Madaniyatshunoslik


XVIII asrni ikkinchi yarmida Markazlashgan davlatchilikning vujudga kelishining madaniy taraqqiyotga ta’siri



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə10/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

XVIII asrni ikkinchi yarmida Markazlashgan davlatchilikning vujudga kelishining madaniy taraqqiyotga ta’siri.

  • XVIII-XIX asrlarda adabiyot va san’atga oid qanday yirik asarlar yaratilgan.

  • XVIII-XIX asrlarda Xiva, Quqon va Buxoroda barpo etilgan me’morchilik majmualari.

  • Turkistoni zabt etilishini madaniy hayotga salbiy ta’siri.

  • Turkiston ma’naviy hayotida jadidchilik harakatining o‘rni.

  • Jadidlarning Turkistonda milliy madaniyatni tiklashdagi faoliyati va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.







    1. 8-mavzu. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot



    2. Reja:

    1. Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyat-larning tiklanishi va rivojlanishi.

    2. Mustaqillik yillarida ta’lim, adabiyot, me’morchilik amaliy san’at va kino ravnaqi.

    3. Teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti.



    1. Tayanch so‘z va iboralar

    2. Ma’naviy meros – Qadim zamonlardan beri ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar-siyosiy, falsaviy, huquqiy va diniy qarashlar, ahloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. “Oltin meros” – Xayriya jamg‘armasi 1996 yilda tashkil etilgan. “Umid”, “Iste’dod” jamg‘armalari – Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Haykaltarosh I.Jabborov – Toshkentdagi Amir Temur, Samarqand, SHahrisabzdagi Amir Temur, Farg‘ona va Quvada al-Farg‘oniy haykallarini yaratgan.

    3. Asosiy adabiyotlar:

    1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar. T.1 –T.: O‘zbekiston, 1996. 76-85 betlar.

    2. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavsizligi o‘z kuch qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. T.: O‘zbekiston. 2005.

    3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: O‘zbekiston. 2005.

    4. Karimov I.A. «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi». T.: O‘zbekiston, 2005. 5-33 betlar.

    5. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T.: O‘zbekiston. 2005.

    1. Internet saytlari:

    1. Internet: www. bilim.uz.

    2. Internet: www. gov.uz.

    3. Internet: www.edu.ru.

    4. Internet: www.press-service.uz.



    1. Qo‘shimcha adabiyotlar:

    2. 1. Ahmedova E., Gabidulin R. Kulturologiya. –T.: 2001.

    3. 2. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. –T.: 1998.

    4. 3. O‘zbekiston san’ati (1991-2001 yillar). –T.: SHarq, 2001.

    5. 4. Gulmatov E. v.b. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. –T.: 2000, 160-178 betlar.

    1. Ibrohimov A. v.b. Vatan tuyg‘usi. –T.: O‘zbekiston, 1996.



    1. Dars jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar

    2. 1. Aqliy hujum.

    3. 3. Darsni aniq yo‘naltirigan savollar asosida olib borish.



    4. Dars jarayonida qo‘llaniladigan yangi axborot texnologiyalari

    5. 1. Internetdan foydalanish.

    6. 2. Slayd-sxemalardan foydalanish.



    7. Ma’ruzaning maqsadi:

    8. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib komil insonlarni tarbiyalashdir. Mavzuning maqsadi ma’anviyatni ma’naviy meros, ma’naviy qadriyatlar, til, din, milliy istiqlol mafkurasi haqida ma’lumotlarni yoritish.



    9. 1. Mustaqillik davrida ma’naviy me’ros, milliy va diniy

    10. qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi

    11. Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. SHu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir.Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo‘lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotla.rning yo‘nalishlari belgilab olindi. «Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda»3. Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’naviy merosning o‘zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma’naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosida keng nishonlandi:

    12. - 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

    13. - 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;

    14. - 1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;

    15. - 1994 yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;

    16. - 1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;

    17. - 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li CHo‘lpon tavalludining 100 yilligi;

    18. - 1998 yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;

    19. - 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;

    20. - 2000 yil – Burhonnidin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi;

    21. - 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;

    22. - 2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi.

    23. - 2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi 143-son qarori qabul qilindi.- 2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “SHohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to‘g‘risida”gi 337-son qarori qabul qilindi.Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o‘rnatildi, ziyorathoglar, bog‘lar yaratildi. 1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. SHu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. YUbiley yilida «Lison ut-tair», «Sab’ai-sayyor», «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi o‘tkazildi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O‘sha yil 24 oktyabrda Parijda YUNESKO zalida “Ulug‘bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.1998 yil 23 oktyabrda Farg‘onada byuuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksalti-rishda tarixiy xotira, ajdodlar tarxini bilish, milliy ahloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. SHu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.

    24. O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo‘lgan suh-batida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillash-tirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berildi.Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondoshuvlardan hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha o‘n yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va SHahrisabzda o‘nlab tarxiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar barpo etildi. Samarqand va SHahrisabz shaharlari markazida ko‘rkam Amir Temur maydonlari barpo etildi va ulug‘vor haykallari o‘rnatildi. SHuningdek, bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi.1997 yilda Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, 2002 yilda Termez shahrining 2500 yilligi nishonlandi.Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “SHahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. Mazku majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust kuni foydalanishga topshirildi.

    25. Bu yodgorliklar majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, Milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy qadriyatlari bor. O‘zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So‘ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. SHu boisdan ham har bir inson uchun o‘z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’xno mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik Markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar ko‘rgazmalar tashkil etish yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.1996 yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlandi.“Oltin meros” xayriya jamg‘armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalari-mizning ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. SHuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. Diniy qadriyatlarning tiklanishi. Qadim zamonlardayoq yuritimizda din erkin mavjud bo‘lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g‘oyalariga amal qilgan. Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi’ As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo‘ja Ahmad YAssaviylar insonni ma’naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi.1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. YUbiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi. SHu kuni Xartang qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. YUbiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al-Jomi’ Al-Sahih” kitobi o‘zbek tilida nashr etildi. 2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burxoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga bag‘ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. SHuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika muslmonlarining istak va hohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldi. YUzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. Hozir “Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur’oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo‘lib qolmay, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir. Prezidentning 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999 yilda tashkil etilgan Toshkent Islom Universitetida 750 ta talaba o‘qimoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.



    26. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi.O‘zbek tili mavqeining mustahkamlanishi. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4 sessiyasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’anviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning mavqei qayta tiklandi va mustahkamlandi. SHuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha miilatlarning tillari, qadr qimmati o‘z o‘rnini topdi.

    27. 2. Mustaqillik yillarida ta’lim, badiiy adabiyot, me’morchilik,

    28. amaliy san’at, kino va ravnaqi

    29. Ta’lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllan-tirishning eng muhim vositasidir. SHu boisdan ham mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qqonuni hamda 1991-1996 yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “Bolalar bog‘chasi - maktab” majmui tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etila bordi. Oliy ta’lim sohasida ham ko‘plab yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 fevpaldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutahassislar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997 yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi.

    30. Abiturientlar va talabalaring bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda o‘qishini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Ulug‘bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg‘armalari tashkil etildi. Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Xususan, ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va dtdaktik materiallar etishmasdi. YUqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlik, integratsiya o‘rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. SHu boisdan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Prezident I.Karimov tashabbusi ta’limni isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. I.Karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida “Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish taqdiri, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi. 1997 yil 27 avgust kuni Oliy MAjlis IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqarildi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillarda) Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi.Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillarda) to‘planga tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxulq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlandi.Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi. Xususiy va xonadon bog‘chalari tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar faoliyat ko‘rsatdiO‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajramoqda. Birgina 2001 yilda ta’lim harajatlari davlat byudjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln. AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildiRespublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 6 mill. YAqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

    31. Kadarlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi – 1997-2001 yillarda 216 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 44 ta akademik litsey va 291 ta kasb-hunar kollejibarpo etildi.

    32. Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 2001-2002 o‘quv yilida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir.

    33. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan”Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborildi. Ulardan 519 davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborildi. Ulardan 519 nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002 yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi.

    34. Ta’lim muassasalarining Evropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, YAponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, YAponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib keldilar.

    35. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.SHukshunov O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli” deb e’tirof etildi.

    36. O‘zek sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiya-viylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi.Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Badiiy adabiyot rivojiga H.Karoma-tovning “Qur’on va o‘zbek adabiyoti”, O.SHarofiddiovning “CHo‘lponni izlab”, B. Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta’sir etdi.A.Oripov, O.YOqubov, P.Qodirov, X.Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.SHukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” romanida, Nazar Eshonqulov-ning “Qora kitob” povestida, O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g‘am-alamlar haqqoniy tasvirlangan.T.Malikning “SHaytanat”, H.SHayxovning “Tutqin odamlar” asar larida iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg‘ulari tarannum etladi..

    37. Yüklə 3,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə