Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

ARQON TORTISH O„YINI. 
O‗yinga tavvorgarlik. Har bir komandani orqasida to‗p osib qo‗yilgan. 
O‗yinchilar teng ikki komandaga bo‗linadi. Arqon polga qo‗yilgan. 
О‘vin tasnifi. Tarbiyachining buyrug‗idan keyin arqonni olib o‗z 
tomonlariga tortib, osib qo‗yilgan to‗p boshlariga tegishiga harakat qiladi. 
Vazifani birinchi bo‗lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi 
GARDISH POYLASH. 
O‗yinda bir necha kishi qatnashadi. Bolalar bir devor, taxta yoki bino 
burchagi orqasiga yashirinib, taxtadan (temirdan yoki plastinadan) moslangan 
kichik elak kattaligidagi gardishni (to‗rtburchak shaklida bo‗lsa xam bo‗ladi) 
chirpirak qilib tepaga ketma-ket otib turadi. Bunda gardish Merganlarga qulay 
qilib otilishi lozim. Merganlar chirpirab uchayotgan gardishni 
mo‗ljalga olib tosh yoki kesak otadilar. Kim gardishga ko‗proq tosh (kesak) 
tekkiza olsa u yutgan hisoblanadi. 
 


DON TUYISH. 
Bolalar milliy taomlar tayyorlash uchun don tuyish (yanchish)da 
bahslashadilar. Bahs uchun tayyorlangan keli (o‗g‗ir) lar va tuyishga ajratilgan 
donlarning sifati va mikdori bir xil bo‗lishi lozim. Bunda keksa momolar, 
tajribali kelinlar ishboshi bo‗ladilar. G‗oliblarni aniqlashda ham ular hakamlik 
qiladilar. Ovqat pishirish, bahor oylarida sumalak, halim singari milliy 
taomlarni tayyorlashda kelida don tuyish asosiy ish hisoblanadi. 
Ajratilgan donni kelida tez tuygan bola bahsda g‗olib chiqadi. Bu bahsda 
bola foydali mehnatga o‗rganadi. Lekin bu mehnatning og‗irligi yo‗q, chunki bu 
musobaqa tarzida o‗tkaziladi. Bajarilgan ish qatnashuvchiga quvnoqlik, 
xursandchilik, yaxshi kayfiyat bag‗ishlaydi. Kelida don tuyishni yaxshi 
uddalagan o‗g‗il-qizdan uning ota-onasi ham mamnun bo‗ladi. 
MUSHUK-SICHQON 
O‗ynovchilar bir-birlarini qo‗llaridan ushlab doira bo‗lib turadilar. Ikki 
onaboshi sanlanib, ulardan biri - «sichqon», ikkinchisi - «mushuk» bo‗ladi. 
«Mushuk» doira tashqarisida, «sichqon» esa doira o‗rtasida turadi. (13- rasm.) 
O‘yin tasviri.
O‗yin Rahbarning signali bilan boshlanadi. «Mushuk»ning 
vazifasi quvish, «sichqon»niki esa, to‗tqich bermaslik bo‗ladi. «Sichqon» 
bo‗tunlay erkin bo‗ladi. U istasa doiradan tashqariga ham chiqishi mumkin, 
doirada turishlar ko‗llarini ko‗tarib unga yo‗l buradilar, «mushuk»ni esa to‗sib 
qoladilar. Agar «mushuk», «sichqon» tutib olsa, boshqa mushuk-sichqon 
saylanib, o‗yin davom etaveradi. 
O‘yin qoidalari:
1. Agar «mushuk» belgilangan paket ichida «sichqon»ni 
to‗tolmasa, ularning o‗ringa boshqa bolalar chiqadi. 2. «Sichqon» tez-tez doira 
tashqarisiga ham chiqib turishi kerak. 3. «Mushuk» doira ichiga kirayotganida 
yoki chiqayotganida doirada turganlarning qo‗llarini uzib o‗tishi mumkin. 
O‘yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o‗yin bolalarda uyushqoqlik
intizomlilik tarbiyalaydi, ularni qolishib, tez harakat qilishga o‗rgatadi 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə