Madaniyatshunoslik



Yüklə 27,55 Kb.
səhifə4/10
tarix30.12.2023
ölçüsü27,55 Kb.
#165341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-Mavzu.ppt

TAVAKKALCHILIK

  • Irodaning o’ziga xos ko’rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ro’yobga chiqadi.
  • O’ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo’lida xavf-xatar, yo’qotish daxshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan ham hamohang, ogoh dadil harakat tavakkalchilik deyiladi.
  • Tavakkalchilikda muvaffaqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik kutilmasi ehtimoli yotadi.
  • Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, tavakkalchilik harakatini amalga oshirishning o’zaro uyg’unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o’tiladi. qarorga kelishning birinchi sababi-bu yutuqqa umidvorlik muvaffaqiyatga erishilganda kutilishi ehtimol qiymatning mag’lub oqibati ko’rsatgichidan yuksakroq bo’lishiga ishonchdir.
  • Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo’lini afzal bilgan xulq-atvorda ko’zga tashlanadi. Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr deb ataluvchi maxsus asbobda o’lchab ko’rish mumkin

Iroda aktining tuzilishi

  • Insonning miyasida tug’iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat amaliyotga tatbiq etiladi.
  • Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu harakat yordami bilan qo’yilgan maqsadiga erishish yo’llarini anglab yetadi, ya’ni harakat bilan maqsad, o’rtasidagi uyg’unlik insonga tobora yaqqollashadi, anglashiniladi. Holbuki shunday ekan, shaxs o’zining ruhiy holatini o’zgartirishga qaror qiladi, qondirilishi lozim bo’lgan ehtiyojlarini muayyan tartibga keltiradi, ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim topadi. Xuddi shu yo’sinda irodaviy harakatni amalga oshirishning tarqoq va yig’iq tarkiblari (unsurlari) maqsadga yo’naltiriladi.

Iroda aktining tuzilishi

  • Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo’l-yo’riqlari haqiqatdan ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to’g’risida oqilona qarorga kelishda o’z ifodasini topadi. Psixologik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, tanlangan harakatlar oqilona, omilkor, odilona ekanligi to’g’risida qarorga kelinganida, maqsadga muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon qiyinchiliklarsiz sodir bo’ladi.
  • Biroq aksariyat hollarda qarorga kelish murakkab jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin, tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha cho’ziladi. Masalan, a), b) v) g
  • Yuksak hislar (burch, mas’uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik, fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizasiyaga aylanganligini, ya’ni shaxsning ma’naviy mulkiga o’tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan altruistik (ijtimoiy fidoiylik) istaklari (xohishlari) o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi

Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə