Maktabgacha pedagogik akmeologiya


Diagnostikada tanlovni ko‘rilishning spetsifikasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə12/59
tarix08.02.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#100412
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Maktabgacha pedagogik akmeologiya

6. Diagnostikada tanlovni ko‘rilishning spetsifikasi
Tanlash maqsadi obyektlarni jadal yig‘indisini tadqiqlash massivini maksimal reprezentatsiya qilishga erishishdir. Bunda asosiy parametrlar bo‘yicha tekshiruv tarkibi ma’lum proporsiyalar bo‘yicha jadal to‘plamga yaqinlashib borishi zarur.
Qat’iy rezentatsiyaga erishish murakkab bo‘lgani uchun ma’lumotlar analizini asosiy yo‘nalishlariga mos tanlovlarini qurish kerak.
Massiv hisoblar bilan shug‘ullanmasdan boshqa tadqiqotlarni ushbu sohadagi hisoblarga murojaat etish kerak. Misol uchun V.I. Paniotto 5 % xatoga yo‘l qo‘ygan holda prezentativ tanlovni quyidagi hisobini keltiradi:
Ma’lum stabilizatsiya va jamiyatni ijtimoiy bir tabaqaga sharoitida
bu tanlov hisobi (odnorodnosti) xarakterlaydi.
Davrimizda fanning asosiy e’tibori mikro ijtimoiy, ijtimoiy- psixologik jarayonlarga mikromuhit shaxsni o‘zini- o‘zi namoyon etish muammolariga va boshqalariga qaratilgan. Bu kuzatuv birligi sifatida respendensiyalarini kichik guruhlarini tashkil qilish ko‘nikmasi bo‘lishni tahlil etadi. Shuning uchun tanlov qurilishi boshqa aktualroq yo‘li mavjud: ammo qoidaga muvofiq (logik) tanlovlar reprezentativ emasligiga qaramay jadal yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmagan holda mantiqiy kostruktorlash yo‘lidir. Misol diagnostikani titrial logik darajasida biz erkak va ayol, oilali va bo‘ydoq bolali va bolasiz va boshqa tanlovlar hisobida proporsional munosabatlardan foydalandik natijada umumsayuz va Rossiyaning diagnostik tekshiruvlarga aprobatsiya qilingan quyidagi tanlov miqdorini oldik.
100- respodent- millioner shaharlar uchun
70- respodent- yirik shaharlar uchun (300 ming- 1 mln. gacha)
50- respodent- o‘rta shaharlar uchun (100 ming- 300 ming)
35- respodent- kichik shaharlar , shaharcha, qishloqlar uchun

  1. Yaxshi aprobatsiyalangan va biz tomondan tadqiqotlarda tez- tez qo‘llaniladigan tanlov “O‘rta arifmetik” degan nomni oldi. Anketaning yoki intervyuning oxirgi blokiga ko‘pincha taalluqli ijtimoiy demografik ko‘rsatkichlardan xar biri “O‘z haqingizda ma’lumot”da belgilarni eng ahamiyatlisi tanlab olinadi.

  2. Misol: standart yoshi shkalasi ko‘pincha 7- 8 yoshni guruhidan iborat. Davlat xizmatchilarini shaxsiy professional rivojlanishi tadqiqoti tekshirish uchun general yig‘iniga uchun tipik bo‘lgan yoshliklarini ajratib olish muhimdir.

  3. Misol uchun 3 ta yoshi kategoriyasi; yoshlar, 30 va 40 yoshlilar va pensiya yoshiga yaqin qariyalar. Ta’lim darajasi shkalasidan biz 2 ta belgini: o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli. Kasbiy lavozim ko‘rsatkichidan, ya’ni respondentni ijtimoiy ahvolini belgilovchi 3 ta belgini ajratamiz. “Oilaviy ahvol” ko‘rsatkichi bo‘yicha oilaning mavjudligining o‘zi muhimdir, shuning uchun 2 belgi (“ha” va “yo‘q”) ajratamiz va h.k.

  4. Yoshi – uchta belgi

  5. Ma’lumoti – ikkita belgi

  6. Ijtimoiy ahvoli – ikkita belgi

  7. Oilaviy ahvoli – ikkita belgi

(1*3) + (2*2) + (3*3) + (4*2) = 24

  1. 24 kishi oz bo‘lsa-da yetarli, bu vokal so‘rov uchun asoslangan guruh. Keyin so‘rov olib borishni joyi texnik yo‘l tanlanadi va u 24 ku ko‘paytiriladi. Misol uchun 24*3, bu yerda 3, uchta tashkilotni yoki territorial boshqaruvni uchta darajasini (oblasti, shahar, rayon) bildiradi. Demak tanlov yig‘indisi jami 72 kishi bo‘ladi.

  2. Tanlovni bunday konstruktorlab unga qo‘yiladigan talabga javob bermog‘i kerak.

  3. Tanlov birinchi navbatda o‘rganilayotgan obyektni sifatli vakilligini ta’minlashi darkor

  4. Tanlov soni o‘rganilayotgan obyektni turli yoki uni odnorodnosti darajasidagi raznorod bog‘liq bo‘ladi. Qanchalik u odnorod bo‘lsa tanlov kam, qanchalik u raznorod shunchalik belgilarning soniga qarab ko‘p bo‘ladi, va har bir ko‘rsatkichni ajratish kerak, shunda tanlov ko‘p bo‘ladi.

  5. Rezyume

  6. Diagnoz obyekti har doim protsessual o‘zgarishda turadi. Shuning uchun obyektni holati haqidagi yakun bir tarafdan harakatchanligi, o‘zgaruvchanligi, o‘zlashtirilmaganligi va ikkinchi tomondan barqarorligi, stabilligi, o‘zlashtirilganligi jihatdan baholar oladi.

  7. Diagnozni uchta tipi ajratiladi:

  8. obyektni normadan chetga chiqayotganini o‘rnatuvchi

  9. obyektni u yoki bu sinfga, tipga, guruhga mansubligini belgilovchi

  10. obyektni unikal holat sifatida, ya’ni uni xususiyatlarini yoritib beruvchi, qoidaga muvofiq diagnostik tekshiruv diagnozini uchta tipini o‘z ichiga oladi.

  1. O‘zgarayotgan obyektlarni spetsifikatsiyaga qobiliyati mana shunday o‘zini-o‘zi belgilash, identifikatlash, qayta (takroriy) ishlash, o‘zaro harakat va h.k. xarakteristikalarga ega.

  2. Shunday yo‘l bilan, diagnostika ilmiy bilim instrumentidan o‘zgaruvchanlik, amaliy faoliyatni konstruktorlash protseduralariga aylanadi.

  3. Faoliyatni konkret sohasining shaxsiylik – professionallik rivojlanishda muammoli vaziyatlar diagnozi quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanishi mumkin: o‘zgaruvchanlik darajasi (uroven), odamni o‘zgarishlar intensivligiga munosabati; o‘zgarishlar yo‘nalishi (o‘zgarishlar zonasi va maksimal ta’siri, odamni unga munosabati), potensial nizomi, vaziyatlar va kuchlanishni darajasi va lokalizatsiyalash, keskinliklar zonasida aktivlik formasi va darajasi (passiv, nizom, konstruktiv), keskinliklar zonasida ishlatilayotgan vositalarni baholash, (adaptiv, chetdan olingan namuna va resurslar, o‘z resurslari bazasida yangi vositalar yaratilayotgan) qadriyatli ko‘rsatmalar sohasidagi o‘zgarishlarga odamni munosabati va ustuvorliklarni bahosi (o‘zgarishlarga yoki saqlanib qolishga yo‘nalganlik).

  4. Diagnostik baholashni dixotomik tamoyili o‘zgarish jarayonini yaxshi yoki yomon tomonga kuzatishni imkon beradi, obyektni asosiy holatini aniqlaydi va har bir holat uchun tashkillashtiradi; institutsional tashkiliy, tartiblangan holat, inqiroz, parchalanish, qayta o‘zgarish, holatni tartiblashtirish hamda “darajaviy” bahoni chiqaradi. (oliy, o‘rta, past)

  5. Diagnostika predmeti obyektni o‘zgarish jarayonini shartlovchi mexanizmlar va omillar harakatini o‘rganish hisoblanadi.

  6. Nazorat savollari va topshiriqlar.

  7. Diagnostikadagi asosiy konseptual yondashuvlar o‘zaro nimalar bilan farqlanadi (predmetli, muammoli, vaziyatli, tizimli – irsiy)?

  8. Akmeologik diagnostikaning asosiy muhim so‘zlarini aytib bering, izohlang?

  9. Diagnostikaning etapli (bosqichma-bosqich) vazifalarini gapirib bering.

  10. Diagnostikaning uchta asosiy tipini tushuntirib bering.

  11. Qandaydir tadqiqotni diagnostik tanlovini hisobini bajaring.

Adabiyotlar ro‘yxati



  1. Logika i klinicheskaya diagnostika. Kompyuternыy praktikum. M: Nauka 1994.

  2. Logika i klinicheskaya diagnostika. Teoreticheskiye osnovы. M: Nauka 1994

  3. Paniotto V. I. Kachestvo sotsialnoy informatsii. Kiyev 1986

  4. Ruslova ye. A. Diagnostika professionalnoy i mejlichnostnoy kommunikatsii: sotsionicheskiy podxod

  5. Razvitiye professionalnoy i psixologicheskoy kulturы gosudarstvennыx slujashix. M: RAGS 2000

  6. Ruslova ye. A. Sotsiokulturnaya diagnostika: teoretiko-metodologicheskiye i prikladnыe aspektы.

  7. Nauka o kulture. Itogi i perspektivы. M: 1998

Mavzu: Akmening umumiy tavsifi va o'ziga xosligi
Reja:
1.Akmesha[s tushunchasining tavsifi
2. Akmeshaxsni haqiqiy inson qilib yetishtirish muammosi
3. Hozirgi davrda akmeologiya obyekti
Tarix shundan saboq beradiki, qaysi bir davlat yoki jamiyat o‘zining moddiy boyliklarini ko‘paytirish bilan birga xalqining madaniyatini, insonning ma’naviy ehtiyojlari rivojlanishini o‘ylamas ekan, u albatta, inqirozga yuz tutadi.
Mamlakatimiz o’z Istiqlolining birinchi kunlaridanoq hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo’lgan, o’z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalashga katta ahamiyat berayotganligi buning dalilidir. Ayniqsa, Respublikamizning o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlaridanoq ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar va o’quvchi-talabalarni ijtimoiy himoyalash borasida talay ishlar qilinganligi mustaqil davlatimizning kelajagini belgilovchi yoshlar uchun qilinayotgan g’amxo’rlikning namunasidir.
Umuman olganda, akmeologiyada shaxsning axloqiy tarbiyasida eng avvalo, sog’lom turmush tarziga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, akmeshaxs sog’lom turmush tarzining ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatlariga suyangan holda rivojlanadi va yangicha mazmun-mohiyat kasb etib takomillashib boradi. Boshqalar bilan muloqot jarayonida inson o’zining o’zligini xuddi ko’zguda ko’rgandek anglab yetadi.

Akmeshaxsni haqiqiy inson qilib yetishtirish, ular turmush tarzida axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, aql-idrokni yaxshi xulq, yaxshi bilim, yaxshi amal bilan boyitish lozimligi jamiyatimiz ravnaqida muhim ahamiyat kasb etayotgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya ishining uyg’unligi va samaradorligiga bog’liqdir. YUrtboshimiz Islom Karimov «… oldimizda turgan eng muhim vazifa milliy g’oyamiz mazmun-mohiyatini teran anglagan holda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, yetuk dunyoqarash ruhida tarbiyalash, yangicha tafakkur qilishini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish dolzarb vazifa ekanligini anglab yetish tarafdorimiz», deydi. SHu bilan birga, iqtidorli bolalarga alohida maktab, litsey, gimnaziya va guruhlar tashkil etib, ularni eng zo’r bilimlar yaratishga o’rgatish lozimligini ham uqtirib o’tadi. YUrtboshimiz, agarda 20 yil ilgari shu talablarni bajarib, maxsus maktab va gimnaziyalarda eng yaxshi o’qituvchilarni yig’ib kechayu kunduz yangi Al-Xorazmiy, Beruniy, Bil Geytslarni yaratishni boshlasalar, bugun hosilini yig’ishni boshlardilar. YAngi innovatsiya va texnologiyalar yaratilib eksporti yevropaga yetib borar edi, degan g’oyani ilgari surgan. Hozircha esa, gasterbayterlar eksport qilinmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish ta’lim-tarbiya tizimida, ayniqsa, o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar olib borishni taqozo qiladi.


Hozirgi davrda akmeologiya obyekti sifatida yetuk inson aqliy xarakteristikasi, kasbiy faoliyat mahorati belgilari, omillari, odam mahorati qabul qilingan. Akmeologiyaning fan doirasi tekshiruvlarini markaziy ko‘rsatgichi bo‘lib mahsuldorlik tushunchasini ochib beruvchi kasbiy faoliyat kategoriyasi ko‘rsatiladi, shuningdek samarador faoliyat akmeologiya fanining tushuncha apparatini tashkil qiladi. Akmeologiyada tadqiqot obyekti yetuk shaxsdir. Akmeologiya fani yetuk inson rivojlanishida obyektiv va subyektiv omillarni, shaxsiy xayoti jarayonida yuksaklikka erishishini o‘rganadi. Akmeologiya katta odamlarning barcha yosh davrlarida ijodiy yetuk mutaxassis bulib shakllanishi va o‘z kasbiy akmesiga erishish yo‘llarini o‘rganishda insoniy qadriyatlarga tayanadi. Akmeologiya ijodiy yetuklik qonuniyatlari va odam akmesiga erishishi haqidagi fan sifatida psixologiya va uning asosiy yunalishlari bilan o‘zaro bog‘langan.
Shu o‘rinda yoshlarni akmeshaxs sifatida tarbiyalashning asosiy o‘zagi hisoblangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»da uzluksiz davom etadigan ta’lim-tarbiya jarayonini belgilovchi ta’limning birinchi bo‘g‘ini nihoyatda muhim. Bu ta’lim turiga har tomonlama ehtiyotkorlik, e’tiborlilik va mehribonlik bilan qarash alohida ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning III-bob 14-bandida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanparvarlik hissini shakllantirish asosiy vazifa etib belgilangan. Ya’ni, bolalarga ilk yoshdan boshlab uyda, mehmonda, bolalar bog‘chasida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, yechinib-kiyinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo‘lish, boshqalar mehnatini qadrlash, Vatanni ardoqlash, rostgo‘y bo‘lish, go‘zallikni sevish va go‘zallik yaratishga intilish kabi odatlarga o‘rgatish – ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni barkamol qilib voyaga yetkazishda, bir so‘z bilan aytganda akmeshaxslar darajasigacha yetkazishda insonparvarlik chashmalaridan, umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo‘lishlariga asosiy e’tiborimizni qaratmog‘imiz lozim. Bunda ma’naviyatdan «…oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, xalqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslini olganda, axloq – ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani»dir. Haqiqatdan ham, ma’naviy-axloqiy tarbiya – bu millat va jamiyat tomonidan yaratilgan barcha ruhiy va aqliy ne’matlarni shaxs tomonidan o‘zlashtirilib, undan foydalangan holda o‘z axloqini barkamollashtirishga erisha olishlik darajasini ko‘rsatuvchi mezondir.
Mustaqil vatanimizning ulkan umidi bo‘lgan yosh avlodni kelajakda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, o‘z Vatani va xalqini, oilasini sevuvchi insonlar qilib tarbiyalash, demokratik qadriyatlarni har bir akmeshaxs ongiga singdirish bizning asl maqsadlarimizdan biri hisoblanishi lozim. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda innovatsion muhitni yaratish, boshqacha aytganda maktabgacha ta’limda integratsiyaga asoslangan mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga erishiladi.
Demak, integratsiya – o‘qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirishdir. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha mashg‘ulotlar integratsiya holida tashkil etilsa bolalarning dars mashg‘ulotlaridan zerikishining oldi olinib, tafakkur doirasining yanada kengayishi va ular bilan qo‘shimcha shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ladi va shakllanayotgan ma’naviy-axloqiy sifatlar samaradorligi ortadi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin. Ta’limni boshqarish milliy siyosat asosida amalga oshirilmoqda. Zero, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda ijtimoiy-axloqiy muhitning yetakchi o‘rin egallashi va yangi jamiyat kishisi – «Akmeshaxs»ni shakllantirishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Milliy dastur asosida amaliyotda o‘z ifodasini topayotgan barkamol avlod yuksak darajada talabga javob beruvchi tarbiyaviy ishlarning yangi metod va vositalarining yoshlarga hayotiga keng kirib borishi, akmeshaxs qobiliyati, iste’dodi, izlanishi va yangilikka intilishi ruhida yashash imkoniyatini yaratmoqda. Yurtboshimizning ta’biri bilan aytganda, Fan samaradorligini sifat jihatdan oshirishga quruq da’vatlar bilangina erishish mumkin emas. Ilmiy kadrlarga munosabatni ham tubdan o‘zgartirish, ularning ijtimoiy maqomini qat’iyan oshirish, chuqur struktura o‘zgarishlari qilish zarur. Kadrlar tayyorlash jarayoniga bu kabi yondoshuv – bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli, desak aslo xato qilmagan bo‘lamiz.
Yuqorida qayd etilgan barcha vazifalar jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-axloqiy muhitning yaratilganlishi va uzluksiz ta’limning milliy konsepsiyasi talablari asosida islohotlarni amalga oshirish ta’lim islohotlarining ustuvor vazifalarini amalda tezroq o‘z ifodasini topishiga olib keladi.
Shaxs estetik tarbiyasida, insonning kasb- hunarni egallashida eng yuksak bosqichlariga yetish xozirgi zamon dolzarb masalasidir. Asosan insonning yetuklik, ijod cho‘qisi, kamolot va mukamallik darajasiga yetgan davri hamda rivojlanish jarayonini akmeologiya fani o‘rganadi. Shaxs estetik tarbiyasida akmeologiyaning o‘rni shundan iboratki moxiyatan inson kasb- hunarni bilimi orqali chuqur egallashi, kasbning jamiyat rivoji, millat ravnaqi turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy jixatlariga ijobiy ta’sir kuchaytirishga xizmat qilishini anglashi o‘z ijodiy faoliyatini burch va ma’suliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga intilish jixatlarini boshqa fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat.
Akmeologiya shu jixatdan falsafa, sotsiologiya, genetika, psixologiya, pedagogika, etika-estetika, madaniyat, gerentologiya fanlar bilan xamkorlikda o‘z yo‘nalishi, muammolari va ularning yechimlarini topishga qaratilgandir.
Etika va akmeologiya fanlari obektiv qonunlarga asoslangan holda kasb-hunar egalari ijodiy faoliyatining metodologik, texnologik va gumanitar (insonparvarlik) jixatlarini tadqiqot obekti sifatida o‘rganadi. Estetika va akmeologiya fanlarning asosiy yo‘nalishi bu shaxsning professionalizmini va bilishning yuqori bosqichini egallagan subekt sifatida mexnatini, muloqotini va ichkiruhiy guzalligini o‘rganishdir. Ular insonning turli yo‘nalishdagi professionalizm kuchini aniqlab beradi. Akmeologiya yo‘nalishdagi predmet fanda o‘zining noan’anaviy sintezi bilan ajralib turadi. Akmeologiya usullari xam umumiy fanlarda (rivojlanish usullari, texnologiyalar, vidiotrening jarayonlar) madaniy – ijtimoiy g‘oyalarning tiklanishi, iqtdorlaini ruhiy qo‘llab-quvvatlashdaniborat.
Akmeologiya olimlarning fikricha bu ilmiy tartib va ilmiy o‘zlashtirishdir. Ulardagi mavjud usullar quyidagilar:
-Yoshlar o‘zlarining ijod qobiliyatini qonuniy meyor orqali boshqara olish va bu jarayondagi faoliyatini yuqori cho‘qiga ko‘tarish.
-Shaxs estetikasi va intelektining yuqori bosqichga yetishdagi obektiv va subektiv birliklardagi va ziddiyatli ta’sir omillar.
-O‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tashkillashtirish va boshqarish.
Umumlashtirib aytganda qonuniy meyorlar asosida o‘z- o‘zini yo‘lga solish va qayta tiklash, tashqaridan yangi kasbidan va jamiyatdagi ilmiy yutuqlaridan, madaniyatdan, texnikadan va ichki ruhiyatini ham o‘zining qiziqishi, ehtiyoji va o‘zining qobiliyatini anglash o‘z yutuqlarini, kamchiligini o‘z faoliyatida ko‘ra olishdir.
Shaxs intelektida akmeologiya juda muhim o‘rin egallaydi. Shaxs hayotida o‘z-o‘rnini topish, shaxs darajasiga yetish o‘zi xoxlagan kasb-hunar egallashi xozirgi globalalshuv zamonida asosiy ahamiyat kasb etadi. Akmeologiya bu yangi yo‘nalish bo‘lib, insonning yangi qiralarini ochib beradi. 21 asr global-inqiroz muammolari paydo bo‘lgan paytda (ekologik, demografik va sotsiologik) zamon talablariga javob beruvchi yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish kerak. Buning asosiy yo‘li yangi yuqori informatsion texnologiyalarni yaratish, faqatgina an’anaviy tarzda emas, balki insoniyatni boshqa qiralarini ochib beruvchi hamda akmeologiyani rivojlantiruvchiyo‘nalishlar bo‘lishi kerak. Hozirgi fan –texnika rivojlangan davrda, shaxsning jamiyatdagi va tarixdagi roliga yetarlicha baho berilmagan. Uzoq davom etgan davrdan keyin uning statusi nafaqat jamiyatning e’tiborli tashkil etuvchisi, hatto uning progressiv taraqqiyot uchun muhim faktor sifatida gavdalanadigan bo‘ldi. Hozirgi kunda shaxs oldida ancha murakkab muammolar turadiki, ularga doir tayyor xollar hali mavjud emas. Shaxs o‘zini nafaqat malakali kasb egasi, balki nomuyan, ziddiyatlik va xavf-xatarli sharoitida ham fikrlay oladigan va harakat qila oladigan shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, passiv ijrochiga qarama-qarshi tura oladigan shaxs shakllanishi kerak. Mazkur ijtimoiy vaziyat akmeologiyaning rivojlanishi uchun ijtimoiy buyurtmadan iborat bo‘lib qoladiki, bu fan shaxsdagi bebaholiklar, uning rivojlanishi, o‘zining kasbiy faoliyatini va ijtimoiy rolini amalga oshirishi, to‘liq qimmatli hayot kechirishi haqidagi fandan iborat bo‘lib qoladi.
Akmeologiyaning asoschisi – Boris Gerasimovich Ananyev bo‘lib, u mazkur fanning asosiy g‘oyasini shaxs oliy yutuqlari hayotining “cho‘qqisi”ni o‘rganishni shakllantirdi. U odam haqidagi bilim muammosini rivojlantirgan holda, shaxs rivojlanishi jarayonini xarakterlovchi qonuniyatlar, mexanizmlar va fenomenlarni o‘rganish yuzasidanbir qancha kompleks vazifani ilgari surdi. Akmeologiya va unga yaqin fanlar tomonidan o‘rganiladigan barcha ma’lumot shaxsning manfaatiga, uning rivojlanishi va munosabatlarini o‘yg‘unlashtirishga yo‘nalgandir. Akmeologiyada sinergetik yondashuvning qo‘llanishi ushbu savollarga javob berishga imkon beradi: kishining o‘z-o‘zini tashkil etishi, tarbiyalashi, aktuallanishi qanday boradi, e’tirof etilgan yuksaklikka u qanday erisha oladi. Bu o‘z navbatida kishining rivojlanishi va hayotiy yo‘lining to‘g‘ri odelini yasashga imkon yaratadi va shu jarayonda muvovfaqqiyatga erishishiga olib keladi.
O‘zbekiston yoshlari 21 asrda yashar ekan, inson tug‘ilishi, o‘sib ulg‘ayishi jarayonida dunyo sirlaridan xabardor bo‘lib, ilm o‘rgana boshlaydi. Akmeologiya mazmun moxiyati va ijtimoiy- estetik, falsafiy axamiyatini anglash xar bir kishidan ilm-fanni chuqur egallashi, o‘z qobiliyatini to‘la namoyon qila olish xarakter va saloxiyatini xisobga olgan holda ma’suliyat va ishonch bilan kasb-hunar tanlash unga mexr- muxabbat e’tiqod bilan yondashishni ta’lab qiladi. Akmeologiya inson haqidagi fan bo‘lib, u insonning meyoriy qonunlar mexanizmini yetuklik davridagi rivojlanish usullarini, o‘zini anglash, o‘z maqsadi, mukammalligini va o‘z –o‘zini boshqarishni o‘rgatuvchi fandir. Bu fanlarning asl maqsadi shaxsning individual ravishda jarayonlarni o‘rganishi, shaxs bo‘lib rivojlanishi va mukammallikka etish yo‘lidagi ijodiy usullarni o‘rganishdir. Shu bosqichdan o‘tayotgan shaxsni o‘rganib insonning makrotavsifi o‘rtasidagi o‘zaro aloqasini ko‘rsatib, uning individ, shaxsligini turli xil dalillar bilan asoslab beradi.
Hozirgi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanayotgan bir paytda shaxs estetik tarbiyasining akmeologik jixatlarini shakllantirishmuhim axamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda 21 asr intelektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi va fuqarolik jamiyati rivojlanayotganini e’tiborga olgan xolda Vatanimiz yigit qizlarini xar tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng qo‘llamli chora tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadidir. Akmeologiyani yoshlarda bilim cho‘qilarini egalashda, kamol topishda , jamiyat xayotida o‘z ijodlarini namoyon eta olishga ta’lim tizimini yaratib beradi. Zero, Istiqlol yillarida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik, navqiron avlodni iqtidorli va istedodli vakillarini qullab- quvvatlash mamlakatimizda ustuvor masalaga aylanganligi yangi ta’lim yo‘nalishlarini o‘rganishiga va akmeologiya singari yangi fanlarning paydo bo‘lishiga undaydi. Biz yoshlar doimiy izlanishda bo‘lib, ana shunday zamon talablariga javob beruvchi insonning eng oliy tafakkurini ochib beruvchi fanlarni o‘rganishimiz va ularni to‘g‘ri taxlil qilib zamonaviy xayotimizga tadbiq qilish yuqorida ko‘rsatilgan izlanishimning asosiy maqsadidir.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə