Markaziy Osiyo



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə32/38
tarix19.12.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#152803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
geografiya

Jahon mamlakatlari

Davlat boshqaruvi shakli

Jami mamlakat

Afrika

Amerika

Osiyo

Yevropa

Avstraliya va Okeaniya

Jami mamlakat

227

58

50

49

46

24

I. Respublikalar, shu jumladan:

149

52

25

33

32

7

- prezidentlik

103

48

20

17

13

5

- parlamentlik

36

3

4

8

19

2

- sotsialistik

6

-

1

5

-

-

- islom

4

1

-

3

-

-

II. Monarxiya

45

3

9

14

12

7

- konstitutsion

39

3

9

9

11

7

- mutlaq

4

-

-

4

-

-

- teokratik

2

-

-

1

1

-

III. Mustamlaka va boshqa turdagi tobelik shakllari

30

2

16

-

2

10

- mustamlaka

9

1

6

-

1

1

- boshqa shakldagi

21

1

10

-

1

9

- IV. Maqomi noma`lum mamlakatlar

3

1

-

2

-

-

Hozirgi vaqtda davlatlarni ularning daromadlari bo`yicha ayrim guruhlarga ajratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo`yicha guruhlash "Jahon Banki Atlasi” metodikasi doirasida amalga oshirilgan. Unda binoan jahon mamlakatlari aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi milliy daromadiga ko`ra 4 ta guruhga taqsimlangan:
1. Past daromadli – 935 AQSH dollaridan kam;
2. O`rtacha daromadli – 936-3705 AQSH dollari doirasida o`zgaruvchi mamlakatlar guruhi;
3. Daromadi o`rtacha ko`rsatkichdan yuqori, ya`ni 3706 dollardan 11455 dollargacha bo`lgan doirada o`zgaruvchi mamlakatlar guruhi;
4. Yuqori daromadli mamlakatlar, ularda aholi jon boshiga 11456 AQSH dollaridan ortiq milliy daromad to`g`ri keladi (World Development, 2009).

Ana shu metodik yondashuvdan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlari yuqori daromadlidan past daromadliga qarab 4 ta guruhga bo`lingan.


Birinchi (yuqori daromadli) guruhga 62 ta mayda, kichik, katta va yirik mamlakatlar kiradi. Bularning ichida mayda Farer orollari, Guam, Aruba kabi mamlakatlar bilan bir qatorda, iqtisodiy salohiyati ulkan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va boshqa davlatlar ham bor. 


Ikkinchi guruhni milliy daromadi aholi jon boshiga 3706 dollardan 11455 dollargacha o`zgaruvchi mamlakatlar (umumiy soni 41 ta) tashkil etadi. Shunday davlatlar qatoriga Polsha, Meksika, Venesuela, Livan, JAR, Malayziya kabi mamlakatlar bilan birga kichik va juda kichik Amerika Samoasi, Fiji, Mayotta mamlakatlari ham kiradi. 


Uchinchi guruh Xitoy, Indoneziya, Filippin, Armeniya, Ozarbayjon, Ukraina, Kiribati, Vanuatu, Sharqiy Timor va boshqa shu kabi mamlakatlardan iborat. 


To`rtinchi guruhga Kambodja, KXDR, LXDR, Myanma, Vyetnam bilan birga Qirg`iziston, Tojikiston, Yaman kabi mamlakatlar kiritilgan.


Jahon mamlakatlari iqtisodiy ko`rsatkichdan tashqari demografik, geografik, geosiyosiy va boshqa turdagi salohiyatiga binoan ham ayrim guruhlarga ajratiladi. Jumladan, iqtisodiy rivojlangan birinchi guruh mamlakatlari ichida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada ikkinchi guruhga mansub Rossiya bilan birga ulkan iqtisodiy, demografik, geosiyosiy, harbiy va hududiy salohiyatga ega "Sakkizlik davlatlari” ni tashkil qiladi. Ushbu mamlakatlar 2011-2012-yillardagi ma`lumotlarga binoan jahon bo`yicha quyidagi mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlarga ega. 


Rossiyani "Sakkizinchi davlat” sifatida mazkur guruhga qabul qilinishida, dastavval, uning iqtisodiy salohiyati, geosiyosiy mavqeyi va ulkan harbiy qudrati hisobga olindi. 


"Sakkizlik davlatlari” ning o`rtacha har biriga salkam 5 mln. km.kv maydon, qariyb 110 mln. aholi, 4,4 trln. Dollar YIM hamda 1,5 trln. Dollarga teng tovar aylanmasi to`g`ri keladi. Eng muhimi, ushbu davlatlarda jahon YIM ning 55,5% i jamlangan. 


Rivojlangan mamlakatlar ichida ko`chirilgan kapitalizm mamlakatlarini (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va b.) hamda yangi sanoatlashgan mamlakatlar (Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan va b.) ni ham ajratish mumkin. Undan tashqari, asosan, birinchi va ikkinchi guruhlarga mansub "neft eksport qiluvchi davlatlar”, ikkinchi-to`rtinchi guruhlarga mansub o`tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar ham alohida e`tiborga loyiq. Katta va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar – Xitoy, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Meksika jahonning tayanch mamlakatlari guruhini tashkil etadi. Uchinchi va, ayniqsa, to`rtinchi guruh mamlakatlarining aksariyat qismi rivojlanayotgan davlatlar toifasiga kiradi. Rivojlanayotgan davlatlar ichida iqtisodiy taraqqiyotda ortda qolayotgan mamlakatlar alohida e`tiborga loyiq. Bunday mamlakatlar Lotin Amerikasida amalda deyarli qolmadi. Lekin Osiyo va, ayniqsa, Afrikada ularning soni hanuzgacha anchagina. Shunday davlatlar qatoriga, birinchi navbatda, Afrika materigida Burkina-Faso, KDR, Eritriya, Liberiya, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Togo, Uganda, Zimbabve, Burundi, Efiopiya, Malavi, Mozambik; Osiyo qit`asida Afg`oniston, Nepal, Butan, Bangladesh, Laos va boshqalar kiradi.



Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə