Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə11/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17

Kino san’ati. Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996 yilda “O‘zbekfilm” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1991-2002 yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “SHarif va Ma’ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “YUlduzingni ber, osmon”, “Kenja singal” va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi yaqqol nomioyon bo‘ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi.

  • Mustaqillik yillarida o‘nlab xujjatli filmlar yaratildi. “O‘zbekis-ton bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o‘qigan edilar”, “O‘zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg‘ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular jumlasidandir.

  • milliy musiqa va qo‘shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respulika markazi”, uning viloyatlaridagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda “Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masqaravozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik –tanlovlari o‘tkazildi. 1994 yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan “SHarq musiqasi” festivalida Munojat Yo‘lchieva va SHavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.1996 yil aprel oyida Turkiston saroyida, “Bahor” majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi orqali xalq orasida istedodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezdentining 1996 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida”gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘satdi. 1996 yilda o‘tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ladi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni “O‘zbekeiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi. “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Men seni sevaman, O‘zbekiston”, “Vatan yagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O‘zbekiston askarlari” qo‘shiqlari shular jumlasidandir.1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining “SHarq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror musiqa san’atini noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dastur amal bo‘lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust – 2sentyabr kunlari Samarqanda bo‘lib o‘tgan “SHarq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra taraldi. Har iki yilda Samarqandda “SHarq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldiO‘zbekistonda musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojidga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangshan bayram tantanalari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Mustaqillik yillarda O‘zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O‘zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar tashkil etilgan.1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko‘maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublika-mizda isteqomat qiluvchi turli millat va e’latlarni jipslashtirish asosiy o‘rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z faoliyatii bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.O‘zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlaga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlan-tirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg‘armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Muzeylar faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda “O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999 yildan boshlab o‘zbek, rus va ingiliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.

  • O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nrdir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2005 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etiladi.

  • O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamolati yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlari-mizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.

  • Sport. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyati-ning tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.

  • 1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni sportni ommaviy rivoj-lantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorat maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

  • 1992 yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyada rasmiy e’tirof etildi.

  • Sportning boks turi jadal o‘sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney olimpiadasi chempini Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X jahon chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mmlakat o‘rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxirli uchinchi o‘rinni egalladiVatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy YUnusobod tennis majmui barpo etildi. YUnusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O‘zbekiston prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon uchrashuvida g‘olib chiqib, kumush kubokni kichrayti-rilgan nusxasini qo‘lga kiritdi.1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Evarest” cho‘qqisiga ko‘tarilib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilarMustaqillik sharofati bilan o‘zbek milliy kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz va SHahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo‘lib o‘tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash asotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e’tirof topdi.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.SHunday qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sport rivoj-landi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.

  • Mavzu bo‘yicha takrorlash uchun savollar

    1. Tarixiy xotirani tiklash deganda siz nimalarni tushunasiz?

    2. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida nimalar o‘z aksini topgan?

    3. Diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirildi?

    4. O‘zbekistonda ta’lim qanday turlarda amalga oshirilmoqda?

    5. “Umid” jamg‘armasi qachon va qanday maqsadda tuzilgan?

    6. O‘zbekiston sport yulduzlaridan kimlarning nomlarini tilga olasiz?



    1. 5. SEMINAR MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI



    2. Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari. Madaniy taraqqiyotning qonuniyatlari va madaniy meros.

    3. Mashg‘ulotning maqsadi. Mazkur ma’ruzaning maqsadi madaniyat jamiyatning maqsuli. Ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan biri ekanligini ochib berish. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ahamiyatini ko‘rsatib berish.

    4. Vazifalar.

    5. 1.Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari.

    6. 2.Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari.

    7. 3. Madaniy taraqqiyot va ma’naviy meros.

    8. 4. Ibtidoiy madaniyati.

    9. Talaba bilishi lozim.

    10. Motivatsiya. Madaniyatshunoslik jaxon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston madaniyati rivojlanish tarixi xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi muammolari va istiqbollari to‘g‘risida bilim ko‘nikma va malakalarni berish, milliy madaniyatga va o‘zga millatlar madaniyatiga qadryatlariga ularni xurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini asoslab berish.

    11. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.

    12. Nazariy qism.

    13. Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblanadi. Madaniyatshunoslik madaniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasidan iborat.Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganadigan gumanitar fandir.

    14. Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, ibtidoiy turmush tarzidan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to‘plangan bilim va tushunchalarni integratsiyalashga ko‘maklashuvchi fandir.

    15. Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar bilan bevosita bog‘liq holda o‘rgpniladi. Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin aloqadordir. Falsafa fanining asosiy masalasi ruh yoki materiya birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat hayotining ma’no-mazmuni masalasidir. Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani ham shug‘ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o‘rni, jamiyat taraqqiyoti haqida mulohaza yuritadi, jamiyat taraqiyotining umumiy qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu darajada madaniyat-shunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga kelishi va rivojlanishining o‘zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir.Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqei haqida to‘plagan ma’lumotlaridan madaniyatshnoslik fani foydalanadi. Umumnazariy xulosalar chiqarishda sotsiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi. Madaniyatshunoslik fani Siyosatshunoslik fanining davlat o‘urilishi va tuzilishi, siyosiy rejimning turlari va hususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib umumiy nazariy xulosalar chiqaradi. Madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot ob’ekti insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyati, madaniy taraqqiyot yutuqlari, ularning ma’no-mazmunini o‘rganishdan iboratdir. Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi bo‘lib, insoniyatning madaniy hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy va o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga imkon beradi. Dialektik metod biron-bir mamlakat yoki mintaqada kechgan madaniy jarayonni, jumladan O‘zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish, tadqiq qilishga ko‘maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.

    16. Madaniyatshunoslik fani ob’ektni o‘rganishda ilmiy bilishning sistemali yondoshuv metodiga tayanadi. Sistemali yondoshuv bo‘laklarni butun orqali, butunni uning bo‘laklari orqali tahlil etish, o‘rganishni taqoza etadi. Bu metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va hakazo bo‘laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni tahlil qilishga imkon beradi.

    17. VAZIFALAR























    18. Nazorat savollari.

    19. 1. madaniyat so‘zining lug‘aviy ma’nosini tushuntiring.

    20. 2. madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro aloqadorligini ularning ta’rifini tushuntirib bering.

    21. 3.qadriyatlarning turlarini sanab bering;

    22. 4. moddiy va ma’naviy madaniyat nima.

    23. 5. madaniyatshunoslik fanining vazifalari nima.

    24. 6. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.

    25. 7. So‘nggi paleolit davri madaniyati.

    26. 8. YAngi tosh asri (neolit) madaniyati.

    27. 9. Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi.

    28. 10. madaniyatshunoslik fanining metodlari.







    29. Adabiyotlar.

    30. 1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Asarlar,7 tom,T: O‘zbekiston1999.

    31. 2. KarimovI.A. “Ozod va obodVatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”. T.:O‘zbekiston,2000.

    32. 3.Karimov I.A Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir..T.,O‘zbekiston, 2000.

    33. 1.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.O‘zbekiston 2000.

    34. 2.Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoiyllar. T.2001 5-12 betlar.

    35. 3.Kulturologiya, mirovaya kultura. Uchebnik. Axmedova E.

    36. Gabidulin R. 2001 yil

    37. 4.Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev O. Madaniyatshunoslik. (o‘quv qo‘llanma). 2006 yil.

    38. 5. Gulmetov E., T.Qobiljonova, SH.Ernazarov, A.Mavrulov ma’ruzalar matni. T. 2000 y.





    39. 2–mavzu.Qadimgi davr madaniyati

    40. Mashg‘ulotning maqsadi. Qadimgi sharq xududida insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyat rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim jarayonlar yuz bergan. Misr mesopataniya Xitoy va Xindiston sivilizatsiyalari eng ko‘xna va yirik madaniyatlar ekanligi va jaxon sivilizatsiyasining poydevriga asos solganligini ochib berish.

    41. Vazifalar.

    1. Qadimgi Misr madaniyati.

    2. Qadimgi Mesopatamiya madaniyati.

    3. Qadimgi Hindiston madaniyati.

    4. Qadimgi Xitoy madaniyati.

    1. Talaba bilishi lozim.

    2. An’anaviy madaniyat, fir’avn. Ehrom, papirus, taqvim, ellinlar, madaniyati ma’buda. Buyuk Xitoy devori. Mahobxarat “Romayana” dastonlari. “Vedalar” “Bobil minorasi” Bobil osma bog‘lari”. “Buyuk ipak yo‘li”.

    3. Motivatsiya: Qadimgi sharq sivilizatsiyalari tabiiy, ilmiy bilimlarni to‘plab ulkan natijalarga erishdi va jaxon fani rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini yoritib berish.

    4. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.



    5. Tayanch so‘z va iboralar

    6. Ellada – Qadimgi YUnonistonning nomi. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – (er. avv. 490-430.) YUnon tarixchisi. “Tarix faning otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari.(er. avv. V-IV asrlar). Artemida ibodatxonasi – Dunyoning etti mo‘‘jizalaridan biri Efes shahrida qurilgan. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Zevs, Afina, Promaxos haykallarini muallifi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlik janglari o‘tkazilgan.

    7. Asosiy adabiyotlar:

    8. 1. Esin A.B. Vvedenie v kulturologiyu: Osnovnыe ponyatiya kulturologii v sistematicheskom izlojenii. –M.: 1999, str. 5-61.

    9. 2.Axmedova E, Gabidullin R. Kulturologiya. –T.: 2001. 6-20 betlar.

    1. Gulmetov, T. Qobuljonova, SH.Ernazarov. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. -T.: 2000. 12-18 betlar.

    1. Aqliy hujum.

    2. Darsni aniq yo‘naltirilgan savollar asosida olib borish.



    1. Dars jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish

    1. Internetdan foydalanish.

    2. Sxema-slaydlar namoyish qilish.

    3. Mavzu bo‘yicha multimediadan foydalanish.









    1. Ma’ruzaning maqsadi

    2. Qadimgi sharq sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.



    3. Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga xos betakrorligi bilan ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan. Nil dunyodagi eng katta daryolardan biri bo‘lib, u Markaziy Afrikadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta er dengiziga quyiladi. Misrda ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham eng avvalo shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o‘simlik dunyosi va er osti boyliklari ko‘p bo‘lganligi bois bu erda moddiy va ma’naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan. Misrda davlatning paydo bo‘lishi mil. av. IV ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil daryosining shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar davlatlari – nomlari paydo bo‘lgan. Nomlarni monarxlar boshqarib, ular dehqonchilik, chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni boshqarganlar. Bular ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va janubiy birlashmalari vujudga keladi. Mil.avv. III minginchi yil boshlarida Janub podshosi Minaning SHimoliy uyushma ustidan g‘alaba qilishi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning poytaxti Memfis shahri bo‘lgan. O‘zining Vatan tarixini yozgan kohin Manefon qadimgi Misr tarixini to‘rtga bo‘lib: Qadimgi (mil avv. 3 minginchi yil), O‘rta ( mil.avv. 3 minginchi yil oxiri – 2 minginchi yil boshlari), YAngi (mil. avv.2 minginchi yil), Quyi (mil. Avv. 1 minginchi y.) podsholik davrlariga bo‘ladi. Bu davrlar jami 30 ta firavnlar sulolarini o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik namunasi bo‘lgan. SHuning uchun ham qadimgi yunon tarixchisi Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz aytmagan. Bahor oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi erlarida hosil bo‘lgan qora meneralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib xizmat qilgan. Daryo bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa qurilishga yaxshi material hisoblangan. SHumerlar iqtisodining asosini dehqonchilik tashkil qilgan bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilik tizimi bilan bog‘liq edi. SHu bilan chorvachilik ham muhim ahamiyatga ega edi. Unda metalsozlik ham yuqori darajaga erishgan. Er. avv. 3 minginchi yil boshlariga kelib shumerliklar bronzadan mehnat qurollorini yasay boshlaydilar, er. avv. 2 mingichi yil oxirlariga kelib esa temir davri boshlanadi. Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. Avv. 4 ming yillikda Janubiy Mesopatamiyada kashf qilingan. Bu erga ko‘chib kelgan shumerlar ham ushbu yozuvni qabul qilganlar. U suratli yozuv bo‘lib, so‘z suratli rasm orqali ifoda etilgan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Masalan, qush so‘zi qushning tasviri bilan, suv so‘zi uch qator to‘lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so‘zlarini ham ifoda qilib bo‘lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, mixxat yozuv kashf qilingan. Harflar qotmagan loy lavhalar sathiga uyib tushirilgan. Harflar 600 ga yaqin belgidan iborat bo‘lgan. Bu yozuv keyinchalik butun Janubi- g‘arbiy Osiyo xalqlari orasida tarqalgan. Hindiston haqli ravishda qadimgi SHarqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho er osti boyliklariga ega bo‘lgan. YArim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. 5 ming yillikning oxiri 4 ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. 4 ming yillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi Hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqoqnchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyati qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu erdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtlardan qurulgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. SHaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv taxmoni va kanalizatsiya ham bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan.





































    4. Yüklə 3,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə