Maqsad: a ta'limiymaqsadi



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə10/46
tarix23.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#123536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

4)Darsni mustahkamlash
1) Sabzavotlarni qanday foydali tomonlarini bilasiz ?
2) Blinchiklarni qanday turlarini bilasiz?
3) Blinchik tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
4 ) Blinchikni ichiga nimalar solib tayyorlash mumkin?

5)Baholash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
6)Uyga vazifa: Blinchik tayyorlashni va dasturxonga tortishni o’rganib kelish.
Tanishdim: _______
Sana : _______ 5-ab sinf
Mavzu: Tikuvchilik o’quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari.Tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig’ir tolalardan to’qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari. Sarja (polotno) to’qish.
Maqsad:
a) ta'limiy maqsadii – o’quvchilarga gazlama turlari va tolalar haqida tushuntirish.
b) tarbiyaviy maqsadi – o’quvchilarni mehnatsevar bo’lishga o’rgatish. v)rivojlantiruvchi maqsadi – o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga o’rgatish
d) Shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Tolalarni xususiyatlarini farqlay oladi.
Dars turi: nazariy va amaliy.
Dars metodi: an’anaviy
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar.
2) gazlamalardan namunalar,gazlamalari rasmlari.
Darsni borishi:1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyorligini tekshirish. b) uyga vazifalarni tekshirish. v) amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish
2)O’tilgan mavzularni yodga solish:
1. blinchiklar qanday turlarini bilasiz?
2. dasturxonni qanday bezatish mumkin?
3)Yangi mavzu bayoni: O’quvchilarga pazandachilikdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari bilan gazlamashunoslikdagi X.T.Qlari va San.Gig. talablari orasidagi o’xshashlik va farqlarni tushuntirishda avval ularni fikr mulohazalarini bilib bo’lgach mavzuni tushuntirishga o’tiladi.Tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar tolaviy tarkibiga ko’ra tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarga bo’linadi.Tabiiy tolali gazlamalarga paxta, zig’ir,jun, ipak tolalaridan olinadigan gazlamalar kiradi.Kimyoviy tolali gazlamalar esa turli kimyoviy yo’llar bilan olingan gazlamalar kiradi,ularga ko’proq sintetik gazlamalar kiradi, villur,turli toshli gazlamalar va xokazolar.O’quvchilarga paxta haqida yana alohida tushunchalar berib ketish kerak, chunki paxta bizning milliy boyligimiz ekanligini tushuntirib ketish kerak.Uning tolasidan, chigitdan nimalar olinishini,go’zasi ham ishlatilishini tushuntiriladi. O’quvchilarga san.gig. talablaridan:
1) ish o’rniga yorug’lik old yoki chap tomondan tushishi.
2) sochlar ro’mol ostida yig’ishtirilgan bo’lishi.
3) sinf xonasi toza, yorug’,ish o’rni ozoda va saramjon bo’lishi kerakligini alohida urg’u bilan tushuncha berish kerak.
Polotno to’qish.Bo’ylama va ko’n dalang iplar chatishib gazlamalar hosil bo’ladi.Eng oddiy to’qish polotnoning to’qilishidir. Iplar har bir yo’nalishda o’rin almashadi. Bunday to’qishda gaz lamaning o’ng va teskarisi birxil bo’ladi .
--- Gulli gazlamani ko’rsatib, nima uchun teskari tomonidan guli yaxshi ko ’ rinmasligini tushuntiradi. Gazlamaga gul solish maxsus mashinalarda bajariladi va gazlamaning o’ng tomonidan gul bosiladi, shuning uchun teskari tomonidan aniq ko’rinmaydi. Gazlama qancha qalin bo’lsa gulni ko’rinishi teskari tomonidan aniq bo’lmaydi.
Chunki qizlarimiz kelajakda uy bekalari bo’lishadi, asosan ularga har bir narsaga e’tiborli ozoda bo’lib yurishlarini hozirdan o’rgatib tarbiyalashimiz kerak. Ularni bilimli, nafosatli bo’lishga o’rgatishimiz kerak.Mavzudan kelib chiqqan holda ular bilan uyda onalari, opalalari ularga qanday tushunchalar berayotganini savollar orqali bilib unga qarab yana tushunchalarni o’zgartiramiz. Ayrim oilalarda onalari ishda bo’lib qizlarimiz tarbiyasiga biroz e’tiborsiz bo’layotganini guvohi bo’lyapmiz biz ularni dars davomidagi savol javoblari orqali tushunib olib alohida e’tiborli tarbiya berishimiz kerak.

Paxta tolali gazlamalr

O’xshash
xususiyatlar

Zig’ir tolali gazlamar

Paxta tolalai gazlamalar yengil,
yumshoq,chidamli, chiroyli,

qulay,havoni yaxshi o’tkazadi,


oson yuviladi.Tez tozalanadi,
yuqori haroratga chidamli tez
g’ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi.Gazlamalar sitilmaydi,yuvilganda bo’ylama
ipi bo’yicha kirishadi.

Tez g’ijimlanadi,
Yaxshi
Dazmollanadi

Zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar paxtanikiga qaraganda chidamliroq,ular
bo’lama va ko’ndalang ipi
bo’yicha kam cho’ziladi,qattiq,
og’ir va qalinroq bo’ladi.Zig’ir
yolasidan to’qilgan gazlamalar
ning ustu silliq, sitiluvchan, tez
g’ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi.


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə