Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə12/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

MAVZUGA DOIR TAQDIMOTLAR









  • QADIMGI DAVR MADANIYATI” MAVZUSI KLASTERI


  • Миср маданияти

    хунармандчилик

    Деҳқончилик

    Рассом-чилик

    Хайкал-тарошлик

    География

    Адабиёт

    Матема-тика

    Мифологиия

    Диний қарашлар

    Театр




    1. T-Sxema

      1. SHarq madaniyati

      1. G‘arb madaniyati



































    2. Pinbord” texnikaasi bo‘yicha topshiriq





      1. Misr

      1. Mesopotamiya

      1. Xitoy

      1. Hindiston

      1. Dastlabki bilimlar









      1. Tabobat









      1. Diniy tasavvurlar









      1. Xalq og‘zaki ijodi









      1. Xaykaltaroshlik









      1. Tasviriy san’at









      1. Marosim udumlar









    3. Nazorat uchun savollar

    4. 1. Qadimgi Misrning diniy va ma’naviy tamoyillarida ilgari surilgan g‘oyalar qanday bo‘lgan?

    5. 2.Misr ehromlari dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri sifatida tan olinganligi sabablari nimada?

    1. Qadimgi Old Osiyo madaniyatining yuksalishini ta’minlagan omillarni asoslang?

    2. Qadimgi Bobilda ilm-fanning qaysi sohalariga asos solingan?

    3. Ossuriya madaniyati ravnaqida me’morchilik va tasviriy san’atning o‘rni qanday bo‘lgan?

    4. Budda dini Braxmanizm dinidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

    5. Ajanta majmuasida san’atning qaysi turlari sintezini ko‘rsa bo‘ladi?







    1. 3–mavzu. Qadimgi davr madaniyati



    2. Mashg‘ulotning maqsadi. Qadimgi YUnoniston va Rim madaniyati Evropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos solinganligini ochib berish. Qadimgi G‘arb sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.

    3. Vazifalar.

    1. Antik YUnoniston madaniyati.

    2. Antik Rim madaniyati.

    1. Talaba bilishi lozim.

    2. Ellada – Qadimgi YUnonistonning nomi. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – (er. avv. 490-430.) YUnon tarixchisi. “Tarix faning otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari.(er. avv. V-IV asrlar). Artemida ibodatxonasi – Dunyoning etti mo‘‘jizalaridan biri Efes shahrida qurilgan. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Zevs, Afina, Promaxos haykallarini muallifi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlik janglari o‘tkazilgan.

    3. Motivatsiya: “Antik madaniyatning duyon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish.

    4. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.

    5. Tayanch so‘z va iboralar

    6. Ellada – Qadimgi YUnoniston shahri. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – YUnon tarixchisi. “Tarix fanining otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlar janglari o‘tkazilgan.

    7. Asosiy adabiyotlar

    8. 1. Vsemirnaya istoriya. Ellinisticheskiy i rimskiy perioda. Moskva. 1999.

    9. 2. Drevnie sivilizatsii. M.: 1999 g. 21-44 str.

    1. Romanov V.N. Istoricheskoe razvitie kulturi. M.: 1991. 9-21 str.

    2. Vinnichuk L. «Lyudi, nrav i obichai drevney Gretsii i Rima». M.: 1999. 10- 42 str.

    3. Gulmetov E., Qobuljonova T., Ernazarov SH., Mavrulov A. Madaniyatshu-noslik ma’ruzalar matni. T.: 2000. 74-80 betlar.

    1. Ma’ruzaning maqsadi

    2. Qadimgi G‘arb sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.





    3. Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarning turmush tarzi, fikrlashi, ma’naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.Antik Evropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya, va teologiya sohalarida erishgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi,

    4. Qadimgi YUnon madaniyati eramizdan avv. XXVIII asrdan er. avv. II asrgacha davom etdi. YUnonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi YUnon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er. avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi.

    5. Qadimgi YUnon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi. Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – Respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli

    6. Qadimgi YUnon madaniyati 5 ta davrga bo‘linadi:

    7. Egey madaniyati (er. avv. 2800-1100yillar).

    8. Gomer davri (er. avv. XI-IX asr);

    9. Arxaik madaniyat davri (er. avv. VIII-VI asrlar);

    10. Klassik (yuqori darajadagi) davri (er. avv. V-IV asrlar);

    11. Ellinizm davri (er. avv. 323-146 yillar).

    12. YUnon madaniyatisiz hozirgi Evropa madaniyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHuningdek SHarq dunyosi ham ellinizm madaniyatisiz boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi.

    13. Antik Rim madaniyati er.avv. VIII asrdan eramizning 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida mataniyatshunos olimlar to‘g‘risida ikki xil qarash mavjud:

    14. Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining voris-lari hisoblanardilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. CHunonchi, Zevs-YUpiterga, Kronos-Saturnga, Poseydon-Neptunga, Afrodita-Venera, Artemida-Dianaga, Afina-Minervaga aylangan.Rimliklarning dam olishi ham asosan bir hil bo‘lgan: hammomlarga borish va u erdagi mashqlar maydonchalarida bo‘lish, falsafiy sohada suhbatlar o‘tkzish, kutubxonalarida shug‘ullanish yoki bosseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo‘lgan.

    15. Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kollizey amfiteatri o‘zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o‘zida 50 ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir-biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o‘ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk o‘yinlari, ayniqsa to‘rtta yoki oltita ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli aravalar poygasi mashhur bo‘lgan.

    16. Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:

    17. Saturnaliya - har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqa berilgan, bir-birlariga o‘zaro tuhfalar ulashganlar.YAratilgan yodgorliklar ichida Koliziy yoki Flaviy amfiteatri alohida ajralib turadi. U gladiatorlik jangi va boshqa ommaviy tomoshalar uchun qurilgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq kishini sig‘dirar edi. Imperator davrida Vergiliy CHo‘ponlar ashulalarining to‘plami «Bukolikalar» asarini va «Georgiki» nomli poemasini yozib, unda dehqonlarga maslahat beradi va tabiat go‘zalligini kuylaydi. Uning tugallanmagan poemasi «Eneyda» bo‘lib, unda Rimning afsonaviy bosh fuqarosi Eneyaning sarguzashtlari kuylanadi. Ovidiy o‘zining «Ishq san’ati», «Dard-alamlar» va «Pontdan maktublar» nomli asarlarida Avgust davridagi aslzodalar turmushini tanqid ostiga olib, Avgust g‘azabiga uchragan. Boshqa asarlarida esa o‘z qayg‘u-alamini va mehnatkashlarning og‘ir turmushini aks ettirgan. SHu bois Qora dengiz bo‘yidagi Toma shahriga surgun qilingan.Eramizning I asridan boshlab Rimliklar ayniqsa ularning yuqori tabaqalari, zodogonlari hayotida ma’naviy qashshoqlik jarayoni kuchayib bordi. Rim imperatorlari Kaliguala va Neron qahriqattiqlik va ma’naviy buzuqlik ramzlariga aylanadilar. Ma’naviy bo‘shlik va inqiroz Rim jamiyati halokatining bosh sabablarining biriga aylandi. 395 yili Rim imperiyasi ikki qismga, SHarqiy va g‘arbiy qismga ajralib ketadi. 476 yili esa rimliklarning german qabilalarining qo‘shinidan navbatdagi mag‘lubiyati natijasida oxirgi imperator Romul Avgustinni taxtdan tushiriladi. Natijada g‘arbiy Rim imperiyasi barham topadi. Lekin Rim madaniyati o‘zining Rim huquqi, arxitektura, adabiyot fanlari bo‘yicha erishgan yutuqlari jahon madaniyatida o‘z o‘rnini egalladi va hozircha yashab kelmoqda, insonlarni hayratga solmoqda.






    1. Зевс

      ҳайкали


      Родосдаги улкан ҳайкал

      Искандария минораси (Маёқ)

      Дунёнинг

      7 мўжизаси

      Миср

      эхромлари



      Семирамиданинг осма боғлари

      Артемида ибодатхонаси

      Галикарнас-

      даги даҳма















    1. T-Sxema

      1. SHarq madaniyati

      1. G‘arb madaniyati





























































    2. Pinbord” texnikaasi bo‘yicha topshiriq







      1. Yunoniston

      1. Rim

      1. Dastlabki bilimlar





      1. Tabobat





      1. Diniy tasavvurlar





      1. Xalq og‘zaki ijodi





      1. Xaykaltaroshlik





      1. Tasviriy san’at





      1. Marosim udumlar







    3. Nazorat uchun savollar

    1. YUnon madaniyati o‘zining noyobligini nialarda namoyon qildi?

    2. YUnonlarning turmush tarzi qanday bo‘lgan?

    3. Qachonlardan boshlab Olimpiya o‘yinlari boshlangan va unda sportning qaysi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan?

    4. Qadimgi YUnoniston fani va uning asoschilaridan kimlarni bilasiz?

    5. Qadimgi YUnoniston madaniyatining eng yuqori darajaga chiqqan davri qaysi davri qaysi va nima uchun?

    6. Antik YUnon madaniyati qadimgi Rim madaniyatining mantiqiy davomi ekanligi nimalarda namoyon bo‘ldi?

    7. Qadimgi Rim madaniyatining o‘ziga xos hususiyatlari nimalarda edi?

    8. Qadimgi Rimliklarda vataparvarlik tuyg‘usi qanday bo‘lgan?

    9. Qadimgi Rimda arxitektura qurilishi qanday bo‘lgan?

    10. Xristian dini qachon paydo bo‘lgan?





















    1. 4-Mavzu. Markaziy Osiyo xalQlarining

    2. Qadimgi madaniyati



    3. Reja:

    4. Mashg‘ulotning maqsadi. Markaziy Osiyo madaniyati jaxon madaniyatida tutgan o‘rnini ochib berish.

    5. Vazifalar.

    6. 1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.

    7. 2. Markaziy Osiyo xududidagi ilk davlatlar madaniyati.

    8. 3. YUnon-Baqtriya madaniyati miqiyosida SHarq ellinistik madaniyati.

    9. 4. Kushonlar madaniyati.

    10. Talaba bilishi lozim.

    11. Markaziy Osiyo, Qadimiy sivilizatsiya, ruhiy quvvat, submadaniyat, zardushtiylik, Avesto, Axmoniylar, YUnon-Baqtriya, mehrob, solmona, buddaviylik, oromiy, So‘g‘d.

    12. Motivatsiya O‘zbekiston xududida eng qadimgi davlatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Markaziy Osiyo madaniyati jaxon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

    13. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.



    14. Tayanch tushunchalar

    15. Markaziy Osiyo, Qadimiy sivilizatsiya, ruhiy quvvat, submadaniyat, zardushtiylik, Avesto, Axmoniylar, YUnon-Baqtriya, mehrob, solmona, buddaviylik, oromiy, So‘g‘d.







    16. Adabiyotlar:

    17. 1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.

    18. 2. Karimov I.A. SHarq gavhari, zamin sayqali. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zlagan nutqi. «Xalq so‘zi», 2007 yil 26 avgust.

    19. 3.Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” Toshkent 1998 yil

    20. 4. O‘zbekiston tarixi va madaniyati T., 1992 yil.

    21. 5. Pugachenko G., Rgveladze E., Severnaya – Baktriya-Toxariston T., 1990 yil.

    22. 6. O‘zbekiston xalqlari tarixi. T., 1992 yil



    23. Ma’ruxzaning maqsadi:

    24. Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini ochib berish.

    25. Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, CHoch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati Farb va SHarqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati turli xilligi bilan katta farq qiladi. Bu erda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, qaqroq cho‘llar, dashtu adirlar, Pomir va Tangritog‘ining baland muzofotlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi.«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivilizatsiyalarining boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaqqol namoyon bo‘ladi.Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turli xo‘jaliklarning ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoq saqlanib qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi qadimgi YUnon va Xitoy manbalarida ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l qo‘ymadi.Natijada qadimgi SHarqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; bu erdagi qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloqotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haqidagi tasavvur shakllanmoqda.Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalqlarida ancha-muncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor, axloqiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. SHuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar submadaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, da-kochchilar submadaniyati, Pomir va Tangritog‘ qabilalarning submadaniyati.Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o‘ta qulay jug‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk SHarq sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, Farb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati SHarq va Farb o‘rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo‘ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo Farb va SHarq o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko‘rinishlari o‘tdi, SHarqdan Farbga va Farbdan SHarqga madaniy boyliklar (bilim, diniy g‘oya, kashfiyot, badiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat qiladi.





    26. 2.8. «T - sxema» texnikasi



      1. - bu texnologiya murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mav-zularni o‘rganishga qaratilgan; bunda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, bir g‘oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari;

      2. - tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishiga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi;

      3. - ma’ruza yakunida qo‘llaniladi;



      1. T-sxema qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadi.

      2. YAkka tarkibda yoki juft-juft bo‘lib T-sxemani to‘ldiradi











      1. O‘z g‘oyalarini yozma ravishda o‘ng va chap taraflarida yozib chiqadilar. G‘oyalar qarama-qarshi bo‘lishi mumkin









      1. Sxemadagi g‘oyalar taqqoslanishi va yakka tartibda, juft-juft holda yoki kichik guruhlarda to‘ldirilishi mumkin









      1. Har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin



    Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatlar





    Joytun madaniyati - mil. avV) 6-5 ming yilliklar.

    Kaltaminor madaniyati - mil. avV) 5-4 ming yilliklar.

    Xisor madaniyati - mil. avV) 5-4 ming yilliklar.

    Namozgox-Anov madaniyati - mil. avV) 4-2 ming yilliklar.

    Zamonbobo madaniyati - mil. avV) 3-2 ming yilliklar.

    Sarazm madaniyati - mil. avV) 3-2 ming yilliklar.

    Tozabog’yob madaniyati - mil. avV) 2- ming yilliklar.


    Sopolli-Jarqo’ton madaniyati - mil. avV) 2- ming yilliklar.


    Markaziy Osiyodagi qadimgi davlatlar




    1. Қadiмgi Xорaзм

      Baқтрiя

      Пaрfiя

      Daвaн

















    1. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati



    2. YOzuv (Xorazm, Baqtriya, So’g’d)



    3. Haykaltaroshlik (Xalchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa)



    4. Tasviriy sanat (Afrosiyob, Varaxsha)



    5. Din (Buddaviylik, Zadushtiylik, Moniylik)



    6. Hunarmandchilik (Kulolchilik, Qurolsozlik)



    7. Mavzuni takrorlash bo‘yicha savollar

    8. 1. Markaziy Osiyo hududida qanday qadimgi xalqlar yashagan va davlatlar mavjud bo‘lgan.

    9. 2. Markaziy Osiyo madaniyatining tarixiy o‘ziga xosligi.

    10. 3. Markaziy Osiyo madaniyatining xarakterli belgilarini aytib bering.

    11. 4. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, Sug‘d davlatlari madaniyatini tavsiflang.

    12. 5. Markaziy Osiyo madaniyati rivojida Zardushtiylik va «Avesto»ning roli va o‘rni.

    13. 6. Markaziy Osiyoda madaniyatlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir jarayonini izohlang.

    14. 7. O‘zbekiston hududida qadimgi davrga oid qanday noyob yodgorliklar topilgan.

    15. 8. Qadimgi davrda yozuv ilm va fanni rivojlanganligini ko‘rsatuvchi qanday ma’lumotlar mavjud.

    16. 9. Buyuk ipak yo‘lini Markaziy Osiyo madaniyati rivojidagi roli.

    17. 10. Jahon madaniyati rivojlanishida Markaziy Osiyo madaniyatining roli.



    18. 5 Mavzu: Dunyoviy va diniy madaniyat

    19. Mashg‘ulotning maqsadi. IX – XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan markazlashgan davlatlarning iqtisodiy va madaniy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini to‘liq va har tomonlama yoritib berish.

    20. Vazifalar.

    1. IX-XII asrlardagi SHarq Uyg‘onish davri va uning asosiy omillari.

    2. Islom madaniyati.

    3. SHarq Uyg‘onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o‘rni.

    4. Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi.

    1. Talaba bilishi lozim. “Bayt ul-Hikmat” – “Donishmandlar uyi”. Bag‘doddagi akademiya. “Qubbatul islom” – Buxoro shahri. Islom dinining gumbazi. “Ma’mun akademiyasi” – Xorazmda tashkil etilgan akademiya. “Ilmi nujum”- Astranomiya fani. Rasadxona – observatoriya. Osmon jismlarini kuzatadigan ilmiy dargoh. “Qur’oni Karim”- Islom dinining muqaddas kitobi. Xattotlar - Kiob ko‘chiruvchi xusnixat egalari.

    2. Motivatsiya IX – XII asrlarda ijtimoiy – siyosiy iqtisodiy va madaniy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar haqida bilimlarga ega bo‘lish

    3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.

    4. Tayanch so‘z va iboralar

    5. Bayt ul-Hikmat” – “Donishmandlar uyi”. Bag‘doddagi akademiya. “Qubbatul islom” – Buxoro shahri. Islom dinining gumbazi. “Ma’mun akademiyasi” – Xorazmda tashkil etilgan akademiya. “Ilmi nujum”- Astranomiya fani. Rasadxona – observatoriya. Osmon jismlarini kuzatadigan ilmiy dargoh.

    6. Qur’oni Karim”- Islom dinining muqaddas kitobi. Xattotlar - Kiob ko‘chiruvchi xusnixat egalari.

    7. Adabiyotlar

    8. 1. Akramov SH. va boshqalar. O‘zbekistonning madaniy obidalari. –Toshkent.: O‘zbekiston, 1993 y.

    9. 2. Madaniyat va ma’naviyat muammolari.-Toshkent.: Meros, 1994 y.

    10. 3. Xayrullaev M. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan.-Toshkent.: O‘zbekiston, 1995 y.

    11. 4. Mavrulov A. Madaniyat va tafakkur o‘zgarishlari. Toshkent.: 2004 y.

    12. 5. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari. Toshkent.: “Farg‘ona”, 1998 y.

    13. 6. Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura. Tashkent.: -2001 g. Akademiya xudojestv Uzbekistana.

    14. 7. Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev A., Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y.

    15. SHarq va G‘arb mamlakatlarining o‘rta asrlar madaniyatida dinning ustivorligi.VI-XVI asrlar davri tarix fanida o‘rta asrlar deylib, qadimgi va an’anviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an’analarining kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab halifaligi va Evropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o‘zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an’anaviy madaniyatning ko‘plab jihatlarini o‘zlashtirdi, o‘z navbatida o‘rta asrlar madaniyati negizi keyingi davlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. YAna shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o‘rta asrlarda o‘zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o‘tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko‘p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining arxiak (ibtidoiy) madaniyati; antik meros va qadimgi sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirgan. Bundan tashqari G‘arb va SHarqning o‘rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkulturatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko‘p qirraligi uning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari. SHuningdek, din o‘sha davrdagi madaniyat va musmadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o‘z ichiga qamrab oldi.

    16. O‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Evropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o‘rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchanllik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlarning o‘rin almashishi navbatdagi payg‘ambarning kelishi bilan sodir bo‘ladi. Din har xil an’analarga ega bo‘lgan turli xil xalqlarga arablar SHarqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratish uchun birlashtiruvchi ibtido bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xristiyanlik Rim imperiyasida Eramizni IV asrlarida G‘arbiy qismi gullagan paytga kelib to‘la shakllangan cherkov tizimi va qattiq instizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi. CHerkovning tayanchi bu paytda butun Evropada keng tarqalgan va xristiyanlikni o‘z dini sifatida qabullagan “yovvoyi” xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar va b.) tashkil etdi. Evropa bo‘ylab tarqalgan german, slavyan,turk qabilalari antik sivilizatsiyasini harob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar. O‘rta asr Evropasi- bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural xo‘jalik hukmronlik qilayotgan tarixiy davr. Dehqonlar uncha katta bo‘lmagan, bir-biridan ajralgan jamoalar shaklida yashash ularni istak va manfaatlarini yildan-yilga takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tarzi belgilardi. Bunday hayot tarzida odamning tafakkur doirasidan tashqari har qanday muloqotga ehtiyoj yo‘q hisob bo‘ladi. Bunda Evropa tarkib topgan davlatchilikka ham hech qanday zamin yo‘q edi. So‘ngroq x ristiyan cherkovi jamiyatni barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namuna asosini tashkil etdi. To’belik munosabatlariga qurilgan feodal tabaqachilik asosida CHerkov ierarxiyasi yotadi.(ruhoniylar-episkoplar-kardinallar- rim papasi), Qirol xudoning vassali, saroy ayonlari-Qirolning vassali, dehqon- saroy ayonining, ayol erkakning, uy hayvoni ayolning tosh va o‘simliklar uy hayvrninig vassali va bosh. “Toshdan Xudogacha” keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham CHerkovni qullab quvvatlagan. Musulmon SHarqida islom ta’limoti paydo bo‘lishi bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg‘ambar, keyin uning “o‘rinbosarlaridan xalifalar” qo‘lida birlashgan.



    17. 1.1. Dinning ibtidoiy shakllari




    18. Тотемизм -

      ҳайвонот ёки ўсимлик-нинг муайян турларини илоҳийлаштириш



      Шаманизм –

      қабила руҳонийсини илоҳий кучга эга

      деб тушуниш

      Фетишизм –

      табиатдаги жонсиз предметларга

      сиғиниш

      Диннинг

      ибтидоий

      шакллари

      Магия –

      одам, ҳайвон ва табиатга ғайри-табиий йўл билан таъсир ўтказиш мақсадида бажариладиган

      хатти-харакатлар

      Анимизм –

      руҳлар мавжудлигига ишонч




































    19. Taqqoslash tablisasi

      1. Madaniyat turlari

      1. G’arb

      1. Sharq

      1. Urf-odatlar;

      2. ilm-fan;

      3. talim;

      4. memorchilik;

      5. maishiy turmush;

      6. nashriyot matbaa;

      7. hunarmandchilik;

      8. kino;

      9. teatr;

      10. tabiatshunoslik;

      11. kutubxonA)























    20. «Blis-so’rov» savollari







    21. 1. SHarq uyg’onish davri madaniyati uni davrlashtirish masalasi.

    22. 2. SHarq Uyg’onish davrida xattotlik madaniyati qay darajada rivoj-landi?

    23. 3. Bu yil yurtimizda “Mamun akademiyasining necha yilligi nishonla-nadi?

    24. 4. “YAxshi odamlar amalga intilishi kerakmi? Ha. U agar intilmasa yomon odamlar amalni egallaydi”-degan fikr kim tomonidan aytilgan.

    25. 5. Ismoil Somoniy maqbarasi qaysi shaharda joylashgan?

    26. 6. “Qutadg’u bilik” asari kim tomonidan yozilgan?











    27. O’quv vizual materiallar



    Piramida” texnikasi


    Piramida” - bu ierarxik g’oyalarni boshqa usulda tasavvur qilish, qachonki asosiy g’oya va vaziyatdan kichik tarmoqlar davom etadi hamda ikkinchi darajali topshiriq va muammolarni yanada to’liq ko’rib chiqishga xizmat qiladi. SHu tufayli bir g’oyani tafsilotga yanada chuqur rivojlanib borishini kuzatishingiz mumkin. Esda tuting: Mukammallik mayda-chuydadan iborat, mukammalliyning o’zi esa mayda-chuyda emas!


    Dонiшмaнdлik-нiнg қомусiйлigi

    Iнсонiй

    dўстлik


    Мaнтiқнiнg устуворлigi

    IX-XII aсрлaрda Шaрқ

    Уйғонiш мadaнiятi

    вa унiнg aсосiй омiллaрi

    Турлi xaлқлaрнiнg мadaнiй ютуқлaрi-daн fойdaлaнiш

    Faлсafa,

    тaрix


    Dунёвiй biлiмлaр-нiнg рiвоjлaнiшi

    Aстрономiя, мaтемaтika, jўғроfiя

    Adabiёт,

    мусiқa


































    1. 6-MAVZU. TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI (XIV ASRNING IKKINCHI YARMI – XV ASR )





    2. Mashg‘ulotning maqsadi. Amir Temur barpo etgan, markazlashgan davlatda madaniy, ma’ishiy hayotni rivojlantirish shart-sharoitlarni ochib berish.

    3. Vazifalar.

    4. 1. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti.

    5. 2. Me’morchilik, tasviriy san’at va amaliy san’at.

    6. 3. Ilm-fan va adabiyot.

    7. 4. San’at, falsafa va din.

    8. Talaba bilishi lozim.

    9. Amir Temur, saltanat, Bog‘dod, Sultoniya, Bibixonim, Karvonyo‘li, masjid, maqbara, Movarounnahr, Registon, nasta’liq, tasavvuf, Naqshbandiya, tuzuklar.

    10. Motivatsiya -------

    11. Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.



    12. Tayanch tushunchalar

    13. Amir Temur, saltanat, Bog‘dod, Sultoniya, Bibixonim, Karvonyo‘li, masjid, maqbara, Movarounnahr, Registon, nasta’liq, tasavvuf, Naqshbandiya, tuzuklar.

    14. ADABIYOTLAR

    15. 1. I.A.Karimov Amir Temur haqida so‘z. T., 1996 y.

    16. 1. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. T., 1996 y.

    17. 2. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san’at. T., 1996 y.

    18. 3. I.Mo‘minov. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni.

    19. 4. Temurning ma’muriy merosi. T. 1996 y.

    20. 5. Arapov A. «Amir Temur davrida me’morchilik». Jurnal «Moziydan sado». 2003. №2. 30-38 betlar.

    21. 6. Amir Temur a mirovoy istorii. –T.: 2001. YUNESKO. 8-40 betlar.

    22. 7. «Amir Temur saboqlari». –T.: SHarq. 2001. 4-54 betlar.

    23. Ma’ruzaning maqsadi:

    24. Amir Temur barpo etgan markazlashgan davlatda madaniy-maishiy hayotni rivojlantirish shart-sharoitlarini ochib berish.

    25. 1. Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san’at ahllarini, hunarmand me’morlarni va musavvirlarni to‘pladi.Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va SHahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor erlarda ariklar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon etishtirilgan.Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘ barpo etilgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va SHeroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e’tibor berilgan.Tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma’danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.

    26. Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabat-larining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, SHohruhiya, Termiz, SHahrisabz, Qarshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahallalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan.XV-asrda metall buyumlar- uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalar, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurilgan. SHaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari etti xil ma’dan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.Kulolchilik eng sertarmoq soha bo‘lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy rang-baranglikda turli sohalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik keng qo‘llanila boshlangan. Binokorlikda g‘isht teruvchilar «Banno», peshtoq, ravoq hamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar «Ustoz» deyilgan.Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. YOg‘och o‘ymakorligida naqshin binolar qurilgan va buyum jihozlar yasalgan. Samarqand qog‘ozi hatto chet o‘lkalarda mashhur bo‘lgan.Bu davrda hunarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig‘i «Usta» shogirdlar «Xalfa»lar bo‘lgan. hunarmandlar shaharning madaniyatli tabaqasiga mansub bo‘lgan.Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. CHet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo‘llar qurdiradi, karvon yo‘llarida karvonsaroylarni ko‘paytiradi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo hunarmandchilik inshootlari qad rostladi. SHahar bo‘ylab o‘tgan keng ko‘chaning ikki tomoniga do‘konlar joylashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ihtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va hunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. SHuningdek, bozorlarda qo‘lyozma kitoblar, yozuv qog‘ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar ham o‘tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan haqida suhbatlar bo‘lgan, farmonlar e’lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko‘rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyga qurilgan.Temuriylar davrida karvon yo‘llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.XIV-XV asr ohirlarida Movarounnahrni ko‘p mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ba’zan siyosiy va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan karvon yo‘llari bog‘lagan edi. Bu yo‘llar bir-biridan iqtisodi, xalq tumush tarzi, dini, ma’naviy va moddiy madaniyati jihatdan farqlanuvchi mamlakatlarning o‘zaro aloqasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yo‘llari savdo, diplomatik aloqalarning amaliy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va madaniy ta’sirini mustahkamlashga xizmat qildi.

    27. 2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohalarida kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «SHahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va SHahrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g‘arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog‘-rog‘lar qurildi.Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. SHaharda «Hisori», qal’a, ulug‘vor inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko‘hak tepaligida CHo‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandak bilan o‘ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib devor bilan o‘ralgan. SHaharga oltita darvozadan kirilgan.SHahar mahalalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. SHaharda me’moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko‘rinadi (SHohizinda, Ahmad YAssaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o‘zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.Koshin qatlamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida SHer bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Temur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek davrida Xitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi.

    28. Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko‘plab qurildi. Temur Hindiston yurishidan so‘ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro‘parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug‘bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazildi.



    29. Mavzuni jonlantirish uchun savollar





    30. 1. Temur va temuriylar davri Markaziy Osiyo madaniyatida qanday o’rin tutadi?

    31. 2. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida nimalarga alohida etibor bergan?

    32. 3. “Qudratimizni ko’rmoq istasangiz binolarimizga boq” iborasi kim tomonidan qaerga yozilgan?

    33. 4. Toshkent viloyatidagi Zangi ota maqbarasi kim tomonidan bunyod etilgan?







    34. 3(8.1)-Ilova

    35. 1-topshiriq

    36. 1. Movarounnahrda XIV-XV asrlarda madaniyat ravnaqining omillari va shart-sharoitlari.

    37. 2. Nima sababdan Evropa davlatlarida Amir Temur shaxsiga nisbatan hurmat va ehtirom kuchli?

    38. 3. Turkiston shahridagi Ahmad YAssaviy maqbarasi kim tomonidan barpo etilgan?

    39. 4. Temuriylar davrida qanday shoir va yozuvchilar yashab ijod etishgan?



    40. 2-topshiriq.

    41. Berilgan tayanch so’zlarni sharhlab bering va tayanch so’zlarni yozishni davom ettiring.

    42. Saltanat;

    43. Bag’dod;

    44. Bibixonim;

    45. Maqbara;

    46. Zafarnoma;









    47. Kaskad” texnikasi



    48. Ushbu texnologiya g’oyalar tizimini ishlab chiqishga ko’mak beradi: Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish.






    49. Темур вa темурiйлaр daврida мada-нiятнiнg қaйсi йўнaлiшлaрi рiвоjлaнdi






























    50. “Amir Temur davlati qurilishi, harbiy sanati ko’p asrlar davomida

    51. sharqu-g’arb davlatlariga o’rnak va andoza bo’ldi. Uning zamonida

    52. madaniyat, ilmu-fan, memorchilik, tasviriy sanat, musiqa,

    53. sheriyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko’p

    54. ananalari takomilga etdi. Amir Temur madaniyat va din axllariga

    55. ko’rsatgan cheksiz mehru-muruvvat ayniqsa ibratlidir”

    56. Islom Karimov







    57. “Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, honaqoxlar qurishni,

    58. yo’lovchi musofirlar uchun yo’l ustiga rabotlar bino qilishni,

    59. daryolar ustiga ko’priklar qurishni buyurdim”

    60. Amir Temur













    61. “…ayniqsa Bobur bilan Akbarshoh Hindistonda Temur davrida O’rta

    62. Osiyodagi iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida paydo

    63. bo’lgan eng yaxshi ananalarni davom ettirdilar”













    64. Mavzuni takrorlash uchun savollar

    65. 1. Movarounnaxrda XIV-XV asrlarda madaniyat ravnaqining omillari va shart-sharoitlari.

    66. 2. Temuriylar shajarasini jahon tarixida eng ma’rifatli shajara ekanligini misollar bilan tushuntiring.

    67. 3. XIV-XV asr Movarounnaxrdagi madaniy yuksalishning asosiy belgilari.

    68. 4. Temur va Temuriylarning madaniy siyosatida me’morchilikning o‘rni va ahamiyati.

    69. 5. O‘zbek adabiyoti ravnaqida Navoiy, Boburlarning roli.

    70. 6. Kamoliddin Behzod ijodining tasviriy san’at rivojidagi ahamiyati.

    71. 7. Ulug‘bek ilmiy maktabining yutuqlari nimada? Va uning jahon fani uchun ahamiyati.

    72. 8. Temur va Temuriylar davri madaniyatining hozirgi sharoitdagi ahamiyati.

    73. 9. Temur va Temuriylar madaniy merosini tiklash yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar.

      1. Yüklə 3,2 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə