Madaniyatshunoslik


-mavzu. xvi-xix asr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə13/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

7-mavzu. xvi-xix asr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati




  • Mashg‘ulotning maqsadi. XVI-XIX asrning birinchi yarimida markaziy Osiyoning ijtimoiy holatini ochib berish.

  • Vazifalar.

  • 1. Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning vujudga kelishi va madaniyatning ahvoli.

  • 2. Mustakil xonliklar va amirlikning o‘zaro madaniy aloqalari.

  • 3. Markaziy Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo madaniyatining ta’siri.

  • Talaba bilishi lozim.

  • SHayboniynoma, Zafarnoma, Ashtarxoniylar, Mang‘itlar, tuzum maktabi, G‘asparali, jadidlik, qatag‘on.

  • Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.





  • Tayanch tushunchalar

  • SHayboniynoma, Zafarnoma, Ashtarxoniylar, Mang‘itlar, tuzum maktabi, G‘asparali, jadidlik, qatag‘on.



  • Adabiyotlar:

  • 1.. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.

  • 2. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston, 2005.

  • 3. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T., «O‘zbekiston», 2005.

  • 4. Bobobekov X.I. “Qo‘qon tarixi” 1996 y.

  • 5. Ibrat I. “Farg‘ona tarixi” T., 1991 y.

  • 6. Milliy uyg‘onish. T., 1997 y.

  • 5. Turkistonning yangi tarixi O‘zbekiston mustaqillik yillarida. T., 2000 y. 1-kitob.

  • 6. O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati. T., 1992 y.

  • Ma’ruzaning maqsadi:

  • XVI-XIX asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoning ijtimoiy-madaniy holatini ochib berish.









  • Markaziy Osiyoda temuriylar davrida madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. SHayboniylar va Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo‘lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanat o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566) ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o‘rin olgan. Mamlakatda hunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi kengayishiga tasir ko‘rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo‘lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning marakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati sher yozib turganligi o‘sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada ekanligdan dalolat beradi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki ko‘plab adabiy va tarixiy asarlar o‘zbek tilida yozildi. Muallifi nomalum «Nuxratnoma» Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asarlari o‘zbek tilida yozilgan. Bundan tashqari mashhur tarixchi SHarofiddin Ali YAzdiyning tarixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si, Ulug‘bekka bag‘ishlangan «Muntahabi jome va tovorixi shohiy» degan asarlari o‘zbek tiliga o‘girildi. SHayboniylar davrida fanning qator tarmoqlari rivoj topdi. 1693 yilda Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim»- etti iqlim degan jug‘rofi-biologiyaga oid lug‘at tuzadi. Unga Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muhammad Husayn as-Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozadi. U ko‘z tabibi shoh Ali ibn Sulaymon Navro‘z Ahmadjon huzurida ishlab, kasalliklar haqida «Tabiblik dasturul-amali» risolasini bitadi. Musiqa ilmiga oid buxorolik Navkabiyning asari ham XVI asrda bu sanat rivojidan darak beradi. Bundan tashqari xattotlik sanatining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hirviy, Mahmud Ali SHiqobiy kabi husni hat ustalari ham ijod qilgan. 1586 yilda Darvesh Muhammad Buxoriy kalligrafiya sanati nazariyasiga oid asar yozadi. SHuningdek ko‘plab qo‘lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bezatildi. Tarixiy va adabiy asarlardan «Fatxnoma» Tarixi Abulxayrxoniy, Navoiyning asarlari shular jumlasidandir. «Miniatyuralarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati aks ettiriladi va rassomlar voqelikni realistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddin YUsuf, Keldi Muhammad va boshqalar rassomchilik sanatiga ulkan hissa qo‘shadi.Xonliklar davrida qurilish inshootlari turlari yanada takomillashadi, ko‘plab jamoat binolari (karvonsaroylar, ko‘priklar, sardobalar, hammom, tim va boshqa savdo rastalari) quriladi. Monumental binolarning tarixi, qiyofasi o‘zgaradi, hunarmandlar uyushmalari vujudga keladi. Buxoro shahri balandligi 10 metrli devor bilan o‘ralib, shahar darvozalari qurildi, yirik binolar qurishda (Misr Arab madrasasi, Xo‘ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq me’morchiligi an’analaridan foydalanildi. SHahar tashqarisida ham monumental binolar (CHorbakr) qurildi. Jome’ masjidlari saroy kabi serhasham qilib, madrasalar peshtoqli, minorali tarzda qurib, hovlilari to‘rt tomondan ayvon va hujralar bilan o‘raldi. Buxoro va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bunga guvohlik beradi.Binolar bezashda mayda o‘simlik-naqshli parchinlar ishlatildi. Devorlarga gul terish kabi Temuriylar davridagi usullar rivojlantirildi. Qabr toshlari yasashda yuksak badiiy darajada toshlarga yozuvlarni o‘yib bitish rivojlandi. (SHayboniyxon qabr toshi va CHilduxtaronda Abu Said qabriga qo‘yilgan toshlar). Xullas, bu davrning ko‘pgina betakror madaniyat sohalari o‘z sirlarini mukammal saqlab kelmoqda.Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab mavjud edi: quyisi - maktab va oliy- madrasa. Boshlang‘ich maktabda savod o‘rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi. Madrasada ham ilohiyat o‘qitilar, shuningdek arab tili sarfu nahvi (grammatikasi), notiqlik san’ati, aljabr va handasa asoslari o‘rgatilgan. Bundan tashqari Xofiz, Bedil, Navoiy asarlari o‘qitilgan.O‘sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san’atining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mavlono Muhammadin Mug‘anniy, Mavlono Kavkabiy, Xo‘ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha etib kelgan.Bu davrdagi me’morchilik yodgorliklar hajmi va pardozining jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon maydoni shu davrda shakllandi. SHerdor madrasasining old peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft sher tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» degan ma’noni beradi. Devorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to‘kis tilla bezaklar juda nafis ishlangan.XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta’mirlash va shaharsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli qurilgan. Qo‘qon xonligi me’morchiligida rang-baranglik va yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon saroyida yaqqol namoyon bo‘ladi.XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida me’morchilik hajm jihatdan ixcham binolar, goho bezak- pardozlardan butunlay holiligi bilan ko‘zga tashlanadi. Xonliklar va amirlikda me’morchilik qurilishida va bezakda o‘ziga xoslik ham seziladi. Farg‘ona uylari kengkovul va ayvonli, guldor tokchali, o‘yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa, Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko‘rinishdagi ustunli ayvon, girih va islimiy naqshlar tushirilgan devor va ganch o‘ymakorligi xosdir. Xiva o‘ylari tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o‘yma naqshlar chekilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan.XIX asr boshlarida mehnatkash xalqning turmush madaniyati past darajada edi. Xonliklarning o‘zaro urushlari ho‘jalik va madaniy hayotni izdan chiqardi. Bu hol CHor Rossiyaning xonliklarni bosib olishini osonlashtirdi. Rossiyada sarmoyadorlik sanoatining o‘sishi yangi bozor savdosiga va xom ashyo manbalariga bo‘lgan talabni oshirdi. Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olgach, mahalliy aholi rus va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan aloqa o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi texnikalari kirib kela boshladi. O‘z o‘rnida Rossiya va Evropa madaniyati elementlari kirib keldi. Rus tuzem maktablari ochildi. Tipografiya va litografiyaning paydo bo‘lishi madaniy hayotda katta voqea bo‘ldi. Avval rus tilida, so‘ngra mahalliy tillarda gazeta, jurnal va kitoblar chop etila boshladi.



    1. Markaziy Osiyo xonliklarga bo’lingandan so’ng madaniyat gullab yashnadi

    1. Markaziy Osiyo xonliklarga bo’lingandan so’ng madaniyat tanazzulga yuz tutdi





















  • Pinbord texnikasi



  • Pinbord texnikasi

  • (inglizchadan: pin – mahkamlash, board – doska)

  • muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish

  • va guruhlashni amalga oshirishga, kollektiv tarzda

  • yagona yoki aksincha qarama-qarshi

  • pozisiyani shakllantirishga imkon beradi







  • O’qituvchi taklif etilgan muammo bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini

  • bayon qilishni so’raydi. To’g’ridan-to’g’ri yoki ommaviy aqliy

  • xujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag’batlantiradi)







  • Fikrlarni taklif qiladilar, muhokama qiladilar, baholaydilar

  • va eng optimal (samarali) fikrni tanlaydilar. Ularni tayanch

  • xulosaviy fikr (2 ta so’zdan ko’p bo’lmagan) sifatida alohida

  • qog’ozlarga yozadilar va doskaga mahkamlaydilar







  • Guruh namoyondalari doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:

  • 1) yaqqol xato bo’lgan yoki takrorlanayotgan fikrlarni olib tashlaydilar;

  • 2) bahsli bo’lgan fikrlarni oydinlashtiradilar;

  • 3) fikrlarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilarini aniqlaydilar;

  • 4) shu belgilar asosida doskadagi barcha fikrlarni (qog’oz va raqlaridagi) guruhlarga ajratadilar;

  • 5) ularning o’zaro munosabatlarini chiziqlar yoki boshqa belgilar

  • yordamida ko’rsatadilar: kollektivning yagona yoki qarama-qarshi pozisiyalari ishlab chiqiladi.



  • Taqqoslash tablisasi



    1. Madaniyat turlari

    1. Ijobiy

    1. Salbiy

    1. Urf-odatlar;

    2. ilm-fan;

    3. talim;

    4. memorchilik;

    5. maishiy turmush;

    6. nashriyot matbaa;

    7. hunarmandchilik;

    8. kino;

    9. teatr;

    10. tabiatshunoslik;

    11. kutubxonA)














  • Xонлikлaр daврi

    мadaнiятi

    Меморчiлik - (Мiр Aрab, Kўkaлdош, Baроқxон, Шерdор, Тiллaқорi, Қaffол Шошiй

    Adabiёт – (Умaрxон, Ноdiрa, Увaйсiй, Мaшрab, Gулxaнiй, Оgaxiй, Мaxмур)

    Xaттотлik – (Мaшxadiй Мiр Aлi Xaворiй, Dўстмуҳaммad Bуxорiй)

    Iлм-faн – (Gрaмa-тika, мaнтiқ, aлjabр, ҳiсоb aмaллaрi

    Мусiқa – (Daрвеш aлi Чaнgiй, Мaвлaвiй, Kaвkabiй


































  • Nazorat uchun savollari

  • 1. XVI-XVII asrlarda Movaraunnaxrda kechgan madaniy jarayonlarni umumiy izohlang.

  • 2. XVI-XVII asrlarda yaratilgan qanday san’at asarlari va me’morchilik yodgorliklarini bilasiz.

  • 3. XVII asrni birinchi yarimida Movarounaxda ro‘y bergan madaniy tanazzulning sabablari.

  • 4. XVIII asrni ikkinchi yarmida Markazlashgan davlatchilikning vujudga kelishining madaniy taraqqiyotga ta’siri.

  • 5. XVIII-XIX asrlarda adabiyot va san’atga oid qanday yirik asarlar yaratilgan.

  • 6. XVIII-XIX asrlarda Xiva, Quqon va Buxoroda barpo etilgan me’morchilik majmualari.

  • 7. Turkistoni zabt etilishini madaniy hayotga salbiy ta’siri.

  • 8. Turkiston ma’naviy hayotida jadidchilik harakatining o‘rni.

  • 9. Jadidlarning Turkistonda milliy madaniyatni tiklashdagi faoliyati va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.





  • 8-mavzu. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot



  • Mashg‘ulotning maqsadi. O‘zbekiston mustaqillika erigandan keyingi dalzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib komil insonlarni tarbiyalashdir. Mavzuning maqsadi ma’naviyatni ma’naviy meros, ma’naviy qadriyatlar til, din, milliy istiqlol mafkurasi haqidagi ma’lumotlarni yoritish.

  • Vazifalar.

    1. Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyat-larning tiklanishi va rivojlanishi.

    2. Mustaqillik yillarida ta’lim, adabiyot, me’morchilik amaliy san’at va kino ravnaqi.

    3. Teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti.

    1. Talaba bilishi lozim.

    2. Ma’naviy meros – Qadim zamonlardan beri ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar-siyosiy, falsaviy, huquqiy va diniy qarashlar, ahloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. “Oltin meros” – Xayriya jamg‘armasi 1996 yilda tashkil etilgan. “Umid”, “Iste’dod” jamg‘armalari – Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Haykaltarosh I.Jabborov – Toshkentdagi Amir Temur, Samarqand, SHahrisabzdagi Amir Temur, Farg‘ona va Quvada al-Farg‘oniy haykallarini yaratgan.

    3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.

    4. Tayanch so‘z va iboralar

    5. Ma’naviy meros – Qadim zamonlardan beri ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar-siyosiy, falsaviy, huquqiy va diniy qarashlar, ahloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. “Oltin meros” – Xayriya jamg‘armasi 1996 yilda tashkil etilgan. “Umid”, “Iste’dod” jamg‘armalari – Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Haykaltarosh I.Jabborov – Toshkentdagi Amir Temur, Samarqand, SHahrisabzdagi Amir Temur, Farg‘ona va Quvada al-Farg‘oniy haykallarini yaratgan.

    6. Adabiyotlar:

    7. 1. Karimov I.A. «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi». T.: O‘zbekiston, 2005. 5-33 betlar.

    8. 1. Ahmedova E., Gabidulin R. Kulturologiya. –T.: 2001.

    9. 2. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. –T.: 1998.

    10. 3. O‘zbekiston san’ati (1991-2001 yillar). –T.: SHarq, 2001.

    11. 4. Gulmatov E. v.b. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. –T.: 2000, 160-178 betlar.

    12. 5. Ibrohimov A. v.b. Vatan tuyg‘usi. –T.: O‘zbekiston, 1996.



    13. Ma’ruzaning maqsadi:

    14. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib komil insonlarni tarbiyalashdir. Mavzuning maqsadi ma’anviyatni ma’naviy meros, ma’naviy qadriyatlar, til, din, milliy istiqlol mafkurasi haqida ma’lumotlarni yoritish.

    15. 1. Mustaqillik davrida ma’naviy me’ros, milliy va diniy

    16. qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi

    17. Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. SHu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir.Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo‘lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

    18. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.

    19. «Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda»4.

    20. Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’naviy merosning o‘zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?

    21. Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma’naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.

    22. 1998 yil 23 oktyabrda Farg‘onada byuuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.

    23. Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksalti-rishda tarixiy xotira, ajdodlar tarxini bilish, milliy ahloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. SHu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo‘lgan suh-batida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillash-tirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berildi.Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondoshuvlardan hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha o‘n yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.1996 yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlandi.

    24. “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalari-mizning ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. SHuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.

    25. Diniy qadriyatlarning tiklanishi. Qadim zamonlardayoq yuritimizda din erkin mavjud bo‘lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g‘oyalariga amal qilgan. Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi’ As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo‘ja Ahmad YAssaviylar insonni ma’naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi.

    26. 1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. YUbiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi.



    27. Yüklə 3,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə