Marksheyderlik ishi fani haqida


YER OSTI TEODOLIT YO’LLARI PUNKTLARINI BARPO QILISH



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə5/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka

YER OSTI TEODOLIT YO’LLARI PUNKTLARINI BARPO QILISH.
Yer osti teodolit yo’llarini punktlarini barpo qilishdan avval, kon lahimlari holatini o’rganib chiqib, punktlarni mahkamlanadigan joylar tanlanadi. Bu ishga rekognotsirovka qilish deyiladi.
Kon lahimlaridagi punktlar ularning joyiga qarab va foydalanilishiga doimiy yoki vaqtincha belgilar bilan mahkamlanadi.
Teodolit yo’li punktlarini mahkamlash joyini tanlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinadi:

  • qo’shni punktlarning o’zaro ko’rinishi;

  • oraliq masofaning iloji boricha kattaroq olinishi;

  • punktlarning uzoq muddat saqlanishi;

  • o’lchash ishlariga qulayligi va havfsizligini ta’minlanishi.

Doimiy belgilar bilan tayanch tarmoqlariga kiradigan doimiy punktlar mahkamlanadi. Ularni to’liq saqlanishini ta’minlaydigan joylarga o’rnatiladi. Bunday talabga odatda asosiy tog’ jinslari orqali o’tgan kapital lahimlargina javob byeradi. Doimiy punktlarni kon bosimi bor yoki bo’ladigan hududda joylashgan lahimlarda o’rnatishdan ehtiyot bo’lish kerak. Ularni stvol oldi maydonda, asosiy va uchastka kvyershlaglarida, dala va asosiy transport shtreklarida va boshqa uzoq muddat xizmat qiladigan lahimlarda guruh qilib 3- 4 tadan punktlar mahkamlanadi, bu gorizontal burchakni o’lchab nazorat qilish imkoniyatini byeradi. Doimiy punktlar bir-biridan 300-500 metr qilib o’rnatiladi. Oraliq nazorat punktlar esa 50 metrdan kam bo`lmagan holatda o’rnatiladi.
Doimiy punktlar lahimning poli yoki shiftiga mahkamlanadi. Punktlarning konstruksiyalari turlicha bo’lishi mumkin (6.1-rasm).



6.1- rasm. Doimiy punktlar.
a – lahim polida; b – lahim shiftida; d – yog’och probkaga qoqiladigan marka (belgi). 1 - po’lat styerjin; 2 – mis probka; 3 – belgi.

Lahim shifti mustahkam bo’lmagan hollarda doimiy punktlar lahim poliga mahkamlanadi va uning tepa qismiga yog’och krepga vaqtincha belgi qoqiladi. Bu belgi doimiy punktni o’rnini topishga yordam byeradi.


Qator holatlarda doimiy punktlar lahim yoki devorga mahkamlanadi. Shuning uchun ularni doimiy biqin (devoriy) punktlar deyiladi (6.2- rasm.). Ularning konstruksiyalari turlicha bo’lishi mumkin. Devoriy (biqin) doimiy marksheyderlik punktlari oltiburchakli qoziq shaklida bo’lishi mumkin.

6.2- rasm. Devoriy punktlar.
a – umumiy ko’rinishi; b – Vertikal kesma; d – gorizontal kesma;
1 – chegaralovchi shpilka; 2 – qisib qoluvchi moslama.

Devoriy doimiy marksheyderlik punktlardan shovunlarni osish uchun (teodolitni markazlashtirish uchun) maxsus o’zi markazlashadigan xalqadan foydalanish qulay hisoblanadi. O’zi markazlashadigan xalqa quyidagi ko’rinishga ega:


1 – markazlashtiriladigan konus;
2 – xalqa;
3 – shovun uchun teshik.


6.2- rasm. Lahimlardagi vaqtincha marksheyderlik punktlar.
a) mahkamlanmagan lahimlarga qoqiladigan belgilar; b) yog’och ustun bilan mahkamlangan lahimga qoqiladigan belgilar; d) yog’och probkaga qoqiladigan belgilar; e) metall va shtanga bilan mahkamlangan lahimlarga o’rnatiladigan belgilar.

Har qaysi doimiy va vaqtincha belgilar qarshisidagi ustunlarga punktning tartib raqami yozilgan markalar o’rnatiladi. Beton, metal bilan mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan kon lahimlarida punktning tartib raqamlari lahim devorlariga buyoq (kraska) bilan yozib qo’yiladi. Har bir shaxtaga punktlarning tartib raqamini berish tartibi bosh marksheyder tomonidan belgilanadi. Bir lahimda tartib raqamni ikki martadan takrorlash mumkin emas.



Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə