Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/135
tarix30.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#166959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Antik manbalar
. Eng qadimgi tariximizni o‘ragnishda antik, ya’ni yunon va 
rim manbalarida keltirilgan ma’lumotlar muhim va nodir ma’lumotlar hisoblanadi. 
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, antik mualliflarining birontasi O‘rta Osiyo tarixiga 
oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o‘sha zamonda «O‘rta Osiyo»
degan jo‘g‘rofiy tushunchaning o‘zi ham yo‘q edi. Ammo yunon va rim 
tarixchilari o‘zlarining boshqa mavzularga bag‘ishlangan asarlarida yo‘l-yo‘lakay 
qadimgi O‘rta Osiyoga doir jo‘g‘rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar berganlar.
YUnon va rim mualliflarining ma’lumotlari to‘g‘rilik darajasi turlichadir. Bu 
ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o‘tgandan 
keyin yozilgan manbalardan olingan. SHu sababli antik mualliflar axborotida ko‘p 
noaniqliklar, shubhali va munozarali ma’lumotlar mavjud. Ayrim hollarda biron-
bir voqea turli variantlarda bayon etiladi. Antik mualliflar asarlarida nomlari tilga 
olingan ayrim jo‘g‘rofiy atamalar – daryolar, tog‘lar, shahar va qishloqlarning 
joylashganligini aniqlash (lokalizatsiya qilish) ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo‘lib, hozirgacha aniqlangan. Antik 
mualliflar asarlarida real voqealar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy 
to‘qimalar bilan qorishib ketadi. YUnon va rim tarixchilarining O‘rta Osiyo 
haqidagi ma’lumotlari uzun-yuliq bo‘lib, ko‘p xollarda bu ma’lumotlar o‘zaro 
bog‘lanmagan. SHu sababli ular asosida qadimgi zamonlarda O‘rta Osiyoda 
yashagan xalqlar tarixining to‘la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri 


13 
maholdir. SHunday bo‘lsada, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy taxlil 
etish asosida qadimgi tariximizni imkon qadar teranroq o‘rganishimiz kerak.
Qadimgi yunon va rim tarixchilarining SHarqqa bo‘lgan qiziqishi asosan ikkita 
voqea bilan, aniqrog‘i yunon-fors urushlari va Iskandar Makadonskiyning 
Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi bilan bog‘liqdir.
Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar – bu Geradotning «Tarix» asaridir. 
Bu asar yunon-fors urushlari tarixiga bag‘ishlangan. Lekin muallif mazkur 
urushlargacha bo‘lgan davrdagi YUnoniston, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar 
davlati tarixiga oid batafsil ma’lumotlar keltiradi. «Tarix»ning keng qamrovli, 
serqirra va ayni paytda yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Geradot haqli 
ravishda «tarixning otasi» degan faxrli nomga sazovar bo‘ldi.
Geradot o‘z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalandi. Jumladan, 
Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayyoxati chog‘ida yiqqan 
ma’lumotlarni keltiradi. U O‘rta Osiyoda bo‘lmagan edi, lekin Kaspiy ortidagi 
mamlakat tarixi bilan qiziqqan. Tadqiqotchilarning fikricha, Geradot Eronda 
bo‘lgan chog‘ida Axamoniylar davlati zodogonlari bilan suhbatlar qurib, O‘rta 
Osiyo xalqlari xayoti xaqidagi ma’lumotlarni yozib olgan. Natijada uning 
ajdodlarimiz o‘tmishi haqidagi ma’lumotlari to‘liq bo‘lmay qolgan va ayrim 
hollarda o‘zining noaniqligi bilan ajralib turadi.
Geradot Eron shoxi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan yurishi, massagetlar 
malikasi To‘maris tomonidan tor-mor etilishi va halok bo‘lishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni, shuningdek baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida, 
ularning turmushi, urf-odatlari, harbiy qurollari va kiyimlari haqida qiziqarli 
ma’lumotlar keltiradi. Geradot bu halqlarning ijtimoiy xayotida ayollarning teng 
xuquqliligi va baland maqomi haqida yozadi. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, 
o‘sha davrda O‘rta Osiyo xalqlari xayotida matriarxat sarqitlari saqlanib 
qolganligini taxmin etish mumkin. Geradot bu halqlarda kannibalizm 
(odamho‘rlik) xollari uchrashi haqida axborot beradi, urug‘dagi sog‘lom va 
nuroniy qari odamni so‘yib, uning go‘shtini hayvonlar go‘shti bilan qo‘shib 
pishirishlar va tanovvul qilishlarini qayd etadi. Geradot qadimgi ajdodlarimiz 
chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ta’kidlaydi. 
Qadimgi tariximiz xaqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri 
Ktesiy hisoblanadi (m.a. V-IV asrlar). Ktesiy Eron shahanshoxi Artakserks II ning 
shaxsiy tabibi bo‘lib, u mashhur olim Gippokratning qarindoshi edi. Afsuski, 
Ktesiy asarlarning asl nushasi bizgacha etib kelmagan. Uning asarlaridan olingan 
ayrim parchalar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan. 
Gerodotdan farqli o‘laroq, Ktesiy faqat o‘zi ko‘rgan yoki eshitgan axborotlarnigina 
emas balki uydirma ma’lumotlarni ham o‘z asariga kiritgan. SHu sababdan uning 
asarlaridan foydalanishda o‘ta extiyorkorlik zarurdir. Ktesiyning Ossuriya 
podshosi Ninning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni 
ishonchli emas. Ktesiy o‘z asarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga 
oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi bo‘lganligi ta’kidlanadi. Zardusht podsho 
bo‘lgan emas, albatta. Lekin uning nomini tilga olganligi va bu nom Baqtriya bilan 
bog‘langanligi zardushtiylik dini shu mamlakatda, ya’ni Baqtriyada vujudga 


14 
kelganligi to‘g‘risidagi tahminlarni quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy 
baqtriyaliklarning Eron shohi qo‘shini tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda 
qatnashganligini ma’lum qiladi.
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishga moyil ekanliklarini ta’kidlaydi. 
SHu bilan bog‘liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani keltiradi. 
Zarineya o‘zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo‘lganligidan so‘ng Parfiya 
viloyatining hokimi Mermerga turmushga chiqadi. Forslar bilan jangda Zarineya 
yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni ta’qib etadi 
va qo‘lga tushiradi, lekin Zarineyaning iltimosiga ko‘ra uni ozod etadi. Keyingi 
jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va Zarineyaning 
yalinishiga qaramay, uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. SHunda Zarineya asirlarni ozod 
etib, ular bilan birga erini o‘ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib, u bilan 
do‘stona munosabat o‘rnatadi. Ktesiy keltirgan bu ma’lumot naqadar to‘g‘ri 
ekanligini bilish qiyin, lekin bu hikoya Geradotni saklar jamiyatida ayollar roli 
yuqori ekanligi haqidagi axborotni tasdiqlaydi.
Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo‘lishi to‘g‘risida Geradotdan ancha farq 
qiladigan ma’lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo‘lgan jangda 
yarador bo‘lib, otdan yiqilib tushadi. Uni derbiklar bilan birga jang qilgan 
xindlardan biri yarador qiladi, shundan so‘ng Kir vafot etadi. Ktesiyning bu 
ma’lumoti to‘g‘ri emas, deb aytish mumkin, chunki boshqa manbalarda bunday
axborot uchramaydi.
Geradot va Ktesiydan tashqari boshqa yunon tarixchilari ham o‘z asarlarida 
O‘rta Osiyo halqlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradilar. Ulardan biri Ksenofont 
(m.a. 445-355 yy.) o‘zining tarixiy siyosiy roman janrida yozilgan «Kiropediya» 
nomli asarida baktriyaliklar, saklar va girkanliklarning fors shohi Kir tomonidan 
bo‘ysundirilishi va uning qo‘shini tarkibida Ossuriyaning zabt etishda 
qatnashganliklarini ko‘rsatib o‘tadi.
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, antik mualliflarining O‘rta Osiyoga nisbatan 
qiziqishlarining ortishiga turtki bo‘lgan muhim tarixiy voqea – bu Iskandar 
Zulqarnaynning SHarqqa yurishlaridir. Ko‘p mualliflar Iskandar tarixini yoritish 
jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida, shu jumladan O‘rta Osiyo haqida 
ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Iskandarning hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy 
asarlarning eng muhimi – bu Arrianning «Iskandar yurishlari» nomli asaridir. Bu 
asar milodiy II asrda, Iskandar davrida 5 asr o‘tgandan so‘ng yozilgan. «Iskandar 
yurishlari» buyuk sarkarda sha’niga maddoxlik ruxida ta’rif etilgan asardir. Arrian 
o‘z asarini yaratishda juda ko‘p tarixiy manbalardan foydalangan. Jumladan, 
Iskandarning 
shahsiy 
muqotibasidan, 
saroy 
kundaliklaridan, 
Iskandar 
yurishlarining guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan sarkardalar Ptolomey, Lag va 
Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan. Arrian mo‘‘tabar manbalardan 
foydalanganligi, ularga tanqidiy ruhda yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini 
yanada oshiradi. Arrian foydalangan birinchi darajadagi manbalar keyinchalik 
yo‘qolib ketganligini hisobga olsak, uning asari g‘oyat nodir yodgorliklar 
ekanligiga ishonch xosil qilamiz.


15 
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Iskandar Makduniy tarixi» nomli asar yozib 
qoldirgan (m.a. I asrning oxiri I asrning birinchi yarmi). Asar lotin tilida yozilgan 
bo‘lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib 
kelmagan. Mutaxassislar Kvint Kursiy Rufning manbalarga tanqidiy 
yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog‘liq voqealarni badiiylashtirilganligini 
ta’kidlaydilar. Kursiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to‘qib chiqaradi. O‘z 
qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif 
tasvirlanayotgan voqealarning aniq sanasini keltirmaydi. SHu bilan birga u 
Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kursiy Rufning 
talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o‘ziga bino qo‘ygan, bosqinchilik konida 
bo‘lgan, shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag‘rikeng shahs sifatida gavdalanadi. 
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, Kursiyning asari O‘rta 
Osiyo halqlarining Iskandar Makduniy davridagi tarixiga oid boy ma’lumotlar 
beradi. Asardagi Baqtriya va So‘g‘diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen 
qo‘zg‘olonining tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir.
YUqorida nomlari tilga olingan tarixchilardan boshqa antik mualliflar ham 
qadimgi ajdodlarimizning hayoti va turmushi haqida ma’lumotlar yozib 
qoldirganlar. Jo‘g‘rofiya fanining «otasi» Strabon o‘zining 17 kitobdan iborat 
«Geografiya» nomli asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg‘iyonaning tabiiy 
sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo‘llar, bu erdagi daryolar, bu diyorda 
yashagan halqlar, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va e’tiqodlari to‘g‘risida 
e’tiborga loyiq mu’lumotlar keltiradi.
O‘rta Osiyoning miloddan avvalgi IV – milodiy IV asrlardagi tarixi, tarixiy 
jo‘g‘rofiyasi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar Diodor Sitsiliyskiyning «Tarixiy 
kutubxona» (m.a. I asr), Rim tarixchisi Pompey Trogning «Filipp tarixi» va 
«Ibtido» («Prologi») nomli asarlarida (m.a. I asr – milodiy I asr), yunon tarixchisi 
Polibiyning «Umumiy tarix» (m.a. II asr), rim tarixchisi Pliniyning «Tabiiy tarix» 
(Pliniy m.a. 79 yilda Vezuviy tog‘i portlaganda o‘lgan degan taxmin bor), rim 
tarixchisi Tatsitning «Tarix» va «Yilnomalar» («Annalo‘») (I-II asrlar), yunon 
olimi Klavdiy Ptolomeyning «Jo‘g‘rofiyaga oid qo‘llanma» (II asr), rim tarixchisi 
Ammian Margellining «A’mol» («Deyaniya») (IV asr) va boshqa mulliflarning 
asarlarida uchraydi. Mazkur asarlarda keltirilgan ma’lumotlar o‘z xarakteriga ko‘ra 
xilma-xildir. Ularning ayrimlari uydirma ma’lumotlarga asoslangan bo‘lsa, 
boshqalari ishonarli manbalarga tayanadi. SHu sababdan ulardan foydalangan 
paytda keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə