Mahsulotlari tovarshunosligi


Likyor-aroq mahsulotlarining assortimenti



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə64/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Likyor-aroq mahsulotlarining assortimenti.



Mahsulot nomi

Miqdori, %

spirt

qand

Likyorlar:







Kuchli

30—45

28,0—50,0

Desert

25-60

30,0—45,0

Kremlar

20-23

49,0—69,0

Damlamalar:







Shirin

16—25

8,0—30,0

Sal shirin

25-60

,

,


Kuchli achchiq

35—75

0—5,4

Kam quvvatli achchiq

27—28



Balzamlar

45



Nalivkalar

18—20

28,0—40,0

Punshlar

16—18

32,0—39,0

Desert ichimliklar

12—16

15—35

Aperitivlar

17—45

7,0—25,0

Rom. Viski.


Rom. Bu ichimlik rom spirtidan tayyorlanib, kuchli spirtli ichimliklar qatoriga kiradi. Rom spirti shakarqamish sharbatini va shakarqamishdan shakar olingandan keyin qoladigan massalarni bijg‘itish, so‘ngra esa bijg‘igan xomashyoni murakkab usullar bilan haydash natijasida olinadi. Hosil bo‘lgan spirt eman yog‘ochidan qilingan bochkalarga solinib, yetilish uchun 4—5 yil davomida ushlab turiladi. Uzoq muddat ushlab turilganda rom spirti va uning tarkibidagi moddalarning eman bochkasining o‘zidagi oshlovchi, bo‘yoq va xushbo‘ylik beruvchi moddalarining bir-biri bilan o‘zaro ta’siri natijasida rom spirti yetilib, o‘ziga xos rang, yoqimli ta’m, hid paydo qiladi.
Yetilgan rom spirti distillangan suv, qand, sharbat, qora olxo‘ri morsi va murakkab efirlar eritmalari bilan aralashtiriladi. So‘ng rom suzilib, idishlarga quyiladi.

Konyaklar




Konyaklar vatani Fransiya hisoblanadi. Dastlab konyaklar 1620-yilda
Fransiyaning Konyak shahrida ishlab chiqarila boshlagan. Konyaklar konyak spirtiga distillangan suv, qand sharbati, koler qo‘shib tayyorlanadi. Konyak spirti esa maxsus uzum navlaridan tayyorlangan xo‘raki vinolarni haydab olingan xom spirtni yana qayta haydash natijasida olinadi. Bunda kuchliligi 62—70% bo‘lgan spirt hosil qilinadi. Keyin esa ana shu spirtni eman yog‘ochdan tayyorlangan bochkalarga yoki eman tayoqchalari tushirilgan emallangan idishlarga quyib, 3 yildan 10 yilgacha va bundan ham ortiq tutib turiladi. Uzoq vaqt ushlab turilganda konyak spirti eman yog‘ochi tarkibidagi oshlovchi, bo‘yoq, kislotalar va xushbo‘ylik beruvchi moddalarni chiqarib oladi va konyakning xushbo‘yligini ta’minlovchi murakkab efirlarni hosil qiladi. Bu yerda boshqa oksidlanish- qaytarilish jarayonlari natijasida konyakning yoqimli ta’mi va xushbo‘y hidini ta’minlovchi xilma-xil yangi moddalar ham hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar juda sekinlik bilan bir necha yillar mobaynida ro‘y beradi.




  1. Choy xususiyatlarini ayting?




Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə