Mahmudxo‘ja behbudiy publitsistikasida millat va milliyat masalalarining yoritilishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 116,19 Kb.
səhifə2/7
tarix26.10.2023
ölçüsü116,19 Kb.
#131159
1   2   3   4   5   6   7
бехбудий

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mahmudxo‗ja Behbudiy publisistik merosini birinchilardan bo‗lib o‗rgangan olim professor Begali Qosimovdir. Olimning ―Izlay-izlay topganim‖, ―Milliy uyg‗onish: ma'rifat, jasorat, fidoyilik‖2 kabi monografiyalarida, uning rahbarligida yozilgan oliy o‗quv yurtlari uchun
―Milliy uyg‗onish davri o‗zbek adabiyoti‖ darsligi3da jadid publitsistikasi, jumladan, Mahmudxo‗ja Behbudiyning publisistik maqolalarida ko‗tarilgan muammolar keng va atroflicha o‗rganilgan. Mutafakkir asarlarida millat va milliyat masalalarining yoritilishi masalasi yuzasidan ham e'tiborga loyiq fikrlar aytilgan.
Akademik Naim Karimovning ―XX asr adabiyoti manzaralari‖, ―Adabiyot va tarixiy jarayon‖4, filologiya fanlari nomzodi Boybo‗ta Do‗stqoraevning
―O‗zbekiston jurnalistikasi tarixi‖5 kabi kitoblarida Mahmudxo‗ja Behbudiy
faoliyati, adib publisistik asarlarining mavzu ko‗lami, ularda ko‗tarilgan muammolarning bugungi kun uchun ahamiyati kabi masalalar tahlil etilgan.
Professor Ulug‗bek Dolimovning ―Milliy uyg‗onish pedagogikasi‖6 monografiyasida jadid publitsistikasida ta'lim-tarbiya masalalarining yoritilishi, jadid mutafakkirlarining axloqiy-estetik qarashlari, avlod tarbiyasi borasidagi fikrlari tadqiq qilingan. Professor Bahodir Karimovning ―Jadid munaqqidi Vadud



1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт кафолатлари. - Т.: Ўзбекистон, 1997, 137-бет
2 Қосимов Б. Излай-излай топганим. - Т.: Адабиѐт ва санъат, 1983; шу муаллиф. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. – Т.: ―Маънавият‖, 2002.
3 Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У. ва б. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиѐти. . – Т.: ―Маънавият‖, 2004.
4 Каримов Н. ХХ аср адабиѐти манзаралари. - Т.: ―Ўзбекистон‖, 2008; шу муаллиф. Т.: ―Мумтоз сўз‖, 2013.
5 Дўстқораев Б. Ўзбекистон журналистикаси тарихи. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2009.
6 Долимов У. Миллий уйғониш педагогикаси. - Т.: ―Noshir‖, 2012
Mahmud‖, ―Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur‖7 kabi kitoblarida jadid adiblari va shoirlarining adabiy-tanqidiy qarashlari, adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o‗rniga doir chiqishlari, Abdulla Qodiriy hayoti va adabiy merosining o‗rganilish bosqichlari chuqur o‗rganilgan. Professor Nurboy Jabborovning
―Ma'rifat nadir‖, ―Adabiyot va milliy ma'naviyat‖8 kitoblarida Mahmudxo‗ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho‗lpon va boshqa jadid mutafakkirlarining millat ma'rifatiga oid fikrlari, millatning jaholatda qolishi sabablari va uni mutaraqqiy xalqlar darajasiga yuksaltirish haqidagi orzulari to‗g‗risida mulohaza yuritilgan.
Filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‗raqulovning ―Hududsiz jilva‖, ―Nazariy poetika masalalari‖9 kitoblarida jadidlar adabiy-estetik qarashlarining mohiyati, yo‗nalishlari, nazariy tadqiqi masalalari hal etilgan. Jadid publitsistikasi, uning mavzu qamrovi, janr xususiyatlari, ahamiyati haqida e'tibor loyiq fikrlar bildirilgan. Filologiya fanlari nomzodi Qo‗ldosh Pardaev ilmiy ishlarida ―Al-Isloh‖ jurnali va umuman jadid matbuotida nashr qilingan publisistik asarlar, ularda ko‗tarilgan bahs-munozaralar tadqiqiga diqqat qaratilgan10. Jadid matbuotidagi bahslar adabiy-estetik va ijtimoiy-axloqiy yo‗nalishda kechganligi aniqlangan. Ushbu mavzuga doir publisistik maqolalar chuqur tadqiq qilingan.
Yuqorida sanalgan ilmiy ishlar jadid publitsistikasini tadqiq qilishda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etgan. Lekin ularda Mahmudxo‗ja Behbudiy publisistik asarlarida millat va milliyat masalalarining yoritilishi alohida o‗rganilgan emas. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ustoz olimlarning mazkur tadqiqotlarida erishilgan yutuqlarga tayanilgan holda ushbu masalani maxsus o‗rganish nazarda tutilgan.



7 Каримов Б. Жадид мунаққиди Вадуд Маҳмуд. - Т.: ―Университет‖, 2000 ; шу муаллиф. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур. - Т.: ―Академнашр‖, 2014.
8 Жабборов Н. Маърифат надир. - Т.: ―Маънавият‖, 2010; шу муаллиф. Адабиѐт ва миллий маънавият. Т.:
―Маънавият‖, 2015.
9 Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. Шу муаллиф. Назарий поэтика масалалари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015.
10 Пардаев Қ. Ўзбек миллий уйғониш адабиѐтини ўрганишда матбуотнинг ўрни. - Т.: ―Муҳаррир‖, 2012.

Yüklə 116,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə