Marketing faoliyatida tahlil



Yüklə 118,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix28.11.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#138225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 Xo\'jalik yurituvchi subyektning marketing faoliyatida tahlil

Chunki tovar xaridor 
talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:

texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo‘llash va tavsiya etish 
markazlari); 

ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi); 


162 

estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‘rinishi); 

me`yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me`yorlarga va standartlarga 
mos kelishi); 

iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko‘rsatiladigan 
servis xizmati, vositalar o‘lchami, xaridorlarning ayni vaqdagi ehtiyojlarini qondira 
olishi). 
Har bir istemolchi o‘z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni 
sotib oladilar. Bu esa o‘z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning hatti - harakatlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ular tovarlarni 
taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) 
nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulotni ko‘proq tanlashadi. U holda tovarning 
raqobatbardoshligi (r) quyidagi, 
R=S/X; 
ko‘rinishni oladi. 
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo‘ladi: 
1.
O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish; 
2.
O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsatkichlarini 
belgilash;
3.
O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik 
ko‘rsatkichlarini aniqlash. 
Raqobat -
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurash, 
korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning asosiy quroli bo‘lib, talabni 
shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish hisoblanadi. 
Raqobat turiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1.
Sof raqobat; 
2.
G‘irrom raqobat. 


163 
Sof raqobat bozor talablariga ko‘ra vijdonan kurashishni bersa, g‘irrom 
raqobat uning aksini ta`minlaydi. 
Jahon bozori tajribasidan raqobat quyidagi shart-sharoitlari mavjud: 

Kuchlar teng va strategiyalar o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq 
saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi; 

Sizning raqibingiz hamma narsadan xabardor deb biling; 

Raqibingizning g‘ashini keltiruvchi harakat qilmang; 

Sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni 
ishontiring. 
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko‘rsatkichlari 
aniqlanadi: 
a) Ilg‘or - 40 foiz; 
b) Ilg‘orga da`vogar - 30 foiz; 
v) Davomchilari - 20 foiz; 
g) Bozorda uncha omadi kelmagan - 10 foiz 
Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini 
aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin. 
Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birinchi o‘ringa 
qo‘yilishi xo‘jalik hisobidagi korxona va uning tsex, uchastkalarini asosiy printsipi 
bo‘lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir. Faqat 
moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari 
ob`ektiv baholanib korxonani har bir bo‘limi, har bir ishchini umumiy natijadagi 
ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo‘jalik mexanizmini 
to‘g‘rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Moliyaviy va 
boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy 
resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘batlantiradi, shu bilan 
birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi. 
Raqobatchilarning imkoniyatlarini muntazam o‘rganib turish sotish uchun 
mo‘ljallangan mahsulotlarni o‘z vaqtida xaridorlarga yetkazish va firma schyotiga 
pul kelib tushish rejasini muvaffaqiyatli bajarishning garovidir. Faqat 


164 
raqobatchilarni bozorga o‘xshash tovarlar yetkazib berish imkoniyatini bilibgina 
qolmay, shuningdek, ularga nisbatan sifatli va arzonroq tovarlar taklif qilish 
choralarini ko‘rish yuqori foyda olishning yana bitta omilidir. Raqobatchilarni 
imkoniyatlarini o‘rganishda qator davrlar mobaynida ixtisoslik tovarlarini sotilish 
holatini kuzatmoq va ma`lumotlarni tahlil etish lozimdir. Bunday tahlil quyidagi 
tartibda bajariladi (3-jadval).
4.3-jadval 

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə