Madaniyatshunoslik


Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir



Yüklə 27,55 Kb.
səhifə3/10
tarix30.12.2023
ölçüsü27,55 Kb.
#165341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-Mavzu.ppt

Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir

  • 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning subyekti sifatida amalga oshiradi;
  • 2) irodaviy akt, harakat shaxs to’la-to’kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish, amal sifatida ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi;
  • 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko’p jihatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi;
  • 4) irodaviy faoliyat sababli shaxs o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashini tushunib yetadi va hokazo.
  • Shu bilan birga irodaning faollashtiruvchi va jilovlab turuvchi (tormoz qiluvchi) funksiyalari birgalikda (hamkorlikda) hukm sursagina, faqat shundagina shaxsning o’z maqsadiga erishish yo’lidagi to’siqlarni yengishni kafolatlashi mumkin

Nazoratni lokallashtirish

  • Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd qilishni, shuningdek, ularning kuch-g’ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi.
  • Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal) hamda ichki internal turlariga ajratiladi. Nazoratni tashqi lokallashtirishga ba’zi misollarni keltiramiz: Xodim ishga, talaba darsga kech qolsa, bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga harakat qiladi
  • 1) avtobus o’z vaqtida kelmadi,
  • 2) yo’lovchilar ko’p bo’lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim,
  • 3) avtobus juda sekin harakat qiladi,
  • 4) transport buzilib qoladi,
  • 5) ko’chada yo’l harakati fojiasi yuz bergani tufayli ushlanib qoldik va hokazo

Psixologik tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo’lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog’liqdir, chunonchi insonning mas’uliyatsizligi, o’z imkoniyatiga ishonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro’yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar.

  • Psixologik tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo’lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog’liqdir, chunonchi insonning mas’uliyatsizligi, o’z imkoniyatiga ishonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro’yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar.
  • Mabodo shaxs o’z xulq-atvori oqibati uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olsa, o’z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqyelik nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokallashtirishiga xos insonlar maqsadga erishish yo’lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o’zini o’zi tahlillash imkoniyatiga egadirlar.
  • Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har ikkala (eksternal, internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin

Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə