Marketing faoliyatida tahlil


 Marketing faoliyatini tahlil qilish yo‟nalishlari va usullari



Yüklə 118,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix28.11.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#138225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 Xo\'jalik yurituvchi subyektning marketing faoliyatida tahlil

2. Marketing faoliyatini tahlil qilish yo‟nalishlari va usullari 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning marketing faoliyatini tahlil qilish bir qator 
ilmiy va tadqiqot usullaridan foydalanishga asoslangan. Marketing faoliyatini tahlil 


156 
qilish usullari deganda tovarlarning bozordagi o‘rni, raqobatbardoshligi kabi 
holatlarini o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirish asosida bozor infratuzilmasining 
turli omillarini biznes natijalari o‘zgarishiga ta‘siri tushiniladi. Marketing 
tadqiqotida tahlilning turli metod va usullaridan foydalaniladi. Marketing 
faoliyatini tahlil qilish yo‘nalaishlari quyidagilardan iborat:
1.
Bozor tahlili (kelgusidagi istiqbollar, bozorning jozibadorligi, bozor 
imkoniyatlarini baholash, mahsulotlar tarkibini o‘rganish, bozorning asosiy 
ishtirokchilarini umumiy tahlil qilish, bozordagi talab va taklifni baholash, sotish 
hajmini oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va csotishni prognoz qilish ).
2.
Raqobatchilarni tahlil qilish (bozordagi asosiy raqobatchilarni aniqlash
raqobatchilarni yutuq va kamchiliklarini o‘rganish, raqobatchilarni biznes va 
marketing faoliyatini qiyosiy tahlil qilish, tarmoq xususiyatidan kelib chiqib 
bozorni o‘rganish(tovar hajmi, bozor sig‘imi, sohadagi rentabellik, raqobatchilar va 
iste‘molchilar soni, bozorga kirish qulayligi)). 
3.
Tovar siyosati tahlili (umumiy savdo dinamikasi, mahsulot turlarini 
o‘rganish, mahsulot yoki xizmatni bozordagi joylashuvini o‘rganish, raqobatchilar 
orasidagi Tovar imidjini o‘rganish, brendning bozor qiymatini o‘rganish, 
mijozlarning xohish va istaklarini o‘rganish, mijozlarga sifatli xizmatni tashkil 
etish). 
4.
Baho siyosati tahlil (bozor turlarini tahlil qilish, bozorda narxlar darajasini 
baholash, talab va taklif egiluvchanligini o‘rganish, bozor uchun oftimal narx 
belgilash). 
5.
Savdo siyosati tahlili (bozorni tahlil qilish, mol-etkazib beruv-chilar tahlili, 
tovar logistikasi tahlili). 
6.
Aloqa siyosati tahlili (reklama, reklama kompaniyalarining samaradorligi, 
marketing tadqiqotlari olib borish(mahsulotni sinovdan o‘tkazish, tashqi dizayn 
tahlili, reklama g‘oyalari va shakllari)). 

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə