Marksheyderlik ishi fani haqida


SHAXTA QURILISHI VA YER OSTI KON LAXIMLARINI O`TISHDA MARKSHEYDERLIK ISHLAR



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə8/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka

SHAXTA QURILISHI VA YER OSTI KON LAXIMLARINI O`TISHDA MARKSHEYDERLIK ISHLAR
Shaxtada barcha kon lahimlari marksheyder ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tiladi.
Kon lahimlarini o‘tishda shaxta marksheyderlik xizmati bo‘limining asosiy vazifalari lahimlarning joylashish joyi va yo‘nilishini ko‘rsatish; ular o‘tilish xolatini to‘g‘riligiga yoki loyihada keltirilgan egriligiga rioya qilinishi, nishabligininng o‘sishini, nazorat qilish; lahm o‘lchamlarining mustahkamlash pasportiga mos kelishini tekshirish; qarama-qarshi zaboyli lahmlarga yo‘nalish berish; lahimlarda tasvirga tasivrga olish ishlarini bajarish, marksheyderlik chizmalarini tuzish va to‘ldirish; eski kon lahmlaridan yoki qo‘shni shaxta lahmlaridan, shuningdek shaxta maydoni ustidagi suv havzalaridan suvning yorib o‘tishi uchun xavfli bo‘lgan joylarni aniqlash yo‘li bilan kon ishlarining xavfsiz o‘tishini ta’minlash; lahmlarni o‘tish bo‘yicha bajarilgan ishning hajmi hisobini nazorat qilish.
Lahmning to‘g‘ri chiziqli qismiga teodolit yordamida joyga qo‘yilgan (tushirilgan) loyihaviy yoki hisoblangan burchaklarda gorizontal yo‘nalish beradi.
Bir-biridan 1 m dan 3 m gacha masofada 3 ta nuqta marksheyderlik belgilarida berilgan yo‘nalish bo‘yicha mahkamlanadi.
Marksheyderlik nuqtalari sharoitdan kelib chiqib lahmning o‘qi bo‘yicha yoki unga parallel qilib mahkamlanadi.
Otveslar, qazib o‘tuvchilar zaboyning yo‘nalishini aniqlash uchun foydalana oladigan bo‘lib, mahkamlangan nuqtalardan pastroqqa tushib to‘g‘ri chiziq hosil qilib turadi.
Kon lahmlarining egri qismini o‘tishda ularga perpendikulyarlar usulida yo‘nalish beriladi. (12.1-расм)
12.1-расм. Kon lahmlarining egri qismini o‘tishda yo’nalishni ko’rsatish.


l=2Rsinφ/2п,
β1=180º-φ/2п,
β2=180º-φ/2п.
YER OSTI KON LAXIMLARI TA`SIRIDA YER YUZASI VA TOG` JINSLARINING SILJISHI.
1. Tog` jinslarining siljishi ya'ni o`z joyini va shaklini o`zgartirishi, xar xil sabablar ta'siri ostida ularning muvozanatining buzilishi natijasida ro`y beradi.
Bunday sabablar bo`lishi mumkin: kon laxmlari, tog` jinslarining qurishi yoki namligining oshishi, ularning fizik - mexanik tarkibining o`zgarishi, tektonik xarakatlar va boshqalardan iborat.
Kon laxmlarining ta'siri natijasida tog` jinslarining siljish jarayoni sekin asta pastdan yuqoriga tomon tarqaladi, ya'ni kon laxmidan yer yuzasigacha, natijada esa ular deformasiyalanadi. Tog` jinslari siljishi ta'sir qilgan atroflar, siljish mintaqasi deyiladi.
Siljish jarayoni borayotgan joydagi binolar yoki sanoat inshootlari ma'lum darajada shikastlanishi, shuningdek buzilishgacha borishi mumkin.
Marksheyderning vazifasiga, ostki qismida foydali qazilma qazilayotgan inshootlar va binolarning shikastlanishi oldini olish, laxmlarni suv bosishini oldini olish uchun choralar ishlab chiqish, shuningdek qurilishlar maydonini tanlash va shu kabi boshqa ishlar uchun ro`y berishi mumkin bo`lgan siljishlar va deformasiyalar hisob kitobini qilishlar kiradi. Yuqoridagilarning hammasi, o`z ishlarining natijasini tug`ri sharxlab berish uchun sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yer yuzasining siljishlari va deformasiyalarining hisob - kitoblariga to`ldiruvchi turli xil grafikaviy qurilmalarni ishlab chiqish zaruriyatini tug`diradi.


13.1- rasm. Siljish zonalari.
I-Tartibsiz buzilish zonasi. 3-6 m balandlikgacha tarqalishi mumkin (m-qazib olinadigan plastning qalinligi); II- Bukilib sinish zonasi. Tarqalish balandligi 50m dan oshmaydi. III- Sinishsiz bukilish zonasi. Yerning yuza qismigacha davom etadi.

Mulda siljishi - yer yuzasining kon laximi ta'sirida siljish sodir bo`lgan qismi.


Xavfli siljish zonasi - mulda siljishning binolar, inshootlar va sanoat muassasalari uchun xafli deformasiyalarini yuzaga keltiradigan qismi.
Muldaning (eng katta) asosiy qismi - katta siljish joyidagi muldaning kundalangiga va bo`ylamasiga bo`yicha tik qismlari.
Muldalar chegarasi - kon laxmlarining yer yuzasidagi ta'sirini chegaralovchi chiziq. Amalda bu chiziq mulda chegarasi chiqishdan 15 mm nuqtalar va gorizontal deformasiya mavjud bo`lgan nuqtalar bo`yicha 0,5-10-3 cho`zilishidan aniqlanadi.

Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə