Marketing faoliyatida tahlil


birinchidan , real bozor jarayoni iste`molchilar va raqobatchilar bilan  birgalikda,  ikkinchidan



Yüklə 118,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#138225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 Xo\'jalik yurituvchi subyektning marketing faoliyatida tahlil

birinchidan
, real bozor jarayoni iste`molchilar va raqobatchilar bilan 
birgalikda, 
ikkinchidan
, mahsulot turlarini ishlab chiqarishdagi korxonaning aniq 
iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. 


155 
Har ikki bir-biri bilan bog‘liq ob`ektlarni chuqur o‘rganish orqali bozordagi 
holat va korxona imkoniyatlari hisobga olingan holda optimal variantdagi 
assortiment dasturi yaratiladi. Bu das-turni amalga oshirish orqali korxona 
mahsulotini raqobatbardoshligi, barqarorligi ta`minlanadi. Komleks marketing 
tahlilining asosiy vazifalari:
– korxona xizmatiga bo‘lgan talab va ehtiyojni baholash, tahlil etish, ishlab 
chiqarish dasturi real asosga ega ekanligiga ishonch hosil qilish; 
– mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarga ta`sir etuvchi asosiy omillarni 
tahlil etish; 
– talab etilmagan xizmat turlarini aniqlash; 
– baho siyosati va assortiment turlarini tahlil etish; 
– mahsulotning raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish; 
– marketing faoliyatining taktika va strategiyasini ishlab chiqish. 
Kompleks marketing tahlilining axborot tizimi ichki manba, tashqi manba
marketing tadqiqotlaridan iborat. Tahlil etish jarayonida bu bo‘limlarning har biri 
mustaqil axborot tizimi sifatida ishtirok etadi. Ichki axborot manbalari tarkibiga 
korxonaning buxgalteriya va statistika hisobotlarining tezkor va joriy ishlab 
chiqarish va ilmiy-texnik manbalari kiradi. Tashqi manbalar tizimiga korxonaning 
tashqi faoliyati, bozor va uning infratuzilmasi, xaridor va mol yetkazib beruvchilar 
holati, raqobatchi-lar harakati, bozor mexanizmini tartibga solish bo‘yicha davlat 
tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va boshqalar kiradi. Bu manbalar 
vaqtli va maxsus nashr, statistik to‘plam, tijorat tashkilotlari olib borgan 
izlanishlarga oid sharhlarda aks etadi. Bunday manbalar qatorini tashkil etilgan 
ko‘rgazma va anjuman manbalari, ishbilarmonlar uchrashuvi va ularning olib 
borgan muzokaralar bo‘yicha tuzilgan bayonnomalari yanada to‘ldiradi. Tahlilning 
axborot manbalari sifatida korxonaning biznes-rejasi (marketing rejasi)dan ham 
foydalaniladi. 

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə