Mahmudxo‘ja behbudiy publitsistikasida millat va milliyat masalalarining yoritilishi


Adib ijtimoiy-siyosiy maqolalarida millat manfaatlarining



Yüklə 116,19 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü116,19 Kb.
#131159
1   2   3   4   5   6   7
бехбудий

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Adib ijtimoiy-siyosiy maqolalarida millat manfaatlarining


ifodalanishi
Mahmudxo‗ja Behbudiy, eng avvalo, milliy uyg‗onish harakatining ulkan siyosiy rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Shuning uchun ham mutaxassislar uni
―Turkiston jadidchilik harakatining boniysi‖27, deya e'tirof etadilar. ―Murakkab va fojiali asrda yashab, o‗zbek xalqining ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy taraqqiyotiga bebaho hissa qo‗shgan‖28ini ta'kidlaydilar.
Manbalarning guvohlik berishicha, siyosat bobida u o‗tkir nazariyotchi, shuning barobarida, faol amaliyotchi ham bo‗lgan. Bu boradagi nazariy qarashlari uning ―Kitobi muntaxabi jug‗rofiyai umumiy va namunai jug‗rofiya‖ darsligida,
―Duma va Turkiston musulmonlari‖, ―Xayr ul-umuri avsatuho‖, ―Muhtaram samarqandiylarg‗a xolisona arz‖ va shu kabi maqolalarida ifodasini topgan.
―Kitobi muntaxabi jug‗rofiyai umumiy va namunai jug‗rofiya‖ darsligida Behbudiy o‗sha davrdagi boshqaruv usullari haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi. Zero, millat yoshlarining siyosiy ongini yuksaltirish, avlod dunyoqarashini o‗stirish ziyolilar oldida turgan dolzarb vazifalardan, taraqqiyotning muhim omillaridan edi. Behbudiy o‗sha davrga xos uch xil boshqaruv usuli haqida yozadi:

  1. idorai mustaqalla (idorai mutlaqa);

  2. idorai mashruta; 3) idorai jumhuriyat29.

Allomaning yozishicha, “idorai mustaqalla”ning o„ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:

  • bunda hukmdorning istagi – qonun, ya'ni u sohibi ixtiyor. Boshqacha aytganda, vakolatlari mutlaqo cheklanmagan;

  • qo‗l ostidagi barcha majlis, maslahatxonalar xukmdorga bo‗ysunadi, uning aytgani aytgan, degani degan;

  • hukumat, valiahdlik qoidalari asosida, ―o‗shal hukumatni qo‗ygan tartib va tadbirig‗a muvofiq‖ bo‗ladi.

Idorai mustaqalla davlat boshqaruvining monarxiya usuliga to‗g‗ri keladi.



27 Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат , маърифат, фидойилик. Тошкент, ―Маънавият‖, 2002, 217-бет.
28 Каримов Н. ХХ аср адабиѐти манзаралари. Тошкент, ―Ўзбекистон‖, 2008, 37-бет.
29 Маҳмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. 3-нашри. (Нашрга тайѐрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Қосимов). Тошкент, ―Маънавият‖, 2006, 243-244-бетлар.
Behbudiy tahlil etgan ikkinchi usul idorai mashruta mana bu xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • bu hukumatga tobe odamlar aksari dunyodan xabardor ilm ahllari. ―El va urug‗lari ilm, hunar va dunyo ishlarig‗a taraqqiy qilgan‖;

  • fuqarolar o‗z oralaridan insofli, ilm va dunyodan xabardor kishilarni o‗zlariga rahbar va boshqaruvchi vakil etib saylaydilar;

  • ―saylangan vakillarni podshoh muqarrariy mahkamalarg‗a, mamlakatdorlik ishlarig‗a jamlaydi... Alarni(ng) majlis va mahkamalarini ―millat majlisi‖, ―maslahatxona‖, ―parlament‖, ―go‗sudarski dum‖, ―majlisi sinodiy‖, ―el majlisi‖ degan ismlar ila yod qiladur‖;

  • ―Millat majlisi‖ a'zolari hukumatni mashvarat bilan boshqaradi. Hukmdor bu majlis amriga bo‗ysunadi. Mamlakat taqdiri bilan bog‗liq masalalarni shu majlisda muhokama etmay, o‗z xohishicha hal etolmaydi.

Mamlakat boshqaruvining bu usuli konstitutsiya va parlamentga tayanuvchi davlat xususiyatlariga muvofiq keladi. Parlament, duma, senat, millat majlisi singari qonun chiqaruvchi organlar haqida bundan yuz yil avval fikr yuritgani Behbudiyning siyosatchi sifatida nechog‗lik yetuk bo‗lganidan darak beradi.
Behbudiy ta'riflagan uchinchi usul idorai jumhuriyatning o‗ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi:

  • aksar fuqarosi ahli ilm. Keng dunyoqarashli aholi saylagan vakillar o‗z mamlakat va hukumatini boshqarmog‗i uchun oralaridan bir nafar donishmand odamni boshliq etib saylaydi. U ―raisi jumhuriyat‖, ―sadrinishini millat‖ yoki

―prezident‖ deb ataladi;

  • bunday hukmdor har bir hukm va amrini ―Millat majlisi‖ tuzib bergan dasturulamal, ya'ni qonun va nizomnomalarga muvofiq amalga oshiradi;

  • bu usul asosida boshqariladigan hukumatda ―Millat majlisi‖ katta vakolatga ega. Hatto vazir va unga tenglashtirilgan mansabdorlarni taftish qilish, tergovga tortish, lavozimidan ozod qilish huquqlariga ega.

Boshqaruvning ―idorai jumhuriyat‖ usuli, zamonaviy ibora bilan aytganda, chinakam huquqiy demokratik davlat xususiyatlarini o‗zida mujassam etgani bilan alohida ajralib turadi.
―Hozirgi Ovrupo hukumatlarini(ng) raftori, odati shu uch usulni(ng) birig‗a doxil, tobe va muvofiqdir, – deb yozadi Behbudiy. – Mustaqil hukmdorlarni(ng) qo‗l ostig‗a ham majlislar va mashvarat mahkamalari bordur. Ilmsiz hukumatlardek necha milyo‗n xalqni(ng) maishati, raftori, ixtiyori bir nafar odam – podshohni(ng) ixtiyor yo royi va hukmig‗a tobe emasdur. Bir nafarni(ng) aqli, fikri ila o‗n nafar arosig‗a na qadar farq bordur? Ushbu sabablardandurki, ozgina Ovrupo xalqi butun kurrai arzg‗a hokim va mutasarrifdurlar‖.
Behbudiyning bu fikrlari barcha zamonlar uchun birday ahamiyatli. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlardan ko‗zlangan bosh maqsad ham, ulug‗ millatparvar orzu qilganidek, mamlakat boshqaruvida har bir fuqaro ishtirok eta oladigan mutaraqqiy jamiyatni barpo etishdan iboratdir.
Behbudiy olamda kechayotgan voqelik mohiyatidan xabardor, siyosiy vaziyatni to‗g‗ri baholay biladigan yetuk arbob edi. Uning ―Xayr ul-umuri avsatuho‖ maqolasidagi fikrlar ham buni tasdiqlaydi. ―Hozir Rusiya davlati(ning) tariqi hukmronligi noqis ekanligiga har bir xabarlik kishi iqror etar, – deb yozadi Behbudiy. – Davlat qonunlarini(ng) isloh va tajdidig‗a har kim moyildur‖.
Bugun mamlakatimizda ko‗ppartiyali tizim real voqelikka aylandi. Behbudiyning bundan bir asr muqaddam siyosiy partiyalar haqida bildirgan fikrlari Vatan va millat manfaatini ko‗zlagani, bugungi kun uchun ham ahamiyatli ekani bilan diqqatga sazovordir. Alloma ―Rusiyadagi barcha xaloyiq... necha aslu asosg‗a bo‗lungan‖i, ―bu siyosiy firqalarni(ng) har birig‗a har bir mazhab va din ahlidan qo‗shulgan‖i haqida fikr yuritar ekan, to‗rt siyosiy partiya faoliyatiga baho beradi. Ular: 1) buyro‗kratiyai mustabid; 2) kadet mashruta; 3) Sotsial- demokraticheski (ishtirokiyuni ommaviyun); 4) Rusiya musulmonlari ittifoqi firqalaridir.
Behbudiyning ta'kidlashicha, ―Buyro‗kratiyai mustabid‖ firqasi ―eski tarz hukumat davomini xohlaydur‖. Davlat boshqaruvining idorai mustaqalla turini
yoqlovchi bu firqa faoliyati turkistonliklar uchun zararli. Binobarin, bu firqaning yo‗li amalga oshsa, ―...biz va bizg‗a o‗xshashlar tanazzul qilub, ohistalik ila firqasi, toifasi, Vatani xor va xarob bo‗lub, batadrij yo‗q bo‗lmoq xavfi vordur... Al'on biz
– turkistoniylar shu hol maqdamasig‗amiz‖30.
Behbudiyning ushbu so‗zlari uning Vatan va millat taqdiri uchun nechog‗liq kuyungani, ona yurti tanazzulidan naqadar hasrat va nadomat chekkani dalilidir.
Kadet mashruta firqasi, Behbudiy fikricha, o‗rta firqadir. Hyech qanday masalada ifrotga bormaydi, ya'ni haddidan oshmaydi. Shuningdek, tafritga – sustlikka ham yo‗l qo‗ymaydi, ―...sog‗ ila so‗l vasatig‗a, har bir fikr va matlabni(ng) avsati va markazig‗a birlashgan bir hizbi mutavassit‖dur. Ya'ni bu firqa o‗ngga ham, so‗lga ham og‗maydi, har bir fikr va g‗oyada barchaga birday ma'qul bo‗lgan o‗rta yo‗ldan boradi. Shu bois ham, Behbudiy to‗g‗ri ta'kidlaganidek, ―...mo‗tadil ul-mizoj xalqlar bu partiyani xohlagandurlar‖.
Sotsial-demokraticheski (ishtirokiyuni ommaviyun) partiyasi o‗z ichida yana ikkiga bo‗linadi:

  1. ishtirokiyuni ommaviyun;

  2. sotsial revolutsion.

―Bularni(ng)... murodi, – deb yozadi Behbudiy, – hozirgi barcha zakun, mulkiyat qoidalarini butun buzub, mol va yerlarni hamma xaloyiq o‗rtasig‗a mushtarak qilib, ani butun xaloyiq o‗rtasida musoviy (teng barobar) etmoqchidur. Boylik va kambag‗allikni yo‗q qilib, dunyo moli(ning) rohatidin hammani barobar foydalanturub, mas'ud va rohat umr o‗tkazilmoqig‗a va har kim o‗z istiqbolidin amin bo‗lmoqig‗a zakun va qoida joriy qilmoqchidurlar‖.
Bu partiya faoliyatiga baho berar ekan, Behbudiy uning dasturi xayoliy ekanini, ―bu toifaga qo‗shulmoq biz musulmonlar uchun nihoyatda zararlik‖ bo‗lishini uqtiradi. Ta'kidlash kerakki, Behbudiy bu borada ustozi Ismoilbek Gasprali bilan hamfikr edi. Gaspralining sotsializmga va unga asoslangan jamiyat





30 Маҳмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. 3-нашри. (Нашрга тайѐрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Қосимов). Тошкент, ―Маънавият‖, 2006, 147-бет.
qurish fikrini ilgari surgan partiya faoliyatiga bergan quyidagi bahosi ham ushbu fikrni tasdiqlaydi: ―Sotsializmga doir ilgari surilgan fikrlarning g‗ayriaxloqiy bir savdoyi xayoldan iboratligini, bilmadim, gapirishga hojat bormi? Menimcha – yo‗q. Eski usulni tashlamoqchi bo‗lgan sotsialistlar yomg‗irdan qochib qorga tutilgan kimsalarga o‗xshaydi. Tamoman barobarlik emish! Ham moddiy, ham ma'naviy. Insonlar yaratilishda barobar yaratilmaydilarku! Ba'zimizda quvvat, ba'zimizda zehn ko‗proq bo‗ladi. Meros bo‗lmasmish! Bu nima degani? Ota nafsini qiyib, bolalariga nimadir to‗playdi, lekin u o‗rtaga qo‗yilib, har kimga taqsim qilinadi! Buning nimasi barobarlik? Nimasi adolat?.. Gapning qisqasi, butun mamlakat, inson jamoasi bir kazarmaga aylanadi: aholi burg‗u bilan turadi, burg‗u bilan ishga ketadi, burg‗u bilan umumiy dasturxonga chaqiriladi, burg‗u bilan zavqu safo oladi, burg‗u bilan biror xotinni istirohatga tortadi... Ofarin, sotsialistlar! Naqadar ―go‗zal‖ bir ―madaniyat‖, naqadar ―go‗zal‖ bir yashash tarzi qurmoqchi ekansiz!‖31
Bu fikrlarda bir oz bo‗rttirish yo‗q emas. Lekin undagi kuchli mantiqni ham inkor etish mahol. Sotsialistik davlatlar keyinchalik ham ―barchani teng qilish‖ g‗oyasini amalga oshirishga uringan bo‗lsada, bunga erisha olmagani kunday ravshan! Shuning o‗ziyoq sotsializmning hayotiylikdan yiroq bir g‗oya bo‗lgani isbotidir.
Rusiya musulmonlari ittifoqi haqida mulohaza yuritar ekan, Behbudiy bu partiyaning ―a'zoi markaziya‖siga olti millionlik Turkiston musulmonlaridan bir nafargina a'zo olingani to‗g‗ri emasligini ta'kidlaydi. ―Besh oblustdan 30 nafar, ham Buxoro va Xiva va Turkistoni Chiniydagi musulmonlardan bittadan a'zo olmoq lozim‖, deya o‗z taklifini bildiradi u. Bugina emas, Behbudiy Rusiya musulmonlari ittifoqi siyosatan kadetlar bilan hamkorlikda ish olib bormog‗i zarur, deb hisoblaydi. Chunki kadetlar partiyasi dasturida bayon qilingan quyidagi fikrlar Turkiston va uning musulmon aholisi manfaatlariga har jihatdan muvofiq edi:

  • har toifa o‗z hayotini o‗z kitobi, e'tiqodi va dini bo‗yicha qurishi mumkin;




31 Гаспрали И. Оврупо маданиятига бетарафона бир назар. – Ҳаѐт ва мамот масаласи. Тошкент,
―Маънавият‖, 2006, 61-бет

  • Rusiyadagi barcha xalqlar barobar. ―Qonunda har bir millat hurriyati diniya, hurriyati shaxsiya, hurriyati ijtimoiya, hurriyati ittifoqiya asosida hayot kechirmog‗i kafolatlanishi‖ zarur;

  • har bir qonun xalq saylagan vakillar qaroriga muvofiq qabul qilinishi, xalq vakillari xohlamagan eski zakunlar isloh etilishi lozim.

Siyosiy partiyalar xususidagi fikrlarini xulosalar ekan, Behbudiy ziyoli yurtdoshlarini Vatan va millat sha'ni yo‗lida shaxsiy g‗araz va nafsoniyatdan yuqori turishga da'vat etadi. ―Turkistonning muhtaram muallif, muharrirlari g‗araz, nafsoniy hasad, bahs va munozarai shaxsiyalarini tark etib, shu maslak va shu jamiyatg‗a tobe va xodim bo‗lmoqlari xizmati din va davlat, obro‗yi Vatan va millatdur‖32, deb yozgan edi u.
Behbudiy siyosat bobida nainki yetuk nazariyotchi, zo‗r amaliyotchi ham bo‗lganini ta'kidlagan edik. Birgina misol. U 1907 yildayoq (Turkiston muxtoriyati e'lon qilinishidan o‗n yil oldin!) ―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖ni tuzib, ko‗rib chiqish uchun Rusiya Davlat Dumasiga taqdim etgan edi. Mazkur loyihani 2001 yili Haarlemda (Hollandiya) nashr etilgan ―Turkistonda yangilik harakatlari va ixtilollar. 1900-1924‖ nomli to‗plamdagi matn asosida o‗zbek matbuotida ilk marta professor Begali Qosimov e'lon qilgan.33
Mana, u mazkur loyihada nimalarni yozadi: ―Millatimizi iste'dodsiz va idorai doxiliya va aftonomiyani(ng) ijro va hifzig‗a qodir emas zam eduvchilar (gumon qiluvchilar, albatta xato edarlar. Ovrupoyi rus musulmonlaridan ziyodaroq aftonimiyani Turkistong‗a berilmog‗i lozimdur. Azbaski (chunki), turkistonlilar hanuz doxilan o‗zini o‗zi idora edar. Va ovrupoyi Rusiyadagi qardoshlarimizdan ixtiyorlidurlar‖.
E'tirof etish kerak, ―Turkistonga avtonomiya berilmog‗i lozim‖ ekani haqida Rusiya Davlat Dumasiga murojaatnoma yozish, hatto uning bandmaband



32 Маҳмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. 3-нашри. (Нашрга тайѐрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Қосимов). Тошкент, ―Маънавият‖, 2006, 150-бет.
33 Қосимов Б. Беҳбудийнинг ―Туркистон маданий мухторияти лойиҳаси ҳақида. //―Жаҳон адабиѐти‖, 2003, 8- сон, 146-156-бетлар. (Бундан кейин ушбу манбадан олинган иқтибосларнинг саҳифаси қавс ичида
кўрсатилади).
tuzilgan loyihasini taqdim etish o‗sha mustabid tuzum sharoitida chinakam jasorat edi.
Professor Begali Qosimov to‗g‗ri ta'kidlaganidek, ―Tabiiyki, madaniy muxtoriyat tushunchasi siyosiy, iqtisodiy mustaqillik da'vosini o‗z oldiga qo‗ymaydi. Millatning milliy-madaniy turmushiga rioya etilishinigina talab qiladi. Va shu orqali uning o‗zligini saqlab qolish umidi bilan yashaydi. Bu mustaqillikka tomon qo‗yiladigan birinchi qadam edi, xolos‖.
Shunga qaramay, Behbudiy ilgari surgan talablar ma'lum ma'noda siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Loyihaning dastlabki bandidayoq ―Davlat Dumasi uchun Turkistonning adadi nufusi islomiyasig‗a (musulmon aholi soniga) mutanosib vakil saylansun‖ deyilishi ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. 1907 yil yanvar-fevralida 2- Davlat Dumasiga bo‗lgan saylovlarda qariyb besh yarim millionlik tubjoy aholidan 6, bir hovuch (322 ming) rusiyzabonlardan 7 kishi saylangani ham Behbudiyning
―adadi nufusi islomiyag‗a mutanosib‖(!) vakillar saylanishi haqidagi talabi nechog‗li o‗rinli bo‗lgani dalilidir.
Loyihaning qimmatli jihatlaridan yana biri shundaki, Behbudiy Davlat Dumasiga Umumrusiya musulmonlari diniy va hayotiy ishlari boshqaruvining ancha mukammal tizimini tavsiya etadi. Uning fikricha, bu tizim quyidagicha bo‗lishi kerak edi:

  • Peterburgda bir mahkamai islomiya barpo etilishi zarur;

  • bu mahkamaga diniy va zamonaviy ilmga mohir muslim saylov asosida muayyan vaqt rahbarlik qilmog‗i lozim;

  • bu muassasaning moddiy va ma'naviy ta'minoti Rusiya musulmonlari ittifoqi a'zolari hamda Davlat Dumasidagi musulmon fraksiyasi vakillari maslahatiga asosan amalga oshirilmog‗i kerak;

  • Toshkentda Turkiston Idorai ruhoniya va doxiliyasi tashkil etilmog‗i, unga ―birinchi daraja ulamo sinfidan shariat va zamondan xabardor kishi saylov ila besh yil muddatga tayinlanib, shayxulislom atalishi‖ zarur;

  • har bir viloyatda Turkiston Idorai ruhoniya va doxiliyasining shu'basi va huquqiy hukm va talablarni o‗rniga keltiruvchi ijroiya mahkamasi tashkil etilishi lozim.

Behbudiyning chinakam siyosatdonligi yana shunda ko‗rinadiki, u Turkiston Idorai ruhoniya va doxiliya mahkamasi va shu'balarida faoliyat yurituvchi mas'ul shaxslar tarkibi haqida aniq tavsiyalar berish barobarida o‗lkada yashovchi shia mazhabi vakillari, shuningdek, yahudiylar masalalarini ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Jumladan, uning fikricha, ―Turkiston Idorai ruhoniya va doxiliyasida hama yerli yahudiylardan saylov ila bir nafar yahudiy olimi ishtirok edar‖. Shuningdek, ―...shi'atul mazhab musulmonlarini(ng) faqat rusumi mazhabiyalari to‗g‗risinda oid teyishli fatvolarni Zakavkaz shi'a shayxulislom majlisindan so‗rab, ul qarorg‗a muvofiq shi'alar ila rusumi mazhabiya haqinda muomala edar. Boshqa vajhg‗a sunniy ila shi'a orasig‗a farq bo‗lmasa kerak‖.
Ushbu fikrlarga tayanib, Behbudiy tuzgan ―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖da o‗lkada yashovchi o‗zga din va mazhabdagi kishilar huquqini ham to‗liq kafolatlash nazarda tutilgan, deyish mumkin. Bu, o‗z navbatida, Behbudiy millat va milliyat masalalarini mezon deb bilar ekan, boshqalar huquqini kamsitishdan, azamattalablik (shovinistik) qarashlardan ancha baland turganini ko‗rsatadi.
Loyihada, bundan tashqari, quyidagi e'tiborga molik talablar ilgari surilgan:

  • qozixona doirasidagi barcha hujjatlar mahalliy tilda yozilishi kerakligi;

  • Rusiya adliya mahkamalari sayloviga va undagi mansablarga saylanmoqqa musulmonlar haqli bo‗lishi;

  • Turkiston maishatidan xabarsiz yuristlarning Turkiston adliya mahkamalariga hokim tayinlanmasligi;

  • mavjud qattiq nizomlar va chinovniklarga berilgan hadsiz ixtiyor bekor qilinishi;

  • Turkiston maktab va madrasalari hukumat nazoratidan ozod etilishi;

  • umumiy o‗rta va oliy maktablarga musulmonlardan komissiya tayinlanishi, rus harfini musulmon maktabiga joriy etmaslik;

  • Turkiston xalqi talab qilmaguncha Turkistonga muhojir yuborilmasligi;

  • Turkiston shaharlari ichidagi yerlar xoh muvaqqatan, xoh abadiy bo‗lsun, g‗ayrimusulmonlarga berilmasligi.

―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖ yozilgan davrdagi murakkab va ziddiyatli siyosiy vaziyat e'tiborga olinsa, bunday talablarni qo‗yish, yana uni Davlat Dumasiga taqdim etish boshni kundaga qo‗yish bilan barobar bo‗lganini his etish mumkin.
Ham nazariyotchi, ham amaliyotchi sifatida o‗z davrining yetuk siyosatdoni bo‗lgan Mahmudxo‗ja Behbudiy shuning uchun ham 1917 yil 16 noyabrida e'lon qilingan Turkiston muxtoriyatining – mustaqillik sari qo‗yilgan dadil qadamning faol tashabbuskorlaridan, ma'naviy rahnamolaridan bo‗ldi. U bunday deb yozgan edi: ―27 noyabrda Qo‗qonda Turkiston muxtoriyati umumiy musulmon s'ezdida e'lon qilindi. Muborak va xayrli bo‗lsun! Kamina ham majlisda bo‗lushdan iftixor etaman. Yashasun Turkiston muxtoriyati!‖ Bu so‗zlar ulug‗ millatparvarning qalb nidosi edi.
Behbudiy Turkistondagi barcha xalqlarni, tilidan, diniy mansubligidan qat'i nazar, ittifoq bo‗lishga, umumiy manfaat yo‗lida birlashishga, Turkiston muxtoriyatini saqlab qolishga chaqirdi. Bu jihatdan uning qozoq birodarlarga yozgan ochiq xati alohida qiymatga ega.
―Bovurlar! – deb yozgan edi u. – Bilingki, hozirda Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat e'lon qilindi va siz bilingki, haq olinur, lekin berilmas. Inchunun, muxtoriyatda olinur, lekin berilmas. Ya'ni muxtoriyatni Turkiston bolalarining o‗zi birlashib, g‗ayrat ila olurlar. Albatta, boshqalar tarafidan berilmas. Boshqalarning qo‗lidan kelsa, bermaslar. Biz bo‗shlik qilsak va Turkistondagi xalqlar birlashib, muxtoriyat yo‗liga sa'y qilmasak, albatta, hozirgi qog‗oz ustidagi muxtoriyatimizni ham yo‗q qilurlar. Bul albatta shundaydur va bul so‗zga hyech kim ixtilof qilolmaydur... Endi ishlar shu holda ekan, biz hammamiz, ya'ni qirg‗iz, qozoq, o‗zbek, turkman, arab, fors, xullas, Turkistondagi,
Qozog‗istondagi va Turkmanistondagi barcha musulmonlar va ham mundagi yahudiy va xristianlar birlashib, ittifoq ila shu muxtoriyatning amalg‗a kelishiga sa'y va ehtimom etmog‗imiz lozimdir...‖.
Mahmudxo‗ja Behbudiy shunday yoniq, haroratli so‗zlarni yozar ekan, dunyodagi boshqa xalqlar hamjihatlikka nechog‗li intilayotganini misol keltiradi. Turkistonliklarni ulardan o‗rnak olishga da'vat etadi, aks holda oqibat qanday bo‗lishi mumkinligini aytib, quyidagicha ogohlantiradi:
―Chirog‗larim! Boshqa xalqlar, masalan, serblar, italyanlar, armanilar, slavyanlar, polyaklar va boshqalar, hatto dunyoning u bir uchidagi qarindoshlari ila birlashur ekanlar, boshqa katta va quvvatli davlatlarga tobe bo‗lub, yutulub, hatto tilini yo‗qotgan o‗z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoqg‗a jon va kuchlarini sarf etar ekanlar, biz o‗z ichimizdagi qarindoshlarimizdan ayrilsak uyatdur, ahmoqlikdur, millat tomurig‗a bolta urmoqlikdur‖.
Behbudiyning aytgani bo‗ldi. ―Boshqalar‖ Turkistonga muxtoriyat berishni xohlamadi. Turkistonliklarda birlashmadi. Natijada, muxtoriyat boy berildi, qonga botirildi. Ko‗p o‗tmay, 1919 yili butun ongli hayotini Vatan va millat ozodligi yo‗liga bag‗ishlagan Behbudiyning o‗zi ham mahv etildi. Lekin adibning uyg‗oq ruhi mudom biz bilan birgadir! Zamondoshi, safdoshi Hoji Muin ta'biri bilan aytganda, ―uyg‗onish davri o‗zbek adabiyotida birinchi o‗rinni olurga loyiq‖ adibning asarlari bugun ham milliy-ma'naviy yuksalishga xizmat qilmoqda.

XULOSA


Mahmudxo‗ja Behbudiy publitsistikasida millat va milliyat masalalarining yoritilishi masalasi tahlil etilgan ushbu bitiruv malakaviy ishi yuzasidan olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Ma'rifatparvar jadidlar, jumladan Turkiston jadidlarining rahnamosi Mahmudxo‗ja Behbudiy o‗z publisistik asarlarida millat va milliyat masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Adib publitsistikasida millatning o‗sha davrdagi ahvolini isloh qilish, uni uyg‗otish, taraqqiy etgan millatlar darajasiga olib chiqish kabi dolzarb muammolar ko‗tarib chiqildi. Mutafakkirning ―Bizni kemirguvchi illatlar‖,

―Muhtaram yoshlarg‗a murojaat‖, ―A'molimiz yoinki murodimiz‖, ―Ikki emas, to‗rt til lozim‖, ―Til masalasi‖ kabi maqolalarida bu muammo, ayniqsa, chuqur tahlil etildi.

  1. Mahmudxo‗ja Behbudiy publisistik asarlarida milliy g‗oya – millatga o‗zligini anglatish, uni taraqqiy etgan xalqlar darajasiga yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Vatan va millat taraqqiyotiga to‗siq bo‗layotgan illatlar qattiq tanqid qilindi. Zamon talablaridan kelib chiqib, millat hayotining barcha jabhalarini isloh qilish masalasi kun tartibiga qo‗yildi. Milliy matbuot ana shu maqsadga xizmat qildirildi.

  2. Behbudiy Vatan va millat taraqqiyotini ta'minlashning muhim yo‗li sifatida tarixni o‗rganish masalasiga alohida diqqat qaratdi. ―Turkiston tarixi kerak‖, ―Sart so‗zi majhuldir‖ singari maqolalarida Vatanning shonli o‗tmishiga nazar soldi. Yangi avlodda buyuk ajdodlar erishgan yuksalishga intilish tuyg‗usini uyg‗otish zarurligini his qildi. Publisistik asarlarini ana shu maqsadga xizmat qildirdi.

  3. Publisistik asarlarida Mahmudxo‗ja Behbudiy tarixga murojaat, xalqimizning buyuk o‗tmishini o‗rganish, moziyda Vatanimiz taraqqiyotini ta'minlagan jihatlardan saboq olish, shu orqali rivojlangan millatlar darajasiga ko‗tarilish kabi masalalarni keng yoritdi. Bu jihatdan Mahmudxo‗ja Behbudiy fikrlari ustozi Ismoilbek Gasprinskiy, zamondoshi Ahmad Zaki Validiy qarashlari bilan har jihatdan hamohangdir.

  4. Boshqa jadidlar singari Mahmudxo‗ja Behbudiy ham milliyat deganda milliy til, milliy qadriyatlar, uning sha'ni, sharafi kabi masalalarni tushundi. O‗sha davr sharoitidan kelib chiqib, ikki emas to‗rt til – turkiy, forsiy, arabiy va rusiy zarurligi haqida yozish barobarida milliy til ravnaqi uchun kuyindi. ―Sart so‗zi majhuldir‖, ―Sart so‗zi ma'lum bo‗lmadi‖ singari publisistik maqolalarida shonli o‗tmishga ega turkiy millatni ―sart‖ deb atashlariga e'tiroz bildirdi. Adibning bu boradagi qarashlari bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

  5. ―Kitobi muntaxabi jug‗rofiyai umumiy va namunai jug‗rofiya‖ darsligida Behbudiy o‗sha davrdagi boshqaruv usullari haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi. Zero, millat yoshlarining siyosiy ongini yuksaltirish, avlod dunyoqarashini o‗stirish ziyolilar oldida turgan dolzarb vazifalardan, taraqqiyotning muhim omillaridan edi. Behbudiy o‗sha davrga xos uch xil boshqaruv usuli haqida yozadi:

  1. idorai mustaqalla (idorai mutlaqa); 2) idorai mashruta; 3) idorai jumhuriyat.

Davlat boshqaruvi usullarini tahlil etar ekan, Mahmudxo‗ja Behbudiy
―idorai mustaqalla‖ – monarxiya usulini qoralaydi, konstitutsiyaga asoslangan boshqaruvni o‗zida mujassam etgan idorai jumhuriyat tarafdori ekanini bildiradi. Adibning bu qarashlari uning siyosiy tafakkuri yetuk bo‗lganini ko‗rsatishi barobarida, Vatan va millat manfaatini har narsadan ustun bilganini ko‗rsatadi.

  1. Behbudiy siyosat bobida nainki yetuk nazariyotchi, zo‗r amaliyotchi ham bo‗lgan. Buyuk ma'rifatparvarning 1907 yili, Turkiston muxtoriyati e'lon qilinishidan o‗n yil oldin, ―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖ni tuzib, ko‗rib chiqish uchun Rusiya Davlat Dumasiga taqdim etganligi bu fikrni tasdiqlaydi.

Ulug‗ mutafakkir tuzgan ―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖da o‗lkada yashovchi musulmonlar bilan bir qatorda o‗zga din va mazhabdagi kishilar huquqini ham to‗liq kafolatlash nazarda tutilgan edi. Bu esa, o‗z navbatida, Behbudiy millat va milliyat masalalarini mezon deb bilar ekan, boshqalar huquqini kamsitishdan ancha baland turganidan, masalaga, bugungi ibora bilan aytganda, umuminsoniy mezonlardan turib yondashganidan dalolat beradi.

  1. ―Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi‖da qozixona doirasidagi barcha hujjatlar mahalliy tilda yozilishi kerakligidan Rusiya adliya mahkamalari sayloviga va undagi mansablarga saylanmoqqa musulmonlar haqli bo‗lishigacha, Turkiston maishatidan xabarsiz yuristlarning Turkiston adliya mahkamalariga hokim tayinlanmasligi zarurligidan Turkiston maktab va madrasalari hukumat nazoratidan ozod etilishi-yu rus harfini musulmon maktabiga joriy etmaslikkacha, Turkiston xalqi talab qilmaguncha Turkistonga muhojir yuborilmasligi talabidan Turkiston shaharlari ichidagi yerlar xoh muvaqqatan, xoh abadiy bo‗lsun, g‗ayrimusulmonlarga berilmasligi kerakligigacha keng miqyosdagi masalalar kun tartibiga qo‗yilgan edi.

Ta'kidlash kerakki, Mahmudxo‗ja Behbudiy yashagan mustabid tuzum sharoitida ―Turkistonga avtonomiya berilmog‗i lozim‖ligi haqida Rusiya Davlat Dumasiga murojaatnoma yozish, hatto uning bandmaband tuzilgan loyihasini taqdim etish chinakam jasorat edi.

  1. Mahmudxo‗ja Behbudiy Turkiston muxtoriyati g‗oyasining nafaqat nazariyotchisi, balki tashkilotchilaridan biri sifatida maydonga chiqdi. 1917 yil 16 noyabrida e'lon qilingan Turkiston muxtoriyatining – mustaqillik sari qo‗yilgan dadil qadamning faol tashabbuskorlaridan, ma'naviy rahnamolaridan bo‗ldi. Mahmudxo‗ja Behbudiy nafaqat qirg‗iz, qozoq, o‗zbek, turkman singari turkiy millat vakillari, balki arab, fors, Turkistondagi, Qozog‗istondagi va Turkmanistondagi barcha musulmonlar, hatto yahudiy va xristianlar birlashib, ittifoq bilan muxtoriyatni amalga oshirishi va saqlab qolishi zarurligi haqida chaqiriq bilan chiqdi.

  2. Behbudiy Turkistondagi barcha xalqlarni, tilidan, diniy mansubligidan qat'i nazar, ittifoq bo‗lishga, umumiy manfaat yo‗lida birlashishga, Turkiston muxtoriyatini saqlab qolishga chaqirdi. Qozoq birodarlariga murojaat etib ochiq xat yozar ekan, barchani ittifoq bo‗lishga chaqirdi. Haq berilmasligi, balki olinishini uqtirdi. Boshqa xalqlar, masalan, serblar, italyanlar, armanilar, slavyanlar, polyaklar va boshqalar, hatto dunyoning u bir uchidagi qarindoshlari bilan birlashishini, o‗zga katta va quvvatli davlatlarga tobe bo‗lub, yutilib, hatto

tilini yo‗qotgan o‗z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoq uchun jon va kuchlarini sarf etar ekan, shonli o‗tmishga ega turkiylar o‗z ichidagi qarindoshlarimizdan ayrilishi uyat, ahmoqlik, millat tomiriga bolta urish bo‗lishini ta'kidladi.

  1. Mahmudxo‗ja Behbudiyning publisistik merosi millat va milliyat masalalari keng yoritilganligi jihatidan milliy o‗zlikni saqlash, milliy ma'rifatning yuksalishi kabi o‗lmas g‗oyalarni o‗zida mujassam etganligi bilan bugungi kunda ham alohida ahamiyatga ega. Adibning bu boradagi qarashlari o‗rganish zamonamiz yoshlari qalbida Vatan va millatga muhabbat tuyg‗usini kuchaytirishga, bu orqali mamlakatimiz kelajagining nurli bo‗lishiga xizma qiladi.

Yüklə 116,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə