Marketing faoliyatida tahlil


Jahon bozori amaliyotida raqobatning quyidagi shartlari mavjud



Yüklə 118,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix28.11.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#138225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 Xo\'jalik yurituvchi subyektning marketing faoliyatida tahlil

Jahon bozori amaliyotida raqobatning quyidagi shartlari mavjud: 
- kuchlar teng va strategiyalar o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq 
saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchiliklar susaymaydi; 
- sizning raqibingiz hamma narsadan xabardor deb biling
- raqibingizning –g‘ashini keltiruvchi harakatlar qilmang; 
- sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekanligiga raqibingizni 
ishontiring.
Raqobat ko‘rsatkichlari korxonaning bozorda tutgan ulushiga ko‘p jihatdan 
bog‘liq: 
a) ilg‘or – 40% 
b) ilg‘orga da`vogar – 30% 
v) davomchilari – 20% 
g) bozorda uncha omadi kelmagan – 10% 
Mahsulotning raqobatlashuv qobiliyatini pasayish sabablarini korxonaning 
(muhandislari, iqtisodchi, master, texnik nazorat, moddiy-texnika ta`minoti, sotish 
bo‘limlari xodimlari) sinchiklab o‘rganadilar: 
- mahsulot konstruktsiyasi (modeli, tuzilishi); 
- tayyorlov texnologiyasini; 
- materiallar va butlovchi buyumlarning sifati va bahosi; 
- korxona ishlab chiqarishining holati va boshqalar. 
Mahsulot turlari parametrlarini o‘zgarish sabablarini kompleks tahlilida etalon 
sifatida qabul qilingan o‘rtacha bozor yoki tarmoq parametrlari bilan taqqoslash 
orqali aniqlanadi. Har bir detal , material, butlovchi buyum, texnologik jarayonlar 
bo‘yicha tafovutlar mutaxassislar tomonidan alohida-alohida aniqlanadi va 
jamlanadi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli mahsulot raqobatbardoshligining 
pasayishini bartaraf etish tadbiriy choralari quyidagi mazmunga ega: 
- o‘zgartirish kiritiladigan va modernizatsiya qilinadigan mahsulot nomi
- mahsulot ishlab chiqarishidagi kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha 
bajariladigan ish turlari; 


167 
- kamchiliklarni yo‘qotish bilan bog‘liq ish turlarini muddati, unga javobgar 
shaxslarning ismi, sharifi; 
- zarur material, asbob-uskunalar ro‘yxati va miqdori; 
- bajarilgan ish turlari va moddiy resurslarning summasi
- ishni tugatish muddati; 
- kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar samaradorligiga oid 
ma`lumotlar. 
Mahsulot raqobat bardoshligi ko‘p jihatdan sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Sifat zanjiri sifatning uch xil tushunchasini aks ettiradi. 

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə