Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari


«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə5/8
tarix19.05.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#111302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar nutqini o’stirish ” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu

«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkin- lashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barka- mol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining sama- rali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi.
Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-vali- datsiya sinovlaridan samarali o‘tgan.
«Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi.
«Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi.
«Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:

  1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena.

  2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish.

  3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik.

  4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash.

«Bolajon» tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tad- qiqotlar uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha va besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar psixik va yosh xu- susiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24 oygacha bo‘lgan rivojlanish davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2-3 yosh), II kichik (3-4 yosh), o‘rta (4-5 yosh), katta (5-6 yosh), maktabga tayyorlov (6-7 yosh) qilib belgilandi.
Tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan davrlarning xususi- yatlari tavsifi har bir yosh davr ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan bandlar boshiga joylashtirildi. Bu dasturdan foydalanishda har bir yosh davr, uning o‘ziga xos xususiyatlari- ga taalluqli ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish imkoni mavjud.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida jismoniy rivojlanish, salomat- lik, madaniy-gigiyenik malakalar yo‘nalishi bo‘yicha asosiy harakat- lar alohida yoritildi va ular quyidagicha tartiblandi:
Asosiy harakatlarga doir mashqlar; (Yurish, yugurish, sakrash, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanatni saqlash, velosiped haydash).
«Bolajon» tayanch dasturida umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid: (Yirik motorikani rivojlantirish, mayda qo‘l motorikasini rivoj- lantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida yoritildi («Sensomotorika» - senso va motor so‘zlarining birgalikdagi ifodasi bo‘lib, lotincha «sensus» - sezish, «motor» - harakat, birgalikda nozik harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi).
Oyoq uchun mashqlar;
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar;
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
Ertalabki badantarbiya;
Saflanish va qayta saflanish;
Sport mashqlari;
Raqs mashqlari;
Harakatli o‘yinlar.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli, harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan. Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan: taxminiy kun tartibi; uxlash gigiyenasi; shaxsiy gigiyena; ovqatlanish gigiyenasi;
madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish;
o‘ziga xos gigiyena; shikastlanishning oldini olish bandlari.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qi- lish, his-tuyg‘ulami ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan mu- loqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni tarbiyalashdir.
Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘lg‘usi barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbi- yalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi:
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot);
Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan. Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha tartiblangan:
Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari).
O‘qish va savodga tayyorlash:
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar:
elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yas- ash, ta’limiy o‘yin va mashqlar);
atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, trans­port vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvur);
tasviriy faoliyat;
musiqa;
o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtiril- gan o‘yinlar) keng yoritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishi- ga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, bor-
liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolalaming erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə