Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#111302
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar nutqini o’stirish ” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu



MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB Maktabgacha ta lim tashkilotlarida bolalarga nutq o`sitrish jarayonlari

1.1 Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari


1.2 Maktabgacha ta lim tashkilotlarida bolalarga nutq o`sitrish uslubchining ahamiyati
II-BOB Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari
2.1 Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarda nutq o’stirishni o’rni va axamiyati
2.2 Maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar nutqini o‘stirish metodlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oli- shi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va maz- mun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ij- timoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xal- qimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bogdiqdir.»1 - deb alo­hida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jami- yatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabga- cha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tay- yorgarlik Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi.
Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə