Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə8/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi boshqa madaniy qadriyatlarini yangilashi, o‘zlashtirish mahorati va qayta ishlash kabi jihatlarisiz bo‘lmas edi. Bu madaniyat qadimdanoq yangi hodisalarni o‘zlashtirish va moslashtirish mahoratiga ega bo‘ldi. Garchi, boshqa qadimgi SHarq madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo madaniyatida ham an’analar keng o‘rin egallasada, ular aytarli xarakter kasb etmaydi, ya’niki, uzluksiz madaniy yangilanish va taraqqiyot jarayoniga to‘siq bo‘lmaydi. SHuningdek, an’analarning mustahkam hukmronligi tarixiy vaziyatga ham to‘sqinlik qilganligini ta’kidlash kerak. Mintaqa orqali katta bosqinchilik yurishlari, xalqlarning ko‘chishlari yuz bergan bo‘lib, bu Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi.Afsuski, ko‘pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo‘q qildi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug‘d va Xorazm madaniyati haqida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko‘ziliqir kabi qadimgi shaharlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo‘lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlari qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo‘jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko‘p tarmoqli sug‘orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi SHarq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvard, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu haqda Ossuriya va Qadimgi YUnon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, Baqtriyaning yirik shaharlari, ko‘p sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haqida Kgesiy Knidskiy (Mil. avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.Ko‘chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida mashhur qadimgi YUnon tarixchisi Gerodot (mil. av. V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning harbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi) da oltindan bezak sifatida, misdan qurol va sovut uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar.

  • Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so‘zining mazmuni umumiy izohga ega emas., ko‘pincha «Asosiy matn» sifatida tarjima qilinadi. «Avesto» dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo‘lgan zardo‘shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg‘ambar Zardo‘sht to‘planganlarga undan va’z o‘qigan. Uning hayoti davri mil. av. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa matnlarining to‘planishi ko‘p asrlar davomida amalga oshirilgan. «Avesto»ning eng qadimgi matnlari mil. av. II- minginchi yillarga taaluqli, «Avesto»ning millodiy VII asrga tegishli bo‘lgan to‘plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo‘lib, unda o‘sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardo‘shtiylik an’analariga ko‘ra bu yodgorlik Ezgulik va YOrug‘lik xudosi Axuramazdaning Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. Biroq, unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning keng tarqalishi, qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. SHuningdek diniy yo‘l-yo‘riq «payg‘ambar davridan» keyin zardo‘shtiylikning rivojlangan «e’tiqod ramzi» yuzaga keldi. Hozirgacha «Avesto»ning ayrim qismlari, 4 kitobi saqlanib qolgan:1. Videvdat- «Devlarga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan Zardo‘sht va Axuramazda o‘rtasida suhbat, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar mazmunida bo‘lib, zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish haqida.

  • 2. Visprat- «hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to‘plangan.

  • 3. YAsna- «Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig‘inish va murojaatdan iborat. YAsnadagi «Tot»lar nomli 17 bob zardo‘shtning muqaddas qo‘shiqlaridir.

  • 4. YAsht- «Qadrlash», «Hamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar haqida. Bundan tashqari, «Avesto» majmuiga «Kichik Avesto» ham mansub, u avesto tilida yozilgan bo‘lib, ibodat kalimalari joylashgan.

  • Ko‘pchilik olimlar Zardo‘sht yuksak axloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq payg‘ambar ekanligini takidlaydilar. Zardo‘sht ta’limotiga muvofiq barcha quruqlikning o‘zgarmas ibtidosi Arta bo‘lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibni saqlovchi osmon xudosi yorug‘lik va ezgulik hisoblangan (oxura-xo‘jayin, ega; mazda-idrokli, bilimdon). Axuramazdaning o‘g‘li -Atar (olov), uning vatani bulutlardan qurilgan suvlar, uning makoni-xududsiz yog‘du. Axuramazda 6 ta ruhni- yordamchilarni yaratdi (amesha spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, layoqatli qudrat, olijanob mo‘minlik, sog‘lomlik va boqiylik. Unga Axrimaning zulmat qo‘shini-devlar, urushlar timsoli, ochlik, kasallik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurash yotadi.Zardo‘sht ta’limotining ulug‘ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini beradi. Har kim ham YOvuzlikni yo‘q etish va Ezgulikning hukmron bo‘lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha bir xilda tengdir. SHu tariqa erda ilgari bo‘lmagan jannat - oltin asr tiklanadi. Unda sovuq, ham jazirama ham, qarilik ham, o‘lim ham bo‘lmaydi. YOvuzlik bilan kurashda har bir kishining asosiy quroli mehnat bo‘lgan. Zardo‘shtiylik axloqi kishidan kamtarin va halol mehnatkash dehqonning barcha majburiyatlarini bajarishni talab qilgan (kim g‘alla eksa, u haqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining «Dehqonchilik fazilati haqida»bobidan). Fikr, so‘z va ishda taqvodorlik, ishchanlik, halollik, xolislik yuksak axloqning asosiy talablari sifatida ko‘tariladi. «YAsna» kitobida zardo‘shtiylikning e’tiqod ramzi haqida deyiladiki: «Qasam ezgu fikrni, ezgu so‘zni, ezgu faoliyat majburiyatlarini bajarishni talab qiladi».Zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib esxatalogik ta’limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo‘q qiladi, biroq xaloskor Saoshyant halok bo‘lgan dunyoni va barcha marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do‘zahdan chiqarib Ahuramazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. SHu tariqa zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so‘roq kuni g‘oyasi shakllanadi. Bu g‘oyalar Doro I ning Bexustun yozuvida va Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo‘shtiylik Markaziy va Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida hukmron din bo‘lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kabi jahon dinlarining shakllanishida katta o‘rin tutdi. Ilmiy-tarixiy, amaliy-didaktik qimmatga ega bo‘lgan, ushbu yilda 2700 yilligi nishonlanadigan buyuk merosimiz «Avesto»ning butun ma’no mohiyati Inson taqdiri, uning Istiqboliga qaratilgan. Jumladan, Tangriga iltijo va murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga, sog‘lom, aql-hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o‘g‘il-qizlarga, uzoqni ko‘ra biladigan, yurtni balo-qazolardan himoya eta oladigan o‘g‘lonlar, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko‘z bilan ko‘ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar bo‘lsin1.Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatining mustaqil rivojlanishi Eron axmoniylari tomonidan birinchi yirik bosqinchilik tufayli to‘xtab qoldi. Sug‘d, Baqtriya, Xorazm mil. av. VI-IV asrlarda Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu imperiya tarkibiga kirishi, yagona boshqaruv, qonunchilik, pul tizimining o‘rnatilishi, oromiy yozuvning umum davlat miqiyosda qo‘llanilishi. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ahmoniylar davrida xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi Markaziy Osiyo shaharlarining taraqqiyotiga muayyan imkoniyat yaratdi. Ahmoniylar hukmronligida mamlakatlarga sayyohlar va olimlar borishi mumkin bo‘ldi. Xuddi shu davrda SHarq mamlakatlariga Gerodot, Demokrit va boshqalar sayohat qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi yirik shaharlar- Suza, Persepol, Memfis, Nippur, Bobilda turli joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug‘ddan chiqqan kishilar, saklarning harbiy aholisi yashagan.O‘z navbatida mil. av. V asrda Oks daryosining o‘ng sohilida Miletlik YUnonlarning manzilgohi tashkil topadi. SHu tariqa Ahmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin munosabatda bo‘lish, madaniyatining ham o‘zaro ta’siriga imkon yaratdiAhmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko‘pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o‘zining hissasini qo‘shgan. Zardo‘shtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga Farbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san’atining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko‘plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug‘ddan lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, hazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jihozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qirg‘iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos «Hayvon shakli» bitilgan jihozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri jarayoni esa o‘z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

  • Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo erlari yunon-makedonlar tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Ahmoniylar saltanatini emirib tashlagan YUnon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan sug‘d madaniyatini aylantirdi. Illo, Aleksandr Makedonskiy sipoxilariga hech erda Markaziy Osiyodagidek qarshilik ko‘rsatilmagan bo‘lsa kerak. Ozodlik harakatini beshavqat mahv etgan Makedonskiy erli aholining ko‘magiga muhtojligini seza boshladi. Vaqt o‘tishi bilan u ongli tarzda barcha etnik to‘siqlarni olib tashlashga, o‘z Saltanati hududida turli halqlarni qorishib ketishi hamda yagona madaniyat va til birligini qaror topdirishga urindi. SHu maqsadda Maqedonskiy o‘z saroyida SHarq udumlari va liboslarini joriy etdi, turli etnik guruh vakillarining nikohlarini keng yo‘lga qo‘ydi, o‘z armiyasiga Baqtriyalik va sug‘dlik qismlarni kiritdi, 30 mingdan ortiq o‘g‘il-bolalarga yunoncha tarbiya berishga hukm etdi. SHunday qilib Aleksandr Maqedonskiy Markaziy Osiyo madaniyatining ellinlashtirishni boshlab berdi. Ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaqil bo‘lgan Parfiya va YUnon-baqtriyada o‘zining yuqori rivoji bilan ajralib turadi. YUnon-Baqtriya davlatida yunonlar va mahaliy madaniyatlarning sintezi qisqa vaqtda o‘zining ijobiy natijalarini berdi, shaharlar soni tez suratda o‘sdi, dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab o‘tgan xalqaro savdoning markazi sifatida o‘ta muhim o‘rin tutadi. Diodotdan Galpokigacha bo‘lgan yunon-Baqtriya podsholari davrida yuksak badiiy saviyada oltin, kumush va misdan tayyorlangan turli qiymatdagi tangalar (draxma, obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul munosabatlarini o‘sishida Baqtriya shohlarining o‘z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning rivojiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi.YUnon-Baqtriya davrida Oyxonum (SHim. Afg‘oniston), Saksanoxur va Tahtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, YOrqo‘rg‘on, Afrosiyob Talibarzi (O‘zbekiston) kabi shaharlar qurildi. YUnon harbiy manzilgohlari aholisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslublar YUnon-Baqtriya shaharlarda ochib o‘rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiq g‘ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlardan foydalangan holda qo‘rilgan. Mahalliy zodagonlarning ellinistik didi monumental va ixcham haykaltaroshlikni rivojlanishiga turtki berdi. Terakot haykalchalar va turli muhrlardagi obrazlarning miqyosi keng. Unda hosildorlik xudosi Anaxit, yunonlarning bosh va mahalliy xudolari, fantastik va real hayvonlarning timsollari ifodalangan. Haykaltaroshlik san’ati namunalari kam saqlanib qolganligiga qaramay, zarb etilgan yunon-baqtriya tangalarining orqa tomonida mashhur yunon san’atkorlarining rasmi tushirilganligi bu erda yunon haykaltaroshligi ilmi ta’siri kuchli bo‘lganligini bildiradi. Taxti Sanginda Oks daryosining xudosi Marsiyaning bronza haykalchasi qo‘yilgan Mehrob topildi. Antik dunyoning Markaziy Osiyoga kirib kelgan haykaltaroshlik san’ati kushonlar davrida yanada ravnaq topdi.YUnon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik akterlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo‘lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo‘lgan. Akterlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko‘ra matnlarni o‘zgartirganlar musohaba, xazil-mutoyiba, hajv, hikoya, qo‘shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko‘zbo‘yamachilik va akrobatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo‘lgan. Hukmdorlar homiylik ko‘rsatgan mahalliy aktyorlar ham shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning –«Masxaraboz» namunasida hamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan. YUnon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko‘rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o‘zaro singishib ketishida ham ko‘rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf qo‘shib (ja’mi 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan zardo‘shtiylik hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollariga sig‘inish alomatlari paydo bo‘lgan. Mahalliy aholi nazarida Olimp xudolarining obrazlari bilan zardo‘shtiylik xudolarining timsollari - Zevs va Axuramazda, Appolon, CHeshos va Mitra, Afodita va Apaxit obrazlari uyg‘unlashib ketdi. Agar erli aholi o‘rtasida Afina, Gerakl, Nika, Dionis timsollariga sig‘inish qanchalik tarqalsa, YUnonistonda Mitra, Oksa (Oksho-Amudaryo), Buyuk onaga sig‘inish shuncha tarqaldi. Buni Oyxonim, Taxti Sangan manzilgohlaridan topilgan - tasvir mazmunida yunoncha va mahalliy an’analar ifodalangan san’at yodgorliklarida ham ko‘rish mumkin. YUnon-Baqtriya madaniyati odatda SHarq ellinistik madaniyati deb ta’kidlanadi. Agar ellinistik madaniyatga yunon va SHarq madaniyati uyg‘unligi xos deb xarakterlansa, markaziy Osiyo madaniyatida mahalliy o‘ziga xoslik, SHarqona betakrorlik ustivordir. Ayni shu negizda yunon madaniyati qadriyatlarini o‘ziga singdirgan madaniyat asosida keyingi davrlar madaniyati yanada rivojlandi.Bunda Xorazm madaniyatini alohida ta’kidlash lozim. SHu mintaqa sug‘oriladigan dehqonchilik, shahar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgohlardan bo‘lib, bu erda O‘zbekiston hududidagi qadimgi (Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (Eramizdan avvalgi IV asrlarda) Aleksandr Maqedonskiy bosqiniga qadar Ahmoniylar istilosidan ozod bo‘lgan davlat, xorazmiylar Hindiston, Xitoy, YAqin SHarq va Evropa SHarqi bilan qizg‘in savdo aloqalarini olib borganlar va o‘zlarining hunarmandchilik buyumlari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlarKanal, qal’a, ko‘pqavatli saroylar, qurish nafaqat amaliy alakani, balki murakkab hisob-kitob va o‘lchovlarni ham talab qilar edi. (Somoviy yo‘l ko‘rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o‘tib bo‘lmasdan. Xorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o‘zlari foydalangan maxsus taqvim tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufassal tavsiflangan. Uning ma’lumotlarini arxeologlar tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa hujjatlar ham tasdiqlaydi. Beruniyning ma’lumotiga ko‘ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, Ko‘ykirilgan qal’ada observatoriyaning qadimiyligi (Er. av. III-II asrlar shubhasizdir. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega bo‘lgan devorlar bilan o‘ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo‘lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra Qo‘yqirilgan qal’a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgohi bo‘lgan. Binoni noyob qurilish tizimi, xonalarni maqsadga muvofiq joylanishiga ko‘ra uni «Xorazm Stounxenji» deb atash mumkin. Xorazm madaniyatining o‘ziga xos rivojlanishi keyingi davrlarda ham davom etdi. 2000 yillar muqaddam Markaziy Osiy, SHimoliy Hindiston, Pokiston va SHarqiy Eron va yagona davlat hududini tashkil etgan. Qudratli Kushonlar imperiyasi Orol dengizi bo‘ylaridan Hind okeanigacha yastanib, o‘sha davrning boshqa uch buyuk davlati- Rim, Parfiya va Xanlar Xitoyi bilan birga bir qatorda turdi. Kushonlar imperiyasi davri SHarq va Jahon madaniyati rivojida yangi davrni tashkil etdi. Kushon madaniyatida qadimgi SHarq tipidagi mintaqaviy sivilizatsiya bilan ellinizm madaniyati an’analari, Hindiston ma’naviy hayotining nozik qirralari bilan Osiyo kengliklaridagi dashtliklar olib kelgan o‘ziga xos uslublar ijodiy uyg‘unlashib ketgan edi.Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo‘lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug‘orish inshootlari barpo etildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g‘ishtlardan bino etilgan qal’a va saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda Farb mamlakatlari, hususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan savdo aloqalari birinchi o‘ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida, Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan. Savdo ko‘riklikdagi yo‘llar va Hindistonning Farbidagi port-dengiz orqali olib borilgan. Bu yo‘llardan xilma-xil buyumlar, jumladan Rimga qandolat, qimmatbaho toshlar, fil suyagi, guruch, zebu-ziynat va jihozlar eltilgan. Xitoydan shoh va teri buyumlar, Rimdan to‘qimachilik mahsulotlari, kiyimlar, oyna, qimmatbaho metallar, turli vinolar shu yo‘l orqali olib o‘tilgan. Rimning ko‘p miqdordagi oltin va kumush tangalari aloqaga kiritilgan. O‘sha davrdayoq savdo sotiqning ushbu yirik xalqaro arteriyasi «Buyuk ipak yo‘li» deb nom oldi.Madaniy yuksalishning Kushon davri (Er. I-IV asrlari) diniy tizimlarning yonma-yon yashashi bilan xarakterlanadi. Bunga ma’lum ma’noda kushon podsholari, ayniqsa Konishka va Kunishka tomonidan diniy aqidalarga nisbatan sabr-qanoat va ishonch-muruvvat bilan yondoshilganligi imkoniyat yaratdi. Kanishka zarb ettirgan tangalarda indus, zardo‘sht, ellinlar xudolarining nomi va tasvirlari tushirilgan. Adolatgo‘y Mitra va hosildorlik xudosi Ordoxshi qudratli Vretragna bilan induslarni SHiva, Buddasini, Geshos, Selena, Sfapislarni ko‘rish mumkin. Buddizm davlat dini maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, Kushon imperiyasi hududida zardo‘shtlik, jaynizm, shivaizm, manixeylik, olimp xudolariga sig‘inish keng tarqalgan edi. Buddizmning tarqalishi mahalliy din va san’atlarning tugatilishini anglatmaydi. Bilaks, buddaviylikni Baqtriyadagi ixlosmand targ‘ibotchilari budda matnlarini shunchaki o‘zlashtirib, uni sanskritdan tarjimasi bilan kifoyalanmay, ularni o‘zlariga talqin etdilar, unga qayta ishlov berdilar.Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo-Xitoy, YAponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-baqtriya alfaviti, sug‘d va xorazm yozuvi rivojlandi: Surxq Qotalda (Afg‘oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hindlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo‘lyozma (Eram. avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi.Asrimizning boshida Buyuk Xitoy devori minoralaridan birida topilgan «ko‘hna so‘g‘d yozuvi» alohida qiziqish uyg‘otadi. YOzuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo‘lib, unda Xitoydagi so‘g‘d savdogarlarining faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.Kushonlar san’ati qo‘shni mamlakatlar va xalqlar san’atlariga ta’sir ko‘rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy hususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta’sirni tafakkur tarozisidan o‘tkazishdir. Xalchayon (Er. avv. I-e. ni 1 asrlari) –Kushon san’atining ilk yodgorliklaridan biri bo‘lib undan topilgan asarlarda ko‘proq hukmdor Geroy Sanat ulug‘langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o‘rin olgan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a’yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo‘lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko‘zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohiy homiylari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Dalvarzintepada topilgan mashhur «shahzodaning boshi» hamda tuproqqal’a haykallarida ellinistik an’analarning kuchli ta’siri seziladi. Podsholar zalida esa erkak va ayollarning monumental figuralari qo‘yilgan, podsho nayza tutgan jangchilari davrasida, ziyofat va bug‘ular ovi ko‘rinishida tasvirlangan.Diniy mazmundagi san’at asarlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan tasviriy san’at namunalarida qadim ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan. Ko‘hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadagi ehromlarni buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu asarlarda SHimoliy-Farbiy Hindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik qilsada, unda mahalliy san’at ustalarining yunon san’ati an’analari ta’sirida ijod qilganligi sezilib turadi. Baqtriya-Budda uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom shahridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari bo‘lib unda turli etnik tipdagi obrazlar galereyasi berilganKushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoylik san’at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, Sug‘ddagi bo‘rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), SHarqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi.Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandlik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o‘sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo‘ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg‘ishroq toshlardan haykallar o‘rnatilgan. Bino ichida g‘ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan. haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O‘rta Osiyo, YUnoniston madaniyatlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Farg‘ona, Sug‘d, Parfiyadan topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida ham ko‘rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar qurilishi keng rivojlandi. SHaharlar qalin devorlar bilan o‘ralib, ichida ark va arkning atrofida har xil binolar qad ko‘targan Sopol idishlar nihoyatda nafis va jarangdorligi hamda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san’at keng taraqqiy etgan. Zeb- ziynat buyumlari mehnat va jang qurollari yasash, mato to‘qish rivojlangan. Umuman, Kushonlar davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho‘qqisi hisoblanib, ma’lum xudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuqlarini o‘zida jamlab, qo‘llab SHarq xalqlarining o‘rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo‘ldi va jahon madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

  • Mavzuni takrorlash bo‘yicha savollar

  • 1. Markaziy Osiyo hududida qanday qadimgi xalqlar yashagan va davlatlar mavjud bo‘lgan.

  • 2. Markaziy Osiyo madaniyatining tarixiy o‘ziga xosligi.

  • 3. Markaziy Osiyo madaniyatining xarakterli belgilarini aytib bering.

  • 4. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, Sug‘d davlatlari madaniyatini tavsiflang.

  • 5. Markaziy Osiyo madaniyati rivojida Zardushtiylik va «Avesto»ning roli va o‘rni.

  • 6. Markaziy Osiyoda madaniyatlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir jarayonini izohlang.

  • 7. O‘zbekiston hududida qadimgi davrga oid qanday noyob yodgorliklar topilgan.

  • 8. Qadimgi davrda yozuv ilm va fanni rivojlanganligini ko‘rsatuvchi qanday ma’lumotlar mavjud.

  • 9. Buyuk ipak yo‘lini Markaziy Osiyo madaniyati rivojidagi roli.

  • 10. Jahon madaniyati rivojlanishida Markaziy Osiyo madaniyatining roli.















































  • 5 Mavzu: Dunyoviy va diniy madaniyat

  • REJA:

  • 1. SHarq va G‘arb mamlakatlarining o‘rta asrlar madaniyatida dinning ustivorligi.

  • 2. SHarq va G‘arb diniy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

  • 3. Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni.

  • Tayanch so‘z va iboralar

  • Bayt ul-Hikmat” – “Donishmandlar uyi”. Bag‘doddagi akademiya. “Qubbatul islom” – Buxoro shahri. Islom dinining gumbazi. “Ma’mun akademiyasi” – Xorazmda tashkil etilgan akademiya. “Ilmi nujum”- Astranomiya fani. Rasadxona – observatoriya. Osmon jismlarini kuzatadigan ilmiy dargoh. “Qur’oni Karim”- Islom dinining muqaddas kitobi. Xattotlar - Kiob ko‘chiruvchi xusnixat egalari.



  • Adabiyotlar

  • 1. Akramov SH. va boshqalar. O‘zbekistonning madaniy obidalari. –Toshkent.: O‘zbekiston, 1993 y.

  • 2. Madaniyat va ma’naviyat muammolari.-Toshkent.: Meros, 1994 y.

  • 3. Xayrullaev M. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan.-Toshkent.: O‘zbekiston, 1995 y.

  • 4. Mavrulov A. Madaniyat va tafakkur o‘zgarishlari. Toshkent.: 2004 y.

  • 5. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari. Toshkent.: “Farg‘ona”, 1998 y.

  • 6. Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura. Tashkent.: -2001 g. Akademiya xudojestv Uzbekistana.

  • 7. Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev A., Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y.

  • 8. Ochildiev A. Madaniyat falsafasi. -Toshkent.: Muxarrir, 2010y.

  • 9. Bekmurodov M, YUsupova N. Madaniyat sotsiologiyasi. Toshkent.: YAngi asr avlodi. -2010 y.

  • SHarq va G‘arb mamlakatlarining o‘rta asrlar madaniyatida dinning ustivorligi.VI-XVI asrlar davri tarix fanida o‘rta asrlar deylib, qadimgi va an’anviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an’analarining kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab halifaligi va Evropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o‘zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an’anaviy madaniyatning ko‘plab jihatlarini o‘zlashtirdi, o‘z navbatida o‘rta asrlar madaniyati negizi keyingi davlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. YAna shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o‘rta asrlarda o‘zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o‘tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko‘p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining arxiak (ibtidoiy) madaniyati; antik meros va qadimgi sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirgan. Bundan tashqari G‘arb va SHarqning o‘rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkulturatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko‘p qirraligi uning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari. SHuningdek, din o‘sha davrdagi madaniyat va musmadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o‘z ichiga qamrab oldi O‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Evropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o‘rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchanllik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlarning o‘rin almashishi navbatdagi payg‘ambarning kelishi bilan sodir bo‘ladi. Payg‘ambar jamiyatda buzg‘unchilik va gunohlarni tuzatishda “ilohiy aralashuvchi” ning timsoli hisoblangan. Bu “xudoning elchilari” bo‘lgan payg‘ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko‘ra “elchilarning” so‘ngisi “xudoning o‘g‘li” Iisus Xristosning erga tushishi hisoblanib, uning chormix qilinishi bilan Erda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo‘yicha Iisus faqat payg‘ambarlardan biri xalos, oxirgi payg‘ambar “payg‘ambarlik tamg‘asi” bo‘lgan Muhammaddir. Kishilarga payg‘ambarlar orqali oliy haqiqat ma’lum qilingan. YA’ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal-takomilga muhtoj bo‘lgan erdagi ko‘rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, erdagi oliy hilqat inson ruhi bo‘lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim. Din-inson uchun namuna-mo‘minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga, o‘zining Olamda zarradek ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o‘ziga xos markazida sezilarli kuch harakatda bo‘lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) e’tiborida ekanligiga iqror bo‘ladi in har xil an’analarga ega bo‘lgan turli xil xalqlarga arablar SHarqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratish uchun birlashtiruvchi ibtido bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xristiyanlik Rim imperiyasida Eramizni IV asrlarida G‘arbiy qismi gullagan paytga kelib to‘la shakllangan cherkov tizimi va qattiq instizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi. CHerkovning tayanchi bu paytda butun Evropada keng tarqalgan va xristiyanlikni o‘z dini sifatida qabullagan “yovvoyi” xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar va b.) tashkil etdi. Evropa bo‘ylab tarqalgan german, slavyan,turk qabilalari antik sivilizatsiyasini harob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar. O‘rta asr Evropasi- bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural xo‘jalik hukmronlik qilayotgan tarixiy davr. Dehqonlar uncha katta bo‘lmagan, bir-biridan ajralgan jamoalar shaklida yashash ularni istak va manfaatlarini yildan-yilga takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tarzi belgilardi. Bunday hayot tarzida odamning tafakkur doirasidan tashqari har qanday muloqotga ehtiyoj yo‘q hisob bo‘ladi. Bunda Evropa tarkib topgan davlatchilikka ham hech qanday zamin yo‘q edi. So‘ngroq x ristiyan cherkovi jamiyatni barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namuna asosini tashkil etdi. To’belik munosabatlariga qurilgan feodal tabaqachilik asosida CHerkov ierarxiyasi yotadi.(ruhoniylar-episkoplar-kardinallar- rim papasi), Qirol xudoning vassali, saroy ayonlari-Qirolning vassali, dehqon- saroy ayonining, ayol erkakning, uy hayvoni ayolning tosh va o‘simliklar uy hayvrninig vassali va bosh. “Toshdan Xudogacha” keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham CHerkovni qullab quvvatlagan. Musulmon SHarqida islom ta’limoti paydo bo‘lishi bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg‘ambar, keyin uning “o‘rinbosarlaridan xalifalar” qo‘lida birlashgan. V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topaboshladi. Etnik va ma daniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumy ong elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolaridan xafsali pir bo‘lgan arablarning ma’naviy-ruhiy izlanishiga turtki bo‘ldi. Muhammadning rayg‘ambarlik faoliyati yagona ma’naviy- mafkuraviy va sotsiyaal birlikda intilish yo‘lida qonuniy jarayon bo‘ldi. Islomiy e’tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. YAgona Olloxni tan olish va Muhammadni uning payg‘ambari deb bilish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, beva-bechoralar yo‘lida zakot berish, xaj ziyorati. Islomning ushbu 5 axkomidan 4 tasi axloqiy - udum tabiatiga ega. Xususan payg‘ambar shaxsi u haqidagi ma’lumotlar nufuzi islom diniga betakror o‘ziga xoslik, ma’naviy-ruhiy qudrat bahshida etdi va uni jahon tarixidagi muhim voqea, o‘zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan muulmon davlatchiligining qaror topish tomirini belgiladi. 3. Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni. Din hayoti muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni yaratdi: Flsafada-teologiya, adabiyotda-ilohiy, didaktik janrlar, evropa musiqasida cherkov gimnlari -liturgiya va messa, tasviriy san’atda xristiyanlik syujetlari asosiy o‘rin tutdi. Asosiy fanlar ilohiyot va sxolastika (o‘rta asr falsafasida yunoncha shunday atalgan va atama fikr so‘qish, dogmatizm, mazmunsiz, formal bilimni anglatadi). Ilohiyot olam va inson haqidagi o‘z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Er Olamning, Ierusalim dunyoning markazi degan qarash hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos -tana-er,qon-suv, nafas-havo, harorat -olov, ya’ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat deb qaraldi.

  • Asosiy mavzu-xudoni kuylash, Injil asotirlari, avliyolar xayoti, ruhiy axloqiy poklanish, gunoxdan mag‘firat bo‘lish aqidalari edi. Musiqaviy madaniyat negizini cherkov qo‘shiq-kuyi, musiqa, she’riyat, va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari tashkil etdi. Me’morchilik va tasviriy san’at ilohiyatni unsiz targ‘ib shakli tarzida namoyon bo‘ldi. Xristiyanlik ehromlarini (Sobor) “savodsizlar Injili” deb bejiz aytmaganlar. Uning butun ifoda shakli-bino ichining xoch shaklidaligi, atrofning bezak-hashami, oddiy bandalariga munosib ko‘rilmagan mehrob qismi, turli haykalchalar, mo‘l bo‘yoqli tasvirlarda aslida xristiyan ramzlari va xristiyanlik aqidalari ifodalangan. Bosh janr ikona bo‘lib, u savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy-hissiy bog‘lanish aloqa shakli sanalgan. Tasvirda xudoni bandalarining gunoh kechmishlari, ularni mag‘firat etishga qaratilagan motamsaro ko‘rinishi ifodalangan.Islomda san’atga nisbatan qat’iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko‘ramiz. Bunga cherkosv tizimini yo‘qligi, har bir odamni Ollox-bilan tanho muloqotining mumkinligi aholi manzillari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo‘lib, uning dastlabki na’munasi Muhammad payg‘ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. YUqori ma’lumotli musulmonlar orasida Evropa mamlaktlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy ta’lim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan she’riyatni rivojlanishida so‘fiylik katta rol o‘ynaydi. So‘fiylar o‘zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo‘lgan e’tiqodini tinglovchilariga etkazish, individual ta’sir etish mahoratini namoyish etar edilar.SHarqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa’diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari sufiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo‘lganlar Ilohiy haqiqat Olamning aldamchi ko‘rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham islom san’atda asl tasvir - ifodani inkor etgan(Kitobiy miniatyura bundan mustasno). Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlar da muhrlangan belgilarida ifodalashga e’tibor qaratilgan. Mahobatli me’morchilik yodgorliklarini betakror go‘zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko‘zini, qalbini ham quvontiradigan murakkab geometrik shakllar, o‘simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo‘lyozma, amaliy, bezak, san’ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak-Ollohning nazari, to‘rtburchak-musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka’ba, beshburchak-dinning 5 asosiy arkoni, jimjimador o‘simliksimon shakl, va gullar-jannat bog‘i-Bo‘ston timsollaridir. Musulmon SHarqida san’atda diniy aqidalar o‘ta izchilik bilan qo‘llangan. San’atda kallig‘rafik miniatyurani istisno qilgan holda deyarli voqelikni tasvirlash ta’qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan. Musulmon SHarqida ham islom e’tiqodidagilar va so‘fizm vakillari o‘rtasida murosasiz to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo‘li bilan yaqinlashish mumkitn deyuvchilar (Al-Ashariy, G‘azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda qliy bilishni ustun qo‘yuvchi mashhur fay lasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta’limoti vujudga keldi. Evropa madaniyatida bu munozalar natijasida idrok va e’tiqodning ajralishi sodir bo‘ldi.

  • Musulmon madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. YAngi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo‘lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo‘ldi Musulmon sharqida ma’lumotli kishi hikimiyatning eng yuqori pog‘onasiga chiqishida oqsuyak lar bilan teng turgan Ko‘pincha SHarq xukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatida ma’lumotli kishilarga katta extiyoj bo‘lgan. Ma’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlashi, she’r yozish qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘z joyida askiya, zikoya ayta bilishi zurur bulgan. Turli xil ta’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlanadi. Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O‘rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz beradi, hozirgi muomalada bo‘lgan tillar shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada tarqqiy etadi. VI-XVI asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-hamrodagi saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotika uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi;ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniatyurasi, ayniqsa SHarqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi. Bu sahalarda asosiy g‘oya yaratuvchilik, hayotbaxshlik bo‘lib, Muhabbat va Idrok ijtimoiy tarqqiyotning bosh xarakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof qilinadi. Ilohiy ishq va payg‘ambar she’riy san’at va shoirlarning asosiy mavzui bo‘lib qoladi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib, keyingi asrlar badiiy madaniyatining mazmunini boyitdi.

















  • 6-MAVZU. TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI (XIV ASRNING IKKINCHI YARMI – XV ASR )





  • reja:

  • 1. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti.

  • 2. Me’morchilik va tasviriy san’at.

  • 3. Ilm-fan va adabiyot.



  • Tayanch tushunchalar

  • Amir Temur, saltanat, Bog‘dod, Sultoniya, Bibixonim, Karvonyo‘li, masjid, maqbara, Movarounnahr, Registon, nasta’liq, tasavvuf, Naqshbandiya, tuzuklar.

  • Asosiy adabiyotlar:

  • 1. I.A.Karimov Amir Temur haqida so‘z. T., 1996 y.

  • 1. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. T., 1996 y.

  • 2. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san’at. T., 1996 y.

  • 3. I.Mo‘minov. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni.

  • 4. Temurning ma’muriy merosi. T. 1996 y.

  • 5. Arapov A. «Amir Temur davrida me’morchilik». Jurnal «Moziydan sado». 2003. №2. 30-38 betlar.

  • 6. Amir Temur a mirovoy istorii. –T.: 2001. YUNESKO. 8-40 betlar.

  • 7. «Amir Temur saboqlari». –T.: SHarq. 2001. 4-54 betlar.

  • 8. To‘xtiev I. «Amir Temurning pul moliya tizimi». Jurnal «Moziydan sado». №1-2. 1999. 58-63 betlar.

  • Internet saytlar

  • 1. www.bilim.uz.

  • 4. www.philosophy.nsc.ru.

  • 5. www.history.ru.



  • Dars jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar

  • 1. Aqliy hujum.

  • 3. Darsni aniq yo‘naltirigan savollar asosida olib borish.



  • Dars jarayonida qo‘llaniladigan yangi axborot texnologiyalari

  • 1. Internetdan foydalanish.

  • 2. Slayd-sxemalardan foydalanish.

  • 3. Mavzu bo‘yicha multimediadan foydalanish.



  • Ma’ruzaning maqsadi:

  • Amir Temur barpo etgan markazlashgan davlatda madaniy-maishiy hayotni rivojlantirish shart-sharoitlarini ochib berish.

  • 1. Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san’at ahllarini, hunarmand me’morlarni va musavvirlarni to‘pladi.Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va SHahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor erlarda ariklar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon etishtirilgan.Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘ barpo etilgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va SHeroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e’tibor berilgan.Tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma’danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.

  • Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabat-larining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, SHohruhiya, Termiz, SHahrisabz, Qarshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahallalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan.XV-asrda metall buyumlar- uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalar, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurilgan. SHaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari etti xil ma’dan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.Kulolchilik eng sertarmoq soha bo‘lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy rang-baranglikda turli sohalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik keng qo‘llanila boshlangan. Binokorlikda g‘isht teruvchilar «Banno», peshtoq, ravoq hamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar «Ustoz» deyilgan.Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. YOg‘och o‘ymakorligida naqshin binolar qurilgan va buyum jihozlar yasalgan. Samarqand qog‘ozi hatto chet o‘lkalarda mashhur bo‘lgan.Bu davrda hunarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig‘i «Usta» shogirdlar «Xalfa»lar bo‘lgan. hunarmandlar shaharning madaniyatli tabaqasiga mansub bo‘lgan.Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. CHet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo‘llar qurdiradi, karvon yo‘llarida karvonsaroylarni ko‘paytiradi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo hunarmandchilik inshootlari qad rostladi. SHahar bo‘ylab o‘tgan keng ko‘chaning ikki tomoniga do‘konlar joylashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ihtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va hunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. SHuningdek, bozorlarda qo‘lyozma kitoblar, yozuv qog‘ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar ham o‘tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan haqida suhbatlar bo‘lgan, farmonlar e’lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko‘rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyga qurilgan.Temuriylar davrida karvon yo‘llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.XIV-XV asr ohirlarida Movarounnahrni ko‘p mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ba’zan siyosiy va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan karvon yo‘llari bog‘lagan edi. Bu yo‘llar bir-biridan iqtisodi, xalq tumush tarzi, dini, ma’naviy va moddiy madaniyati jihatdan farqlanuvchi mamlakatlarning o‘zaro aloqasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yo‘llari savdo, diplomatik aloqalarning amaliy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va madaniy ta’sirini mustahkamlashga xizmat qildi.2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohalarida kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «SHahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va SHahrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g‘arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog‘-rog‘lar qurildi.Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. SHaharda «Hisori», qal’a, ulug‘vor inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko‘hak tepaligida CHo‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandak bilan o‘ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib devor bilan o‘ralgan. SHaharga oltita darvozadan kirilgan.

  • SHahar mahalalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. SHaharda me’moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko‘rinadi (SHohizinda, Ahmad YAssaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o‘zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.Koshin qatlamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida SHer bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Temur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek davrida Xitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi.Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko‘plab qurildi. Temur Hindiston yurishidan so‘ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro‘parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug‘bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazildi.Temur davrida Saroy Mulk xonim Go‘ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va Fijduvonda madrasalar bunyod etirdi. XV asrda madrasa me’morchiligi o‘zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo‘ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo‘yicha rejalashtirilsa ham, asosiy shakllari, ularning o‘zaro nisbatlari va bezaklariga ko‘ra har biri o‘z qiyofasiga ega edi. Temuriylarning ikki san’at durdonasi-Samarqanddagi Ulug‘bek va Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo‘yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.Temuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o‘z ichiga oluvchi to‘siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Temur davrida shayx Burxoniddin Sag‘orjiy xilxonasi – Ruhobod maqbarasi va Temuriylar xilxonasi -Go‘ri Amir. SHuningdek, SHohizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug‘bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko‘rinishiga ham ta’sir o‘tkazadi. SHohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi. Ulug‘bek Buxoro, Fijduvon, SHahrisabz, Termiz, Toshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo‘yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va SHayxontohur majmuasi, bo‘lib, Qaldirg‘ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.Temur davrida ulkan inshoot-Turkiston shahrida Ahmad YAssaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon SHarqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda CHashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. SHunigdek, Temur SHahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira - Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach SHahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me’morchiligi an’analarini ko‘rish mumkin.Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir.Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo‘lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. SHahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. SHuningdek, shahar tashqarisida Temur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod ettirgan.Ulug‘bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko‘kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. SHohizindada ayrim maqbaralar, SHahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «CHilustun» va «CHinnixona» saroylari uning davrida qurildi.XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo‘ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.Amir Temur va Ulug‘bek davrida tasviriy san’at turli yo‘nalish bo‘yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig‘inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to‘xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Temur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Xattotlik- qo‘lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Temuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to‘xtab qoldi. Samarqanddagi Temuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosim-lari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo‘lgan. Temur, o‘g‘illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug‘bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo‘lgan. Bu davrda qayta ko‘chirilgan Abdurahmon as-So‘fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi CHochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to‘qqiz falak ko‘rinishi, etti gardish, etti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo‘limlari, Er yuzining etti iqlimi tasvirlangan.Temur davrida qurilgan SHirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. SHirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.Xattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta’liq noyob qo‘lyozma asarlar ko‘chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‘chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Temuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg‘ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va SHirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, SHeroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi. Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo‘lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda SHarqiy Turkiston san’atiga xos bo‘lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari SHayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i SHamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. Ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari Xirotga ko‘chib o‘tadi. Abul Hayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‘-Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. SHuningdek, tabiat tasvirida to‘q yashil va jigarrang ko‘pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo‘lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. CHunki, Hirot va SHeroz miniatyuralari qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.

  • Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o‘ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo‘lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning «Xamsa» asariga va 49 ta miniatyura «SHohnoma» asariga ishlangan bo‘lib, hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug‘bek davrida as-So‘fiyning «Siljimas yulduzlar ro‘yhati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko‘rsatilgan bo‘lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. YUlduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. SHarq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo‘lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko‘chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o‘rgatishi mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmand-chilikning turli shakllarida namoyon bo‘ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog‘och va tosh o‘ymakorligi bilan ham bog‘liq edi. Qabr toshlariga qisman o‘simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so‘zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o‘yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag‘ana yoki suna shaklida bo‘lib, bo‘z rangli marmardan, ayrim hollarda o‘ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. YOg‘och o‘ymakorligida Go‘ri Amirda, SHohi Zinda, YAssaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va Ulug‘bek davrlarida metall o‘ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o‘yib, bo‘rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. YAssaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo‘yish san’atining eng yuksak namunasidir.Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar etishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falakiyotshunoslik fanida Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Fiyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida SHarofiddin Ali YAzdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo‘ldi

  • Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Er kurrasini o‘lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo‘lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo‘q edi. Rasadxonada Ulug‘bek matematika, geometriya, falaqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo‘lgan.irzo Ulug‘bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko‘taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug‘bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va Fijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.Temur va temuriylar davrida xalq og‘zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O‘zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.Bu davrda etuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o‘zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko‘lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko‘tardi. Movarounnaxr va Xurosonda o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoirlar va san’atkorlar bilan o‘zaro juda yaqin munosabatda bo‘la boshladilar. Qaysi ijodkor o‘ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha erda yashab ijod qildi.Xuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko‘p bo‘lib, adabiy hayot yuksaladi. SHarq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «CHaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.Xurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung‘ur Mirzo (SHohruhning o‘g‘li) ning o‘rni beqiyos bo‘lib, u o‘z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «SHohnomasi»ning ko‘p qo‘lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung‘urning o‘zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Xullas, XV asr o‘rtalarida Xurosonda o‘zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldiNavoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko‘proq xurosonlik shoirlar haqida ma’lumotlar bersa, Davlatshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida o‘tmishda Uchinchi - ma’naviy omil - avval madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar, boyliklardan keng o‘tgan ijodkorlarga to‘xtaladi. YAqinda ma’lum bo‘lgan SHayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning «Fukukul-balog‘a» (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy hayotni o‘rganish imkoniyatlarini ochdi.SHayx Axmad Taroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma’lum bo‘lgan o‘zbek va forsiyzabon shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. SHayx Taroziy o‘z asarida bizga ma’lum bo‘lgan mashhur shoirlardan tashqari, bizga noma’lum bo‘lgan Muhammad Temur Buzoning tuyuqlarini, SHams Qisoriyning «Al-maqlubul-ba’z» she’riy san’ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» she’riy san’atiga o‘zining g‘azalidan namunalar keltiradi.XV asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo‘lib, bu yuksalik Temuriy Boyqaro va o‘zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog‘liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko‘p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, bu ulug‘ zot o‘z hukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «Xasht avrang» va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo‘ldi. Husayn Boyqaro o‘z «Risolasida» uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.Bu boy adabiy meros o‘zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o‘zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi.XV asrda o‘zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘zbek adabiy tili shakllandi. O‘zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so‘z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar.

  • Ilm fan va adabiyotning rivoji kitobat san’ati, yangi qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish, xattotlik, musavvirlik, lavha chizish, muravozlik kabi san’atlar taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qildi. Nafis kitob va xattotlik XIV-XV asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. hattot Mir Ali Tabriziy (1330-1402) nasta’liq xatini kashf qildi. Bu usul hirotda Sulton Ali Mashhadiy boshchiligida yuksak bosqichiga ko‘tarildi va Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qilqalam, Halvoiy, Rafiqiy kabi hattotlar, musavvirlar etishib chiqdi. Samarqand va Xirotda temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. Bu kutubxonalar hunarmandchilik korxonasi hisoblangan, ularda qo‘l yozma asarlarni to‘plash va saqlash ishlari bajarilgan.XIV-XV asrlar O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bo‘ldi. YAngi kuy va qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar etishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad SHayhiy, Husayn Udiy, SHohquli Fijjakiy, Ahmad Qonuniy, YUsuf Andijoniy kabilar shular jumlasidandir. Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi kuylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda shakllangan 12 maqom bu davrda takomillashdi. SHuningdek, keng ommaga mo‘ljallangan teatrlashgan tomoshalar - xalq sayillarida masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozlar o‘z san’atini namoyish qilgan.Temur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta o‘rin tutadi. So‘fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib, balogardon martabasiga ega bo‘lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Xoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga kelgan Xoja Ahror Valini temuriylar o‘zlariga pir deb biladi. Xoja Ahror Naqshbandiya Xojagon tariqatining yo‘nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham shug‘ullanib bir nechta asarlar yozgan.O‘rta Osiyoda Temur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk sohibqiron Amir Temur qo‘ygan edi.



  • Mavzuni takrorlash uchun savollar

  • 1. Movarounnaxrda XIV-XV asrlarda madaniyat ravnaqining omillari va shart-sharoitlari.

  • 2. Temuriylar shajarasini jahon tarixida eng ma’rifatli shajara ekanligini misollar bilan tushuntiring.

  • 3. XIV-XV asr Movarounnaxrdagi madaniy yuksalishning asosiy belgilari.

  • 4. Temur va Temuriylarning madaniy siyosatida me’morchilikning o‘rni va ahamiyati.

  • 5. O‘zbek adabiyoti ravnaqida Navoiy, Boburlarning roli.

  • 6. Kamoliddin Behzod ijodining tasviriy san’at rivojidagi ahamiyati.

  • 7. Ulug‘bek ilmiy maktabining yutuqlari nimada? Va uning jahon fani uchun ahamiyati.

  • 8. Temur va Temuriylar davri madaniyatining hozirgi sharoitdagi ahamiyati.

  • 9. Temur va Temuriylar madaniy merosini tiklash yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar.













    1. Yüklə 3,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə