Marketing faoliyatida tahlil



Yüklə 118,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix28.11.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#138225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 Xo\'jalik yurituvchi subyektning marketing faoliyatida tahlil

 
 
 


157 
3. Tovarning bozordagi holatini baholash va uni tahlili. Talabning 
o‟zgaruvchanligi 
Marketing – insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga 
qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o‘rganish, iste`molchi 
buyurtmasiga ko‘ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, 
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga yetkazib 
berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonani boshqarish marke-tingni ishlab 
chiqarishning asosi qilib qo‘yadi, chunki xo‘jalik qa-rorlarini qabul qilish asosida 
ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor ehtiyojlari 
yotadi. Pirovard natijada korxonaning ko‘lami, korxonani tashkiliy boshqarish tar-
kibi, boshqaruv tamoyil va usullari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalish-larini bozor 
belgilaydi. Bozor talab va taklifdan iborat.
Talab
– bu, eng avvalo, biron-bir ne`matlar yoki xizmatlarga bo‘lgan 
ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va ularni pul vosi-tasida ta`minlanishidir. 
Taklif
– bu muayyan paytda bozorda bo‘lgan yoki unga yetkazib berilishi 
mumkin bo‘lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi. 
Talab, avvalo, resurslarga va iste`mol tovarlari, tovarlash-gan xizmatlarga 
bo‘lgan talab sifatida yuzaga keladi, birinchisi ishlab chiqarish iste`molini, 
ikkinchisi esa shaxsiy iste`molni qondirishga qaratilgan. 
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar 
bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va moddiy qimmatliklarga 
bo‘lgan ehtiyoji-talabi uzluksiz o‘zgarib, ortib boradi. 
Talab o‘zgarishi (elastikligi) mavjud bo‘lib, bu :
– baho o‘zgarishi va holati; 
– xaridorlar soni va ularning didi, istagi; 
– iste`molchilarning xarid etish imkoniyati; 
– inflyatsiya ehtimoli va boshqalar. 
Yuqoridagi talabni belgilovchi omillardan tovar bahosi va iste`molchilarning 
xarid etish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Taklif, bozor tovar bilan to‘la 


158 
ta`minlangandan keyin o‘zgarmasdan bir me`yorda bo‘lishi ham mumkin, bunda 
baho oshib borishi bilan bozorga chiqariladigan tovar ko‘payishining zarurati 
bo‘lmay qoladi. Shunda ishlab chiqarish hajmi ham o‘zgarmay, taklif ham bahoga 
bog‘liq bo‘lmagan holda barqarorlashishi mumkin. 
Taklifning o‘zgaruvchanligi, umuman talab o‘zgaruvchanligiga o‘xshab, tovar 
bahosining o‘zgarishi, taklifning o‘zgarish daraja-sini aniqlash uchun taklif 
o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi (K) qo‘llaniladi. Unga ko‘ra,
(%)
'
(%)
'
var
lg
zgarishi
o
g
Baholarnin
zgarishi
o
miqdori
to
an
eti
Тalab
К

Agar, K>1 bo‘lsa, taklif o‘zgaruvchan; 
K=1 bo‘lsa, o‘zgarmas; 
K<1 bo‘lsa mutlaq o‘zgaruvchan bo‘ladiSotish hajmi, o‘rtacha baho 
darajasi, sotishdan keladigan tushum va undan ko‘riladigan foyda ichki va tashqi 
bozorga bog‘liq. 
4.1-jadval.

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə