Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari


Maktabgacha ta lim tashkilotlarida bolalarga nutq o`sitrish uslubchining ahamiyati



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə4/8
tarix19.05.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#111302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar nutqini o’stirish ” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu

1.2 Maktabgacha ta lim tashkilotlarida bolalarga nutq o`sitrish uslubchining ahamiyati
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlan­tirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojla- rini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat ta- lablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabga­cha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Bolajon» tayanch dasturi aso­sida amalga oshiriladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyor- lash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni tarbi­yalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Hech kimga sir emaski, respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etish 17 foizni tashkil qiladi. Bun- day sharoitda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan 83 foiz bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan 17 foiz bolaning rivojlanish darajasi o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelmoqda. Bunday no- mutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlab ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengillashga aloqida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yosh- da bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbi- yasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya ja- rayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi - maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondashuvni talab etar edi.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uning sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yildi.
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatini tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola bilimlarni chuqur egallab olishiga yordam beradi.
2. Mashg‘ulotlarda aqliy tarbiya usullari. Pedagogika, psi- xologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishniikkin- chi tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘rayish boTmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun ke- rakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarni egallab olishi, aqliy faolligini rivoj­lantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab olishi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorla- nishda manba bo‘lib, xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
1 Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
2 Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, sinchkovligini rivojlantirish va shular aso- sida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
3 Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa pred- metlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvon­lar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bo- lalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tar- biyachi bolalar bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mum- kin. Bular quyidagilar:vNutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalaming te- varak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an- iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga eri- shish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini gu ruhlashtirish taqozo etiladi. (2-jadval)
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar to- monidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga eri- shish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umum- lashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabga- cha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yosh- dagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmet- larning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p ji- hatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:

  • nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);

  • ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalani- ladigan metod va usullari;

  • ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shun- ga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).

  • o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.

Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:

  • nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;

  • nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish;

  • nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallami tanlash maqsadga muvofiqdir;

  • ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);

  • muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qi- yoslash;

  • nutqning asta-sekin boyib borishi.

  1. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlanti- rishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2008-yil 28-sentabrdagi XTV hay’at yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tay- yorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi «Bolajon» tayanch dasturining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.


Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə