o’rmonlar ularning asosini tashkil etadi.Kenja oblastning faunasi ma’lum
darajada o’tkinchi xarakterga ega. Bu yerda neotropika va neoarktikaga
xos hayvonlarning aralash guruhlari uchraydi.
Shimoldan bu yerga yer
qazarlar, dala sichqonlari, olmaxonlar, tovushqonlar, tulkilar, chittaklar,
kaymansimon toshbaqalar va boshqalar kirib kelishgan. Ammo, bu yerda
hayvonlarning
barcha
sinflariga
xos
endemik
avlodlar
ham
anchagina.Ayiqlardan kinkaju,
markaziy amerika tapiri, to’qqiz yo’lakli
zixrli kabi sut emizuvchilarning turlarini alohida ta’kidlash lozim.
Ornitofauna tarkibida esa qirol tasqarasi, endemiklardan tinamo avlodi va
kolibrilarning ko’pgina turlarini qayd etish mumkin.
Amozoniya kenja oblasti
Amazoniya Neotropik oblastining eng katta hududlaridan birini
egallaydi. Mazkur kenja oblast Janubiy Amerikaning katta qismini (to’liq
shimoliy qismi, markazi va deyarli to’liq sharqiy chekkasini ) o’z ichiga
oladi.
Asosiy landshafti nam tropik o’rmonlar bo’lib (geleya yoki selva),
ular Amazonka basseynida nisbatan yaxshi shakllangan. Savanna tipidagi
o’rmonlar, Braziliya pampaslari va Venesuelaning o’tchil
dashtlari ham
landshaft tiplaridan sanaladi.
Neotropik oblastlarga xos bo’lgan tipik xususiyatlar bu kenja
oblastda nisbatan yaqqol namoyon bo’ladi.
Kenja oblast keng burunli maymunlar (revunlar, mirikinlar, sapaju)
va noto’liq tishlilar (yalqovlar, chumolixo’rlar,
ulkan zixrli va
boshqalar)ning tarqalish markazi sanaladi. Amerika tapirlari, ko’pgina
opossumlar ham tarqalgan.
83
Ornitofauna tarkibida goatsinlar, tukanlar, qarqaralar,
ara va
amazoniya
to’tilari,
kolibrilar,
garpiya
va
kraksilar
uchraydi.Reptiliyalardan iguanalarning daraxtda yashovchi vakillari, suv
bo’g’ma
iloni-anakonda,
bushmeyster
xarakterlidir.Amfibiyalardan
kvaksha va pip tipik turlardan sanaladi.Ikki xil nafas oluvchilardan-
lepidosiren, elektr ugr va piranya kabi baliqlarni qayd qilish mumkin.
Barcha ekvatorial nam o’rmonlar uchun xos bo’lgan
eng xarakterli
xususiyat hatto uncha katta bo’lmagan hududlarda ham turlar sonining va
zichligining juda yuqori bo’lishidir.
Dostları ilə paylaş: