Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə15/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17



  • 7-vaziyat


  • Неолит даврида (мил. ав. 6-4 минг йилликлар) ўзлаштириш хўжалигидан ишлаб чиқариш хўжалигига, деҳкончилик ва чорвачиликка ўтиш даври бўлди. У “неолит давридаги техникавий инқилоб” тушунчасига бирлаштирилган қўйидаги хусусиятларини ифода этди. Жумладан, тошдан меҳнат қуролллари ясашнинг янги усуллари шаклланди, деҳқончилик ва уй чорвачилиги вужудга келди, уйсозлик ривожланади, ҳунармандчилик ишлаб чиқариши ривожланди, ҳаётнинг янги ижтимоий тартиби - уруғчилик жамияти юзага келди. Неолит даврида монументал меъморчилик вужудга келди. Улардан мегалитла, долментлар, кромлехлар кенг тарзда қурила бошлади. Милоддан аввалги 2-минг йилликда қурилган Буюк Британиядаги Стоунхенж кромлехи барчага маълум. Мегалитлар саждагох ва ибодатлар жойи саналсада, аслида улар бошқа мақсадлар учун мўлжалланган
















  • O‘quv topshiriq



    1. Keys yuzasidan savollar

    1. Keys vaziyatning taxlili

    1. 1

    1. Bu davrda kanday ijtimoiy tuzilmalar shakllandi?



    1. 2

    1. Megalitlar yana qanday maqsadlar uchun qurilgan deb uylaysiz?



    1. 3

    1. Dolmentlar –tosh maqbaralar hakida kanday ma’lumotlarga egasiz?





  • описание: d:\рисунки\nature\sa00.jpg





  • 8-vaziyat


  • Жез даврида (мил.ав.3-2-минг йилликлар) икки турдаги мустақил маданият шаклланди: 1) ўтрок деҳқончилик маданияти; 2)кўчманчи даштликлар маданияти.

    Ер юзининг кўп жойларида жез даври ибтидоий жамият тарзининг якунловчи босқичига тўғри келади ва ибтидоий маданиятнинг энг ривожланган даври ҳисобланади. Бу даврда Мисрдан Хитойгача бўлган худудларда маданий алоқалар кенг йўлга қўйилган. Айни пайтда Мисрдан Хитойгача бўлган худудларда бирин -кетин давлатларнинг вужудга келиши учун шарт- шароитлар яратилган.






















  • O‘quv topshiriq



    1. Keys yuzasidan savollar

    1. Keys vaziyatning taxlili

    1. 1

    1. Jez davri madaniyati odamlarga qanday afzalliklarni va ko‘nikmalarni bergan?



    1. 2

    1. Odamlar bunday engilliklarga va tizimlilikka nimalar evaziga erishdilar?





  • 9-vaziyat


  • Энеолит-мис-тош даврида (мил.ав.4-3минг йилликлар) одамлар Олд Осий, Осиёнинг катта ҳудудларида Эрон, Турон, Кавказ, Кичик Осиё, Месопатамия, Европа ва Ўрта ер денгизи атрофларида ҳаёт кечирганлар. Бу даврга келиб, ҳунармандчилик ривожланиб борди. Кулолчилик чархининг кашф этилиши муносабати билан бу давр кулоллари чарх ёрдамида қисқа вақт мобайнида кўплаб уй-рўзғор учун керакли буюмларни ясаганлар
















  • O‘quv topshiriq



    1. Keys yuzasidan savollar

    1. Keys vaziyatning taxlili

    1. 1

    1. Eneolit davrida kulolchilar tomonidan kanday uy-ruzgor buyumlari yasalgan?



    1. 2

    1. Bu buyumlarga bezak berilganmi?





  • 10-vaziyat


  • Энеолит даврида давлат муҳим ижтимоий тузилма сифатида фаолият кўрсата бошлади. Дехқончилик, чорвачилик , ҳунармандчилик каби турли соҳалар ривожланиб инсонларнинг фаолият доираси кенгая бошлади. Яқин ва Ўрта Шарқ мамлакатларида уй қуриш ҳам шу даврга тўғри келади. Бу даврда Марказий Осиёнинг жанубида кейинчалик Ўзбекистонда суғорма дехқончилик вужудга келган , одамлар арпа, буғдой, жавдар каби экинлар экишган














  • O‘quv topshiriq



    1. Keys yuzasidan savollar

    1. Keys vaziyatning taxlili

    1. 1

    1. Qanday omillar davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan?



    1. 2

    1. Uy-joy qurilishi bilan bog‘lik qaysi sohalar rivojlantirilgan?



    1. 3

    1. Eneolit davridagi uy-joylar nimalardan qurila boshlagan?





  • Firavn ilohi . Misrning afsonaviy ehromlari”



  • “Fir’avn ilohi”

  • Qadimgi Misrda podsholik qilayotgan fir’avnni ilohiylashtirish alohida o‘rin egallagan. Qohinlar ta’limotiga ko‘ra, fir’avn inson qiyofasidagi xudo, ya’ni, ham inson ham xudo tabiatiga ega bo‘lgan xudo-inson bo‘lgan. Uning dunyoga kelishiga esa, ota-xudo , masalan, Ra, Amon-Ra va erdagi fir’avnning onasi o‘rtasidagi muqaddas nikoh sabab bo‘lgan. Erda fir’avn-xudo Gorning ro‘yobi sifatida hukmron qilgan bo‘lsa, faqat vafotidan so‘ng xudoga aylangan va er osti dunyosining hukmdori Ossiris bilan tenglashtirilgan.

  • Fir’avn shaxsini ilohiylashtirish ko‘mish marosimida yaqqol namoyon bo‘lgan. Fir’avn go‘ri ustida qurilgan ehrom – nafaqat ulkan yodgorlik bo‘lib qolmay, ko‘p pog‘onali dafn lavasi bo‘lib, unda jamiyat a’zosi –har bir misrlik uchun joy ajratilgan. Ehromning o‘zi quyoshga olib chiqadigan zinani hamda quyoshni anglatadi: qadimda quyosh nurlarini uchburchak shaklida belgilashgan. Nil daryosi bo‘ylab olib kelingan fir’avn jasadining qirg‘oqqa etib kelishi bilan boshlangan dafn marosimining oxirgi bosqichi ehromlar bo‘lgan.

  • 1- Vazifa: O‘zingizni fir’avn shaxsini ilohiylashtirishni bekor qilmoqchi va xalqni hokimiyatning yangi shakliga o‘tishga da’vat etayotgan qadimgi Misr islohotchisi deb tasavvur qiling. Davlatni yangi shaklda boshqarishni talab qilayotgan yangi davr kelganini asoslab beruvchi xalqqa qaratilgan alangali nutq tayyorlang.

  • 2-Vazifa: Tutanxamon go‘rini ochish uchun arxeologlarga muqaddas sonni ochish kerak bulgan. Bu son – 3000. Mana shu son va uning sirli mazmunini ochib beruvchi kichik esse yozing.



  • Misrning afsonaviy ehromlari”
    Ehromning ichki tuzilishi. Ehromlarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, ehromlar o‘zga sayyoraliklar tomonidan bunyod etilgan. Boshqa olimlar esa, aniq asosli bo‘lgan qarashga egadirlar.Tadqiqotlarga ko‘ra, ehromlarni insonlar qurgan. Biroq, qanday qilib degan savol tug‘iladi. Vaholangki, Napoleon hisob-kitoblariga ko‘ra, Gizadagi uchta katta ehromlarning toshlari bilan butun Fransiyani balandligi 3 metr va eni 30 santimetrdagi devorlar bilan o‘rab olish mumkin bo‘lgan! Misrdagi ehrom quruvchilarining mahorati hayratlanarli holdir! CHunki ehromning har bir toshi 3 tonnaga yaqin og‘irlikda, ehromning umumiy og‘irligi esa , taxminan, 6 million tonnani tashkil etadi. SHuningdek, mahobatli qurilmaning toshlari hech qanday qorishma materiali bilan mustahkamlanmagan. Toshlar shu qadar bir-biriga yaqin joylashtirilganki, uning orasidan hatto pichoq ham o‘ta olmaydi.





  • Ehromlar qurilishi. Hozirgi zamon misrshunoslarining hisoblashicha, piramidalar qurishdan oldin misrliklar dastlab tog‘lik erlarda zovurlar qazib, tekis va yaxlit poydevor qilishga erishganlar. Buning uchun zovurni suv bilan to‘ldirib, unga qoziqlar qadaganlar va suvning yuzasini belgilaganlar. So‘ng atrofni tekislab, zovurni tog‘ toshlari bilan to‘ldirganlar va qoziqlardagi belgilar bilan baravarlashtirganlar. Natijada bo‘lajak piramidaning tekis va yaxlit poydevori vujudga kelgan. Bu vaqtda tosh yotqizuvchi mutaxassis piramida uchun ishlatiladigan toshlarni bir necha yil mobaynida tekislab pardozlagan. Bloklar faqat uch oyga etadigan qilib tayyorlangan, chunki har yili bo‘ladigan suv toshqini natijasida uch oy davomida ishsiz qolgan dehqonlar ana shu piramida qurilishiga jalb etilganlar. Birinchi qator toshlar o‘rnatilgach, uning atrofiga shag‘al yotqizilib, bir tomonga nishab tortilgan. Keyin bloklarni tortish yo‘li bilan nishabga olib chiqilgan va birinchi qator ustiga qo‘yilgan. Ana shu yo‘sinda piramida sekin-asta qatorma-qator yuqoriga ko‘tarilgan sari uning atrofidagi shag‘aldan qilingan nishab ham spiral shaklida ko‘tarilib borgan. Piramida cho‘qqisiga oxirgi tosh qo‘yilganda, u qum aralash shag‘alga burkangan massani eslatgan. Xuddi shu vaqtda mohir va tajribali tosh teruvchilar piramidaning sirtini silliq bloklar bilan yuqoridan pastga qarab pardozlay boshlaganlar. Ishchilar esa bir vaqtning o‘zida pardozlash ishlarini yuqoridan pastga tushishiga qarab qum va shag‘allarni chetga torta boshlaganlar. Tashqaridagi ishlar tamom bo‘lgunga qadar

  • piramidaning ichkarisida ichki yo‘llar va dafn qilish xonasi qurilgan. Dafn etish marosimi tugagach, uni barchadan sir tutish maqsadida xonaga olib boruvchi barcha eshiklarni ilgaritdan tayyorlab qo‘yilgan ulkan blok toshlar bilan berkitib, muhrlab qo‘yganlar. Gizadagi ulkan

  • ehrom yaqinida sirli sfinks bor. U kim tomonidan va nima uchun yaratilganligi hanuzgacha noma’lum. Ammo tushunish mumkinki, yarim odam va yarim sher sifatida yaratilgan bu hukmdor o‘rnida Misr fir’avni Xefren o‘z aksini ko‘rgan bo‘lsa ajab emas.

  • 3- Vazifa: Tasavvur qiling siz Misrga sayohatga kelgan O‘zbekistonliklarning gidisiz. Ehromlar bo‘ylab sayyohlik marshrutini ishlab chiqing. O‘zingiz uchun kichik reja tayyorlang. Misrning eng katta ehromlari, ularning qurilish sirlari to‘g‘risida ma’lumotni aniqlab, sayyohlarga aytib bering.

  • 4- Vazifa: Misrning qaysi obidalari Giness rekordlar kitobiga kiritilgan? Ular to‘g‘risida Internetda ma’lumot topib, kichik ma’ruza tayyorlang.



  • 7. MUSTAQIL TA‟LIM MAVZULARI



  • Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

  • Talabalarning mustaqil ishi o‗rganilayotgan mavzu Yuzasidan ma‘lumotlarni axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda yig‗ish, olingan ma‘lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo‗llay olishdan iborat bo‗lib, uning shakllari turli ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‗ljallangan mavzular quyida keltiriritilgan.

  • Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo‗shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‗rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo‗llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to‗plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning mashg‗ulotlarda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.



    1. MUSTAQIL TA‟LIM MAVZULARI



    2. 1. Jahon madaniyati bosqichlari

    3. 2. Markaziy Osiyo xalklarining V-VIII asrlardagi madaniy

    4. 3. Yevropa xalqlari madaniyati

    5. 4. Mustamlaka va mustabid tizim sharoiti madaniyati.

    6. 5. Modernizm va postmadernizm madaniyati.





  • MADANIYATSHUNOSLIK FANIDAN TESTLAR

  • TO’PLAMI

  • 1. Madaniyat atamasini kim birinchi bor muomalaga kiritgan?

  • a) Platon.

  • b) Aristotel.

  • v) Esxil.

  • g) Siseron.

  • d) Gippokrat.

  • 2. Madaniyat atamasini lug’aviy manosi nima?

  • a) tarixiy voqealar.

  • b) qayta ishlov berish, o’zgarish.

  • v) donishmandlikni sevish.

  • g) odamni strukturaviy tuzilishi.

  • d) tafakkur qonunlari.

  • 3. Madaniyatga falsafiy tarif bering?

  • a) insonning moddiy va manaviy faoliyati natijalarining majmui.

  • b) insonning moddiy faoliyati.

  • v) insonning manaviy faoliyati.

  • g) inson turmushining o’ziga xos soxalari.

  • d) tarixiy obidalar.

  • 4. Madaniyatning elementlarini belgilang?

  • a) sodda materialistik qarashlar.

  • b) insonning faoliyati, qadriyatlari.

  • v) riyoziyot qonunlari.

  • g) iqtisodiy isloxotlar.

  • d) siyosatni yurgizish.

  • 5. Madaniyatning asosiy turlarini belgilang?

  • a) siyosiy va xuquqiy.

  • b) tarixiy va nazariy.

  • v) moddiy va manaviy.

  • g) ijtimoiy va iqtisodiy.

  • d) ilmiy va mafkuraviy.

  • 6. Moddiy madaniyat nima?

  • a) ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy xayot uchun xizmat qiladigan boyliklar;

  • b) bilimlar majmuasi

  • v) g’oyalar;

  • g) ilmiy va mafkuraviy bilish.

  • d) siyosat.

  • 7. Manaviy madaniyat nima?

  • a) arxitektura yodgorliklari

  • b) bayramlar

  • v) moddiy boyliklar

  • g) manaviy boyliklar yaratish jarayonidagi kishilarning ongli faoliyati

  • d) mexnat qurollari.

  • 8. Madaniyatshunoslik fanining predmeti nima?

  • a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlari xaqidagi talimot.

  • b) madaniyatning kelib chiqishi, umumiy rivojlanish tarixi va qonuniyatlari xaqidagi fan.

  • v) tafakkur shakllari xaqidagi talimot.

  • g) iqtisodiyot qonuniyatlari xaqidagi fan.

  • d) inson psixologiyasi va uning qonunlari to’g’risidagi fan.

  • 9. Madaniyatshunoslik fanining vazifalarini aniqlab bering?

  • a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini yoritib beradi

  • b) xozirgi davr mafkurasini shakllantirish

  • v) falsafaning asosiy masalasini o’rgatish

  • g) madaniyat tarixi va nazariyasini o’rgatish, madaniyatli insonni etishtirish

  • d) go’zallik sirlarini o’rgatish.

  • 10. Madaniyatshunoslik fani ko’proq qaysi fanlar bilan bog’liq?

  • a) dinshunoslik, siyosatshunoslik, rus tili

  • b) lotin tili, psixologiya, ingliz tili

  • v) pedagogika, iqtisodiy nazariya

  • g) falsafa, etika, estetika,arxeologiya, tarix

  • d) etika, estetika

  • 11. Antiq davr madaniyati qanday xususiyatga ega?

  • a) aniq fanlar yordamida rivojlangan

  • b) antiq davrda madaniyat rivojlanmagan

  • v) diniy dunyoqarash bilan bog’liq bo’lgan

  • g) davlat boshqaruv jarayoniga bog’liq bo’lgan

  • d) amaliy bilimlar natijasidir

  • 12. Antiq davrda insonlarning amaliy bilimlari nimalarda aks etgan?

  • a) shiorlarda

  • b) madxiyalarda

  • v) xalq og’zaki ijodi va urf-odatlarda

  • g) xoreografik qo’shiqlarda

  • d) asar va romanlarda

  • 13. Antiq davr sanatining vujudga kelishidagi asosiy omil nima?

  • a) g’oya

  • b) insonning mexnat faoliyati

  • v) yozuv

  • g) tafakkur

  • d) mexnat qurollari

  • 14. Antiq davr yozuvini belgilang?

  • a) piktografiya

  • b) lotin alifbosi

  • v) kirill alifbosi

  • g) forsiy yozuv

  • d) arab xusnixati

  • 15. Qadimgi grek faylasuflaridan kimlarni bilasiz?

  • a) Mark Avreliy

  • b) Fales

  • v) Siseron

  • g) Foma Akvinskiy

  • d) Spinoza

  • 16. Qadimgi Rim madaniyatini rivojida qaysi qabilalar tasir ko’rsatgan?

  • a) xindlar

  • b) yunonlar

  • v) italiklar

  • g) etrusklar

  • d) bobilliklar

  • 17. Qadimda oltindan qaysi mamlakat sof xolda foydalangan?

  • a) Xitoy

  • b) Misr

  • v) Xindiston

  • g) YUnoniston

  • d) Rim.

  • 18. YUnoniston madaniyati ko’rinishining turlarini belgilang?

  • a) pisistrat turi

  • b) klisfen turi

  • v) klid,kiklad,ellad turi

  • g) Solon ko’rinishi

  • d) kiklad madaniyati

  • 19. Komediya va Tragediya qaerda va qachon vujudga kelgan?

  • a) Misrda er.av.V asrda

  • b) Lotin mamlakatlarida er.av V asrda

  • v) Xindistonda er. av. V asrda

  • g) arxaik davrida YUnonistonda er. av. V asrda

  • d) Solon davrida YUnonistonda er.av V asrda

  • 20. Uyg’onish davri madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

  • a) dinni o’rganish kuchaydi

  • b) antiq davr madaniyatini davom ettirdi

  • v) o’rta asrlar davri madaniyatini davom ettirdi

  • g) o’zgarish bo’lmadi

  • d) tabiatni, insonni o’rganish kuchaydi

  • 21. G’arb mamlakatlarining uyg’onish davri madaniyati qaysi yo’nalishda shakllangan?

  • a) risarlar madaniyati rivojlangan

  • b) tabiiy-ilmiy va gumanistik yo’l shakllangan

  • v) gumanitar fanlar shakllangan

  • g) diniy madaniyat xukmron bo’lgan

  • d) antiq davr madaniyati davom etgan.

  • 22. Birinchi kitob dastgoxi kim tomonidan va qachon ixtiro etilgan?

  • a) 1670 yil Bernardino Ramassini

  • b) 1537 yil Andreas Vezalius

  • v) 1695 yil Antoni Levenguk

  • g) 1440 yil Alfred Guttenberg

  • d) 1260 yil Maxmud ibn Ilyos

  • 23. Uyg’onish davrining qaysi sanatkori inson strukturasini ifoda etgan?

  • a) Rembrand van Reyn

  • b) Albrext Dyurer

  • v) Rafael

  • g) Mikelandjelo

  • d) Leonardo da Vinchi

  • 24. Quyidagi fikrni kim bildirgan: Uyg’onish davri o’sha vaqtgacha er yuzida bo’lib o’tgan inqiloblar ichida eng buyugi bo’ldi?

  • a) N.Kopernik

  • b) G.Galiley

  • v) F.Engels

  • g) F.Bekon

  • d) B.Spinoza

  • 25. Erning o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlovchi materialistik g’oyani kim isbot qilgan?

  • a) Galiley

  • b) Bruno

  • v) Ulug’bek

  • g) Kopernik

  • d) Kompanella

  • 26. Birinchi sport o’yinlari olimpiadasi nechanchi yilda o’tkazilgan?

  • a) er. av. 420 yilda

  • b) er. av. 920 yilda

  • v) eramizning birinchi asrida

  • g) er. av. 776 yilda

  • d) Er. av. 557 yilda

  • 27. Etti mo’jizaning biri Zevs xaykali qaerda o’rnatilgan?

  • a) Peloponnesdagi ibodatxonada

  • b) Spartadagi ibodatxonada

  • v) Apalon ibodatxonasida

  • g) Argos ibodatxonasida

  • d) Olimpiya ibodatxonasida

  • 28. Notiqlik sanati qaysi mamlakatda nisbatan rivojlangan bo’lgan?

  • a) Xindiston

  • b) Misr

  • v) YUnoniston

  • g) Rim

  • d) Xitoy

  • 29. Moskva dorilfununini tashkil topishi kimning nomi bilan bog’liq?

  • a) Petr 1

  • b) V.Lomonosov

  • v) V.I.Lenin

  • g) YU.Drogobicheskiy

  • d) P.Postnikov

  • 30. O’tli qurolni kim joriy qilgan?

  • a) Petr 1

  • b) Elizaveta

  • v) Dmitriy Donskoy

  • g) Ivan Grozno’y

  • d) A.Makedonskiy

  • Yüklə 3,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə