Mahmudxo‘ja behbudiy publitsistikasida millat va milliyat masalalarining yoritilishi


Behbudiyning Vatan va millat tarixiga oid fikrlari



Yüklə 116,19 Kb.
səhifə4/7
tarix26.10.2023
ölçüsü116,19 Kb.
#131159
1   2   3   4   5   6   7
бехбудий

Behbudiyning Vatan va millat tarixiga oid fikrlari


Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‗ja Behbudiy tarixni o‗rganmoq millat ma'rifatini yuksaltirishning asosi ekanligini alohida ta'kidlaydi. Ma'rifatparvarning fikricha, tarixni bilmay, undan saboq olmay turib bir qadam ham olg‗a yurib bo‗lmaydi. Uning tarixdan ibratlanish jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezonlardan biri sifatida qaragani sababi ham shunda. Bu esa, o‗z navbatida, Vatan va millatning inqirozga yuz tutishi sabablarini anglash imkonini beradi. Shunga ko‗ra, Mahmudxo‗ja Behbudiy fikricha, tarixni o‗rganish, undan ibrat olish – ma'rifat, undan g‗ofillik esa jaholat belgisi sifatida baholangan. Tarixni bilmay turib Vatan va millatning taraqqiy etishi, saodatga erishmog‗i mumkin emasligi jadid adabiyoti va uning ajralmas qismi hisoblangan jadid publitsistikasining asosini tashkil etadi.
Tarixni o‗rganish hamma zamonlarda ham muhim va ahamiyatli hisoblangan. Zero, har qanday millatning buguni va istiqbolini uning o‗tmishidan, tarixidan ayri tasavvur etib bo‗lmaydi. Shu bois asrimiz boshidagi ma'rifatparvarlar, xususan, Turkiston jadidlarining rahnamosi Mahmudxo‗ja Behbudiy ham tarixni o‗rganish, undan saboq olish masalasiga alohida e'tibor berdi. ―Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni qul-marquq derlar‖17, deb yozgan edi Behbudiy ―Sart o‗zi majhuldur‖ sarlavhali maqolasida.
Behbudiyning ―Turkiston tarixi kerak‖ degan maqolasi tarixni o‗rganish zarurati haqida qimmatli fikrlar bildirilganligi jihatidan alohida ahamiyatga ega. Unda quyidagilarni o‗qiymiz: ―Tarix ko‗p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan ba'zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‗l ila taraqqiy etganin o‗qib, ibrat olmoq yoki millatning ne sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‗lub ketganin o‗qub, mundan ham istifoda etmak mumkindur‖18.
Behbudiyning tarixni o‗rganish ahamiyati haqidagi bu xulosasi hazrat Navoiyning quyidagi o‗gitlarini esga soladi:





17 Беҳбудий Маҳмудхўжа. Танланган асарлар. - Т.: ―Маънавият‖, 2006, 196-бет.
18 Ўша манба, 179-180-бетлар.
Va gar tarix sori aylagung mayl, Muni bilgachki, ne ish qildi har xayl. Ne ishdin mamlakat obod bo„ldi, Qayu ishdin ulus barbod bo„ldi.
Demak, Navoiydan Behbudiygacha o‗tgan qariyb to‗rt yuz yildan ziyod vaqt mobaynida ham tarixni o‗rganish, undan saboq olishning ahamiyati to‗g‗risidagi qarashlar mohiyati o‗zgarmagan.
Xo‗sh, hozir-chi? Hozir o‗zgarganmi? Bugun tarixga, ajdodlar kechmishini o‗rganishga bo‗lgan e'tiborning davlat siyosati darajasiga ko‗tarilgani, haqqoniy tariximizni tiklash masalasi bilan bevosita mamlakat rahbarining o‗zi qiziqayotgani Vatan va millat taraqqiysi yo‗lida tarixdan foydalanishga bo‗lgan intilish natijasi sifatida baholanmog‗i kerak.
―Turkiston tarixi kerak‖ maqolasida Behbudiy yana quyidagilarni yozadi:
―...bizning o‗z shevamizda Turkistonda o‗tgan bobolarimizning maishiy, siyosiy ahvolig‗a doir ―Turkiston tarixi‖ bor bo‗lgonda, oni ko‗z oldimizda qo‗yub, burung‗i qahramon bobolarimizning na yo‗l ila taraqqiy va madaniyat davrig‗a kirub va nima sababdan oxiri munqariz bo‗lub ketganlarini o‗qub, bilub, xeyli ibrat olar eduk. O‗shandoq hozirgi holimizni bobolarimiz davridagi hollarg‗a bir daraja muqoyasa etmak ila barobar o‗z-o‗zimizdan bir infioli daruniy (ichki hayajon) his edub, yuzlarimiz qizarar edi. Holo, biz turkistoniylar marhum bobolarimiz ahvoli ham Turkiston voqeoti tarixiyasidan butun g‗ofil va bexabardurmiz‖.
Ma'lumki, Behbudiyga qadar juda ko‗p tarixiy asarlar yozilgan. Ko‗plab muarrixlar Turkiston tarixining eng qadimgi davridan to o‗z zamonlarigacha bo‗lgan voqealarni xronologik tarzda yozib qoldirganlar. Xo‗sh, unda Behbudiy nima sababdan Turkiston tarixi yaratilmagan, degan fikrni ilgari surmoqda?
Ulug‗ ma'rifatparvarning o‗zi bunga quyidagicha izoh beradi: ―Chunki hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgan, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudg‗a kelgani yo‗q. To‗g‗risi, munday tarix yozuvchi kishi turk o‗g‗lonlaridan hanuz maydonga chiqg‗oni yo‗qki, bu esa turk bolalarining
noxalaf bo‗lub, chin o‗g‗ul emasliklarig‗a dalildur. Bu so‗zlardan tarixsizligimiz anglashilmasun. Bizning tariximiz bor‖.
Yuqoridagi iqtibosni tahlil etar ekan, professor Nurboy Jabborov shunday fikr bildiradi: ―Behbudiy zamon talablari darajasida, ―yangi tadqiqot ila yozilgon‖, mukammal ―Turkiston tarixi‖ni orzu qilmoqda. Uning fikricha, ruslar va boshqa ovrupoyilar foydalanayotgan Turkiston tarixiga bag‗ishlab burungi asrlarda yozilgan turkiy, forsiy va arabiy tillardagi kitoblar ―muxtalif tillarda yozilgan‖. Ya'ni ularda bir hodisa turlicha talqin etilgan, bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar ko‗p. Behbudiy ana shu farqli jihatlar tadqiq etilgan mukammal tarixni yaratish zaruratini kun tartibiga qo‗ymoqda.
Bu juda dolzarb muammo edi. Binobarin, Behbudiyning fikricha, haqqoniy tarixdan xabardor bo‗lmasdan turib, hyech bir millat o‗z ahvolini tahqiq eta olmaydi. O‗z tarixidan g‗ofil va bexabar millat esa taraqqiyotdan ortda qolishi aniq‖19.
Mahmudxo‗ja Behbudiy Turkiston tarixini yaratishi mumkin bo‗lgan yagona olim sifatida tilga olgan zamondoshi Ahmad Zaki Validiy ―Bugungi turk eli – Turkiston va uning yaqin tarixi‖ asarining alohida bir bobida millatimizning asriy xususiyatlari, milliyatimiz haqida fikr yuritadi. Jumladan, muallif quyidagilarni yozgan edi:
―Biz fursat kutgan millatlardanmiz. Milliy qudratimizni shunday bir ko‗zdan kechirsak, O‗zbekiston fuqarolari barobarida qozoq, qirg‗iz, tatar va boshqirdlarning, ya'ni ―o‗rta turk‖ deb ataganimiz turklarning va turkmanlarning madaniy quvvati, tabiiyki, Afg‗onistondan va Erondan kam emasdir. Turkistonda o‗z millatimizdan yetishgan mutaxassis va olimlarning miqdori O‗rta va Old Osiyo davlatlaridan birgina Hindiston va Turkiyadangina ozdir. Ayniqsa, savdo, san'at va dehqonchilikda turkistonliklarga hyech bir kishi bas kela olmaydi. Bu masalalarda ovrupoliklar bilan ham juda a'lo darajada raqobat eta oladilar. Farg‗ona paxta zavodlaridagi, Qo‗qon, Marg‗ilon, Andijon va Buxorolik turk ishbilarmonlarining tajribasi Rossiya hukumati yevropali sarmoyadorlarini himoya qilmagan taqdirda



19 Жабборов Н. Маърифат надир. - Т.: ―Маънавият‖, 31-бет.
vaziyatni xohlagan paytlarida o‗z qo‗llariga ola bilishlarini ko‗rsatmoqda. Minglarcha yillar mobaynida takomillashib borgan irrigatsiya va dehqonchilik madaniyatining boshqa sohalarida turkistonliklarga Sharqda birgina hindlar va xitoylar raqobat eta oladilar. Rus dehqoni hyech ham raqobat qila olmaydi. Holbuki, iqtisod, tijorat va ziroat har qanday mamlakatda davlatning ham asosidir. Xullas, ajnabiy zo‗ravonlik va istilo o‗rtadan qalqib hurriyatga erishishi bilan bu jihatlardan Turkistonda turkistonliklarga raqobat eta oladigan hyech bir kimsa yo‗qdir...
...ba'zi odamlar rusga tobe' turklarning, xususan turkistonliklarning milliy harakati hali juda ibtidoiy bosqichdaligini, ingliz, nemis va rus millatlarining bugungi yangi davr tarixini ag‗dar-to‗ntar qilgan qudratli milliy shuurlari, milliy madaniyatlarining ulug‗vorligi qarshisida O‗rta Osiyoliklarning dovdirab qolishlarini, bir kun o‗z taqdirlarini o‗zgartirish imkoni tug‗ilganda ham undan foydalana olmayajaklarini so‗ylaydilar. Lekin turk millatining shunday mumtoz qavmiy xususiyatlari bordirki, ularni uyg‗otib ishga solishga muvaffaq bo‗linsa, yo‗qotgan narsalarini oz bir muddatda tiklay oladi‖20.
Ahmad Zaki Validiy millatimizning tarixdagi qudrati, olijanob fazilatlari haqida so‗z yuritar ekan, fikrlarini rad etib bo‗lmaydigan tarzda isbotlaydi. Uning bu xususdagi qarashlari o‗tgan asrda qanchalik ahamiyatli bo‗lgan bo‗lsa, bugungi kunda ham yosh avlod tarbiyasida shunchalik qimmatlidir. Alloma yana quyidagilarni yozadi:
―Minglarcha yillik tariximizdan qizil ip bo‗lib o‗tgan milliy xususiyatlarimizdan biri jonlilik va bitmas faollikdir. Qadim tarixda Osiyoda va Ovrupoda turkiylar va mo‗g‗ullar aralashmagan birorta buyuk baynalmilal hodisa bo‗lgan emas.
Turkiylar birorta shunday mamlakatga kelmaganki, oxirida u jamiyatning tepasiga ko‗tarilmagan bo‗lsin.





20 Бу ҳақда қаранг: Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. - Т.: ―Маънавият‖, 2002, 71-72-бетлар.
Haqiqatan ham shunday bo‗lgan. Xitoy, Hind, Eron va Misrga qul sifatida keltirilgan turkiylar ko‗p vaqt o‗tmay, u yerdagi siyosiy hayotda rol o‗ynay boshlaganlar va ko‗p martalab butun davlat idorasini boshqarganlar... Turkiylarning haqiqiy milliy sajiyasi mana shunday. Ya'ni har doim hayotning qoq o‗rtasida, kurash maydonida bo‗lmoq va har yerda o‗zining kimligini ko‗rsatmoq. Tarixan u hyech vaqt bosilgan nuqtada bir lahza qolmay, rezinaday o‗rnidan qalqqan yoki g‗ijimlab ezmoqchi bo‗lgan hovuchning ichidan simobday sirg‗alib chiqqan‖21.
Zaki Validiy fikricha: ―Turkiylarning butun tarixiy takomili davomida ko‗zga tashlangan eng ayon irqiy xususiyatlaridan biri ham tarixning biz bilgan davridan buyon askar bo‗lib kelganligi, intizomsevarligi, hayotning eng og‗ir mushkulotiga ham tayyor turmoq, mashaqqatlariga uzoq muddat sabrli bo‗la olishidir. Qadimgi turkiylar o‗zlarini mana shu jihatdan tarbiyalashga favqulodda ahamiyat berganlar va kishini bo‗shashtiradigan farog‗atdan, xotinchalish qilib qo‗yadigan nazokatdan, vujudni og‗irlashtiradigan yemaklardan saqlanganlar. Ulug‗lar, aslzodalar yonlaridagi askarlardan ortiq ovqat yemaganlar va askar bilan ayni bir sharoitda yashab o‗zlarini maxsus ochlikka, suvsizlikka, issiq-sovuqqa o‗rgatib borganlar...
Turkiylarning boshqa bir milliy fazilati dunyodagi voqealarga ochiq ko‗z bilan qarashidir. Qadim turkiylarlarning, To‗ng Yabg‗usining, Chingiz, Temur muvaffaqiyatlarining eng katta siri jahon vaziyatini atroflicha ko‗ra olishlarida, undan tamomila xabardor bo‗lishlarida va har bir fursatdan foydalana bilishlarida edi. Bu millat tarixiy hayotining shavkatli kunlarida jahon siyosiy voqealarini tubdan o‗rganib xulosa chiqara olishi jihatidan zamonamizdagi inglizlarga o‗xshaydilar va o‗z xulosalarini vaziyatga tatbiq eta biladilar‖22.
Zaki Validiyning kuzatishlari islomiyatdan keyingi davrni o‗z ichiga olgan. Ziyo Ko‗k Alpning ―Turkchilik asoslari‖ (1924) kitobida islomgacha bo‗lgan milliy xususiyatlarimiz yaxshi berilgan. Uningcha, qadim yunonlar





21 Ўша манба, 72-бет.
22 Ўша манба, 73-бет.
haykaltaroshlikda, rimlilar huquqda, yahud va arab dinda, fransuzlar adabiyotda, anglo-sakslar iqtisodda, olmonlar musiqa va falsafada shuhrat topgan bo‗lsalar, turkiylar go‗zal xulqlari bilan dovruq qozonganlar.
Ular uchun eng muqaddas narsa el, yurt bo‗lgan. El – Ko‗ktangrining yerdagi soyasi. U ishq kechasi bir oltin shu'la bo‗lib, yer yuziga eng go‗zal daraxtga tushgan. Daraxt Ko‗ktangridan homilador bo‗lib, undan el to‗ragan (tarqalgan). Yurt mana shu el yashaydigan makondir. Ikkinchidan, El – omonlik degani. Elchi – sulhchi, tinchlikni so‗rab boruvchi, olib boruvchi degani. Qadimda turkiy xoqonlar boshqa yurtlarni zabt etganlarida hukmronlikni egalarida qoldirib, o‗zlari Elxon nomi bilan ularni boshqarganlar.
Xunnlarning ilk Elxoni Metexon Xitoyni ikki marta zabt etib, imperatorligini qabul qilmaganini rivoyatlarda keltiradilar.
Mamlakat ahlini ―ich el‖, xorijni ―chet el‖ atashning o‗ziyoq sulhparvarlikka timsol edi.
El-yurt ideali Vatan va Millat mustaqilligini ta'min etuvchi asosiy omillardan bo‗lgan.
Oila axloqiga alohida e'tibor berilgan. Uylanmak – uy egasi bo‗lmoqdir. Kelin-kuyovga yangi uy qurib berish shart bo‗lgan. Ayollar davlat, xo‗jalik, oila ishlarida baravar ishtirok etganlar. ―Qadim xalqlar orasida hyech biri turkiylar singari ayollarga bu qadar katta huquqlar bermagan va e'tibor qaratmagan edi‖, – deb yozadi Ziyo Ko‗k Alp...
―Mana shu xil asliy xususiyatlarimizni anglash va anglatishda ziyolilar zimmasiga juda katta mas'uliyat yuklatilgan edi, – deb yozadi professor Begali Qosimov. – Tarix shunchaki xabardor bo‗lish uchun o‗rganib qo‗yilmaydi. U oyna, ibrat, tarbiya vositasi bo‗lmog‗i kerak edi. ―Oqqan ariqda suv oqadi‖ – ilgari suv yurgan ariqda suv oqadi, deydilar. Qonda bor narsani tiklash oson. Lekin ularni oldin bilmoq kerak, keyin qanday tiklash masalalarini o‗ylash lozim‖23
.





23 Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. - Т.: ―Маънавият‖, 2002, 74-бет.
Mahmudxo‗ja Behbudiyning va barcha Turkiston jadidlarining ustozi Ismoilbek Gasprinskiy ―Tarjimon‖ orqali millatni shavkatli tarixi bilan tanitishga, bugungi zabun holini ko‗rsatishga harakat qildi. U Turkistonga alohida mehr bilan qaradi. Bu zaminning kechmishi bilan bugunini muqoyasa qilar ekan, unga buyuk o‗tmishgina emas, umidbaxsh kelajak ham deb qaradi. O‗z sahifalarida unga keng o‗rin berdi. Feruz va Abdulahadxondan general Jo‗rabekkacha, Furqatdan Cho‗lpongacha doimiy ravishda e'tiborida turdi. Badiiy asarlarining bosh qahramonini turkistonlik qilib oldi. Amir Temurning yovqur, erkparvar, Vatan va Millat sha'nini har narsadan muqaddas tutgan timsolini yaratdi va senzura iskanjasidan olib o‗tib, e'lon qilishga muvaffaq bo‗ldi. Gazeta 1918 yilgacha davom etdi. 3000 ga yaqin soni chiqdi. «Olami nisvon» gazetasi, «Olami sibyon» majallasi unga ilovalar edi. Adadi 5000 taga yetdi. O‗quvchilari dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida bor edi. Uni o‗qimaydigan turkistonlik ziyolini topish mushkul edi.
XIX asrning oxirida yashagan va dunyo ko‗rgan ziyolilarning birortasi ham Turkistonning o‗sha davr ahvolidan qanoat hosil qilmaydi. Ismoilbek xonliklar saltanatining so‗nggi davr ahvolini shunday bayon qiladi:
―Shoh Temur zamoninda har biri bir arslon o‗lan turkistoniylar bu zamonda ta'siri zulm va istibdod ila biror sochsiz xotin, soqolli zaifalar poyasina kirmish edi. Eski ilm va ulamodan ham deyarli asar qolmagan. Xolis va halol (kishi) qolmay, uzun choponlarga, xil'atlarga o‗ralgan riyokor ko‗paygan edi. Zolimlar yo‗lini to‗sadigan shariat ahli tugab, zolimlarga fatvo topib berib, 5-10 tilla-oltun uchun sabohdan oqshoma qadar ―omin‖, ―omin‖ aytib, millatni xarob va barbod etganlar sanoqsiz edi. Qanday baxtsizlikki, bir uchi Saddi Chinga, digar uchi O‗rta yer dengiziga chiqqan saltanat bahodirlarining avlodi yoshlikda bachchalik, so‗ng esa bachchabozlik haromliklari ichida umr kechiradirlar edi. Umaro va vukaloning aksari yo Eron asirlaridan, yo bachchalik qilganlardan mansabga ko‗tarilar edi. Shijoat maydonida Temurlarning, Shayboniylarning ismi-shariflari unutilgani kabi ilm maydonida Ibn Sinolar, Forobiylar, maorif maydonida Ali Qushchi, Ulug‗beklar yoddan chiqib, butun Movarounnahr bir xonaqoyi parishon va diyori
darveshon o‗lmish edi. Ilm, hilm, maorif izzat-nafs va haysiyat (hurmat-e'tibor) riyokorlikka aylangan edi. Bu so‗zlar balki achchiq so‗zlardir, lekin to‗g‗ri so‗zlardir. Tarix yozadigan muarrix madhiya yozadigan mirza emas‖24.
Mana shu ―xonaqoyi parishon‖ vatanga, ―darvesh‖ va ―riyokor‖lar millatga aylanmas ekan, Turkistonning kelajagi yo‗qdir. Bu birgina Turkiston emas, bugun Rusiya musulmonlariga tegishli.
Tarixiy taraqqiyot har bir zamonda har bir millat va uning ziyolilari oldiga o‗z muammolarini ko‗ndalang qo‗yadi. Shu ma'noda, o‗tgan asr va yangi yuzyillik o‗rtasida muayyan mutanosiblikni kuzatish mumkin.
―Tabiiyki, – deb yozadi professor N.Jabborov. – tarixni o‗rganish masalasiga shu qadar ahamiyat bergan jadidlarimiz millatning o‗zlari yashagan davrdagi ahvolini isloh qilish, uni uyg‗otish, taraqqiy etgan millatlar darajasiga olib chiqish kabi dolzarb muammolarga ham befarq bo‗la olmas edi. Mahmudxo‗ja Behbudiyning ―Bizni kemirguvchi illatlar‖, ―Muhtaram yoshlarg‗a murojaat‖,
―A'molimiz yoinki murodimiz‖, ―Ikki emas, to‗rt til lozim‖, ―Til masalasi‖ kabi maqolalarida davrning benihoya o‗tkir muammolari va bu muammolarning muolajasi masalasiga alohida e'tibor berilgani sababi shunda‖25.
Umuman, jadid publitsistikasida tarixga murojaat, xalqimizning buyuk o‗tmishini o‗rganish, moziydagi Vatanimiz taraqqiyotini ta'minlagan jihatlardan saboq olish, shu orqali rivojlangan millatlar darajasiga ko‗tarilish kabi masalalar keng yoritildi. Bu mavzudagi maqolalarni bir joyga to‗plash, guruhlashtirish, o‗rganish esa, shubhasiz, bugungi zmonamiz uchun ham katta ahamiyatga ega.





24 Гаспринский И. Ҳаѐт ва мамот масаласи (Таржимон, тўпловчи, нашрга тайѐрловчилар: Б.Қосимов, З.Абдирашидов). - Т.: ―Маънавият‖, 2006, 109-бет.
25 Жабборов Н. Маърифат надир. - Т.: ―Маънавият‖, 31-бет.

Yüklə 116,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə